TDIU Start-UP💡
Статистика🚀Start-up loyihalarini shakllantirish va rivojlantirish 💡Tanlovar 📈Start-updan katta biznesgacha yo'l 📩Savollar uchun Admin: @Kumush_farkhadovna 🏢Asosiy kanal: https://t.me/tdiutijoratlashtirish 🔴Instagram sahifamiz: http://instagram.com/tsue_start_up
- Последний пост
- 24 мар.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 44
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#tanlov #startup 📣TDIU Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi ILHOM FEST-2026 start-up loyihalar tanlovini e'lon qiladi! 🚀Eslatib oʻtamiz, tanlovda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavr va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishlari mumkin. 📆 Nomzod loyihalar belgilangan namuna asosida 2026-yil 10-aprelga qadar qabul qilinadi. ✅ Tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lgan talabgorlar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari lozim. 💰Tanlovda g’olib deb topilgan loyihalar Innovatsion jamg’arma tomonidan moliyalashtiriladi! Nizom Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi 🔎Bizni kuzatib boring...
#DigitalFinance #Startup #KreativGoya #Innovation “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi boshlandi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Digital Finance” Akseleratsiya markazi respublika startaplar tanlovining universitet bosqichiga start berdi. Agar sizda innovatsion g‘oya, yangi mahsulot yoki xizmat konsepsiyasi hamda o‘z startapingizni yaratish istagi bo‘lsa, ushbu tanlov aynan siz uchun. Batafsil saytda 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
MITdan AI va ML bo‘yicha bepul 12 ta sara kitoblar ro'yxati MIT sun’iy intellekt sohasida fundamental bilim olishni istovchilar uchun o‘zining 12 ta eng sara kitobni mutlaqo bepul va ochiq tarzda taqdim etdi. 1. Foundations of machine learning 2. Understanding deep learning 3. Algorithms for ML 4. Reinforcement learning 5. Introduction to machine learning systems 6. Deep learning 7. Distributional reinforcement learning 8. Multi agent reinforcement Learning 9. Agents in the long game of AI 10. Fairness and machine learning 11. Probabilistic machine learning (1-qism) 12. Probabilistic machine learning (2-qism)
Eng nufuzli va yirik akseleratsiyalar ro’yxati 📌 Bu akseleratorlar startap olamida eng yuqori nufuzga ega va eng katta investitsiyalarni taklif qiladi: • HF0 Residency: $1M (5% ulush, uncapped SAFE) • NEO: $600k ($10M floor + 1.5% common stock) • Y Combinator: $500k (~10% ulush) • Sequoia Arc: $500k – $1M (shartlar undisclosed) • a16z speedrun: $500k – $1M (~10% ulush) • South Park Commons: $400k (7% ulush) + $600k follow-on • Alliance.xyz (Crypto): $500k (9% ulush) • Entrepreneur First: $250k (~10% ulush) • Founders, Inc.: $100k – $250k (5-7% ulush) @pivotuzbekistan
🇺🇿Yoshlar uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi Moliyalashtirish: Pul mukofoti Til talabi: O‘zbek tili Kimlar uchun ➡️16-25 yoshdagi barcha yoshlar qatnashishi mumkin; ➡️Aniq g‘oya yoki loyiha bo‘lishi kerak; ➡️IQ test natijasi yuqori bo‘lishi lozim (va boshqa talablar mavjud). Foydali tomonlari ➡️1-bosqich g‘oliblari: BHMning 5 baravari miqdorida pul mukofoti + diplom; ➡️2-bosqich g‘oliblari: BHMning 10 baravari miqdorida pul mukofoti + diplom; ➡️3-bosqich g‘oliblari: BHMning 20 baravari miqdorida pul mukofoti + diplom. Dastur haqida ➡️Tanlovda aniq bir g‘oya va loyihalari bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Yo‘nalishlar va sohalar chegaralanmagan. ⏲Oxirgi muddat: 25-fevral, 2026 ➡️Batafsil: grantgo.uz/go/46185 #tanlovlar #mukofot #Oʻzbekiston 💼 GrantGO | MentorGO | EventGO
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "Startaplarni qo'llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorga imzo chekdi! ✅Qarorga muvofiq startap g‘oyani shakllantirish, loyihani ishlab chiqish, ishga tushirish hamda masshtablashtirishni o‘z ichiga olgan 4 bosqichli startap ekotizimi joriy etiladi. 1. Venchur sarmoyalar hajmi 2 mlrd dollarga yetkaziladi; 2. 500 ta startap 1 mln, 100 tasi 10 mln va 25 tasi 100 mln dollarlik yirik kompaniyalarga aylantiriladi; 3. Yoshlarning 2 mingta g‘oyasi tijoratlashtirilib, 400 ta loyiha xalqaro bozorlarga olib chiqiladi; 4. Startap loyihalar ishga tushishi natijasida 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi; 5. 2026-yildan boshlab har yili “Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi; 6. Eng yaxshi 100 ta loyihaning har biriga 1 mlrd so‘mgacha investitsiya kiritiladi; 7. Chempionat g‘oliblari davlat mukofotlari va ko‘krak nishonlariga tavsiya etiladi; 8. Loyihani brendga aylantirish uchun ekspertlarga 41 mln so‘mgacha xizmat haqi to‘lab beriladi; 9. Startap studiya va markazlarni tashkil etish uchun 20 ta loyihaga 5 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha foizsiz qarz ajratiladi; 10. Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari badal to‘lovlari uchun 41 mln so‘mgacha grant beriladi; 11. O‘quvchilar o‘rtasidagi “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi va g‘oliblariga 10 mln so‘mgacha mukofot beriladi; 12. “Eng innovatsion g‘oya” tanlovi o‘tkaziladi va mukofot jamg‘armasi 10 mlrd so‘m etib belgilanadi; 13. Talaba va ilmiy xodimlarning loyihalariga 20 ming dollargacha sarmoya kiritiladi; 14. Ideaton va xakaton g‘oliblariga inkubatsiya yoki akseleratsiya sharti bilan 20 ming dollargacha konvertatsiyalanadigan qarz ajratiladi; 15. “Raqamli startaplar” dasturi doirasida IT loyihalarga 10 ming dollargacha grant beriladi; 16. Yiliga 10 tagacha loyihaga MVP yaratish xarajatlarini qoplash uchun 50 ming dollargacha “R&D” vaucher taqdim etiladi; 17. Startapchilarning nufuzli akseleratsiya va o‘quv kurslarida qatnashish xarajatlarining 50 foizi (20 ming dollargacha) qoplab beriladi; 18. Startaplarni patentlash va intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari qoplab beriladi; 19. 2026-yil 1-apreldan hududlarda hokimlar rahbarligida “Startaplar klubi” tashkil etilib, startapchilar bilan har oy uchrashuvlar yo‘lga qo‘yiladi va hududlardagi yirik tadbirkorlik subyektlari startap loyihalariga biriktiriladi. 20. 2026-yildan boshlab har yili “Startap ekspo” ko‘rgazmasi tashkil etiladi va unda loyihalar investorlar, venchur jamg‘armalar hamda yirik korxonalarga taqdimot qilinadi; 21. Muvaffaqiyatli startaplar bilan davlat xaridlari shartnomalarida oldindan to‘lov 500 mln so‘mgacha bo‘lsa 50 foiz, undan yuqori bo‘lsa 30 foiz etib belgilanadi; 22. Startap ekotizimini rivojlantirishga 2026–2027-yillarda jami 160 mln dollar va 130 mlrd so‘m yo‘naltiriladi; 23. Texnologik startaplar uchun Jahon bankidan 100 mln dollar mablag‘ jalb qilinadi; 🤔“Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” venchur jamg‘armalariga 50 mln dollar ajratiladi; 🤔Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi va “Yoshlar ventures” jamg‘armasiga 10 mln dollar beriladi; 🤔 “UzVC” milliy venchur fondiga byudjetdan 100 mlrd so‘m ajratiladi. 📱 Telegram | 📱 Instagram |📱 YouTube
Startap boshlamoqchisiz, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? ⚡️ G‘oyangizni hayotga tatbiq etishingizga yordam beradigan eng muhim resurslarni bir joyga jamladik! Endi ortiqcha qidiruvlarga vaqt sarflash shart emas. Faylda nimalar bor? • 2 ta Pitch Deck template — investorlar e’tiborini tortadigan professional taqdimot namunalari. • Investorlar ro‘yxati — nafaqat ismlar, balki ular bilan bog‘lanish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontaktlar. 👉 Startap boshlayotganlarga ulashib qo’yamiz Telegram | Instagram | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook | YouTube
#tanlovlar #mukofot #Oʻzbekiston 🇺🇿Innovatsion ekologik loyiha va g'oyalarga ega yoshlar uchun maxsus tanlovlar 🌱 Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi “Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tomonidan yoshlar uchun 3 ta mega tanlov e’lon qiladi. Moliyalashtirish: Pulli mukofot Yosh chegarasi: 14-30 Kimlar uchun ➡️O'zbekiston fuqarolari; ➡️Yakka ishtirokchilar yoki 3 nafargacha jamoalar; ➡️Innovatsion ekologik loyiha mualliflari. Foydali tomonlari ➡️ "Yashil innovatsiyalar" tanlovi uchun 106,000,000 so'm; ➡️"Ekologik-ijtimoiy loyihalar" tanlovi uchun 20,600,000 so'm miqdorida mukofot beriladi; ➡️"Yashil tashabbuslar stipendiyasi" tanlovi g'oliblariga moliyaviy yordam sifatida stipendiya beriladi. ⏰️Oxirgi muddat: 20-fevral, 2026 🔗Batafsil: grantgo.uz/go/41251 🔎Bizni kuzatib boring...
YC yangi tushuncha kiritdi — Minimum Evolvable Product (MEP) Bu shunchaki MVP (Minimal hayotiy mahsulot) emas. MEP — bu minimal, lekin rivojlana oladigan mahsulot. Ya’ni mahsulotning birinchi versiyasi ideal bo‘lishi shart emas. Muhimi — u bozor bosimiga javob bera olsin, dastlabki foydalanuvchilar bilan “to‘qnashuv”ga chidasin va ularning ehtiyojlariga qarab tez o‘zgara olsin. Mahsulot baribir keskin o‘zgarishini bilganingizda, hozir mukammal bo‘lmagani sizni bezovta qilmaydi. Yakuniy natija ko‘p jihatdan qayerdan boshlaganingiz va kimlardan boshlaganingizga bog‘liq bo‘ladi. Avval katta mahsulotning oddiy, moslashuvchan asosini yarating (MEP) → keyin bozor sizni qayerga olib borsa, o‘sha tomonga rivojlaning. Telegram | Instagram | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook | YouTube
SG Women: Demo Day'da qatnashing va startapingizni rivojlantiring! Sizda startup bormi? Uni kengaytirish va investorlar e'tiborini qozonish vaqti keldi. Sizni "Demo Day by SG Women" — ayol startaperlar uchun maxsus 3 kunlik intensiv dasturga taklif etamiz! 📌 Dastur rejasi: 1-kun | Selection Day: loyihalar taqdimoti va ekspertlardan amaliy feedback. 2-kun | Pitching & Mentorlik: Tanlangan startaplar bilan pitching treninglari va mentorlar bilan 1:1 ishlash. 3-kun | Demo Day Finalchilar investorlar va hakamlar hay’ati oldida loyiha himoyasi bo’ladi. ❓ Ishtirok etish orqali nimalarga ega bo'lasiz? 1. Ekspert maslahati 2. Amaliy tajriba 3. Networking 4. Yirik sovg'alar 🏆 Mukofot: Uztelecom Cloud: 1-o’rin: 3,000,000 so‘m; 2-o’rin: 2,000,000 so‘m; 3-o’rin: 1,000,000 so‘m. Hyper App – Enterprise Cloud: 1-o’rin: 6 oy bepul Barcha ishtirokchilarga: 1 oy bepul. C-SPACE kovorking: 5 ishtirokchi uchun 1 000 000 so‘mlik sertifikat 📅 Ro’yxatdan o’tishning oxirgi kuni: 21-dekabr 🔗 Ariza topshirish SG Women hamjamiyatiga qo‘shiling Telegram | Instagram | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook | YouTube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🚩Ред флаги в стартапах: что заставляет инвесторов сказать «нет» Не каждый питч заканчивается инвестициями — иногда уже на первой встрече становится ясно, что сделка не состоится. Мы спросили инвесторов из DOMiNO Ventures, SABAH.angels и AloqaVentures, какие ред флаги они видят в стартапах и что может мгновенно охладить интерес к проекту. Подробнее: https://the-tech.kz/red-flagi-v-startapah-chto-zastavlyaet-investorov-skazat-net/ Больше на @thetechkz
Uzum 2027-yilda IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda O‘zbekistonning eng yirik startup ekotizimi vakili — Uzum, mamlakatda unicorn maqomiga erishgan ilk kompaniya sifatida 2027-yilda birlamchi ommaviy aksiyalar joylashtirishi (IPO)ni o‘tkazishni maqsad qilgan. Kompaniya bu jarayon uchun London fond birjasini asosiy variantlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. Reuters xabariga ko‘ra, Uzumning hammuassisi Nikolay Seleznyov Londondagi birja xalqaro kapital bozorida kompaniya uchun qulay imkoniyatlardan biri bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. 2024-yilning avgust oyida Uzum Tencent va AQShdagi VR Capital fondlaridan $70 million investitsiya jalb qilgan edi. Bu sarmoya kompaniyaning umumiy qiymatini $1.5 milliard darajasida baholash imkonini berdi. Seleznyovning so‘zlariga ko‘ra, Uzum IPO joylashtirish uchun bir nechta yo‘nalishlarni o‘rganmoqda: London, Nasdaq (Nyu-York), Abu-Dabi va Gonkong fond birjalari hozircha muqobil variantlar sifatida tahlil qilinmoqda. "Aksiyalarni joylashtirish narxini belgilash uchun hali erta. Ammo agar biz Londonda chiqish qarorini qabul qilsak, albatta FTSE 100 indeksini ham e’tiborga olamiz,” — dedi Seleznyov. Uning aytishicha, kompaniya hozircha asosiy e’tiborini O‘zbekiston bozorida o‘z pozitsiyasini mustahkamlashga qaratgan: “Biz juda tez geografik kengayishga intilmaymiz. Avvalo, ichki bozorda kuchli tizim yaratib, keyin xalqaro miqyosda ham samarali ishlashimizni ko‘rsatmoqchimiz.” Telegram | Instagram | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook | YouTube
Har bir asoschi bilishi kerak bo‘lgan 8 startap modeli 1. Freemium modeli Asosiy xizmatlar bepul, ammo qo‘shimcha funksiyalar pullik. Misol: Slack 2. Obuna (Subscription) modeli Foydalanuvchilar oylik yoki yillik to‘lov asosida foydalanadi. Misol: Netflix 3. Marketplace modeli Xaridor va sotuvchini yagona platformada bog‘laydi. Misol: Amazon 4. EdTech modeli Ta’lim xizmatlari yoki o‘quv kurslari orqali daromad topadi. Misol: Coursera 5. Razor–Blade modeli Asosiy mahsulot arzon, ammo aksessuarlar yoki to‘ldiruvchilar qimmat. Misol: Gillette 6. Aggregator modeli Turli xizmatlarni bitta brend ostida birlashtiradi. Misol: Uber 7. Franshiza modeli Brend va biznes tizimini ijaraga olib, o‘z joyingizda ishlatasiz. Misol: Domino’s Pizza 8. Brokerlik modeli Tomonlarni bog‘lab, bitimdan komissiya oladi. Misol: eBay Telegram | Instagram | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook | YouTube
📢 E’LON! STARTUP VA LOYIHALAR TANLOVI 🚀 Aziz talabalar! Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkaziladigan “Yuksak intellektual yoshlar hamdo‘stligi – kelajak iqtisodiyot poydevori” xalqaro festivali doirasida, “DIGITAL FINANCE” akseleratsiya markazi tomonidan: 💡 “Fintek kelajagi biz bilan” nomli startup loyihalar tanlovi e’lon qilinadi! 👉 Agar sizda moliya, texnologiya va innovatsiyalar sohasida o‘z g‘oyalaringiz bo‘lsa, ularni amaliy loyihaga aylantirish va keng auditoriyaga taqdim etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🏆 G‘oliblarga: 1️⃣ Universitet rektorining diplomi 2️⃣ “Talabalarni rag‘batlantirish” jamg‘armasi hisobidan pul mukofotlari 💰 3️⃣ Akseleratsiya markazida loyiha ustida ishlash va qo‘llab-quvvatlash imkoniyati 📅 Tanlov sanasi: 23-oktabr 2025-yil 📍 Joy: TDIU, 7-bino 📝 Ro‘yxatdan o‘tish uchun ⏳ Arizalar 15-oktabrgacha qabul qilinadi. Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling: 💬 Telegram 📹 Instagram
видео или голосовое, без подписи
🌍 2025-yilda eng ko‘p startaplar mavjud bo‘lgan 10 ta davlat 1. Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSH) – 85,144 ta startap. Global yetakchi, Silikon vodiysi va Nyu-York innovatsiya markazlari. 750+ unicorn kompaniya mavjud. 2. Hindiston – 17,715 ta startap. IT…
🌍 2025-yilda eng ko‘p startaplar mavjud bo‘lgan 10 ta davlat 1. Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSH) – 85,144 ta startap. Global yetakchi, Silikon vodiysi va Nyu-York innovatsiya markazlari. 750+ unicorn kompaniya mavjud. 2. Hindiston – 17,715 ta startap. IT, fintech va edtech bozorida kuchli. Unicornlar soni 60+ ga yetgan. 3. Buyuk Britaniya – 7,767 ta startap. London – Yevropaning eng yirik moliya va texnologiya markazi. 4. Kanada – 4,162 ta startap. Sun’iy intellekt va “green tech” bo‘yicha ilg‘or. 5. Avstraliya – 3,195 ta startap. Sydney va Melbourne innovatsion markazlar hisoblanadi. 6. Indoneziya – 3,190 ta startap. Janubi-Sharqiy Osiyoda fintech va e-commerce bo‘yicha yetakchi. 7. Germaniya – 2,598 ta startap. Berlin va Myunxen Yevropaning texnologik poytaxtlari. 8. Fransiya – 1,781 ta startap. Parij startap ekotizimi va davlat qo‘llab-quvvatlovi bilan ajralib turadi. 9. Ispaniya – 1,573 ta startap. Barselona va Madrid raqamli innovatsiya markazlari. 10. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) – 1,495 ta startap. Dubay va Abu Dabi xalqaro investorlarni jalb qiluvchi mintaqaviy markazlar. 🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube