TDIU SF Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal
СтатистикаToshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining Yoshlar ittifoqi rasmiy kanali.
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 67
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 84
- 1/48двое суток
- 96
- 1/72трое суток
- 103
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
👀 Samarqandlik yoshlar shu yerdamisiz? Zamonaviy kasblarni o‘rganmoqchi va dunyoning eng nufuzli oliygohlarning talabasi bo‘lmoqchimisiz? Unday bo‘lsa, Najot Ta'limning Samarqand filialida bu hafta siz uchun katta master-klass tayyorlab qo‘ydik 📌 🇺🇿 Master-klass mehmoni - Bobirjon Baxtiyorov "Johns Hopkins" universiteti talabasi, IELTS 9.0 va SAT 1600 natija egasi. Barchangizni ushbu master-klassda kutib qolamiz. 🗓 Sana: 14-avgust, juma soat 17:00 Samarqand filiali 🙋 Kimlar uchun: Barcha uchun ochiq, bepul. 📍 Manzil: "Najot Ta'lim” markazi, Samarqand filiali 🔗 Ro'yxatdan o'tish najottalim.uz | Instagram | WhatsApp
Samarqandlik yoshlar uchun katta master-klass Issiq yoz kunlari...kimdir ta'til gashtini surayotgan bo'lsa, yana kimdir universitetga kirish dardi bilan ovora... Biz esa Samarqandlik yoshlar uchun ajoyib yangilik tayyorlab qo'ydik. Uzoq yillik biznes tajribasiga ega tadbirkor, restoranlar asoschisi - Azim Bayanxanov bilan katta hayotga qadam qo'yish haqida suhbatlashamiz! 🗓 Sana: 24-iyul, juma soat 17:00 🙋 Kimlar uchun: Barcha uchun ochiq, bepul. 📍 Manzil: "Najot Ta’lim" markazi, Samarqand filiali filiali. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish najottalim.uz | Instagram | WhatsApp
⚡️⚡️⚡️Diqqat! ⚡️IIV huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti rahbari Ulug‘bek Tashxodjayevning yurtdoshlarimizga murojaati: ⚡️Vaqtincha yashash joyi bo‘yicha belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tmaslik javobgarlikni keltirib chiqaradi. ⚡️Fuqaro yangi yashash joyiga kelgan kundan e’tiboran 10 ish kun ichida yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi va turar joy mulkdori uni yashash joyi yoki turgan joyi manziliga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun vakolatli organga xabar berishi shartligi belgilangan. ✍ Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish boshqarmasi
#DavlatGerbi 🖋 Bugun O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun! 🗓 Bundan 34 yil muqaddam — 1992-yil 2-iyulda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun e’lon qilingandi. Ushbu tarixiy Qonunga muvofiq, mustaqil davlatimizning oliy ramzlaridan biri – Davlat gerbi tasdiqlangan. O‘zbekiston gerbi ko‘p asrlik milliy tajriba va an’analarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Uning yaratuvchilari unda o‘zbek xalqining boy tarixi, abadiy qadriyatlari, yuksak ma’naviyati, turmush tarzi, orzu-umidlari, mamlakatning ajoyib tabiatini aks ettirishga harakat qilishgan. 🇺🇿 Gerbimiz davlatimizning mustaqilligi, buguni va ertasini ifoda etuvchi muqaddas belgidir. Tariximiz xotirasi va yorugʼ kelajagimizga boʼlgan ishonchimiz ifodasi abadiy boʼlsin! 🎉 Yurtdoshlarimizni ushbu sana munosabati bilan muborakbod etamiz! Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube
#30iyun #YoshlarKuni 🙋 Yangi O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarish — davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube
#YoshlarKuni 🙋 Aziz yoshlar! Bugun — sizning kuningiz! 30-iyun — “Yoshlar kuni” bilan barchangizni chin yurakdan tabriklayman! 🔎 Bilasizmi, sizlarga qarab faxrlanamiz, sizlarga ishonamiz! Chunki bu yurtning ertangi kuni, porloq kelajagi aynan sizlarning qo‘lingizda. Bugungi yoshlar esa – iqtidorli, jasur, g‘ayratli, orzusi baland! Har biringizda yuksalishga intilish, hayotingizni o‘zgartirishga bo‘lgan kuch bor. 👥 Bir narsani unutmang: siz yolg‘iz emassiz. Biz ko‘maklashishga tayyormiz. Faqat to‘xtab qolmang. O‘rganing, urinib ko‘ring, xatolardan qo‘rqmang, orzularingizdan voz kechmang! 🎁 Sizlarning har bir yutug‘ingiz — biz uchun bayram. Yoshligingiz quvonchga, hayotingiz g‘alabalarga va yutuqlarga to‘la bo‘lsin, yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar! 🇺🇿 Hurmat bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Sattarov Xayrulla Fayzullayevich Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube
#KitobOlamiFestivali #TashabbuslarMarafoni 🙋 “Kitob olami” festivali yana qaytmoqda! 🆔 “Tashabbuslar marafoni” doirasida 28-iyun kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida “Kitob olami” festivali bo‘lib o‘tadi! 📌 “Kitob Olami” festivalida siz uchun: ➡️ O‘zbekiston va xorijiy nashriyotlarning yangi kitoblar taqdimotlari; ➡️ Chegirmalar bilan o‘z sevimli asarlaringizni xarid qilish imkoniyati; ➡️ Taniqli yozuvchi va shoirlar bilan samimiy suhbatlar; ➡️ Mualliflarning shaxsiy imzolari tushirilgan kitoblar; ➡️ Bilimdonlar uchun yutuqli viktorinalar; ➡️ Eng faol ishtirokchilar uchun kitob sovg‘alari taqdim etiladi. 🔎 Tadbir doirasida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol, tashabbuskor va fidoyi yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshiriladi. Barchangizni ma’rifat va ilhom bayramiga taklif etamiz! 📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyi | 28-iyun ➡️ Yandex Xarita ➡️ Google Xarita Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube
Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi Unda giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qilishi, bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba ekani ta’kidlandi. “Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim. Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq”, - dedi Saida Mirziyoyeva. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi. 📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 30-iyunga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi. ✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi: 🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32; ✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi: 🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#TashabbuslarMarafoni #SuvniBirgalikdaAsraymiz 🙋 Samarqandda yashil tashabbuslar davom etmoqda! 👥 Samarqand shahridagi Yoshlar kreativ shaharchasida “Tashabbuslar marafoni” doirasida suv resurslarini asrash va ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan interaktiv pavilion o‘z faoliyatini boshladi. Tadbir davomida yoshlar qiziqarli viktorinalar, challenge’lar, amaliy tajribalar hamda suv haqidagi foydali ma’lumotlar orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Shuningdek, kreativ fotozonalar va kontent maydonlari ishtirokchilarning katta qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. 🆔 Tadbirdan yorqin va qiziqarli jarayonlarni tomosha qiling! Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube
📣 Eslatib o‘tamiz! 30-iyun – Yoshlar kuni yaqinlashmoqda Bu sana mamlakatimiz yoshlarining jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning bilim va salohiyati, tashabbuslari hamda erishayotgan yutuqlarini e’tirof etishga bag‘ishlangan muhim kun hisoblanadi. Yoshlar kuni munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy, sport va madaniy tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Barchani ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz! 🇺🇿TDIU Samarqand filiali Yoshlar ittifoqi 🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🕊Telegram |📱Facebook |📱Instagram