tgindex
Школа 98

Канал создан лидером Союза Молодежи для информирования учащихся нашей школы о предстоящих мероприятиях и новостях происходящих в нашей стране.

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
10:27
Постов за неделю
1
Всего постов
29
Тип
открытый
Язык
русский
Категория
Новости и СМИ
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
322
−1 за 2 дн.
Сутки
−1
−0,31%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
384
29 постов
Вовлечённость
119,3%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 29
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
81
1/48двое суток
92
1/72трое суток
100

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • https://www.youtube.com/watch?v=Bv3nBbSzNO0&list=PLZZtJoCIQuPvJLbAxhP_4fmD9EtYcX_ke&index=1

  • #audiochat 📣 Hurmatli ota-onalar, qadrli kuzatuvchilar! ✅ Joriy yilning 28-iyul kuni soat 16:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy telegram sahifasida 2026-2027-o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlariga bagʻishlangan audio muloqot bo’lib o’tadi. ➖ Unda qabul jarayonlari tartibi va bu boradagi yangiliklarga doir savollarga vazirlik mutaxassislari tomonidan batafsil javob beriladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

  • Hurmatli Prezidentimiz, muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev! Tavallud ayyomingiz munosabati bilan Sizni chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz! Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz taraqqiyoti yoʻlida olib borayotgan ulkan islohotlaringiz, dono rahbarligingiz va fidokorona mehnatingiz yuksak eʼtirofga sazovordir. Sizga mustahkam sogʻliq, uzoq umr, cheksiz kuch-gʻayrat, oilaviy baxt-saodat va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti yoʻlidagi ezgu ishlaringiz bardavom boʻlsin! Tavallud kuningiz muborak boʻlsin! Doimo xalqimiz ardogʻida, sihat-salomat va baxtiyor boʻling! Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin!

  • #SAYYOR_QABUL #YUNUSOBOD #MMTB 🗣 Hurmatli ota-onalar, pedagoglar va poytaxtimiz aholisi! 📅 17-iyul kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i ommaviy fuqarolar sayyor qabulini o'tkazadi. 📌 Unda Siz maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, joriy etilgan yangiliklar bilan bir qatorda tizimdagi mavjud muammolar va o‘zingizni qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha ochiq muloqot qilish imkoniga ega bo‘lasiz. 📍 Sayyor qabul Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi binosida 17.07.2026 yil soat 11:00 boshlanadi. 🌐 web ❤️ Instagram 👍 Facebook 💎 Telegram

  • ‼️‼️‼️ #Qabul_2026 Hurmatli ota-onalar! ✅ Tizim moderatorlari tomonidan tasdiqlangan, "Maktabga yuborildi" holatdagi arizalar asosida maktabga borish uchun qay tartibda “Navbat”ga yozilish haqida — videoyo‘riqnomada. ⏰ Eslatma! Maktabga borish navbatini o’zingiz belgilab, farzandingiz bilan, uning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy maʼlumotnomani olgan holda borishingiz talab etiladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

  • Oʻzbekistonning Davlat gerbi 1992 -yil 2-iyulda yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan rasman qabul qilingan.

  • #Ortga_qaytmas_islohotlar | 30.06.2026 #Yoz-2026 #Yunusobod Joriy yilda maktab o'quvchilarining yozgi kanikul davrida bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tumandagi 13 ta umumta'lim maktabida sport-sog'lomlashtirish maydonchalari, 6 ta maktabda kunduzgi oromgohlar faoliyati yo'lga qo'yildi. Ushbu sog'lomlashtirish maydonchalarida sport, san'at, fan va texnika, IT, rabototexnika yo'nalishlarida to'garaklar tashkil etildi. Yoz-2026 davrida ushbu maydonchalarga jami 1450 nafar o'quvchilarni qamrab olish ko'zda tutilgan bo'lib, bugungi kunda 350 nafar bolajonlar ushbu maskanlarda o'z qobiliyatlarini rivojlantirmoqdalar. Jumladan tumandagi 96-sonli umumta'lim maktabida tashkil etilgan "Azizim bolajon" 98-maktabda tashkil etilgan "Kamalak kids" kunduzgi oromgohi ham har kuni o'quvchilar bilan gavjum. @yozgimaydoncha_bot 🏫 Yunusobod tumani 🌐 MMTB matbuot xizmati mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram

  • 📩 Hurmatli ota-onalar! Tizimga yuqori yuklama tushgani sababli elektron platformada rejadan tashqari texnik ishlar olib borildi. ✅Hozirda platforma barqaror holatda ishlab ketdi. Savollaringizni @mymaktabuz_bot Telegram boti 📱 orqali yuborishingiz mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. 📩 Уважаемые родители! В связи с высокой нагрузкой на систему на электронной платформе были проведены внеплановые технические работы. ✅В настоящее время работа платформы восстановлена и осуществляется в штатном режиме. Приносим извинения за доставленные неудобства. 🙏🏻 Свои вопросы вы можете направлять через Telegram-бот @mymaktabuz_bot 📱 . Благодарим вас за понимание и терпение! 🙏🏻

  • 22 июн.2812из uzedu

    #Qabul_2026 #Eslatma 🏫 Farzandingiz 1-sinfga chiqadimi? Qabul jarayonlari bo‘yicha ota-onalar uchun muhim ma’lumot ➖ Har yili yoz oylari kelishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarni bir savol o‘ylantiradi: “Hujjat topshirish uchun qachon maktabga borsam ekan? Uzun navbatlarda qanday turaman?” Endilikda bu xavotirlarga o‘rin yo‘q! 🔰 So‘nggi yillarda ta’lim tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari yildan-yilga kengayib bormoqda. Xususan, 1-sinfga elektron qabul jarayoni o‘tgan o‘quv yilida 64 ta tuman va shaharda amalga oshirilgan bo‘lsa, bu yil qamrov yanada kengaytirilib, 135 ta tuman va shaharlarda ushbu tizim orqali qabul tashkil etilmoqda. Bu esa ota-onalar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarni to‘liq bartaraf etadi. Kelgusi yillarda mazkur qulaylikni respublikamizning barcha tuman va shaharlarida ham joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu qulaylikdan qanday foydalanamiz? ➖ my.gov.uz yoki my.maktab.uz elektron portallariga kirib, ONE ID tizimi yoki telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘tasiz. ➖ Yashash manzilingiz va farzandingiz haqidagi ma’lumotlarni kiritib, so‘rovnoma to‘ldirasiz. Tizim avtomatik tarzda mikrohududingizga biriktirilgan maktabni belgilaydi. Sizdan faqat ta’lim tilini tanlash talab etiladi. ➖ Kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaysiz va “Arizani yuborish” tugmasini bosasiz. Yuborilgan arizangiz 3 ish kuni ichida o‘rganiladi. Shundan so‘ng elektron navbat orqali o‘zingizga qulay vaqtni tanlab, maktabga borishingiz mumkin. Qabul qilinganlik holati bo‘yicha 1 ish kuni ichida telefoningizga SMS-xabarnoma keladi. Jarayonning muhim jihatlariga e’tibor bering: ➖ Qabul muddatlari: Arizalar 20-iyundan 1-avgustga qadar faqat o'z mikrohududingiz bo‘yicha qabul qilinadi. Boshqa hududdagi maktablarga qabul esa 1-avgustdan so‘ng (bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda) amalga oshiriladi. ➖ Yosh chegarasi: Qonunchilikka muvofiq, bu yil 1-sinfga 2019-yil 31-dekabrga qadar tug‘ilgan, ya’ni yil davomida 7 yoshga to‘ladigan bolalar qabul qilinadi. ➖ Til bilish darajasi: Agar ta’lim boshqa tilda (masalan, rus tilida) olib boriladigan sinflarni tanlasangiz, bolaning shu tildagi boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmalari maktab qabul komissiyasi tomonidan suhbat asosida baholanadi. Agar bolada yetarli til ko‘nikmasi shakllanmagan bo‘lsa, qabul rad etilishi mumkin. Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 21-bandida qat’iy belgilab qo‘yilgan. ➖ Xizmat narxi: Mazkur davlat xizmatidan foydalanish mutlaqo bepul! Bizni kuzating ❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

  • 🏫 Eng yaxshi maktab — uyingizga eng yaqin maktab(mi)? ➖ Har yili yoz yaqinlashishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarda "shirin tashvish" boshlanadi. Kimdir ishxonasiga yaqin, kimdir "nomdor", yana kimdir binosi muhtasham maktabni qidiradi. 🔰 Lekin aslida tanlov qanday bo‘lishi kerak? Bolangizning tongi qanday boshlanishini xohlaysiz? Tasavvur qiling, uzoqdagi "mashhur" maktabga borish uchun 7 yoshli bola kamida bir soat avval uyg‘onishi kerak. Uyquga to‘ymagan ko‘zlar, shoshilinch nonushta va tirbandlikdagi asabiy yo‘l... Nima uchun o‘z mikrohududingizdagi maktabni tanlash afzal? ➖ Sog‘lom rejim: Bola uyquga to‘yadi va xotirjam nonushta qiladi. Bu — bilimni o‘zlashtirishning birinchi sharti! ➖ Vaqt tejalishi: Yo‘lga sarflanadigan 1-2 soat vaqtni bola dam olishga yoki sevimli to‘garagiga sarflashi mumkin. ➖ Xavfsizlik va xotirjamlik: Yo‘ldagi tirbandliklar (ertalabki hamda kechki vaqtlardagi) boshqa soha vakillari ham ta'sir qilishi va uzoq masofa nafaqat bolani, balki ota-onani ham ruhiy charchatadi. Yaqin maktab — bu xavfsiz muhit demakdir. ➖ Ijtimoiy muhit va do‘stlar: Bola o‘z mahallasidagi do‘stlari bilan birga o‘qiydi, yaqinlari oldida oldida oʻzini yaxshiroq his qiladi, ota-onaning ham ko‘ngli to‘q bo‘ladi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha maktab rahbarlari va qadrli ustozlar bilan birga har bir bolaga har bir maktabda sifatli ta’lim berilishini ta’minlash yo‘lida bor imkoniyatlarni ishga soladi. Siz qanday fikrdasiz? Farzandingiz uchun maktab tanlashda asosiy mezoningiz nima? Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

  • #Qabul_2026 #Eslatma 🔴 Xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026–2027-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida Respublikamizning barcha hududlari bo’ylab shtablar faoliyati tashkil etilgan. Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish hamda qabul jarayonlari bo‘yicha savollariga tezkor javob berish maqsadida Call-markaz raqamlari bilan quyida tanishishingiz mumkin: 📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi 📍 Andijon viloyati 📍 Buxoro viloyati 📍 Farg‘ona viloyati 📍 Jizzax viloyati 📍 Namangan viloyati 📍 Navoiy viloyati 📍 Qashqadaryo viloyati 📍 Samarqand viloyati 📍 Sirdaryo viloyati 📍 Surxondaryo viloyati 📍 Toshkent shahri 📍 Toshkent viloyati 📍 Xorazm viloyati 👉 Eslatib o‘tamiz, shtab onlayn va offlayn tarzda tashkil etiladigan qabul jarayonlarini muvofiqlashtirib, haftaning dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi. 📞 Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi @mymaktabuz_bot boti orqali javob olishingiz mumkin. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 20 июн.32582из samiyeva1910

    98-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining 11-"A" sinf o‘quvchisi Xidirova Nasiba 2025–2026 o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlab, o‘qish davomida barcha fanlarni a'lo baholarga o‘zlashtirgani, namunali xulqi, jamoat ishlaridagi faolligi hamda bilim olishga bo‘lgan yuksak mas'uliyati bilan tengdoshlari orasida alohida ajralib turgani uchun oltin medal bilan taqdirlandi. Xidirova Nasiba maktabda o‘qigan yillari davomida fan olimpiadalari, turli tanlovlar va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib, maktab jamoasi hamda ustozlari ishonchini qozondi Ushbu yutuqlarga erishishi uchun oʻz mehnatini ayamagan ustozlarga minnatdorchilik bildiramiz!!

  • 19 июн.2553из xalqtaliminfo

    Ertadan 1-sinfga qabul jarayoni boshlanadi Bu yil 795 mingdan ortiq bolalarni birinchi sinfga qabul qilish rejalashtirilmoqda. Qabul jarayonlari ertadan boshlanadi. Xo'sh, bolalarni 1-sinfga qabul qilish jarayoni qanday o'tadi? Qabul tartibi, onlayn tizimdagi oʻzgarishlar va ota-onalarni qiziqtirgan boshqa ma'lumotlar bilan saytimizda tanishib chiqishingiz mumkin. Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1617 Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring. Telegram l Instagram l YouTube

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

Школа 98 — tgindex