𝗧𝗮𝗾𝗿𝗶𝘇
Статистика📌Ilmga oid barchasi... 📌Har bir postni oʻqishga koʻzingiz yetsagina qoʻshiling...
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 197
- 1/48двое суток
- 225
- 1/72трое суток
- 243
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
15 000 lik skidkamizga Joylar oz qoldi. 💸 Bu chiqim emas, bu bilimga tikilgan sarmoya, sog'likga tikilgan sarmoya.🎯 Bunaqasi boshqa bo'lmaydi. Ulgurib qo'ling⏱ Qo'shilish uchun👇👇👇
🔊DIQQAT! QABUL OCHIQ! PROGRESS loyihasi asl narxi: 50 000 UZS ❌ Dastlabki 15 kishiga: 15 000 UZS ✅ Qolganlarga 50% chegirmada: 25 000 UZS ✅ Joylar soni rostdan cheklangan❗️❗️❗️ Loyihaga yozilgani: @taqriz_admin ga yozing Spamlar: @Taqriz_robot 1-2 soatlarda javob beraman...
🚀Hayotingizni 180 gradusga o'zgartirishni istaysizmi? Unda bu loyiha siz uchun. Biz jamoamiz bilan anchadan beri «PROGRESS» loyihasi ustida ishladik va sizlarga taqdim etish fursati keldi. «PROGRESS» qanday loyiha? Bu sizni bir tizimga soluvchi maqsadlar va muvaffaqiyat tomon yetaklovchi loyihadir. Siz bu loyiha orqali nimalarni shakllantirasiz? 1. Erta tongda turishni; 2. Tanani sog'lom tutish ya'ni har kuni sport bilan shug‘ullanishni; 3. Diqqat bilan 2 soat davomida chalg'imasdan dars qilishni; 4. Kitob o'qish odatini shuningdek, kitobni qanday 80 foizini eslab qolish va foyda olishni; 5. Keraksiz odatlarni ketkazishni. 🎁Shuningdek, Eng faol ishtirokchiga 5 ta KITOB sovg'a qilamiz! ⏳ 1 OY davomida Vaqtni sekinlashtiramiz, hayotga ma'no mazmun beramiz. 1-mavsumni yondirishga tayyormisiz? 🔥 Ha , Tayyorman 🥱 Rivojlanishni hohlamayman
Siz ham har yil boshida maqsadlar ro‘yxatini tuzasizmi? Aslida bu qanchalar to‘g‘ri? Juda ko‘pchilik yil boshida bir qancha maqsadlar ro‘yxatini tuzadi. “Qanchadir kitob o‘qiyman”, “mana buncha pul topaman” va shunga o‘xshash... Ammo ba’zi hollarda plan bajarilmaydi. Yoki marraga yetish bilan to‘xtash holatlari bo‘ladi. Misol uchun, universitetga kirishni maqsad qiladi, kiradi, lekin keyin o‘qishni tashlab yuboradi. Aslida nima qilish kerak? Bunga yechim — tizim. Hayotingizda o‘lguningizcha amal qilmoqchi bo‘lgan, hech qachon o‘zgarmaydigan maqsadlaringiz bormi? Menda, misol uchun: — Allohning roziligi; — Xotirjamlik; — Sog‘lik. Men qanday ish qilmoqchi bo‘lsam, shu maqsadlarimga qarayman. “Men qilmoqchi bo‘lgan ish bularga zarar yetkazmaydimi?” — deb o‘zimga savol beraman. Javob “yo‘q” bo‘lsa, uni kichik vazifalarga — haftalik va kunlik rejalarga bo‘lib chiqaman. Chunki katta maqsadning o‘zi yetarli emas. Uni amalga oshirish uchun har kuni takrorlanadigan kichik odatlar va tizim kerak. Masalan, “ko‘p kitob o‘qiyman” deyishdan ko‘ra, har kuni 10–20 daqiqa kitob o‘qish tizimini yaratish osonroq. “Sport bilan shug‘ullanaman” deyishdan ko‘ra, haftada ma’lum kunlarni sport uchun ajratish aniqroq. “Ko‘p pul topaman” deyishdan ko‘ra, har kuni daromadimni oshiradigan bitta ishni bajarish foydaliroq. Shunda siz faqat maqsadga qarab yugurmaysiz. Maqsadlaringizga mos hayot tarzini qurasiz. Maqsadga yetganingizdan keyin ham tizim davom etadi. Universitetga kirish — maqsad bo‘lishi mumkin. Ammo bilim olish — umr bo‘yi davom etadigan tizim. Ma’lum miqdorda pul topish — maqsad. Ammo moliyaviy savodxonlik va mehnat qilish — davomiy jarayon. Shuning uchun menimcha, yil boshida yuzlab maqsadlar yozishdan ko‘ra, avvalo o‘zingizga shunday savol berish kerak: “Men qanday inson bo‘lib yashashni xohlayman?” Keyin esa har bir qaroringizni shu javob bilan solishtirib ko‘ring. Chunki hayot faqat marraga yetishdan iborat emas. Muhimi — qaysi yo‘ldan borayotganingiz va shu yo‘lda qanday inson bo‘lib qolayotganingiz. @Taqriiz
Bir davrada otirganingizda sizni maqtashayotganda gapni kim o'zgartirishiga e'tibor bering. Bir davrada sizni yomonlashyotganida gapni kim o'zgartirishiga e'tibor bering. @Taqriiz
Narxini to’lashga tayyor turing Shunday uyim, biznesim, xotinim, mashinam va hokazolarim bo’lishini xohlayman. Bu gapni ko’pchilikdan eshitasiz. «Xohlayman» degan so’zga chuqurroq qaraylik. So’zda 2 ma’no bor. 1. «Xohlayman» va buni narxini to’lashga tayyorman. Uni narxi intizom, pul, vaqt yoki tirishqoqlik bo’lishi mumkin. 2. «Xohlayman», lekin buni narxini to’lashga tayyor emasman. Xohishlaringizni narxini to’lashga tayyormisiz? Xayot restoranga o’xshaydi. Istagan o’vqatingizni tayyorlab beradi, «счёт»’tiga chidasangiz bas.
без подписи
Ilm shunday ulugʻ neʼmatdirki, insoniyat taraqqiyoti, dunyo va ohirat baxt-saodatlarning barchasi unga bogʻliqdir. Ilm qanday boʻlmasin, ulkan neʼmatdir. Ilm olish ne'mat, undan foydalanish neʼmat, uni tarqatish neʼmat, uni saqlash va kelajak avlodga yetkazish neʼmat, insonlar orasida yoyish neʼmat va shunga oʻxshagan barcha ishlarni qilish neʼmatdir. — "Ulamolar nazdida vaqtning qadri" Abdul Fattoh Abu Gʻudda @Taqriiz
Balki dunyoning boshqa joylariga borsangiz, yomg'irlari begona tuyular...
Agar siz ming yilni behuda ishlarga sarflab zoye qilsangiz, soʻngra tavba qilib umringizni oxirgi lahzasida sizga saodat nasib qilsa, natijada jannatda abadiy qiluvchilardan boʻlsangiz, oʻsha umringizni oxirgi lahzasidagi hayotingiz siz uchun dunyodagi hamma narsadan sharafli ekanini bilasiz. Shuning uchun, Alloh taolo vaqt bilan qasam ichgan, kecha va kunduz inson zoye qilayotgan fursat ekaniga eʼtiborni qaratgan. — "Ulamolar nazdida vaqtning qadri" Abdul Fattoh Abu Gʻudda
Allah's plan is the best✨ Alhamdulillah 🤍
#Foydali Bu 3 omil insonlarni huddiki qulogʻi eshitadigan va eshitmaydigan turga boʻladi: 1. Oʻrganishni oʻrganish, yani inson har doim oʻrganib borishi, bilimini yangilab turishi zarur. Chunki vaqt oʻtgan sari ilm-fan-texnika oʻzining yuqori darajasida rivojlanib bormoqda. 7 yil oldingi bilim va keyingi bilimni farqi bor. Misol uchun bir paytlar SI boʻlmagan boʻlsa, hozirgi kunda nihoyatda rivojlanib ketdi. 2. Sabr qilish, yani inson qaysi kasb egasi yoki kum boʻlishidan qatʼiy nazar bir joyda qiyinchilikka duch keladi. Va oʻsha joyda sabr qilish muvaffaqiyatga ikki qadam yaqinlashtiradi. 3. Emotsiyalarni boshqarish, bu hislarni oʻldirish degani emas. Siz xohlab turgan narsani toʻgʻri paytda bajarish. Misol uchun, siz ertagacha loyihani tayyor qilib topshirishingiz kerak. Lekin doʻstingiz kinoga boraylik deb xabar yozdi. Agar siz emotsiyalaringizni(xohishingizni) boshqarmasdan kuniga borsangiz loyiha tayyor boʻlmaydi. Bularga amal qiling va hayotingizni oʻzgartiring! @Taqriiz
- Kimdir oʻqiyotgan kitobni "saviyasiz" deyishdan avval oʻzingiz ham qachondir shunday kitoblar oʻqiganingizni eslang - Yiliga sizdan kamroq mutolaa qilgan insonni koʻrsangiz, oʻzingizdan faxrlanmay, umuman kitob qoʻlingizga olmagan yillarni eslang - Yangi kitobga pul soʻrashdan avval, oʻqilishini muzlik davridan beri kutib yotgan kitoblaringizni eslang - Izohda hadyaga kitob soʻrab yurgan kitobxonlarni koʻrganda, oʻzingiz ham qachondir bitta kitob berishgani uchun qanchalik quvonganingizni xotirlang - Koʻchada, transportda oʻqib oʻtirgan insonni koʻrsangiz "xoʻjako'rsinga oʻqiyapti" degan tamgʻani darrov yopishtirmay, oʻzingiz ham uyda oʻqishga vaqt topa olmagan vaqtlaringiz esingizga tushsin - Umuman oʻqimaydigan insonni koʻrib, "undan ancha aqlliroqman" deb kibrga ketsangiz, oʻqigan shuncha ilmingiz foyda bermabdi Chunki kitob maʼnaviyatni yuksaltirishi kerak, intelektual kibrni emas! @taqrizchii
Ilm yo‘lida intizom motivatsiyadan kuchliroq “Motivatsiya bo‘lsa — hammasi oson.” Bu gap yoqimli. Lekin haqiqat emas. Motivatsiya keladi… ketadi. Bugun bor — ertaga yo‘q. Agar sen faqat motivatsiyaga suyansang: bir kuni kuchli ishlaysan, keyingi kuni hech narsa qilolmaysan. Natija? Nol. Intizom esa boshqacha. U kayfiyatga qaramaydi. U “xohlaymanmi yo‘qmi” deb o‘tirmaydi. U shunchaki bajaradi. Motivatsiya seni boshlaydi. Intizom seni davom ettiradi. Farqni tushun: Motivatsiya: “Bugun kayfiyatim bor, o‘qiyman.” Intizom: “Kayfiyatim yo‘q, baribir o‘qiyman.” Katta natijalar — aynan shu yerda boshlanadi. Bugundan boshlab kichik qoidani qo‘y: Har kuni kamida 20 daqiqa ilm. Kayfiyat bormi? Zo‘r — davom et. Yo‘qmi? Baribir 20 daqiqa qil. Chunki muvaffaqiyat — kayfiyatga emas, odatga bog‘liq. @Taqriiz
#iqtibos - "Mehmonga borsang, uy egasi koʻrsatgan joyga oʻtir. Nimani keltirsa, indamay ye. Mezbon tashqariga chiqsa oʻrningdan turma, ruxsatsiz narsa qidirma. Goh u narsani, goh bu narsani ushlayverma. Ammo xonada kitoblar boʻlsa, koʻrish mumkin. - "Ijtimoiy odoblar" Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf @Taqriiz
+1 Welcome to my library 🤎
— Bu kunni hamma yaxshi ko'radi, yosh bolalar ham, kattalar ham, qariyalar ham. Biz ham bu kunni yaxshi ko'ramiz. Go’zal ayyomda, yaxshi ko’rganlaringizni unutmang. Qo‘ng‘iroq qiling, yozing, bag’ringizga bosing, erkalang, duo qiling. Qurbon hayiti Muborak bo’lsin 🎉 @Taqriiz