tgindex
Tarixdan Testlar l Dilshod Gulmurodov

Tarixdan Testlar l Dilshod Gulmurodov

Статистика

Tarix asosiy, majburiy va huquq fanlari uchun qo'llanmalar va testlar,shuningdek ta'limga oid yangiliklar. Admin: @Politician222

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
6
Всего постов
39
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Политика
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
297
+1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
282
39 постов
Вовлечённость
94,9%
к подписчикам
Постов в день
0,9
всего 39
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
73
1/48двое суток
83
1/72трое суток
90

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Talaba bo‘la OLMAGANLAR! Talaba bo‘lish — muvaffaqiyatning bir bekati, xolos. Agar siz bu bekatga ulgura olmagan bo‘lsangiz, sabr qiling. Keyingi bekatni kuting. Harakat qiling. To‘xtamang. Qanchalik kuchli harakat qila olsangiz, shunchalik harakat qiling. Qo‘lingizdan kelganini, imkoningiz yetganini imkon qadar bekam-u ko‘st qilishga harakat qiling. Lekin Allohning izni bo‘lmasa, hech narsa ro‘yobga chiqmaydi. Shuning uchun o‘kinmang. Esingizdan chiqmasin: hayot yiqilgan joyingizdan boshlanadi! Allohning bergani — himmat, bermagani — hikmat! Inshaalloh, siz bu qiyinchilikni ham ortda qoldira olasiz. O‘kinmang! Ikki marta o‘qishga kira olmagan inson sifatida aytaman: talaba bo‘la olmaslik — hayot to‘xtadi degani EMAS! Balki, endi boshlandi degani. Qiyinchiliklar va mag‘lubiyatlar kuchli insonlarni yetishtiradi, tarbiyalaydi. Alloh nasib etgan kunda siz kutganingizdan ham afzal natija bilan mukofotlanasiz, inshaalloh! Sabr qiling. Alloh sabr qiluvchilar bilandir! 🤲 @Tarixdan_testlar_DG

  • O‘qishga kirmagan yigitlar — najot boshqa yerlarda emas, najot chet ellarda emas, qora mehnat najot emas, najot faqat va faqat ta’limda! @Tarixdan_testlar_DG

  • Mandat ertaga, 15-avgust — shanba kuni soat 08:00 da e’lon qilinadi. @Tarixdan_testlar_DG

  • Bugun mandat chiqish ehtimoli bor ekan, lekin aniq chiqadi degani emas. 50/50 vaziyat. @Tarixdan_testlar_DG

  • O‘tgan yili 13-avgust soat 23:51 da yakuniy mandat e’lon qilingan edi. Bugun ham 13-avgust — demak, bugun kutish uchun arzirli fakt bor. @Tarixdan_testlar_DG

  • Mandat qachon chiqadi? Yakuniy mandat natijalari shanba (15-avgust)gacha chiqishi kerak. Lekin, payshanba yoki juma kuni chiqib qolishi ham mumkin. @Tarixdan_testlar_DG

  • #Eslatma 56,7 ball past to'plagan abituriyentlar mandat natijasini ertaroq bilishi mumkin. Ya'ni ular o'qishdan yiqilib bo'lishdi :) @Tarixdan_testlar_DG

  • ❓Mandat qachon chiqadi? ✅ JAVOB: Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangach, ya'ni 8-avgustdan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi. ➡️ 2025-YIL: — ikkinchi bosqich: 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida bo'lib o'tgan va mandat 13-avgust e'lon qilingan edi. ➡️ 2026-YIL: — ikkinchi bosqich: 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida bo'lib o'tishi ma'lum qilindi va qoida bo'yicha YAKUNIY MANDAT 15-avgustgacha e'lon qilinishi kerak. @Tarixdan_testlar_DG

  • Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo’nalishlarini tanlash yakunlandi. Endi bir hafta ichida yakuniy mandat natijasi e’lon qilinishi kerak. @Tarixdan_testlar_DG

  • #Eslatma 8-avgustgacha yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar o'qishga qabul qilinmaydi. @Tarixdan_testlar_DG

  • 68 balldan past to‘plagan abituriyentlar grant uchun kurasha olmaydi. Chunki davlat granti uchun minimal o‘tish balli — 68 ball. @Tarixdan_testlar_DG

  • Bu yil o‘qishga kirish qiyin bo‘ladimi? Maksimal ball to‘plagan abituriyentlar ko‘pligini ko‘rib, xavotirga tushgan bo‘lsangiz, bitta muhim statistikaga e'tibor bering. Bu yil test sinovlarida 610 ming abituriyent qatnashdi. Shundan 234 ming nafari minimal o‘tish bali — 56,7 ballni ham to‘play olmadi. 610 000 − 234 000 = 376 000. Demak, amalda OTMga kirish uchun 376 ming abituriyent kurashadi. Kunduzgi, kechki va masofaviy ta'lim bo‘yicha jami 205 604 ta kvota ajratilgan (imtiyozli alohida kvotalardan tashqari). 376 000 ÷ 205 604 ≈ 1,8. Ya'ni, bir o‘ringa atigi 1,8 nafar abituriyent to‘g‘ri kelmoqda. Oddiy qilib aytganda, har ikki abituriyentning bittasi talaba bo‘lish imkoniyatiga ega. Ha, yuqori ball to‘plaganlar ko‘p. Ammo ularning asosiy qismi nufuzli yo‘nalishlar va davlat granti uchun raqobatlashadi. Shuning uchun maksimal ball olganlarni ko‘rib tushkunlikka tushmang — ayniqsa kontrakt asosida o‘qishga kirish imkoniyatingiz hali ham yuqori. Axmadjanov @Tarixdan_testlar_DG

  • ❓56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlar o‘qishdan yiqildimi? Afsuski, ha. Minimal o‘tish balli — 56,7 ballni to‘play olmagan abituriyentlar tanlovda ishtirok eta olmaydi. ❓Super-kontrakt asosida o‘qisa bo‘ladimi? Yo‘q. Minimal o‘tish chegarasi, ya’ni 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlar super-kontrakt asosida ham talaba bo‘la olmaydi. ❓56,7 balldan past to‘plagan abituriyentlar endi nima qiladi? Ular oldida ikki yo‘l bor: 1️⃣ Bir yil tayyorlanib, kelasi yili qayta topshirish; 2️⃣ Bu yilning o‘zida xususiy universitetga kirish. @Tarixdan_testlar_DG

  • 2 авг.602411

    🔥 Hech qayerda e'lon qilinmagan statistika 📊 Bilimni baholash agentligining ochiq ma'lumotlariga ko‘ra, 234 072 nafar abituriyent minimal o‘tish bali — 56,7 ballni to‘play olmagan. 📈 Ballar taqsimoti: ➖ 189+ ball: 7 579 nafar; ➖ 170–188 ball: 47 152 nafar; ➖ 150–169 ball: 48 740 nafar; ➖ 130–149 ball: 48 791 nafar; ➖ 110–129 ball: 45 137 nafar; ➖ 90–109 ball: 56 366 nafar; ➖ 70–89 ball: 53 997 nafar; ➖ 56,7–69,9 ball: 106 722 nafar; ❌ 56,7 balldan past: 234 072 nafar. 📚 Eng ko‘p tanlangan fan majmualari: ➖ Matematika + Fizika: 114 545 nafar; ➖ Biologiya + Kimyo: 100 050 nafar; ➖ Matematika + Chet tili: 80 556 nafar; ➖ Biologiya + Ona tili va adabiyoti: 62 930 nafar; ➖ Ona tili va adabiyoti + Chet tili: 30 147 nafar. 🏆 Rekordlar: ➖ Eng yuqori ball: 217,4 ➖ 189 va undan yuqori ball olganlar: 7 579 nafar @Tarixdan_testlar_DG

  • Chet tili + ona tili va adabiyoti bo'yicha 500 nafardan ortiq abituriyent maksimal 189 ballni to'plabdi. @Tarixdan_testlar_DG

  • Ана энди йиғла... Тарих ва чет тили йўналишига яна бир қайтиб ўйлаб олишга мажбурмиз, қаранг, биринчи фан тарих, иккинчи фан инглиз тили танлаган абитуриентларнинг 1095 нафари 189 ва ундан юқори олган. Ўзи бу йўналишда тўртта танлов бор: • Халқаро муносабатлар; • Сиёсатшунослик; • Давлат ва жамият бошқаруви; • Туризм ва меҳмондўстлик; Шу тўртта йўналишга ажратилган жами квоталар сонига эътибор берамиз энди: • Халқаро муносабатлар - 375 • Сиёсатшунослик - 380 • Давлат ва жамият бошқаруви - 70 • Туризм ва меҳмондўстлик - 1980; Бу квота жами, бюджет ва контракт аралаш. Энди 189 балл олиб қўйган абитуриент албатта туризмни танлаш эҳтимоли жуда паст, агар барча 189 балл олганлар халқаро муносабатларни танласа ҳам бу белгиланган квотадан анча катта миқдор. Ҳозирги қонунчилик бўйича 189 балл олганларнинг ҳаммаси бюджет ўринлари берилиши керак. bektoshkhatamov @Tarixdan_testlar_DG

  • ❓Mandat qachon chiqadi? ✅ JAVOB: Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangach, ya'ni 8-avgustdan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi. ➡️ 2025-YIL: — ikkinchi bosqich: 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida bo'lib o'tgan va mandat 13-avgust e'lon qilingan edi. ➡️ 2026-YIL: — ikkinchi bosqich: 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida bo'lib o'tishi ma'lum qilindi va qoida bo'yicha YAKUNIY MANDAT 15-avgustgacha e'lon qilinishi kerak. @Tarixdan_testlar_DG

  • Xuddi o‘tgan yillardagi kabi abituriyentlarning nechani o‘rinda turgani, fanlar majmuasi kesimida abituriyentlar ism-familiyasi va olgan ballarini to‘liq ko‘rsatuvchi jadval tez orada mandat.uzbmb.uz saytida paydo bo‘ladi, bu bo‘yicha hozirda texnik ishlar olib borilmoqda — Bilimlarni baholash agentligi vakili. @Tarixdan_testlar_DG

  • Bu yili abituriyentlar kam, ballar tushadi deganlar uchun Joriy yilda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar soni 193 186 nafarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilda 85 140 nafar bo‘lgan edi. Chet tillari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar soni esa 125 354 nafarga yetdi. 2025-yilda mazkur ko‘rsatkich 58 216 nafarni tashkil etgan. Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 997 nafar abituriyent test sinovlarini topshirishdan ozod etildi va ular bevosita tanlovning 2-bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Taqqoslash uchun, 2025-yilda bu imkoniyatdan atigi 678 nafar abituriyent foydalangan edi. 👉 @Tarixdan_testlar_DG

  • ⚡️2025-yil o‘tish ballari eʼlon qilindi! Endi abituriyentlar to'plagan ballariga mos yo‘nalishlarni oson topishlari mumkin! Bilim va malakalarni baholash agentligi platformasida abituriyentlar o‘tgan o‘quv yilining kirish ballariga qarab yo‘nalish tanlashda taxminiy mo‘ljal olishlari uchun maxsus bo‘lim ishga tushirildi. Abituriyent ruxsatnomada ko'rsatilgan ID raqamini quyidagi botlarga kiritish orqali quyidagi muhim ma’lumotlarga ega bo‘ladi: 👉 @mandat_uzbmbbot 👉 @mandat_uzbmb1bot 👉 @mandat_uzbmb2bot ➖ Abituriyentning ta’lim tili va to‘plagan umumiy bali; ➖ To‘plangan ballga mos keluvchi barcha mavjud yo‘nalishlarning umumiy soni; ➖ Hududlar, oliy ta’lim tashkilotlari hamda ta’lim shakllari (kunduzgi, kechki va masofaviy) kesimidagi ta’lim yo‘nalishlari; ➖ Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tish ballari hamda abituriyent bali ushbu yo‘nalishga yetishi yoki yetmasligi haqidagi aniq ko‘rsatkich. @Tarixdan_testlar_DG