tgindex
Dream | Teachers Lab

Dream | Teachers Lab

Статистика

Orzigul Alisherovna ESL Teacher 🎓 BA— UzSWLU 🎓 MA— Webster University 📚 Interactive ESL Games & Activities 💡 Modern Teaching Strategies 🧩 Ready-to-use Classroom Materials Where Teachers teach with Purpose & Dream bigger!

Последний пост
10 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
25
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
282
−28 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
230
24 постов
Вовлечённость
81,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 25
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
328
1/48двое суток
375
1/72трое суток
405

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Tez orada go’zal qaytamiz in sha Alloh 🦋

  • August is the month for preparing the new upcoming year in teaching!!!

  • ❤️❤️❤️❤️❤️❤️

  • без подписи

  • #Foydali 📕 Teaching Methods | “I do – We do – You do” usuli Ko’p o’qituvchilar yangi mavzuni tushuntirgandan keyin: “Hammasi tushunarlimi?” deb so’rashadi. O’quvchilar esa bosh irg’ashadi. Ammo mashq boshlanganda ko’pchilik nima qilishni bilmay qoladi. Buning oldini olish uchun I do – We do – You do metodidan foydalaning. ✅ 1. I do (Men ko’rsataman) O’qituvchi yangi ko’nikmani bosqichma-bosqich namoyish qiladi va fikrlash jarayonini ovoz chiqarib tushuntiradi. ✅ 2. We do (Birgalikda bajaramiz) O’qituvchi va o’quvchilar birgalikda bir nechta misollarni yechishadi. Zarur joylarda savollar berilib, yo’l-yo’riq ko’rsatiladi. ✅ 3. You do (Mustaqil bajarish) O’quvchilar o’rganganlarini mustaqil qo’llaydilar. O’qituvchi esa kuzatadi, kerak bo’lsa individual yordam beradi. 🏹 Nima uchun bu metod samarali? • O’quvchilarda ishonchni oshiradi. • Xatolarni erta aniqlashga yordam beradi. • Mustaqil ishlashga bosqichma-bosqich tayyorlaydi. • Darsni teacher-centered usuldan student-centered usulga yaqinlashtiradi. 💡Keyingi darsingizda yangi grammatika, writing yoki reading topshirig’ini aynan shu ketma-ketlikda o’tkazib ko’ring. Natijadagi farqni o’zingiz sezasiz. ❓Siz odatda yangi mavzuni qanday o’rgatasiz? Izohlarda tajribangiz bilan bo’lishing.

  • ❤️❤️❤️ 7⃣

  • #Energizer ⚡️Hoziroq darsingizda qo‘llab ko‘ring! Hech qanday material talab qilmaydigan mashg‘ulot! Har qanday fanda qo‘llash mumkin bo‘lgan ajoyib enerjayzer! O‘quvchilarga qizil va yashil ranglari orqali buyruq beriladi. Qizil~to‘xtash, yashil esa yurish ma'nosini anglatadi. Shartni noto‘g‘ri bajargan ishtirokchi o‘yindan chiqadi. 🤗3~4 marta takrorlangach, endi buyruqni biroz o‘zgartiramiz. Qizil~yurish, yashil~to‘xtash belgisini bildiradi. Bu jarayon o‘quvchilarda yana ham ziyarklikni oshirishga yordam beradi. Keyin esa ism buyrug‘i qo‘shiladi. O‘qituvchi ism deb buyruq berganda har bir o‘quvchi 1 marta baland ovozda o‘z ismini aytishi kerak. Qizil ~yurish Yashil~ to‘xtash Ism~o‘z ismini aytish Bu jarayonni ham 2~3 marta takrorlagach, qarsak buyrug‘i qo‘shiladi. Endi o‘quvchilar qizil deganda yurishlari, yashil deyilganda to‘xtashlari, ism deyilganda sinfdoshining ismini aytishi va qarsak buyrug‘i berilganda 1 marta qarsak chalishadi.

  • #Day_6 #Method ⚡️''Kutuvlar daraxti'' ❤Daraxt rasmi kerak bo‘ladi, xohlasangiz doskaga chizib qo‘ying. ❤O‘quvchilarga stikerlar berib chiqasiz. Sinfda o‘quvchilar soni juda ko‘p bo‘lsa, ma'lum bir o‘quvchilarga tarqatib chiqing. ❤Doskaga mavzuni yozib, bo‘lganingizdan so‘ng o‘quvchilardan BUGUNGI DARSDAN NIMA KUTISHAYOTGANINI so‘rang. ❤Ular qo‘llaridagi stikerchalarga darsdan nima kutishayotganini so‘z birikmasi yoki gap tarzida yozib chiqishadi. ❤Belgilangan vaqt tugab, hammadan stikerlarni terib chiqasiz va "Kutuvlar daraxt''ingizga yopishtirib qo‘yasiz. ❤Har bir o‘quvchi yozgan fikrni baland ovozda o‘qib berasiz.

  • ❤️❤️❤️ 6⃣

  • без подписи

  • #Energizer Salomlashish Energizeri 🌿 O’quvchilarni 2tadan kichik juftliklarga ajratib olasiz. Har biri bir-biriga qarab turgan bo’lishi kerak. 🌿 Keyin har xil vaziyatlarni aytasiz va ular o’sha vaziyatga mos bir-biri bilan salomlashishi kerak! 🌿 Misol vaziyatlar: -President bilan qanaqa salomlashgan bo’lardingiz? -Eng yaqin o’rtog’ingiz bilan qanday salomlashgan bo’lardingiz? -Eng yomon ko’rgan odamingiz bilan qanday salomlashgan bo’lardingiz? -Jajji jiyaningiz bilan qanday salomlashgan bo’lardingiz?

  • #Day_5 #Method ⚡️G‘ijimlangan qog‘oz Mavzuni doskaga yozasiz. 2ta guruh hosil qiling. Siz boshlab beruvchi ishtirokchi bo‘lasiz. 2 ta listga bir xil narsa yozasiz. Ya'ni, mavzuga doir bir tushuncha. Va ikkala jamoaning yetakchi o‘quvchilariga o‘sha listlarni g‘ijimlab otasiz. O‘quvchilar siz boshlagan jumlani davom ettirgan holda to‘liq qilib, o‘sha tushunchaning ma'nosini ochib berishi kerak. Har bir ishtirokchi 1tadan so‘z yozish imkoniyatiga ega.(balki, 2-3ta so‘z. Tushunchaning oddiy yoki murakkabligiga qaraysiz) Shu tariqa ishtirokchilar g‘ijimlangan qog‘ozlarni bir-birlariga otib, ma'lumotni to‘ldiraveradilar. Qaysi jamoa birinchi va to‘liq javob bersa, g‘olib bo‘ladi. Foydali tomonlari juda ko‘p, menimcha. Ayrimlarini yozaman: Ziyraklik oshadi. O‘rtog‘i nima yozdi, o‘zi nima yozadi, shu haqida o‘ylay boshlaydi. Miyasidagi barcha bilimlarni titib, mavzu bo‘yicha keraklilarini izlaydi. Birdamlik. Jamoasining g‘alabasi unga bog‘liq ekanligini his qiladi. Bor kuchini ishga soladi. Buni bemalol ingliz tilida vocabulary yoki grammar uchun o’zgartirib ishlatsangiz bo’ladi!

  • ❤️❤️❤️ 5⃣

  • без подписи

  • #Day_4 #Method ⚡️‘’DO’STINGNI TOP’’ metodi ✉️ Konvertga savol va javoblar yozilgan kartochkalar aralash qilib solingan bo’ladi. ⏺Sinfda 30 ta o'quvchi bo'lsa, demak, 30 dona kartochkalar bo‘ladi: 15ta savol, 15ta javob. 📨 Sinfdagi har bir o’quvchi konvertdan ko’rmagan holatda kartochkalarni tortadilar. 📇Birinchi, savol tushgan o‘quvchilar savolni o’qiydi, javobi qaysi o’quvchida bo’lsa o’sha do’sti savolga javob berishi kerak bo'ladi. 📝Bu metod o’quvchini fanga qiziqtirib har bir savol uchun o’zi harakat qilishga undaydi.

  • 😁😊😊 4⃣

  • #Energizer ⚡️Ко'zni yumib, saflan! 💚Barcha ishtirokchilar davra bo’lib turadilar va ko’zlarini qattiq yumadilar. 🩷Ustozning buyrug’i bilan ular bo’y-bo’yi bilan saflanishlari lozim. 💚Ishtirokchilar bunda gaplashmaydilar, faqat bir-birlariga suyanib, qo’llari bilan bo’ylarini o’lchab ko’rishlari mumkin. 🩷Odatda, bu jarayon ko’p vaqtni oladi. Ba’zi ishtirokchilar davradan chetga chiqib ketishlari mumkin. O‘qituvchi ularni aylantirib, kerakli joyga yo’naltirishi mumkin. 💚Bu o’yinni musiqa ostida o’tkazish ma’qul bo’ladi. Hamma bir qatorga joylashganidan so’ng ustoz ko’zlarini ochishga kamanda beradi. 🩷Natija, odatda, kuchli kulguga sabab bo’ladi.😄

  • #Day_3 #Method ⚡️IPLAR Rahbar davraning markazida, 1, 1.5 metr uzunlikdagi jun iplarni o’rtasidan, uchlarini osiltirib ushlab turadi. Har bir ipning o‘rtasiga savol yozilgan qog‘ozchalar biriktirilgan bo‘ladi. (Agar ingliz tili ustozi bo’lsangiz lug’atlarni ham qo’yib chiqishingiz mumkin) 😍 Har bir ishtirokchi (ularning soni juft bo’lishi lozim) ipning bitta uchini ushlaydi. Keyin rahbar qo’lidagi iplarni qo’yib yuboradi. Bitta ipning ikki uchini ushlab turgan kishilar juftlik hosil qiladilar. 😍 Rahbar endi nima qilishni tushuntiradi: ishtirokchilar o’z juftlari bilan bir jamoa bo‘lib, ip markazida joylashgan savollarga birgalikda javob beradilar.😍 Juda ham interaktiv va o’quvchilarga moydek yoqib tushadigan metod bu. Darsingiz davomida ham o’quvchilar aktivligini bemalol ko’tarib bera oladi😍

  • ❤️❤️❤️ 3⃣

  • без подписи