tgindex
Baxtishod.uzb️

Baxtishod.uzb️

Статистика

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi.(sobiq) Murojaat uchun: @baxtishodrashidov Instagram: baxtishoduzb New project: @IYC_uzb

Последний пост
23 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
33
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
203
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
188
31 постов
Вовлечённость
92,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 33
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
98
1/48двое суток
112
1/72трое суток
121

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Sheriyatni o`lishi.................. Bu akamiz menimcha odamlarni ustidan kulayapti.............. 👉@baxtishoduzb

  • Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda mamlakat iqtisodiyoti 8.5 foizga o‘sgani qayd etildi. Sanoat ishlab chiqarishi, eksport va investitsiyalar hajmi ortib, yilning olti oyida iqtisodiyotga 20 milliard AQSH dollaridan ortiq investitsiya jalb qilindi. Natijada minglab yangi ish o‘rinlari yaratilib, hududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi. Bu natijalar bugungi murakkab global iqtisodiy vaziyatda O‘zbekistonda islohotlar izchil davom etayotgani va iqtisodiy siyosat uzoq muddatli barqaror rivojlanishga qaratilganini ko‘rsatmoqda. Endi asosiy vazifa – erishilgan sur'atni saqlab qolish, investitsiyalar samaradorligini oshirish, eksportni kengaytirish va har bir hududning iqtisodiy salohiyatini to‘liq ishga solishdir. Albatta bularning barchasi barqaror taraqqiyot – puxta strategiya, mas'uliyatli boshqaruv va xalq manfaatiga xizmat qiladigan islohotlar natijasidir. 👉@baxtishoduzb

  • Baxtishod.uzb️ pinned «Farzandlarim uchun......... Atrofingdagi hamma narsa sening pulingni olishga harakat qiladi deb o‘ylaysanmi? Yo‘q, bolam. Hozirgi zamonda pul ikkinchi darajali narsaga aylangan. Sening pulingdan ham qimmatroq, qaytarib bo‘lmaydigan bir xazinang bor — bu sening…»

  • Farzandlarim uchun......... Atrofingdagi hamma narsa sening pulingni olishga harakat qiladi deb o‘ylaysanmi? Yo‘q, bolam. Hozirgi zamonda pul ikkinchi darajali narsaga aylangan. Sening pulingdan ham qimmatroq, qaytarib bo‘lmaydigan bir xazinang bor — bu sening diqqating. Bugun sen bilan diqqatning aslini ko‘rishni o‘rganamiz. Katta bo‘larkansan, qo‘lingdan telefon, qarshingdan kompyuter tushmaydi. Chiroyli ekranlar, tinimsiz chalingan bildirishnomalar, sekundiga almashadigan qisqa videolar (Shorts, Reels deysan) seni o‘ziga ohangrabodek tortadi. Bular shunchaki ko‘ngilochar narsalar emas. Bu ortida minglab aqlli muhandislar, psixologlar va neyrobiologlar o‘tirgan ulkan sanoat. Ularning yagona maqsadi — sening diqqatingni o‘g‘irlash. Chunki sen ekranga tikilib turgan har bir sekunding uchun kimdir milliarder bo‘lyapti. Ijtimoiy tarmoqlardagi "Lenta" (tasma) degan joyni ko‘rasan. Uni pastga qarab tortganingda yangi ma’lumot chiqadi. Aslini bilasanmi nima bu? Bu qimorxonalardagi avtomat o‘yinlar (Slot-machine) bilan bir xil mexanizm. Tortasan — yutasanmi yoki yutqazasanmi, bilmaysan. Miyangga arzon dofamin portlashi kerak. Senga u yerdagi videolar qiziq emas, senga shunchaki "keyingisida nima chiqarkin" degan soxta qiziqish kerak, xolos. Sen telefon o‘ynayapman deb o‘ylaysan, aslida telefon sening miyangni o‘ynayotgan bo‘ladi. Miyangni cheksiz axborot bilan to‘ldirasan. "Dunyo yangiliklaridan xabardor bo‘lishim kerak", deysan. Aslida esa, miyangni axlatxonaga aylantirasan. Ertalabdan kechgacha kim qayerda o‘ldi, kim kimga xiyonat qildi, qaysi bloger yangi mashina oldi — sening hayotingga zarracha ta’siri bo‘lmagan milliardlab bayt ma’lumot. Ko‘p axborot — kam diqqat degani. Ma’lumot ko‘paygan sayin, miyang bitta kitobni o‘qib, mag‘zini chaqish qobiliyatini yo‘qotadi. Ikki sahifa kitob o‘qisang, iching qisilib, telefoningni qidirib qolishing — miyangning o‘sha arzon "shirinliklar"ga o‘rganib qolganidandir. Internetda "bepul" ilovalar, bepul o‘yinlar bor. Shuni doim yodda tut, bolam: agar biror mahsulot uchun pul to‘lamayotgan bo‘lsang, demak, mahsulotning o‘zi sensan. Sening ko‘zlaring, sening vaqting, sening diqqating o‘sha bepul ilovaning asosiy tovaridir. Sening diqqatingni ulgurji narxda sotib olib, reklama beruvchilarga chakana narxda pullashadi. Multitasking (bir vaqtda bir nechta ishni qilish) bilan maqtanadigan odamlarni ko‘rasan. Ham dars qiladi, ham musiqa eshitadi, ham yozishadi. Buni zamonaviylik deb o‘ylama. Aslini olganda, bu diqqatning nogironligidir. Miyang hech bir ishni mukammal qilmayapti, shunchaki har soniyada u ishdan bu ishga sakrab, charchab boryapti. Natijada yuzaki odamlar armiyasi yetishib chiqyapti — hamma narsadan bir shingil biladigan, lekin hech bir narsaning tubiga yeta olmaydigan yuzaki avlod. Jimir-jimirlarga aldanma, bolam. Dunyodagi eng buyuk kashfiyotlar, buyuk asarlar, haqiqiy bilimlar telefon ekraniga tinimsiz termulib o‘tirgan odamlar tomonidan yaratilmagan. Ular telefonini o‘chirib, dunyoni shovqinidan uzilib, o‘z diqqatini bitta nuqtaga jamlay olgan donolar tomonidan qilingan. Diqqat — bu sening hayoting. Hayotingni kimlardir ishlab chiqqan algoritmlarga tekinga topshirib qo‘yma. Narsalarning aslini ko‘r. Shunda sening vaqtingni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan har bir bildirishnoma senga dushman bo‘lib ko‘rinishni boshlaydi. 👉@baxtishoduzb

  • 30 июн.1643из uz_milliytiklanish

    ✉️ “Ishonch bildirilgan avlod” ▶️ Filmni youtubeda ko'rishingiz mumkin #Yoshlar #30iyun 🖥 MTDP | Telegram

  • Barakalla, Toʻmaris! 👉@baxtishoduzb

  • Bayram muborak aziz YOSHLAR! 👉@baxtishoduzb

  • Baxtishod.uzb️ pinned a photo

  • 27..... Ortda qolgan xatolardan saboq, sinovlardan matonat, yutuqlardan mas'uliyat oladigan davr. Hayot menga bir narsani o‘rgatdi, insonni yoshi emas, qadriyatlari ulg‘aytiradi. Bugun o‘zimga bitta va'da beraman, kechagi kunimdan yaxshiroq inson bo‘lish, o‘zim ishongan g‘oyalarga sodiq qolish va ortimdan foydali iz qoldirish. Oldinda hali zabt etiladigan marralar, amalga oshiriladigan maqsadlar, orzular va Vatanim hamda xalqim uchun qilinadigan xizmatlar ko‘p. 👉@baxtishoduzb

  • 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak! Jamiyatni xolis va tezkor axborot bilan taʼminlash, jamoatchilik fikrini shakllantirish, xalq bilan davlat oʻrtasida ishonchli muloqot koʻprigini yaratishda fidokorona mehnat qilayotgan barcha jurnalistlar, muharrirlar, operatorlar, fotomuxbirlar, matbuot kotiblari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklayman! Qalamingiz oʻtkir, soʻzingiz xolis, nigohingiz teran, ijodingiz esa doimo xalq va Vatan manfaatlariga xizmat qilsin. Mamlakatimiz taraqqiyoti, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash yoʻlidagi masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt va cheksiz ilhom tilayman. 👉@baxtishoduzb

  • A.Qodirovning fikrlarini qo‘llab-quvvatlayman. Uni rahbarim bo‘lgani uchun emas, balki bir vaqtlar futbol maydonida to‘p tepgan inson sifatida, g‘alabaning ham, mag‘lubiyatning ham asl bahosini bilganim uchun qo‘llab-quvvatlayman. Tarix yaratdik, mundialga chiqdik. Endi oʻsha tarix bilan maqtanish emas, tarixdan mas'uliyatni yuzaga chiqarish vaqti keldi. Maydonga "xizmat ko‘rsatganlar" emas, oʻyin natijadorligini oshira oladiganlar tushishi kerak. Futbolda ham davlat boshqaruvidagi kabi eng oliy mezon bitta — samaradorlik! Meni o‘ylantirayotgan yana bir masala — nega Sherzod Temirovga imkon berilmadi? Hatto ayrim o‘yinlarda zaxiradan ham joy topmadi. Bir paytlar Sherzod bilan Sho‘rtan jamoasining 2-ligasida birga to‘p surganmiz. Uning mehnatini, xarakterini va hujumdagi salohiyatini yaqindan ko‘rganman. Ishonchim komilki, bugungi tarkibda u hujumda ko‘plab futbolchilardan, jumladan Sergeyevdan ham ayrim jihatlari bilan ustun edi. Hech bo‘lmaganda o‘zini isbotlash imkoniyatiga loyiq edi. Milliy jamoa hech kimning shaxsiy mulki emas. U butun xalqning jamoasi. Biz bu milliy jamoamizni yomon ko‘rganimiz uchun emas, uni Osiyoning eng yaxshisi, ertaga esa dunyoning eng kuchlilari qatorida ko‘rishni istaganimiz uchun tanqid qilyapmiz. Kannavaroga keladigan boʻlsak Portugaliyaga qarshi oʻyinda eng katta xatoni u qildi. 👉@baxtishoduzb

  • Muhimi, xalqimizning g‘oliblik ruhi yashamoqda. O‘zbek xalqi tarix davomida sinovlar qarshisida taslim bo‘lmagan. Futbolda ham, hayotda ham yuksalishning eng katta omili — o‘ziga ishonch va maqsad sari qat’iy intilishdir. 👉@baxtishoduzb

  • 18 июн.1634из uz_milliytiklanish

    #munosabat 🙏 O‘zbekiston dunyoning investitsion markazlaridan biriga aylanmoqda batafsil 🖥 MTDP | Telegram

  • 🇨🇳 Xitoy taraqqiyotining siri... Aslida buni sir deyish mumkin bo‘lsa... Bizda esa hamma yoshlarning qo‘lida telefon... 👉@baxtishoduzb

  • 1 июн.19451из uz_milliytiklanish

    🙏 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni 🖥 MTDP | Telegram

  • Qurbon hayiti muborak boʻlsin! 👉@baxtishoduzb

  • Bugun o‘qituvchi zimmasiga fan berishdan tashqari ruhiy bosimni yengish, nizolarni bartaraf etish, agressiyani jilovlash, oilaviy muammolar oqibatini ko‘tarish kabi o‘nlab vazifalar yuklanmoqda. Vaholanki, pedagogning asosiy missiyasi — tafakkur uyg‘otish, bilim berish va shaxs kamolotiga yo‘l ochishdir. Agar ustoz vaqtini tartibsizlik bilan kurashishga sarflasa, ta’limning mohiyati zarar ko‘radi. Har qanday inqirozli vaziyatda mas’uliyat umumiy bo‘lishi kerak, ota-ona, psixolog, maktab ma’muriyati va tegishli tashkilotlar birgalikda ishlamasa, muammo chuqurlashadi. Chunki tarbiyasi murakkab bo‘lgan o‘quvchi — birgina sinfning emas, butun ijtimoiy muhitning mahsuli. Eng xavflisi esa — ustozning qadrsizlanishidir. O‘qituvchi o‘zini himoyasiz his qilgan jamiyatda iste’dodli pedagoglar maktabdan uzoqlasha boshlaydi. Bu esa kelajak avlodning ma’naviy va intellektual tayanchiga zarba beradi. 👉@baxtishoduzb

  • 22 мая1633из shmirziyoyev

    Davlatimiz rahbari Milliy kitobxonlik harakatini boshlab berdi. — Глава нашего государства запустил Национальное движение по чтению книг. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • 21 мая1375из uz_milliytiklanish

    🙏 “Yurt qayg‘usida 365 kun” nomli kitob zamonaviy Yangi O‘zbekiston siyosiy hayotini aks ettiruvchi muhim publitsistik-hujjatli manbalardan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. batafsil 🖥 MTDP | Telegram

  • 17 мая195133

    Ota oʻgʻliga qanot, qiziga esa himoya devoridir..... 👉@baxtishoduzb