Alisher Qodirov
СтатистикаPhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim https://taplink.cc/alisher_qodir
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 17 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 114
- 1/48двое суток
- 2 422
- 1/72трое суток
- 2 612
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Xalqimiz uçun uy-joy juda muhim, şahar ekologiyasi ham zarur masala, lekin xavfsizlik eng asosiysi. Turkiya, Venesuela, Kolumbiyada bölgan zilzilalardan Yaratganni özi asrasin, lekin “hujjati qurilganidan keyin tugallanadigan” 500 dan ortiq bino, 38 mingga yaqin xonadonlar talabga javob beradimi!? Nega töğri bölsa ruxsatsiz qurilgan? Nega odamlarni garovga olgandek uyga joylaştirib olib, keyin mas'ul idoralardan ruxsat söraladi? Bino yaroqsiz deb topilsa nima böladi? Kim buzadi? Odamlarni puli nima böladi? Noqonuniy qurilişlar uçun jarimani jiddiy oşiriş töğrisidagi qonun loyihasini keskin tortişuvlar bilan birinçi öqişda ötkazdik. 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir
Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslar hamda “Yöl harakati töğrisida”gi qonunga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda. Unga köra: - voyaga yetmagan şaxsga transport boşqaruvini topşiriş; - noqonuniy poygalar taşkil etiş va unda iştirok etiş; - yuk transport vositalarini tungi vaqtda xavf tuğdiradigan holatda qoldiriş; - transportni hisobdan çiqariş tartibini buziş; - belgilangan tezlikka 80 km. soatgaça qöşganlik uçun javobgarlik kuçaytirilmoqda. Voyaga yetmagan şaxs transport vositasida fuqaroga zarar yetkazsa transport vositasini egasi jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ma’muriy jazoning yangi turi — avtomototransport vositasini olti oydan bir yilgaça olib qöyiş çorasi joriy etilmoqda. Bu jazo: - yöl bezorilari; - noqonuniy poyga iştirokçilari; - mast bölib transport boşqarganlar; - mastlikni aniqlaş tekşiruvidan boş tortganlar; - huquqi bölmagan yoki huquqdan mahrum etilgan şaxslar transport boşqargan holatlarda qöllaniladi. Qöpol qoidabuzarliklar takroran sodir etilsa jarimaga çegirma qöllanilmaydi. Qonunni ma’qullab Senatga yubordik. Avtotransport orqali xalqimizga jiddiy zarar yetkazilmoqda, baxtsiz hodisalar, jarohat va ölim ortib ketdi. Tartibga rioya qiling, özingizni, oilangiz halovati va daromadi, hamda vatandoş hayotini xavfga qöymang! 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir
Global murakkabliklar davrida mamlakatimizdagi islohotlar yangi bosqiçga çiqmoqda. Bu davrda zimmasiga jiddiy mas’uliyat yuklanayotgan Prezident Administratsiyasi töğrisidagi Konstitutsiyaviy qonun birinçi öqişda ma’qullandi. Bunday qonun yöq edi, qonun zaruratini qöllab-quvvatladik. Ikkinçi öqişda qonunni takomillaştiriş uçun işçi guruhiga takliflarimiz beriladi. 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir
Oyning oxirgi ön kuni deputatlarni saylovçilar bilan uçraşuviga ajratiladi. Bu safar Farğona viloyatidagi mahallalarda aholini bezovta qilayotgan muammolar, ijtimoiy siyosat, yoşlar va tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş böyiça topşiriqlar ijrosini örgandik. Masalalar yetarli, ularni kimdir kelib biz uçun hal qilib bermaydi. Har bir masala böyiça mas’ullar bilan alohida işlaymiz, lekin eng asosiysi aholining işçan kayfiyati va mahalladagi yettilik vositasida vakolatli idoralar bilan samarali hamjihatlígi amalda işlayapti. 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir
Balandlik vaqt ötib, masofada idrok etiladi va uzoqdagilarga köproq körinadi. “Milliy tiklaniş” partiyasi Vatandoşlar jamoat fondi bilan birgalikda dunyo özbeklarining farzandlarini ona vatanda ta’tilini taşkil qilib, vatan va millat soğinçini ketkazayapmiz. Vatandoşlarimiz farzandlarining partiyamiz fidoyilari tomonidan Milliy taraqqiyot yetakçisi sifatida qadrlanadigan Davlat rahbarini tuğilgan kuni bilan tabriklaş taşabbusini qöllab-quvvatladik. 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube
Keça Davlat rahbari boşçiligida 6 oylik natijalar muhokamasiga bağişlangan majlisda iştirok etdik. Davlat rahbariga majlisdan keyingi uçraşuvda Özbekistonda keskin global çayqalişlar davrida muvozanatli rivojlaniş tölqini yaratilgani va töğri boşqaruv sababli bu tölqinda samarali ilgarilayotganimiz haqida fikrimni aytdim. Köp ijobiy körsatkiçlar va tanqidiy ta’kidlar içidan bitta körsatkiçni alohida aytmoqçiman - murakkab jarayonda ham iqtisodiyotimiz 8,5 foizga ösdi, yalpi mahsulotimiz 150 mlrd. dollardan oşdi. Bu sonda öyin qilib bölmaydi, bu xalqaro hisob-kitob va real yaratilgan qiymat, sönggi ön yilning qora mehnati. Aholi daromadlari, turmuş tarzi sezilarli özgardi, buni heç kim rad etolmaydi. Ön yil avval boşlangan kam daromadli qatlamga kömak beriş siyosatidan foydalanganlar bugun şaroitini özgartirdi. Lekin işsiz va ijtimoiy yordamga muhtoj qatlam hali ham bor, bu qatlam ortda qolib ketdi, ularni endi şatakka oliş kerak, buni qanday qilamiz, şaroit körsatadi. Bir narsa aniq, tabaqalaniş bizda ham böladi! Özini qadrlamaganga yordam beriş mumkin, lekin yelkada kötarib yurib bölmaydi. Tafakkur inson özi istasagina özgaradigan masala. Dunyoda ahvol juda yomon. Murakkab davrdan ötayabmiz. Oqibatlarni heç kim oldindan taxmin qilolmayapdi. Örta Şarq va Yevropadagi inqiroz öçoqlari şunday ham qiyin geografiyaga boğlanib qolgan Özbekistonga töğridan-töğri iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy murakkabliklar olib keldi va olib kelişda davom etmoqda. Bu keskinliklar hali beri töxtamoqçi emas. Bir narsa umid beradi: global inqirozlar buyuk davlatlarni zaiflaşişiga olib kelganidek, zaif davlatlarni buyuklaşişiga olib kelişi ham haqiqat. Bu murakkab davr Özbekistonimizni qaysi qirğoqqa olib çiqişi xalq sifatida hamjihatligimiz va mehnatimizgagina boğliq. Bizni özimizdan boşqa heç kim rivojlantirib qöymaydi! 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir
Agar 10-15 yildan keyin ham Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining iş kölami hozirgidek köp bölişini istamasak, partiya taşabbusi asosida “Maktabgaça ta’lim va tarbiya töğrisida”gi Qonunning 29-moddasi va davlat ta’lim standartlariga kiritilgan özgartiriş: “bolalarda halollik tuyğusini şakllantiriş va qonunga hurmat ruhida tarbiyalaş” vazifasini ijro etilişi Agentlikning alohida nazorat mavzusi bölişi kerak. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida Milliy ma’ruzani tingladik. 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir
Özbek tili boy til, uni kambağal deganlarning özi kambağal! Bugun tilimizni qadrsizlanişiga loqayd darajada mağlubmiz, ertaga avlodlar begona tillar va madaniyatlarda sarson, özligini izlab yurmasligi uçun biroz noqulay bölsa ham tilimizni tiklaşga intiliş yölidagi özgarişlarni qöllab-quvvatlaşimiz kerak. Bundan boşqa muammo yöqmi, deydigan vatandoşlarga javob - bor, köp, vaqti va şaroitidan kelib çiqib hammasini hal qilişimiz kerak, aynan şunday qilinyapti ham. Antrakt ➔ Tanaffus Banket ➔ Ziyofat Breket ➔ Tişsim Brend ➔ Xosnom Dedlayn ➔ Söngmuddat Dekoratsiya ➔ Sahnabezak Mikser ➔ Qorğiç Palatka ➔ Çodir Rakovina ➔ Çanoq Rasprodaja ➔ Arzonsotuv Frilanser ➔ Erkin işçi Emoji ➔ Hisbelgi Heshteg ➔ Kalitsöz Avans ➔ Bönak Avtopilot ➔ Avtoboşqaruv Aysberg ➔ Muztoğ Bodikamera ➔ Yonkamera Brizgovik ➔ Loytöskiç Vnedorojnik ➔ Yöltanlamas Navigator ➔ Yöllagiç Otvyortka ➔ Buragiç Svetofor ➔ Yölçiroq Chellenj (Challenge) ➔ Çorlov Karving ➔ Öymabezak Bu sözlarni qabul qiling, işlating, hurmat qiling… Hammamiz istayotgan qudratli Özbekiston özi va qadriyatlarini qadrlaydigan qudratli millatsiz röyobga çiqmaydi. 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir
Alifbomizdagi chalkashliklar bartaraf etilmoqda. O‘zbek tiliga Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon ishlatgan alifbo qaytmoqda. Biz begona slavyan va roman-german tillar oilasining alifbolariga moslashish uchun o‘nlab yillar tilimiz, ta’lim va xalqimizni qiynab keldik. Hatto umume’tirof etilgan xalqaro belgi standartlarida bo‘lmagan, o‘ylab topilgan harflarda xato qilgani uchun bolalarimizni jazoladik. Bu o‘zgarishlar bizni oilamiz bo’lgan turkiy tillarga moslashtirilgan lotin alifbosiga qaytaradi va turkiy dunyo uchun o‘rta til* hisoblanadigan o‘zbek tilini alifboda ham bog‘lovchilik vazifasini tiklaydi. *faqat o‘zbek tili turkiy tillarni uch asosiy oilasi - qarluq, qipchoq va o‘g‘uz lahjalarini bir vaqtda ishlatadi. Harflarni o‘zgartirish uchun hech qanday sun’iy tezlashtirish yoki vatandoshga noqulayliklarga yo’l qo’yilmaydi, hamma o‘zgarishlar bosqichma-bosqich, belgilangan xarajatlar hisobiga, belgilangan vaqtida amalga oshadi. Xalqimizga xayrli bo’lsin. Qonunni qabul qilib Senatga ma’qullash uchun yubordik. 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir
Muhokamalar,«chiroyli» hazillar, pichinglar... hammasini kuzatyapman. Orasida «Qodirov fikridan qaytdi, kecha tanqid qilib bugun olqishlayapti» deganlar bor. Juda yaxshi! Bu jamiyat tirikligini, odamlar befarq emasligini ko‘rsatadi. Keling, vaziyatni biroz chuqurroq tahlil qilaylik: Birinchidan, tilimizda go‘zal bir so‘z bor: tanqid (“naqd” degani). Uning tub ildizi foydani saralash, soxtasini haqiqiysidan ajratish, ya’ni haqiqatni «naqd» qilish degan ma’no beradi. Demak, sog‘lom tanqid — bu naqd foyda! Lekin bizda tanqid bilan tahqir (kamsitish) adashtirib qo‘llaniladi. Tanqidni tahqirga aylantirish millatimiz illatiga aylanib borayotgan kamchiliklarni yashirish, ulardan xulosa qilmasdan xatoni takrorlash, to‘g‘risidan qo‘rqib zararga xizmat qilishdan boshqa narsa emas! Ikkinchidan, muborak aqidamizda teran hikmat bor: «Mo‘min mo‘minning ko‘zgusidir». Ko‘zguyingiz bo‘lishi kerak bo‘lgan vatandosh yuzingizdagi dog‘ni yashirib sizni aldamasligi kerak, albatta agar sizni hurmat qilsa, sizga yaxshilik tilasa. Achchiq gaplarimdan maqsad — oliy hurmat talabi, kamchiliklarni «naqd» foydaga aylantirish edi. Olqishlar esa — yigitlarning matonati va mehnatiga bo‘lgan adolatli e’tirof! Ularni har biriga buni shaxsan yetkaza olganimdan xursandman. Bu yerda hech qanday qarama-qarshilik yo‘q. Xuddi Yalpi ichki mahsulotimiz 50 milliard dollardan 150 milliardga chiqqanida to‘xtab qolmay, yanada ko‘prog‘iga intilayotganimiz kabi, futbolda ham bundan buyon faqat mundial ishtirokchisi bo‘lishga rozi bo‘lolmaymiz, endi muvaffaqiyat va g‘alabalar kerak. Buni qanday ta’minlaymiz, Davlat rahbari tomonidan aytib o‘tildi: maktablararo, mahallalararo, tumanlararo futbol musobaqalari bo‘ladi va u yerdan yuzlab, minglab Abbos, Behruz va Abduqodirlar saralab olinadi va tarbiya qilinadi… Biz mag’lubiyatga uchramadik, yiqildik holos, o’rnimizdan turib maqsadga intilishimiz kerak, haqiqiy mag‘lubiyat fikrlarni muhokama qilish o‘rniga tushunmasdan tahqirlashdir. 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir
Davlat rahbari futbol terma jamoamizning mundialdagi ishtiroki xalqimizni birlashtirishi kerakligi haqida gapirdi. Bu fikrni nega qo‘llab-quvvatlayman? O‘zbekiston ulg‘aydi. Yalpi ichki mahsulotimiz 10 yilda 50 mlrd. dollardan 150 mlrd. dollarga oshdi, lekin biz bunga rozi emasmiz, 250 mlrd. dollarga olib chiqishga intilyapmiz. Odam boshiga milliy daromad 1,7 ming dollardan 3,5 ming dollarga oshgan, albatta rozi emasmiz, 10 ming dollarga yetkazish kerak! Bundan 10 yil avval mamlakat energiya tanqisligidan iztirob chekayotgan edi, bugun o‘zimizga yetarli energiya ishlab chiqaryapmiz, lekin rozi emasmiz, endi uni xorijga sotib, qo‘shimcha daromad ko‘rishimiz kerak. Futbolda ham endi faqat mundialga chiqqan jamoa bo‘lishga rozi emasmiz, kuchlilar bilan raqobat qiladigan jamoamiz bo‘lishini istaymiz. Davlat rahbari bu maqsadga erishish uchun avvalambor birlasha olish kerakligini ta’kidlab, mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilishi, mahalla, maktab va tumanlararo futbol musobaqalarini o‘tkazish, bu musobaqalarda iste’dodlarni seleksiya - tarbiya tizimini yo‘lga qo‘yish, buning uchun barcha sharoitlar yaratilishini aytib o‘tdi! Yetarlilik noshukurlikka, muhokamalar bo’linishga aylanib ketmasligi kerak! Biz qadimdan davlatlar qurgan, qadrini qo‘rigan, bosqinlarda yiqilib qayta turgan millat sifatida turli fikrlarni muhokama qilishimiz mumkin, lekin umumiy maqsadimiz, milliy taraqqiyot yo‘lida g‘alaba atrofida birlashgandek, mag‘lubiyat atrofida ham yanada kuchliroq bo‘lish uchun birlashishni o‘rganishimiz shart! Bizda boshqa O’zbekiston yo’q. Boshqa milliy terma jamoamiz ham. 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir
Biz bog‘chadayoq mag‘lubiyatga uchrayapmiz… afsus faqat futbolda emas! 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir
0 - murabbiy ishi, darvozabon, jamoa ruhi, jamg‘arilgan ochko, milliardlab xarajatga sotib olingan qiymat va kelajakka umid… Biz 1-sinfida hijjalab harf terayotgan maktabni 8-sinfida o‘qiyotgan yaponlardek o‘ylamasak bu maktabni 100 yilda ham bitirolmaymiz… 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir
Ha, siz bunga loyiq emassiz deb ayta olmayman, chunki maydon tekis, to‘p yumaloq va ularda sizdan ortiq o‘yinchi, oyoq yoki qo‘l yo‘q edi, lekin siz bunga rozi emassiz, umid beradigan qismi shu yerda… Bosim bo‘ladimi, momaqaldiroq chaqadimi - Kongo bilan o‘yinni biz emas, o‘zingiz uchun o‘ynang, futbolchi nonini yeyapsiz, g‘ururingizga o‘t tushdi, adashmasam… Keyin, Kannavaro Behruz, Abbos va Abduqodirga o‘xshagan, oldimizdagi ikkita jahon chempionatiga chiqish va sifatli o‘ynashga qodir bo‘lgan 30 taligini shakllantirishi kerak. Bu mundialda jamoani yarmi bo‘loladigan darvozabon yo‘q edi, jiddiy bo‘shliq. Fikrim o’zgardi, Osiyo kubogini olish degan xomxayol bilan birga tarkibdagi “xizmat ko‘rsatgan”lardan kechib, shu musobaqadayoq keyingi saralash davrida ishlaydigan tarkibni o‘ynatish kerak. Osiyoning zo‘r va eng zo‘rlari aniq va biz u yerda emasmiz. 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir
«To‘g‘risini aytsam, Fransiya bilan o‘yin unchalik ham ahamiyatli emas! Biz keyingi bosqichga chiqdik — biz pley-offga chiqishni uddaladik, bu aql bovar qilmas daraja, shuning uchun bu o‘yin meni endi unchalik qiziqtirmaydi. Katta ehtimol bilan ular avval bizni, keyin — musobaqani yutishadi», Erling Holand. Dunyoni eng baquvvat hujumchisi, eng bo‘ydor millatlardan biri norvegiyaliklarning yulduz futbolchisi guruhdan chiqqanligini “aql bovar qilmas daraja” deb baholamoqda. Demak biz juda yuqori darajaga intilyapmiz va bu uchun portugallar bilan durang, afrikaliklar bilan 3 ochko uchun “tashlashib” ko‘rishimiz kerak! O‘xshasa yaxshi, o‘xshamay qolsa… bizni yana ham muhimroq maqsad kutadi - Osiyo kubogida finalga chiqish... O‘yinni bosimsiz ko‘rib, zavq olamiz! #OlğaÖzbekiston 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir
Kecha bizda bo‘lmagan narsalari bo‘lgan muvaffaqiyatsiz Turkiya haqida gapirgandik, bugun bizda bo‘lmagan narsalari bor muvaffaqiyatli Yaponiya haqida… Ularda bo‘lib bizda bo‘lmagan nima bor? Fikrimcha, strategik maqsad, unga qat’iy ishonch va qora mehnat! Ular bugungi jamoaga ega bo’lish rejasi uchun birinchi bosqich sifatida 2002 yildagi mundialni belgilashgan, natija bosqichida esa Braziliya, Germaniya, Angliya, farqi yo‘q, o‘yin rejasini qusursiz ijro qiladigan, dunyodagi 10 talikdagi jamoa! 24 yil avval maqsadning shu qismini tasavvur ham qilolmaganman, istehzo bilan qabul qilganman. Maqsadga erishishdi, qoyilman va tabriklayman! Biz hali yo‘l-yo‘lakay maqsadlardan zavq olyapmiz: mundialga chiqdik, rohatlanyapmiz… Agar guruhdan chiqib qolsak, eyforiya keyingi mundialga chiqolmay qoladigan darajada to‘lqinlantirib yuborishidan xavotirdaman. Bugungi harakatimiz strategik maqsadning bir bosqichi emas, bir tadbirni muvaffaqiyatli o‘tkazish rejasi, xolos. Mundial biz uchun odatiy musobaqaga aylanadimi? Tasavvur qiling, keyingi saralashda Yaponiya, J.Koreya va Avstraliya bilan bir guruhda bo’lsak, yo‘llanmamizni sug‘urib ola olamizmi? Mundialga tayyorgarlik Kannavaroni dasturidan iborat bo’ldi. Mavjud xo‘jaligimiz unga masalliq ham berolmadi, hatto. Lyov balki shu sababli kelmagandir? Masalan, 2038 yildagi mundialda O‘zbekiston kuchli to‘rttalikda bo‘lishi kerak, degan maqsad belgilay olamizmi? Bugungi mundial 10-15 yil avval qabul qilingan rejamizni, natija talabi qo’yilmagan bir qismi bo’lganida, ehtimol - ha… Xullas, Ronalduni qosh-qovog‘iga bog‘lanib qolgan Portugaliyani yutib qo‘yishimizdan xavotirdaman. Yaponlar emas saudlarni yo‘liga tushib ketmasak: ko‘z yoshlari, rang-barang eyforiya orqasidan og‘riqli reallikka urilish… Guruhda qolib ketishimiz ham xavotirli, tajriba olganimiz bilan ma’lum bir vaqt ovunsak da, biroz o‘tib, yangi g‘oyachilar zarbasiga dosh berolmay, yaxshiroq yo‘llarni izlashga urinib ketmasak… Yaponlarni maqsadga intilish tafakkurini anglash uchun, avval ularni bog‘chadagi tarbiya uslubini anglab yetishimiz kerak, menimcha… #OlğaÖzbekiston! Nima bo‘lsa ham guruhdan chiqaylik, men ham o‘zbekman, qolganini keyin gaplashamiz. 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir
Qardosh Turkiya 🇹🇷uchun xafaman. Ularda biz orzu qilgan hamma narsa bor edi: top ligalarda o‘ynaydigan yoki o‘ynashga nomzod qimmat futbolchilar, o‘ziga ishongan jiddiy jamoa va o‘ynasa bo‘ladigan muvozanatli raqiblar… Demak, g‘alaba faqat mehnat, mahorat va omadgagina bog‘liq emas, u nasib ham bo‘lishi kerak. Bizning jamoada portugallarda 🇵🇹 bo‘lmagan qudrat bor, undan samarali foydalanishimiz kerak! Endi keyingi bosqich uchun O‘zbekistonimiz 🇺🇿bilan birga misrliklar 🇪🇬va muqaddas bayrog‘ini yerga qo‘ydirmagan saudiyaliklarga 🇸🇦muxlis bo‘lamiz. 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir
Avvallari mundialga chiqqimiz kelar edi. Endi guruhimizdan chiqqimiz kelyapti. Futbolni san’atdek qabul qiladigan jamoalarni mag‘lub etgimiz kelyapti. Ular esa dunyoda eng zo‘ri ekanliklarini isbotlashni istaydilar. Istak va imkoniyatlar to‘qnashib ketganida, doim ham istaklar mag‘lub bo‘lavermas, orzular ham gohida ro‘yobga chiqishi mumkin ekan, ko‘ryapmiz, demak umid qilaveramiz… Biz ham bir vaqtlar dunyoda eng zo‘rlardan bo‘lishimiz mumkin, Behruz, Abduqodir, Abboslarimiz bizga umid berishmoqda, ortlaridan keladigan shartli Karim, Husan, Fayzullalarda esa bu g‘oliblikka va o‘ziga ishonch bo‘lib qad ko‘taradi. Shu jarayon taraqqiyot deb nomlanadi va uning kuch manbai ishonch, sabr va mehnatdan boshqa narsa emas! Ishonamiz, umid qilamiz va nasib qilsa albatta erishamiz! Boshingizni baland ko‘taring yigitlar, biz siz bilan faxrlanyapmiz! Ko‘zi qonga to‘lgan “bahaybat” portugallar sizga qoqilib yiqilib ketishsin! Aksi bo‘lsa ham o‘rningizdan turing, o‘zbek yiqilsa yig‘lab o‘tirmaydi, turib, yana va yana maqsadiga intilaveradi, bu o‘jar xalq tarixda o’zini tasdiqlab bo‘lgan, kelajak uchun bu haqiqatga mustahkam ishonishimiz va jadallashishimiz kerak, xolos! 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir
без подписи
без подписи