Vatandosh axborot portali
Статистика👉 instagram.com/vatandosh_net 👉 youtube.com/@vatandosh_net Donatlar uchun: 💵https://destream.net/live/VatandoshTV/donate 🇺🇿https://tirikchilik.uz/vatandosh_tv Reklama @migrantreklama Xabarlar uchun @migrantxabar
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 337
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 4 173
- 1/48двое суток
- 4 782
- 1/72трое суток
- 5 157
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Pahlavon Sodiq. “Ozodlik”, “BBC”. Erkin matbuot. Bosim va tahdidlar “Vatandoshlar” podkastining bu galgi mehmoni tajribali jurnalist, publitsist va shoir, uzoq yillar “BBC” va “Ozodlik” tahririyatida ishlagan Pahlavon Sodiq. 🟢1998-yil Pahlavon Sodiq Jizzaxda Shavkat Mirziyoyev bilan kabinetda nima haqida suhbat qilgandi? 🟢Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev davridagi matbuot erkinligi; 🟢Nega "Ozodlik" muxbirlarida akkreditatsiya yo‘q? 🟢“Ozodlik”ni missiyasi nima? 🟢O‘zbekistondagi matbuot kotiblari kim? 🟢 “Ozodlik” saylovga ta’sir qilishga uringanmi? 🟢Tashkilotlarga tanqid ta’sir qilmay qo‘ydimi? 🟢“Ozodlik” faqat negativ xabarlar tarqatadimi? 🟢Pahlavon Sodiq nega shoirlikni to‘xtatdi? ⌛️ Huquqshunos, mediamenejer Botirjon Shermuhammad va jurnalist Sanjar Saidning shu kabi muhim savollariga javob berdi. ▶️ Toʻliq videoni tomosha qiling: https://youtu.be/KM-bEM983i4 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosh_net Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube
SSSRni qayta tiklash haqidagi g‘oyalari bilan tanilgan bloger Aziz Hakimovga hukm o‘qildi Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida O‘zbekiston Respublikasining suverenitetiga qarshi chiqishlari, SSSRni targ‘ib qilib, uni qayta tiklash zarurligi g‘oyasini ilgari surgani bilan jamoatchilik muhokamalariga sababchi bo‘lgan bloger Aziz Hakimovga jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining yopiq sud majlisida hukm o‘qildi. ⛓ Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/989 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosh_net
Telegramdagi narkodo‘kon faoliyatiga chek qo‘yildi Ichki ishlar vazirligi tezkor xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida internet orqali giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi ikki fuqaro qo‘lga olingan. 1992- va 1993-yillarda tug‘ilgan ushbu shaxslar giyohvand moddalarni xufyona joylab ketish (“zakladka”) usulida tarqatayotgan vaqtda ushlangan. Hodisa joyida ularga tegishli "Neksiya 3" rusumli, avtomashina ko‘zdan kechirilganda 20 gr gashish yog‘i giyohvandlik vositasi aniqlanib, rasmiylashtirib olindi. Ular 2025-yildan buyon Telegram platformasidagi narkodo‘konda omborchi vazifasida ishlab kelgan oyiga 10 kilogrammga yaqin turli xildagi giyohvandlik vositalarini tarqatib kelishgan. Shuningdek tezkor tadbir davom ettirilib, jinoiy sheriklar yashash manzili ko‘zdan kechirilganda 2 kg gashish yog‘i, marixuana hamda gashish giyohvandlik vositalari, izolentalar hamda boshqa tarqatish uchun zarur bo‘lgan ashyolar borligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan narkojinoiy harakatni sodir etgan shaxslarga nisbatan O‘z Res JKning 273-moddasi 6-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Agar shubhali faoliyat yoki shaxslar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, quyidagi manzillarga murojaat qiling: @Stopnarko_bot, 71-231-55-54, 71-231-55-00 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosh_net
Sarvar Usmon: “Prezidentdan intervyu olgan bo‘lardim” “OzodNazar”, men Sarvar Usmon!... Uzoq yillar davomida shu jumla bilan “Ozodlik” radiosi efirlariga chiqib, aktual mavzularda suhbatlar olib borgan Sarvar Usmon ikki yildirki, jurnalistikadan uzoqda, nafaqada. Shunday bo‘lsa-da, ijoddan uzoqqa ketmadi. O‘tgan qisqa fursatda kitoblar yozdi, ularning bir nechtasi nashrdan chiqdi. Oradan 26 yil vaqt o‘tib, Toshkentga kelgan, asl ism-sharifi O‘ktambek Karimov bo‘lgan Sarvar Usmon “Vatandoshlar” loyihasida mehmon bo‘ldi. 🗣Botirjon Shermuhammad o‘zbek jurnalistikasida o‘z o‘rni, ovozi va uslubiga ega ijodkor bilan bir nechta muhim mavzularda suhbatlashdi… ▶️ Toʻliq videoni tomosha qiling: https://youtu.be/V1V7edZPCAo?si Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube
🇰🇷 O‘zbekistonlik E-9 ishchilarining “$2000 jarima” tilxatlari Koreyada odam savdosi alomati sifatida ko‘rilmoqda Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik E-9 ishchilarini ish joyini o‘zgartirgani uchun har oy 2000 dollar jarima to‘lashga majbur qiluvchi tilxatlar odam savdosi alomatlarini o‘z ichiga olishi mumkin, degan xulosa bildirildi. Masala endi hukumat darajasiga chiqdi: Janubiy Koreyaning odam savdosiga qarshi kurashishga mas’ul Gender tengligi vazirligi Mehnat va Adliya vazirliklaridan ushbu amaliyotni qayta ko‘rib chiqish va tizimni o‘zgartirishni talab qildi. 🔎 Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/982 @vatandosh_koreya
без подписи
без подписи
Toshkentda yirik aviaqutqaruv mashg‘uloti o‘tkazildi 7-avgust kuni Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida Toshkent xalqaro aeroporti tashabbusi bilan idoralararo kompleks aviaqutqaruv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Ssenariyga ko‘ra, Istanbul–Toshkent yo‘nalishida parvoz qilayotgan yo‘lovchi samolyoti bilan aloqa uzilib, shartli aviafalokat yuz bergani simulyatsiya qilindi. Qidiruv va qutqaruv amaliyotiga FVV, Mudofaa, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Milliy gvardiya hamda aeroport xizmatlaridan 250 ga yaqin mutaxassis va 25 ta maxsus texnika jalb etildi. Muvofiqlashtirilgan harakatlar davomida yong‘inni o‘chirish, yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda bortdagi xavfli yukni xavfsiz hududga ko‘chirish vazifalari bajarildi. Tadbir yakunida jalb etilgan kuch va vositalarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasi yuqori baholandi. Ushbu kompleks mashg‘ulotlar real xavf yuz berganda turli idoralarning tezkor va hamjihat harakat qilishini ta’minlashga qaratilgan. 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosh_net
🔥 Migratsiya agentligida 100 millionlik oyliklar? Toshtemirov yangi jadvalni e’lon qildi Migratsiya agentligining sobiq xodimi Azizbek Toshtemirov Agentlik xodimlarining 2026-yilgi ish haqi hisob-kitoblari aks etgani aytilayotgan jadvalni e’lon qildi. Jadvalga ko‘ra, ayrim xodimlarga bir oyning o‘zida: ▪️ matbuot kotibi Gulruh Tulayevaga — 126,3 mln so‘m; ▪️ bosh buxgalter Jasur Tashmatovga — 100,2 mln so‘m; ▪️ kadrlar bo‘limi rahbari Olim Qodirovga — 100,2 mln so‘m; ▪️ yurist Abdusamat Abdukarimovga — 97,7 mln so‘mgacha ish haqi hisoblangan. Shuningdek, Toshtemirovning da’vosiga ko‘ra, uning faoliyati davrida 2022–2023-yillarda qariyb 10 ming o‘zbekistonlik Koreyada ish bilan ta’minlangan, 2026-yilda esa hozirgacha bu ko‘rsatkich 700 nafarga yaqin. Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/981 @vatandosh_koreya
O‘zbekistonlik bokschi AQSHda qamaldi va deportatsiya qilindi 2026-yil 21-martdan keyin o‘zbekistonlik boksyor Qudratillo Abduqahhorovning faoliyati keskin o‘zgardi. Abduqahhorov Joshua Kevin Antonga qarshi jangni birinchi raunddan keyin kutilmaganda davom ettirishdan bosh tortdi. Uch daqiqalik raund davomida u jiddiy zarba o‘tkazib yubormadi, ammo bongdan keyin jangni davom ettira olmasligini bildirdi. Natijada g‘alaba Antonga texnik nokaut bilan berildi. Turnirdan so‘ng Abduqahhorov Los-Anjelesdan Pensilvaniyaga yo‘l oldi. Uning aytishicha, u yerda yashagan va ishlagan. Bir necha kundan keyin politsiya uni to‘xtatgan va boksyor AQSH Immigratsiya va Bojxona nazorati xizmati — ICE ixtiyoriga olingan. Keyin Abduqahhorov Vayoming shtatidagi Suituoter okrugi qamoqxonasiga o‘tkazilgan. Boksyorning so‘zlariga ko‘ra, u yerda 45 kun saqlangan. Abduqahhorovning aytishicha, u 25 ming dollar garov puli to‘lagan. Biroq advokati bilan faqat taxminan bir oydan keyin uchrasha olgan, keyinchalik esa himoyachisi u bilan aloqani uzgan. Shuningdek, qamoqxonada internetdan foydalanish imkoniyati bo‘lmaganini aytgan. Boksyorning menejeriga ko‘ra, Abduqahhorovning ish vizasi muddati tugagan. U boksyorga O‘zbekistonga qaytishni maslahat bergan, ammo Abduqahhorov AQSHda qolib, DoorDash kuryeri bo‘lib ishlay boshlagan. Keyinchalik sportchi Filadelfiyada qo‘lga olingan va AQSHdan deportatsiya qilingan. 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosh_net
AQSh tarixida ilk bor musulmon erkak senator bo‘lishi mumkin 41 yoshlik Abdul El-Sayed Michiganda Senat uchun praymerizda g‘alaba qozondi. ⛓ Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/980 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosh_net
📰 Migratsiya agentligi Toshtemirovga qarshi yangi ayblovlarni e’lon qildi Migratsiya agentligi sobiq xodimi Azizbek Toshtemirovning so‘nggi bayonotlariga javob berib, u tarqatayotgan ma’lumotlarni “haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan” deb atadi. 💰 Agentlikka ko‘ra, Toshtemirov 2020–2025-yillarda 1,833 mlrd so‘m maosh olgan, ayni paytda uning o‘zi va yaqinlari nomiga umumiy qiymati kamida 1,5 mln dollarlik 7 ta ko‘chmas mulk rasmiylashtirilgan. Toshtemirov bunga javoban ayrim mulklar bo‘yicha izoh va hujjatlarni e’lon qildi. Jumladan, hozir yashayotgan uyini Agentlikka ishga kirishidan avval sotib olganini, Andijondagi hovli esa ota hovlisi ekanini bildirdi. Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/979 @vatandosh_koreya
без подписи
без подписи
Turkiyalik olimning O‘zbekiston haqidagi kitobi nashrdan chiqdi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan turkiyalik taniqli olim Kemal Yavuz Ataman qalamiga mansub «Men tanigan O‘zbekiston» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Asar o‘zbek va turk tillarida chop etilgan. Mazkur nashr Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, «Ma’rifat» targ‘ibotchilari jamiyati hamda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamkorligida amalga oshirilayotgan «Ma’rifat elchilari» loyihasi doirasida tayyorlangan. Ma'lum qilinishicha, kitob faqatgina sayohat taassurotlaridan iborat emas. Unda muallifning 1991-yildan buyon O‘zbekiston bo‘ylab amalga oshirgan safarlari, ilmiy ekspeditsiyalari, arxiv tadqiqotlari va mahalliy aholi bilan muloqotlari asosida shakllangan xolis kuzatuvlari jamlangan. Asarda quyidagi masalalar xorijlik olim nigohida tahlil qilingan: - Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va taraqqiyot jarayonlari; - O‘zbekistonning boy madaniy merosi va xalq qadriyatlari; - Davlatning xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzi. Yangi nashrning taqdimot tadbirida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, akademik va olimlar, ziyolilar, yozuvchi va tarjimonlar, shuningdek, diplomatik korpus xodimlari, OAV vakillari hamda talabalar ishtirok etgan. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar «Men tanigan O‘zbekiston» kitobi mamlakat haqidagi haqqoniy ilmiy kuzatuvlarni o‘zida mujassam etgani va O‘zbekistonni dunyo jamoatchiligiga yaqindan tanitishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishini ta'kidladilar. 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosh_net
“Men bilgan Afg‘oniston aslida boshqacha ekan”- Beruniy Alimov Bir necha o‘n yillar urushdan boshi chiqmagan yon qo‘shnimiz Afg‘onistondagi bugungi hayot haqida tasavvur va qarashlar turfa. Bu fikrlar xorijiy nashrlar prizmasidan o‘tkazilgan ma’lumotlar asosida shakllangan, deyish mumkin. So‘nggi yillarda barqaror bo‘lib borayotgan tinchlik ushbu mamlakatga qiziquvchilarning ortishiga sabab bo‘lyapti. Buni ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘onistonning turli hududlaridan tayyorlangan materiallarning ko‘payib borayotganidan ham sezish mumkin. Jumladan, taniqli jurnalist Beruniy Alimovning Afg‘onistonga safari va u yerdan tayyorlagan materiallari ko‘plab foydalanuvchilarning qiziqishlari hamda muhokamalariga sabab bo‘ldi. Muallif bir nechta shaharlarda bo‘lib, mahalliy aholi, xususan ko‘plab o‘zbek millatiga mansub afg‘onistonliklar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, Bog‘i Bobur, G‘azna shahridagi Abu Rayhon Beruniy dafn etilgan qabristonda ham bo‘lib, materiallar e’lon qildi. Hazrat Alisher Navoiy tug‘ilgan, buyuk olim Abu Rayhon Beruniy va Zahiriddin Muhammad Bobur mangu qo‘nim topgan Afg‘onistonga qanday borish mumkin? Xavfsizlik darajasi qanday? Sharoitlar, narxlar, xarajatlar-chi? O‘zbekistonga qaytgan Beruniy Alimov “Vatandoshlar” gurungida safar taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. 📱 Toʻliq videoni YouTubeda tomosha qiling: https://youtu.be/sAhBmivOWws Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | X
🚨 Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani aniqlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruvda Migratsiya agentligi mas’ul shaxslarining 1 mlrd so‘mdan ortiq byudjet mablag‘ini rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlandi. Ma’lum qilinishicha: ▪️ agentlik xodimlari B.D. va N.A. ga amalda ishlamagan davri uchun 931,6 mln so‘m ish haqi to‘langan; ▪️ intizomiy jazo amal qilgan davrda Mehnat kodeksi talablariga zid ravishda 8 nafar xodimga 88,5 mln so‘m to‘lab berilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi — o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Ma’lumot uchun, avvalroq Migratsiya agentligining Janubiy Koreyadagi vakolatxonasi sobiq rahbari Azizbek Toshtemirov Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayevning xonadonidagi ishchilari — Ataxanov Nabi hamda Bahrom Djabbarov amalda agentlikda mehnat qilmasa ham, katta miqdorda oylik maosh olib kelgani haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilgan edi. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lumotlarida ham ism-shariflar qisqartmalari mos kelmoqda. @vatandosh_koreya
“Samarkand-2028” sun’iy yo‘ldoshi orbitaga muvaffaqiyatli chiqarildi Bugun, 5-avgust kuni STAR.VISION kompaniyasi tomonidan Xitoyning Shandun provinsiyasi qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz start platformasidan Samarkand-2028 va Lampung-1 giperspektral sun’iy yo‘ldoshi uchirildi. Mazkur loyiha O‘zbekiston tarixidagi eng yirik xalqaro kosmik loyihalardan biri bo‘lib, milliy kosmik dastur rivojida yangi bosqichni boshlab berdi. Shuningdek, u O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Loyiha doirasida "O‘zbekkosmos" agentligi mutaxassislari tomonidan sun’iy yo‘ldosh borti uchun maxsus sun’iy intellekt moduli ishlab chiqildi. Ushbu texnologiya giperspektral ma’lumotlarni bevosita orbitada qayta ishlash imkonini berib, ma’lumotlarni uzatish va tahlil qilish samaradorligini oshiradi. "Samarkand-2028" missiyasi qishloq xo‘jaligi, ekologiya, tabiiy resurslarni monitoring qilish, suv resurslarini boshqarish, favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish, shaharsozlik va boshqa yo‘nalishlarda kosmik texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosh_net
BMTda O‘zbekiston ilgari surgan rezolyutsiya 167 ovoz bilan qabul qilindi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «Ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi rezolyutsiya qabul qilindi. Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida ushbu hujjatni 167 ta a'zo davlat yoqlab ovoz bergan. Mazkur hujjatni ishlab chiqish g‘oyasi dastlab O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yilning sentyabr oyida, BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan edi. O‘tgan vaqt davomida olib borilgan diplomatik muzokaralar natijasida tashabbus xalqaro miqyosdagi rasmiy hujjat shakliga keltirildi. Rezolyutsiyada parlamentlar faoliyatida xotin-qizlar va yoshlarning ishtirokini kengaytirish, rivojlanayotgan davlatlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy sohadagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari belgilangan. Shuningdek, hujjat matnida Toshkent shahrida o‘tkazilgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasi yakunlari va unda qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi ham alohida qayd etib o‘tilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, rezolyutsiyani tayyorlash hamda qabul qilish jarayonida dunyoning 61 ta davlati O‘zbekistonga hammuallif bo‘lgan. Ular qatorida Avstriya, Germaniya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Braziliya va Ispaniya kabi mamlakatlar bor. 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosh_net Veb-sayt | Facebook | Instagram | Youtube
Varshavada o‘zbek taomlarini mashhur qilayot restoran 🇵🇱 Polsha va O‘zbekistonni qariyb to‘rt ming kilometr masofa ajratib turadi. Ammo tarixga nazar tashlasak, ikki xalq bir-biriga o‘ylagandan ham yaqinroq. Masalan, mashhur polyak xonandasi Anna German aynan O‘zbekistonning Urganch shahrida tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida esa minglab polyaklar O‘zbekistonda panoh topgan, o‘zbeklar ular bilan oxirgi nonini ham bo‘lishib yegan. Bugun esa tarix yangi sahifa ochdi: endi minglab o‘zbeklar Polshada mehnat qilmoqda, o‘qimoqda va biznes ochmoqda. Yevpopaga qilgan safarimiz chog‘ida Polsha poytaxti Varshavada o‘zbeklar, xususan “Karavan” milliy taomlar restorani ochgan vatandoshlarimiz bilan suhbatlashdik. “Varshava bugun nafaqat polyak, balki dunyoning turli mamlakatlari oshxonalarini birlashtirgan gastronomik markazga aylangan. Shaharda 3500 dan ortiq restoran faoliyat yuritadi. O‘zbek restoranlari soni ham allaqachon 10 dan oshib ketgan. Bu, albatta, biznes egasiga doim o‘z ustida ishlash, taom sifati va boshqa kreativ jihatlarga e’tibor qaratish kerakligini anglatadi”, - deydi restoran menejeri Abdulhamid. 📱 YouTube'da tomosha qiling: https://youtu.be/JrHSRI6uiJI 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosheu