tgindex
Vatandosh YEVROPA

Vatandosh YEVROPA

Статистика
@vatandosheuВидеоузбекский

🇪🇺Yevropadagi vatandoshlar hayoti 🔹Migratsiya yangiliklari 🔹Qonunlarga sharhlar 🔹Foydali maqolalar 🔵Vatandosh.net 🔴youtube.com/@vatandosh_eu 🔴Reklama: @migrantreklama

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
7
Всего постов
44
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
598
−4 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
145
40 постов
Вовлечённость
24,2%
к подписчикам
Постов в день
1,0
всего 44
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
97
1/48двое суток
111
1/72трое суток
119

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Yevropa Ittifoqi muhojirlarni Ruandadagi qaytarish markazlariga yubormoqchi Qaytarish markazlariga Yevropada qolish huquqiga ega bo‘lmagan va o‘z vataniga darhol jo‘natilishi imkonsiz bo‘lgan muhojirlar joylashtirilishi rejalangan. ⛓ Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/994 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosheu

  • 15-avgustda Shvetsiya fuqaroligini olish uchun dastlabki imtihonlar bo‘lib o‘tadi Avvalroq, fuqarolikni olish uchun shved tili va jamiyati bo‘yicha maxsus imtihon joriy etilgan edi. ⛓ Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/993 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosheu

  • 13 авг.83из vatandosh_net

    Pahlavon Sodiq. “Ozodlik”, “BBC”. Erkin matbuot. Bosim va tahdidlar “Vatandoshlar” podkastining bu galni mehmoni tajribali jurnalist, publitsist va shoir, uzoq yillar “BBC” va “Ozodlik” tahririyatida ishlagan Pahlavon Sodiq. 🟢1998-yil Pahlavon Sodiq Jizzaxda Shavkat Mirziyoyev bilan kabinetda nima haqida suhbat qilgandi? 🟢Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev davridagi matbuot erkinligi; 🟢Nega "Ozodlik" muxbirlarida akkreditatsiya yo‘q? 🟢“Ozodlik”ni missiyasi nima? 🟢O‘zbekistondagi matbuot kotiblari kim? 🟢 “Ozodlik” saylovga ta’sir qilishga uringanmi? 🟢Tashkilotlarga tanqid ta’sir qilmay qo‘ydimi? 🟢“Ozodlik” faqat negativ xabarlar tarqatadimi? 🟢Pahlavon Sodiq nega shoirlikni to‘xtatdi? ⌛ Huquqshunos, mediamenejer Botirjon Shermuhammad va jurnalist Sanjar Saidning shu kabi muhim savollariga javob berdi. ▶️ Toʻliq videoni tomosha qiling: https://youtu.be/KM-bEM983i4 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosh_net Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube

  • Daniya migrantlar oqimi sabab chegaralarni zudlik bilan yopishga tayyorligini bildirdi ⛓ Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/992 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosheu

  • Ispaniyada uylarning ijara narxi qancha? Ispaniyaning turli hududlarida bir xil o'lchamdagi uyni ijaraga olish narxlari o'rtasida juda katta tafovut kuzatilmoqda. ⛓ Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/991 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosheu

  • Italiyaga javoban Ispaniya ham chegara nazoratini joriy qildi Avvalroq Italiya Shengen kelishuvini bir oyga to‘xtatib, Ispaniya bilan chegara nazoratini joriy qilgan edi. ⛓ Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/990 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosheu

  • Slovakiya va Serbiyadagi bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilindi Slovakiyada kara (pogruzchik) haydovchiligi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. 🔹Ish o‘rinlari soni: 80 ta; 🔹Oylik maosh: 1000 yevro (qo’liga tegishi); 🔹Haftada 5 kun ish (8 soatdan). Nomzodlar 20–45 yosh oralig'idagi, "B" toifali haydovchilik guvohnomasiga ega, kara haydash bo'yicha 6 oylik tajribasi bor, rus tilini muloqot darajasida biladigan erkaklar bo'lishi talab qilinadi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish quyidagi linkda: https://xorijdaish.uz/vacancy?vacancy_id=1546 Serbiyada esa qurilish sohasidagi bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilinmoqda. Mavjud yo‘nalishlar: armaturachilar, duradgorlar, qurilish muhandislari, kran va stanok operatorlari. Maosh yo‘nalishga qarab 1000-1500 yevro oralig‘ida taklif qilinyapti. Qanday nomzodlar kerak? ▪️ Tegishli yo‘nalish bo‘yicha kasb-hunar ta’limi (O‘zbekistondagi akkreditatsiyadan o‘tgan muassasa sertifikati); ▪️ Kamida 5 yillik yo‘nalish bo‘yicha ish tajribasi; ▪️ Ingliz tilini boshlang‘ich darajada bilish (rus tili bo‘lsa, afzallik); ▪️ Sudlanmagan; ▪️ Jismonan sog‘lom, mas’uliyatli, jamoada ishlay oladigan. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish quyidagi linkda: https://xorijdaish.uz/vacancy?vacancy_id=1558 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosheu

  • Yevroittifoqidagi yangi chegara tizimi sababli aeroportlardagi kutish vaqti ikki baravarga uzaygan Aviakompaniyalar rahbarlari tizimni tanqid qilishmoqda. ⛓ Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/988 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosheu

  • Germaniyada yashash guvohnomasini smartfonda saqlash imkoniyati yaratilmoqda Endilikda yashash guvohnomalari (eAT), milliy ID-kartalar hamda boshqa rasmiy hujjatlarni smartfon ilovasida saqlash va ulardan raqamli ko‘rinishda foydalanish mumkin bo‘ladi. ⛓ Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/986 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosheu

  • 🇩🇪 Germaniyada 2027-yilgi mavsumiy ishlar uchun qabul e'lon qilindi Dastur doirasida fuqarolar xizmat ko'rsatish, mehmonxona va umumiy ovqatlanish sohalarida 6 oydan 8 oygacha bo'lgan muddatda rasmiy mehnat faoliyatini olib borish hamda xalqaro tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan ishchilar 2027-yilning aprel va may oylarida Germaniyada ish boshlaydi. 💼 Ish sharoitlari: ▪️ Mehnat shartnomasi muddati: 6 oydan 8 oygacha; ▪️ Kunlik ish vaqti: 7,5–8 soat (smena asosida); ▪️ Haftalik ish vaqti: 39–40 soat; ▪️ Ish grafigi: haftasiga 5 kun; ▪️ Tanaffus: 30 daqiqa. ⏰️ Ish smenalari: • 05:00–13:00 • 07:00–16:30 • 12:30–21:00 💶 Maosh va qo‘shimcha to‘lovlar: ▪️ Soatlik maosh: 10,20 € netto; ▪️O'rtacha oylik maosh: €1 768 Netto; ▪️ Yakshanba kuni ishlasa: +20%; ▪️ Bayram kunlari ishlasa: +125%. 👥 Nomzodga talablar: ▪️ Yosh: 20–40 yosh; ▪️ Nemis tilida kamida B1 darajada gaplasha olish; ▪️ Saranjom-sarishta va ozoda ko‘rinish; ▪️ Sudlanmaganli ; ▪️ Gastronomiya yoki xizmat ko‘rsatish sohasidagi tajriba ustunlik beradi. ⚠️ Muhim: nemis tili sertifikati majburiy emas, biroq nomzod nemis tilidagi suhbat natijasi va ish beruvchining talablari asosida saralanadi. Yo‘nalishlar: - Housekeeping — mehmonxona xonalarini tozalash; - Kassenkraft — kassir; - Thekenkraft — ichimlik va taomlarni tarqatish; - Food Runner — ofitsiantlarga yordamchi; - Abräumer & Spüler — idishlarni yig‘ish va yuvish; - Küchenhilfe — oshpaz yordamchisi; - Bäcker — non va shirinliklar tayyorlash. Har bir nomzodning qaysi ish yo‘nalishiga taklif qilinishi ish beruvchi bilan suhbatdan so‘ng uning tajribasi, til darajasi va vakansiyadan kelib chiqib ish beruvchi tomonidan belgilanadi. Nomzod ish turini o‘zi tanlamaydi. 📆 Muddatlar: - Arizalar 30-avgustgacha qabul qilinadi; - Ish beruvchi bilan suhbat 2026-yil oktyabr oyida onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi; - Tanlovdan o‘tganlar 2027-yil aprel va may oylarida Germaniyada ish boshlaydi. 📥 Ariza qoldirish Qo'shimcha savollar uchun: @consultinguz_chat 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosheu

  • Finlandiya qoidabuzar ish beruvchilarga xorijdan ishchi migrantlarni yollashni taqiqladi Taqiq rezavor mevalarni terish sohasidagi ish beruvchilarga tegishli. ⛓ Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/985 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosheu

  • Latviya xorijliklar, jumladan o‘zbekistonliklarga cheklovlar kiritmoqchi Latviya Ichki ishlar vazirligi immigratsiya siyosatini keskin kuchaytirish va uchinchi davlat fuqarolari uchun qat'iy kvotalar joriy etishni ko'zda tutuvchi chora-tadbirlar paketini ishlab chiqdi. ⛓ Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/984 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosheu

  • 9 авг.135из vatandosh_net

    Sarvar Usmon: “Prezidentdan intervyu olgan bo‘lardim” “OzodNazar”, men Sarvar Usmon!... Uzoq yillar davomida shu jumla bilan “Ozodlik” radiosi efirlariga chiqib, aktual mavzularda suhbatlar olib borgan Sarvar Usmon ikki yildirki, jurnalistikadan uzoqda, nafaqada. Shunday bo‘lsa-da, ijoddan uzoqqa ketmadi. O‘tgan qisqa fursatda kitoblar yozdi, ularning bir nechtasi nashrdan chiqdi. Oradan 25-yil vaqt o‘tib, Toshkentga kelgan, asl ism-sharifi O‘ktambek Karimov bo‘lgan Sarvar Usmon “Vatandoshlar” loyihasida mehmon bo‘ldi. 🗣Botirjon Shermuhammad o‘zbek jurnalistikasida o‘z o‘rni, ovozi va uslubiga ega ijodkor bilan bir nechta muhim mavzularda suhbatlashdi… ▶️ Toʻliq videoni tomosha qiling: https://youtu.be/V1V7edZPCAo?si Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube

  • O‘zbekistonlik shifokor va hamshiralar Chexiya hamda Slovakiyaga ishga taklif etilmoqda Migratsiya agentligi Slovakiyaning “Penta Hospitals International” kompaniyasi bilan hamkorlikda Chexiya va Slovakiyaning yirik tibbiyot muassasalarida ishlash istagida bo‘lgan mutaxassislarni ro‘yxatga olishni boshladi. Loyihada kimlar ishtirok etishi mumkin? — rus tilida erkin muloqot qila oladigan, tibbiyot oliy ta’lim muassasasini hamshiralik yo‘nalishida so‘nggi 2 yil ichida tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alari; — shifokorlar; 🎓 Saralangan nomzodlar uchun: — Migratsiya agentligining “Intil” xalqaro markazida 3 oylik tezlashtirilgan chex yoki slovak tili kurslari; — Chexiya va Slovakiyadan jalb etiladigan malakali o‘qituvchilar; — viza hujjatlarini rasmiylashtirishda Migratsiya agentligining to‘liq amaliy ko‘magi taqdim etiladi. Turar joy va o‘qish harajatlari Migratsiya agentligi tomonidan toʻllab beriladi! O‘quv jarayonlari 2026-yil sentabr oyidan boshlanadi. Viza rasmiylashtirish ishlari til kurslari bilan bir vaqtda olib boriladi. 💸Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun oylik ish haqi: — shifokorlar uchun — 3 000 yevrodan; — hamshiralar va tibbiyot og‘alari uchun — 2 000 yevrodan boshlanadi. 💀 Ro‘yxatdan o‘tish: - Oliy ma'lumotli hamshiralar uchun; - Shifokorlar uchun. 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosheu

  • 8 авг.154из vatandosh_koreya

    🔥 Migratsiya agentligida 100 millionlik oyliklar? Toshtemirov yangi jadvalni e’lon qildi Migratsiya agentligining sobiq xodimi Azizbek Toshtemirov Agentlik xodimlarining 2026-yilgi ish haqi hisob-kitoblari aks etgani aytilayotgan jadvalni e’lon qildi. Jadvalga ko‘ra, ayrim xodimlarga bir oyning o‘zida: ▪️ matbuot kotibi Gulruh Tulayevaga — 126,3 mln so‘m; ▪️ bosh buxgalter Jasur Tashmatovga — 100,2 mln so‘m; ▪️ kadrlar bo‘limi rahbari Olim Qodirovga — 100,2 mln so‘m; ▪️ yurist Abdusamat Abdukarimovga — 97,7 mln so‘mgacha ish haqi hisoblangan. Shuningdek, Toshtemirovning da’vosiga ko‘ra, uning faoliyati davrida 2022–2023-yillarda qariyb 10 ming o‘zbekistonlik Koreyada ish bilan ta’minlangan, 2026-yilda esa hozirgacha bu ko‘rsatkich 700 nafarga yaqin. Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/981 @vatandosh_koreya

  • 7 авг.1711из vatandosh_koreya

    📰 Migratsiya agentligi Toshtemirovga qarshi yangi ayblovlarni e’lon qildi Migratsiya agentligi sobiq xodimi Azizbek Toshtemirovning so‘nggi bayonotlariga javob berib, u tarqatayotgan ma’lumotlarni “haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan” deb atadi. 💰 Agentlikka ko‘ra, Toshtemirov 2020–2025-yillarda 1,833 mlrd so‘m maosh olgan, ayni paytda uning o‘zi va yaqinlari nomiga umumiy qiymati kamida 1,5 mln dollarlik 7 ta ko‘chmas mulk rasmiylashtirilgan. Toshtemirov bunga javoban ayrim mulklar bo‘yicha izoh va hujjatlarni e’lon qildi. Jumladan, hozir yashayotgan uyini Agentlikka ishga kirishidan avval sotib olganini, Andijondagi hovli esa ota hovlisi ekanini bildirdi. Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/979 @vatandosh_koreya

  • YeI vazirlari Ispaniyadagi migratsiya inqirozidan so‘ng qat’iyroq choralar ko‘rishga chaqirmoqda YeIga a’zo 22 ta davlat tashqi chegaralarni mustahkamlash bo‘yicha muvofiqlashtirilgan choralarni qo‘llab-quvvatlagan. ⛓ Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/978 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosheu

  • Latviya Ichki ishlar vazirligi hukumatga Belarus bilan chegarani yopishni taklif qildi 31-iyul kuni "Pāternieki" chegara punkti texnik sabablarga ko'ra yopilgan edi. ⛓ Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/976 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosheu

  • 6 авг.17521из vatandosh_net

    “Men bilgan Afg‘oniston aslida boshqacha ekan”- Beruniy Alimov Bir necha o‘n yillar urushdan boshi chiqmagan yon qo‘shnimiz Afg‘onistondagi bugungi hayot haqida tasavvur va qarashlar turfa. Bu fikrlar xorijiy nashrlar prizmasidan o‘tkazilgan ma’lumotlar asosida shakllangan, deyish mumkin. So‘nggi yillarda barqaror bo‘lib borayotgan tinchlik ushbu mamlakatga qiziquvchilarning ortishiga sabab bo‘lyapti. Buni ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘onistonning turli hududlaridan tayyorlangan materiallarning ko‘payib borayotganidan ham sezish mumkin. Jumladan, taniqli jurnalist Beruniy Alimovning Afg‘onistonga safari va u yerdan tayyorlagan materiallari ko‘plab foydalanuvchilarning qiziqishlari hamda muhokamalariga sabab bo‘ldi. Muallif bir nechta shaharlarda bo‘lib, mahalliy aholi, xususan ko‘plab o‘zbek millatiga mansub afg‘onistonliklar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, Bog‘i Bobur, G‘azna shahridagi Abu Rayhon Beruniy dafn etilgan qabristonda ham bo‘lib, materiallar e’lon qildi. Hazrat Alisher Navoiy tug‘ilgan, buyuk olim Abu Rayhon Beruniy va Zahiriddin Muhammad Bobur mangu qo‘nim topgan Afg‘onistonga qanday borish mumkin? Xavfsizlik darajasi qanday? Sharoitlar, narxlar, xarajatlar-chi? O‘zbekistonga qaytgan Beruniy Alimov “Vatandoshlar” gurungida safar taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. 📱 Toʻliq videoni YouTubeda tomosha qiling: https://youtu.be/sAhBmivOWws Veb-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | YouTube | X

  • Yevropa Ittifoqining sun'iy intellekt modellariga oid qat'iy qoidalari kuchga kirdi Natijada Yevroittifoq SI modellari eng qattiq tartibga solingan hududga aylandi. ⛓ Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/973 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosheu