tgindex
Termız davlat unıversıtetı tarıx fakultetı

Termız davlat unıversıtetı tarıx fakultetı

Статистика

🌍 Termiz davlat universiteti tarix fakulteti: yangiliklar, taqdimotlar, e'lonlar bilan rasmiy kanalimizda tanishing. ✅ https://t.me/+CrU5s1cryA0wZWVi ✅ facebook.com ✅ instagram.com Dekanga taklif va murojaatlar uchun: @Sarvpress

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
13
Всего постов
126
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
760
−1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
228
40 постов
Вовлечённость
30,0%
к подписчикам
Постов в день
1,9
всего 126
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
172
1/48двое суток
197
1/72трое суток
212

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 14 авг.871из terdu340

    TerDUda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq, Termiz davlat universitetida Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan TerDU rektori Abduqodir Toshqulov hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlarni tayyorlash bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ulug‘bek Ahmedov boshchiligidagi mas’ullar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, zarur shart-sharoitlarni yaratish, shtatlar birligini shakllantirish hamda talabalarni saralash jarayonlarini belgilangan tartibda tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Markazda jami 155 nafar talaba tahsil olishi rejalashtirilgan. Shuningdek, xususiy oliy ta’lim muassasalari talabalari ham shartnoma asosida Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida tahsil olishlari mumkin. Talabgorlar uchun saralash jarayonlari 10–24-sentabr kunlari o‘tkaziladi. Nomzodlar: 🔹tibbiy ko‘rikdan; 🔹jismoniy tayyorgarlik sinovidan; 🔹test sinovlaridan o‘tadilar. Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida mashg‘ulotlar 2-oktabrdan boshlanadi. Eng muhim jihati — markazda harbiy tayyorgarlikni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar belgilangan tartibda harbiy guvohnomaga ega bo‘ladilar. Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

  • Ta’lim, sport, tibbiyot va yoshlar masalasi: hududlarda ijtimoiy sohadagi vazifalar ijrosi o‘rganildi Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan: Olim Davlatovich Davlatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Olimjon Davlatov Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori lavozimida faoliyat olib borgan. Mas’uliyatli lavozimda Olimjon Davlatovga kuch-quvvat, muvaffaqiyat tilaymiz! @otabek_khasanov

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🏛TerDUda yangi loyihalar taqdim etildi 🟢Termiz davlat universitetiga qarashli suzish havzasida bo‘lgan viloyat hokimiga universitet rektori mazkur manzilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarni taqdim etdi. 🟢Loyihaga ko‘ra, suzish havzasi hududida zamonaviy suzish majmuasi, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va avtoturargohlar tashkil etiladi. 🟢Shuningdek, viloyat rahbariga Afg‘on shamolining salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan ilmiy loyihalar hamda Termiz tumani Xalqobod MFY hududidagi, Uchqizil ko‘li sohilida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar ham taqdim qilindi. 🟢Xususan, Uchqizil suv ombori hududida foydalanilmay turgan dam olish maskanini rekonstruksiya qilish, harbiy kafedra faoliyatini tashkil etish, sohil bo‘yini obodonlashtirish va qator yo‘nalishlarda daromad manbaini shakllantirishni ko‘zda tutgan quyidagi loyihalar amalga oshiriladi: 🟢tennis korti; 🟢baliq yetishtirish ko‘li; 🟢zamonaviy dam olish maskani; 🟢ochiq ma’ruza zali; 🟢issiqxona; 🟢oshxona; 🟢o‘quv binosi tashkil etiladi. 🟢Shuningdek, hududni ko‘kalamzorlashtirish, sohil bo‘yida zamonaviy infratuzilma yaratish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun ta’lim, sport va dam olishni uyg‘unlashtirgan qulay muhit shakllantirish rejalashtirilmoqda. 🟢Mazkur loyihalar TerDU infratuzilmasini yanada rivojlantirish va universitet jamoasi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

  • ❗O‘zbekistonda ekstremistik materiallarni tarqatganlik uchun birinchi martasida jinoiy javobgarlik belgilanmasligi mumkin Bu bo‘yicha qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Unga ko‘ra, qonunda quyidagilar nazarda tutilmoqda: ➖ Ekstremizm, separatizm yoki aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tayyorlash, ularni tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek, ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarining atributlari yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash va saqlash holati birinchi marta sodir etilganda, ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Jinoiy javobgarlik faqat qilmish ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin takroran sodir etilgandagina yuzaga keladi; ➖ Ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlarni tuzish, ularga rahbarlik qilish va ularda ishtirok etganlik uchun javobgarlik choralari ham qayta ko‘rib chiqilib, tabaqalashtirilmoqda: 🔹 ijtimoiy xavfi uncha katta bo‘lmagan qilmish — bunday tashkilotlarda ishtirok etganlik uchun yengilroq; 🔹 ularni tuzish yoki rahbarlik qilganlik uchun esa og‘irroq sanksiyalar belgilanishi ko‘zda tutilmoqda (amalda ushbu harakatlarning barchasiga bir xil – 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan edi). ➖ “Diniy ekstremizm” atamasi “ekstremizm” atamasi bilan almashtirilmoqda. “Ekstremizm” tushunchasining chegaralari aniqlashtirilib, bunga 8 ta xatti-harakat doirasi asosida qat’iy ta’rif belgilanmoqda. 👉 @xushnudbek 👈

  • ❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • ❗️Hukumatning tegishli (411-son, 29.07.2026-yil) qarori bilan, 2026-yildan boshlab: ➖ bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi; ➖ magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʻlo) baho (90-100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi beriladi. 👉 @xushnudbek 👈

  • Temir panjaralar orti — faqat qamoq emas, bu boy berilgan obro‘, parchalangan oila va barbod bo‘lgan kelajak degani. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat xizmatchilari uchun jazoni ijro etish muassasalariga profilaktik tashriflarni davom ettirmoqda. Qonun ustuvorligiga amal qilish – tanlov emas, bu har bir davlat xizmatchisining burchidir! @SherzodSaparov

  • 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda "Jadid“ gazetasi tahririyati oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha iqtidorli talabalar uchun yirik ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi! 💰 Mukofot jamg‘armasi (umumiy) — 90 MILLION SO‘M! 🥇 1-o‘rin (1 ta): 25 000 000 so‘m + Diplom va kitoblar jamlanmasi. 🥈 2-o‘rin (2 ta): 10 000 000 so‘mdan (jami 20 mln). 🥉 3-o‘rin (3 ta): 5 000 000 so‘mdan (jami 15 mln). 🎁 Rag‘batlantiruvchi o‘rinlar (15 ta): 2 000 000 so‘mdan (jami 30 mln). 🗓 Muddatlar: Qabul: 2026-yil 10-iyuldan 10-avgustga qadar. Natijalar: Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadi. 🔽 ✉️ Ijodiy ishlar maxsus Telegram bot orqali qabul qilinadi: @insho2026_bot 🔼 Diqqat qiling, tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Telegram kanallariga a’zo bo‘lish shart: @Jadidmediauz @jadid_rasmiy 📌 Tanlov shartlari videoda ⚡️ Shoshiling, o‘z iqtidoringizni namoyon eting va g‘oliblikni qo‘lga kiriting! Tilda, fikrda, ishda birlik! Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish #perevod Tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son Prezident qarori. 1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:…

  • 🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish #perevod Tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son Prezident qarori. 1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi: 1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa; 2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida). ❌ Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham shu qoida ishlaydi. Masalan, SamDU talabasi Samarqand tibbiyot universitetiga ko’chiraman desa ham, Toshkent tibbiyot universitetiga ko’chiraman desa ham shu 2 ta sabab kerak. 2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2026-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/33059 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2026-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/33089 ‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti” degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2026-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/33059 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab, imtihonsiz ko‘chirishi mumkin. t.me/xushnudbek/24579 2026-yilgi turdosh yo’nalishlar: https://t.me/xushnudbek/33089 4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish ❗️Tuzatish: 30.06.2025-yildagi 403-sonli Hukumat qaroriga ko’ra, ushbu holatda ham 2 ta sabab so’ralmoqda (xuddi 1-banddagi kabi). Lekin tez orada o’zgarish kirishi kutilmoqda va davlat oliygohidan nodatlavga o’tkazishda mustaqillik beriladi. 5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish ❗️Tuzatish: 30.06.2025-yildagi 403-sonli Hukumat qaroriga ko’ra, ushbu holatda ham 2 ta sabab so’ralmoqda (xuddi 1-banddagi kabi). Lekin tez orada o’zgarish kirishi kutilmoqda va nodavlatdan nodatlavga o’tkazishda mustaqillik beriladi. 6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish ❗️Tuzatish: 30.06.2025-yildagi 403-sonli Hukumat qaroriga ko’ra, ushbu holatda ham test orqali o’qishni ko’chirish mumkin bo’ladi (xuddi 2-banddagi kabi). 7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi. Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin. 8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. 🆕 Joriy yilda o’qishni ko’chirishda yangi tartib amal qiladi, ya’ni endi imtihonida sertifikatlar ham inobatga olinadi. *** Arizalar quyidagicha qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida; ➡️ my.uzbmb.uz/service/41 — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliygohlariga. ☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈

  • без подписи