Axborot texnologiyalari fakulteti
Статистика𝙏𝙀𝙍𝙈𝙄𝙕 𝘿𝘼𝙑𝙇𝘼𝙏 𝙐𝙉𝙄𝙑𝙀𝙍𝙎𝙄𝙏𝙀𝙏𝙄 𝘼𝙓𝘽𝙊𝙍𝙊𝙏 𝙏𝙀𝙓𝙉𝙊𝙇𝙊𝙂𝙄𝙔𝘼𝙇𝘼𝙍𝙄 𝙁𝘼𝙆𝙐𝙇𝙏𝙀𝙏𝙄 𝙍𝘼𝙎𝙈𝙄𝙔 𝙆𝘼𝙉𝘼𝙇𝙄
- Последний пост
- 8 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 52
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 413
- 1/48двое суток
- 473
- 1/72трое суток
- 510
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
❗️Abituriyentlar diqqatiga! Bugun yo‘nalish tanlashning oxirgi kuni Tanlovning 2-bosqichida bugun so‘nggi kun, jarayon soat 23:59 da yakunlanadi. Barcha abituriyentlardan ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va tanlov ustuvorliklarini tanlashni bugun soat 23:59 gacha amalga oshirish so‘raldi. 👉 @xushnudbek 👈
📇 👨💻“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul boshlandi! 💡 Hurmatli talaba (2 bosqichni bitirib 3 bosqichga o‘tadiganlar uchun)! Yangi bilimlar sari intilayotgan, raqamli savodxonlik va texnologiyalarga qiziqayotgan yoshlarga ajoyib imkoniyat! 🎯Sun'iy intellekt yordamida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, egallayotgan mutaxassisligingiz bo‘yicha zamonaviy va professional kasb egasiga aylanish hamda yuqori maosh egasi bo‘lishni xohlasangiz unda Siz uchun bu kurs unikal imkoniyat! Imkoniyat va vaqtni qo‘ldan boy bermang! Sun'iy intellektni egarlang! Oddiy mutaxassis emas SI ni boshqara oladigan "chavandoz"ga aylaning! 🚀 Tanlovda ishtirok eting va “Data Science” kurslarida 🔤🔤🔤🔤🔤 tahsil olish huquqini qo‘lga kiriting! 📍Akademik mobillik: tanlov g‘oliblari kurs davomida (bir o‘quv yilida) Toshkent shahrida tahsil oladi; 🛒O‘qish davri uchun: 🍛bir mahal issiq ovqat; 🤑rag‘bat puli (oyiga – 1 320 000 so‘m) beriladi. 🧑💻Moddiy texnik ta’minot: ⌨️noutbuk; 🌐internet ; 📖online darsliklar; ⚙️amaliyotchi mutaxassislar darslari. 📊 Kursda: 🗄 “Startup”lar va zamonaviy muammolarni IT yechimlar bilan integratsiya qilish (vibe coding, Python, R, SQL, Power BI, ML, AI asoslari) ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bitiruv malaka ishi "Startup" loyiha sifatida qabul qilinadi. 🗓 Hujjat topshirish: 2026-yil 15-avgustgacha. 🗺 Ariza topshirish: faqat onlayn! 🌐 https://dscience.uz/qabul/2026 saytiga tashrif buyuring! 💬 Aloqa uchun: +998 93 002 07 31 📱 @Asomiddinov_Elbek
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#PresidentUZ #MillatOtasi #LeaderOfUzbekistan #BizningPrezident 🇺🇿 Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, hurmatli Prezident! Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI_AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI_AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI_AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriatining KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI_AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
✅2026/2027-O‘QUV YILI UCHUN QO‘SHMA TA'LIM DASTURLARIGA QABUL BOSHLANDI! 😀 Termiz davlat universiteti 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlarida qo‘shma ta'lim dasturlari bo‘yicha hujjatlar qabul qilinishini e'lon qiladi. 🇨🇳 XITOY – SZYANSU UNIVERSITETI Magistratura (1+1) ✅Ta'lim yo‘nalishlari: • 70230101 – Lingvistika: ingliz tili 🇲🇾 MALAYZIYA – UTARA UNIVERSITETI Bakalavriat (1,5+2,5) ✅ Ta'lim yo‘nalishi: • 60610300 – Kompyuter injiniringi 🇮🇩 INDONEZIYA – INDONEZIYA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI Bakalavriat (3+1) ✅ Ta'lim yo‘nalishlari: • 60420100 – Yurisprudensiya • 60410100 – Iqtisodiyot • 60310300 – Psixologiya Magistratura (1+1) ✅ Ta'lim yo‘nalishlari: • 70610101 – Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti • 70510101 – Biologiya • 70410102 – Iqtisodiyot • 70230101 – Lingvistika: ingliz tili 🇧🇾 BELARUS RESPUBLIKASI – POLOTSK DAVLAT UNIVERSITETI Bakalavriat (2+2) ✅ Ta'lim yo‘nalishi: • 60410100 – Iqtisodiyot Magistratura (1+1) ✅ Ta'lim yo‘nalishlari: • 70310101 – Iqtisodiyot • 70230104 – Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti 🇷🇺 ROSSIYA – VLADIMIR DAVLAT UNIVERSITETI Bakalavriat (2+2) ✅ Ta'lim yo‘nalishlari: • 61010100 – Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) • 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili 📌 Hujjat topshirish uchun Murojaat uchun: 🎤 76 228 03 40 📱@JointDegreeTersu Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Oliy sud tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan hamda O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati tasdiqlandi. (2026-yil 13-iyul holatiga ko‘ra). 👉 @xushnudbek 👈
📣Respublikadagi barcha "yashil" texnikumlarga o’qituvchilar ishga qabul qilinadi! Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti ("Green University") huzurida ochilgan "yashil" texnikumlarga o’qituvchi-pedagoglar ishga qabul qilinadi. Texnikumlarda quyidagi yo‘nalishlar yo’lga qo’yilgan: — Laborant-ekolog; — Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga xizmat koʻrsatish; — Oʻsimliklar himoyasi laboranti; — Baliqchilik va akvakultura ishchisi; — Intensiv bogʻlar laboranti; — Elektrobuslar, elektromobillar va elektroskuterlar servisi; — Kompyuter tarmoqlari va IT-servis; — Asalarichi; — Grafik va dizayn texnologiyasi; — Sanoat ekologiyasi operatori; — Oʻrmonchilik va koʻkalamzorlashtirish laboranti; — Meteorologiya; — Issiqxona va parnik xoʻjaligi laboranti; — Kimyoviy suv tozalash apparatchisi; — Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi; — Aloqa operatori; — Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi; — Buxgalteriya hisobi va audit; — Gidrometeorologiya; — Oʻsimlikshunoslik; — Dasturiy injiniring; — Oʻrmonchilik va ekologiya texnigi; — Oʻsimliklar himoyasi va karantini; — Zooinjeneriya (faoliyat turlari boʻyicha); — Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish; — Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari servisi; — Dendrologiya va landshaft agronomiyasi; — Dronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish; — Chiqindilarni qayta ishlash va boshqarish; — Kadastr; — Gidrometeorologiyada aloqa va telekommunikatsiya; — Oʻrmon xoʻjaligi texnigi; — Uchuvchisiz uchish qurilmalari ekspluatatsiyasi va ularni boshqarish; — Veterinariya meditsinasi; — Agronomiya (ekin turlari boʻyicha); — Gidrologiya. Texnikumlarda o‘qituvchilar uchun quyidagi qulayliklar yaratilgan: — Raqobatbardosh oylik maosh; — Zamonaviy jihozlangan o'quv xonalari va laboratoriyalar; — Qulay va innovatsion ish muhiti; — Malaka oshirish va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari; — Ekologiya yo'nalishidagi istiqbolli loyihalarda ishtirok etish. 📞Murojaat uchun: +998 (55) 512-00-77 Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Endilikda AT va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-kurs talabalari AT parkda “dual ta’lim” asosida o‘qishni davom ettiradi. Mazkur yo‘nalishlardagi iqtidorli talabalar uchun “Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi. Iqtidorli qizlar uchun muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha “Muhandis qizlar” stipendiyasi ta’sis etiladi. Yangi o‘quv yilidan to‘lanadigan ushbu stipendiyalar xususiy oliygoh talabalariga ham beriladi. Bugungi kunda kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari 1 milliard so‘m, ustozlari 200 million so‘m mukofot olmoqda. Endi bu rag‘bat sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘oliblariga ham tatbiq etiladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔝 Hurmatli yoshlar va ota-onalar! Sizlarni 28-iyun kuni o‘quv markazimizda bo‘lib o‘tadigan IT tadbiriga taklif qilamiz! Tadbir davomida: ✅ IT sohasidagi zamonaviy kasblar bilan tanishasiz ✅ Dasturlash va grafik dizayn yo‘nalishlari haqida ma’lumot olasiz ✅ Mutaxassislar bilan suhbatlashasiz ✅ Qiziqarli tanlov va sovg‘alarda ishtirok etasiz ✈️ Kelajagingizni IT bilan quring! 📍 Manzil: Termiz shaxar Uztelecom binosini 3 qavatida 📅 Sana: 28-iyun ⏰10:00 Barchangizni kutib qolamiz ! Admin : @it_park_surxondaryo ✈️ Telegram 📷 Instagram
без подписи
#Долзарб #Тарқатинг ❗️🌐 Инстаграмни ўчириб ташламагунингизча, сизда ҳеч қандай ривожланиш бўлмайди! Яқин келажакда кўплаб компаниялар ходимларни баҳолашда уларнинг ижтимоий тармоқларда қанча вақт ўтказишини ҳам ҳисобга олиши мумкин. Чунки инсон ўз вақтини нималарга сарфлаши унинг интизоми, диққати ва устувор мақсадларини кўрсатади. 👉 https://t.me/UZBEKISTANOFFICIAL
Сиз учун фойдали бўлган 92 та нейрон тармоқлар тўпланди — унда сизнинг ишингизга ёрдам берадиган чинакам фойдали хизматлар мавжуд. Рўйхатга ҳар қандай вазифа учун нейрон тармоқлари киритилган: тасвир яратиш, аудио ва видео контент, дизайн, тақдимотлар, СММ, маълумотларни таҳлил қилиш, аниқ фанлар ва бошқалар. Батафсил Gorizontда...
🇩🇪Germaniyada kompyuter fanlari bo‘yicha to‘liq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi 💻Germaniyadagi Max Planck institutlari xalqaro talabalar va mutaxassislar uchun kompyuter fanlarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqot amaliyoti dasturini taklif etadi. Ushbu tashkilot informatika, dasturiy ta’minot tizimlari hamda xavfsizlik va maxfiylik yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi. 🏦 Dastur ishtirokchilarga dunyo miqyosida e’tirof etilgan ilmiy muhitda tadqiqot olib borish, tajribali olimlar bilan ishlash hamda ilmiy salohiyatini rivojlantirish imkoniyatini beradi. 👥Kimlar ariza topshirishi mumkin? ✅Kompyuter fanlari yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari; ✅Kompyuter fanlari sohasida tadqiqot olib borishga qiziqadigan va tegishli ta’lim yoki tajribaga ega mutaxassislar; ✅Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari; ✅Soha bilan bog‘liq fanlar, jumladan, ijtimoiy fanlar, iqtisodiyot, huquqshunoslik, gumanitar fanlar va boshqa yo‘nalishlarga qiziqadigan nomzodlar. 📌 Nomzod amaliyot boshlanishiga qadar kompyuter fanlari bo‘yicha kamida uch yillik bakalavrlik ta’limini olgan yoki tegishli ilmiy-tadqiqot tajribasiga ega bo‘lishi kerak. ⏳ Dastur davomiyligi • Odatda 12–14 hafta; • Zarurat va kelishuvga ko‘ra uzoqroq muddat davom etishi mumkin; • Ish tili – ingliz tili; • Nemis tilini bilish talab etilmaydi. 💰 Moliyaviy imtiyozlar Amaliyotga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar: ✅ Yashash xarajatlarini qoplash uchun oylik stipendiya; ✅ Turar joy xarajatlarining to‘liq qoplanishi; ✅ Ishtirokchining yashash mamlakatidan Germaniyadagi amaliyot manziliga borish va qaytish transport xarajatlarining qoplanishi. 📅 Ariza topshirish muddatlari Arizalar quyidagi muddatlarda qabul qilinadi: • May–avgust oylarida boshlanadigan amaliyotlar uchun har yili 1-noyabrgacha; • Boshqa davrlarda boshlanadigan amaliyotlar uchun esa rejalashtirilgan boshlanish sanasidan kamida 5 oy oldin. 📄 Ariza topshirish uchun kerakli hujjatlar Onlayn ariza topshirishda quyidagi hujjatlar talab qilinadi: 📌 CV (rezyume); 📌 Akademik baholar ko‘chirmasi; 📌 Kamida bitta tavsiyanoma beruvchining kontakt ma’lumotlari; 📌 Ixtiyoriy motivatsion xat. ❗️Shuningdek, nomzod o‘zi ishlashni istagan ilmiy xodimlar va amaliyot o‘tashni rejalashtirayotgan muddatni ham ko‘rsatishi mumkin. Saralash jarayoni 1. Onlayn ariza topshirish; 2. Tadqiqot guruhlari tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish va zarur hollarda suhbat o‘tkazish; 3. Natijalar haqida elektron pochta orqali xabar berish. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar mentor bilan bog‘lanib, amaliyot mavzusi va muddatlarini kelishib oladilar. Muhim eslatma❗️ Amaliyot loyihalari oldindan e’lon qilinmaydi. Qabul qilingan ishtirokchilar loyiha mavzusini o‘z qiziqishlari, tajribasi va mentor tavsiyalari asosida tanlaydilar. Dasturga qabul jarayoni juda raqobatbardosh bo‘lib, nomzodlardan yuqori akademik natijalar va kuchli ilmiy salohiyat kutiladi. 🔗 Ariza topshirish: https://apply.cis.mpg.de/register/internship Qo‘shimcha ma'lumot uchun: Termiz davlat universiteti Xalqaro aloqalar bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin. Xalqaro aloqalar bo'limi 😀Instagram | 💬Telegram
#yozgi_semestr #qayta_oʻqish Akademik qarzdorligi (yoki fanlar farqi) mavjud bo‘lgan talabalar diqqatiga! 2025/2026-oʻquv yili yozgi semestr (qayta o‘qish) jarayonlari: ✔️ kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan 1-2-kurs talabalari uchun joriy yilning 1-iyun kunidan 30-iyun (shu kuni ham) kuniga qadar. ✔️ qolgan barcha ta'lim shakllari bo'yicha tahsil olayotgan 1-, 2-, 3-, 4– va 5-kurs talabalari uchun joriy yilning 1-iyun kunidan 31-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar tashkil etiladi. Yozgi semestrda ishtirok etish uchun: 1. kontrakt.edu.uz platformasi orqali kredit-shartnomasini shakllantiring va belgilangan to‘lovni amalga oshiring. 2. Joriy yilning 4-iyun kuniga qadar registrator.tersu.uz axborot tizmidan onlayn ro‘yxatdan o‘ting. Yozgi semestr (qayta o‘qish) odatda quyidagilarni beradi: - GPA (o‘zlashtirish ko‘rsatkichi)ni belgilangan talab darajasiga chiqarish; - grantlar tanlovida ishtirok etish imkonini olish; - akademik qarzdorlikni yopish (yiqilgan yoki o‘zlashtirilmagan fanlarni qayta o'zlashtirish); - bahoni yaxshilash va umumiy reytingni oshirish; - keyingi kursga muammosiz o‘tish uchun shartlarni bajarish. ❌ Kredit-shartnomasida belgilangan to‘lovni amalga oshirmagan talabalar registrator.tersu.uz axborot tizmidan ro‘yxatdan o‘ta olmaydi va ularga yozgi semestrda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi! 📌 kredit-shartnomasini shakllantirish va onlayn ro‘yxatdan o'tish bo'yicha video yo'riqnoma👇 🎬 kredit-shartnomasini shakllantirish 🎬 onlayn ro‘yxatdan o'tish Ps: qoʻshimcha savol, muammo va takliflar boʻyicha registratorofis_bot ga murojaat qilishingiz mumkin. Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari ❗ Yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratiladi 💠Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlar bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror (PQ–210-son, 01.06.2026-y.) imzolandi. 📝 Qarorga ko‘ra, “Aloqabank” AT tomonidan “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 31 yoshga to‘lmaganlarga asosiy qarzdan 1 yilgacha, foiz to‘lovlaridan 3 oygacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha kreditlar Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratiladi: ☑️ sug‘urta polisi ta’minoti yoki 3-shaxs kafilligi asosida 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarzlarni quyidagi loyihalar bo‘yicha ajratish: ➡️ yoshlarning xorijiy til va raqamli texnologiyalarni o‘rganishi hamda zamonaviy kasb-hunarni egallashi bo‘yicha o‘qish xarajatlarini moliyalashtirish uchun – 20 mln so‘mgacha; ➡️ zamonaviy kasblar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar marketingi, mobilografiya, frilanserlik, internet (onlayn) do‘konlar tashkil etish va o‘zini o‘zi band qilish faoliyat turiga mos loyihalar uchun – 50 mln so‘mgacha; ➡️ kasanachilik, to‘qimachilik mahsulotlarini tayyorlash, tikuvchilik va boshqa mahsulotlarni ikkilamchi qayta ishlash va (yoki) sotish, ulardan yangi mahsulotlar tayyorlash loyihalari uchun – 50 mln so‘mgacha; ➡️ novvoychilik va shirinliklar tayyorlash hamda sotish loyihalariga – 100 mln so‘mgacha. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
без подписи