Ilhombek Safarmurodov
Статистика©️ Personal blog of Ilhombek Safarmurodov - IELTS instructor (8 overall) - Grammar Teacher - 8 years of experience in teaching! - a founder and a CEO of @winners_academyUz
- Последний пост
- 17:39
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 31
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 655
- 1/48двое суток
- 750
- 1/72трое суток
- 809
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⚡️Winners Academy’da faoliyat yuritayotgan jamoamiz a’zolarining ko‘pchiligi bu yerga avval o‘quvchi sifatida kelgan. Kimdir IELTS olish uchun, kimdir ingliz tilini o‘rganish uchun kelgan. Ammo ularning umumiy jihati bitta — faoliyatini Ilhombek Safarmurodovga shogirdlikdan boshlagan. Bugun esa ular: 👨🏫 IELTS Instructor 👩🏫 Teacher 💼 Moliya Manageri 🏢 Filial menejeri 📱 Mobilograf 🎬 Media bo‘limi boshqaruvchisi va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritishmoqda. Demak, Winners Academy — nafaqat bilim oladigan, balki o‘z kasbiy yo‘lingizni boshlashingiz mumkin bo‘lgan muhit. 🚀 Agar siz ham Winners Academy asoschisi Ilhombek Safarmurodov qo‘l ostida shogird bo‘lib, o‘z faoliyatingizni boshlamoqchi bo‘lsangiz, bu taklif aynan siz uchun! 👇 📌Shogirdlik dasturiga qo‘shilish uchun @winnersacademyhrbot👈 rasmiy botimizga kirib, shogirdlik dasturini tanlab o’z arizangizni qoldiring✍️ 📞 +998 55 510 98 98
Xullas, savol berishni o'rganaylik, odamlar.
Yana savol bormi? Komandayiz zo'r ekan rahmat ancha yordam berishdi.
Yana savol bormi? 5 ta so'zda 3 ta inglizcha so'z ishlatadigan bratishka: men (butun hayoti va ijodi) sizga shikoyat qilgandim, lekin muammom hal bo'ldi, rahmat sizga.
Tadbirdamiz: Yuqori mansabdagi odam: Nima savollaring bor menga? Bir qiz: Avvalo bu uchrashuvni tashkil qilgani uchun Prezidentimizga, sizga rahmat va ....... (Baraka topgur savol so'ra)
Paxta ekkan boy bo'ladimi yoki paxta qo'ygan?
Majburiyat - eng yaxshi motivatsiya 2014-2017-yillarda kuniga 10+ soat, kechalari uxlamay dars qilardim, sababi - talaba bo'lish majburiyati bor edi, undayam grantga kirish majburiyati. Majburiyat bajarilgandan keyin, kuniga 2+ soat ham dars qilgim kelmay qolgandi o'shanda. Shogird bo'lgan paytlarim, yakshanba kunlari uchun bo'ladigan 3 blok (ha, o'sha paytlar 3 blok edi) testlar tuzardim, boshqa fan o'qituvchilaridan testlarni olib, word da edit qilib, printdan chiqarardim, va buni hammasini shanba kuni kechasi qilardim, chunki oldimda yakshanba testni muammolarsiz o'tkazish majburiyati bor edi. O'zim Ustozga aylanib, oldimda shogirdlarim bo'lgandan keyin bu majburiyat ham yo'qoldi. Hozir oddiy faylni ham edit qilolmayman (qilgim kelmaydi). Karantinda, offline o'quvchilarimni onlinega o'tkazganmiz, ertalabdan dars yozar, mavzularni audio shaklda tushuntirar, uyga vazifa berar, abeddan keyin 3-4 soatlab o'quvchilarning audiolarini eshitib chiqib tekshirardim, chunki oldimda ularni talaba qilish majburiyati bor edi. Hozir kimdir 2+ daqiqalik audio tashlasa, eshitishga erinaman. 2025-yil Noyabrdan beri, kun tunum o'zgardi, tong sahar 5-6 da uxlar, 12 dan o'tib turardim, naq 7 oy rejimni joyiga qaytara olmay qiynaldim. 2-iyundan 8:00 da o'zimga guruh ochdim, va o'sha kundan rejimni to'g'riladim, chunki 8:00 da o'quvchilarim oldida bo'lish majburiyati bor edi. 20 kunlik Toshkent safari sababli guruhimni vaqtinchalik topshirishimga to'g'ri keldi, va ertasi kuniyoq rejim buzildi, chunki majburiyat yuki yo'q bo'lgandi. Shunda o'ylab qoldim, demak meni oldinga siljitadigan, meni harakatga undaydigan narsa majburiyat bo'lib kelgan ekan, shu vaqtgacha. Endi esa meni bir savol qiynayapti: Majburiyatsiz butun potensial bilan harakat qilish mumkinmikan? @TheSafarmurodovBlog
📢 Yangilik bo’lsa yangilikdaaaa! O‘tgan yili uchinchi filialimiz — Avtovokzal filialini ishga tushirgan edik. Qisqa vaqt ichida o‘quvchilarimiz soni sezilarli darajada oshdi va mavjud binomiz biz uchun torlik qila boshladi. Afsuski, ushbu manzilda kengayish imkoniyati bo‘lmadi. Shu sababli, filialimizni yanada keng, zamonaviy va qulay binoga ko‘chirdik. ✨ 📍 Yangi manzil: Mashxura klinikasiga yetmasdan, Eski Grand binosi (hozirgi Fonon do‘koni yonida), 1-qavat. Yangi binomizda o‘quvchilarimiz uchun Winners standartlariga to‘liq javob beradigan va yanada qulay ta’lim muhitini yaratdik. 🧡Barchangizni yangi manzilimizda kutib qolamiz!
O‘tgan yil Shogirdlik dasturiga qabul qilingan 5 nafar yigitning 4 nafari bugun jamoamizning muhim mutaxassislariga aylanishdi. Shu natijalarni ko‘rib, yana bir shogirdlik dasturini boshlashga qaror qildim. Diqqat! O'zimga shogird qidiryapman. Oxirgi vaqtlarda loyihalarimiz ko'payib, ishlarimiz juda qizg'in ketyapti. Shuning uchun o'zimga yordamchi, to'g'rirog'i, yonimda yurib ishlarni o'rganadigan shogird olmoqchiman. Bu e’lon administrative va management ishlar uchun, o’qitish ishlariga oid emas, ya’ni siz administrator, manager kabi kasblarda ishlashni hohlasangiz bu e’lon aynan siz uchun. Agar siz o’qituvchi bo’lmoqchi bo’lsangiz siz uchun ham tez kunlarda takliflarimiz bo’ladi. Kimlar uchun? 1. Yoshi 18+ bo'lgan yigitlar uchun. 2. Eng kamida yarim stavka vaqti borlar uchun 3. Kompyuterni yaxshi tushunadiganlar uchun. Agar Winners’da o'qigan bo'lsangiz va shaxsiy noutbukingiz bo'lsa — imkoniyatingiz 2 barobar yuqori. Men bilan bir jamoada ishlab, tajriba orttirmoqchi bo'lsangiz @ilhombek_safarmurodov profilimga yozing.
Oʻtgan yili jamoamizga xuddi shunday sodiq va professional kadrlarni yetishtirish maqsadida Shogirdlik dasturini yoʻlga qoʻygan edim. Saralash jarayonida: 20 dan ortiq ariza qabul qildik; 15 tadan koʻp nomzod bilan shaxsan intervyu oʻtkazdim; 10 ga yaqin nomzodlarni amaliy sinov muddatida koʻrdik; Yakunda faqat 5 nafar eng salohiyatli nomzodni shogirdlikka qabul qildik. Xoʻsh, bugun natija qanday? Oʻsha 5 kishidan 4 nafari bugun Winners Academy oilasining ajralmas qismiga va oʻz sohasining top mutaxassislariga aylanishdi: 1 nafari — Teacher 2 nafari — Publisher 1 nafari — Administrator Agar sizga bir yil oldin shunday imkoniyat berilganida, menga shogird tushgan bo‘larmidingiz?
O'tgan kun Top Management jamoasi bilan mayovkaga borganimizda atrofga qaradim, va bir narsaga e'tibor berdim - o'sha yerdagi yigitlarning barchasiga vaqtida Ingliz tilidan dars berganman. Ba'zilari Winners’dan oldin, ayrimlari Winners’da mendan tahsil olishgan, va turli vaqtlarda o'quv markazimizga support teacher, administrator, print guy sifatida qo'shilishgan, hozir esa ular jamoaning asosiy ustunlariga aylanishdi. Masalan, Ahmadshoh ismli shogirdimiz, support sifatida kelgan edi, hozir esa bir vaqtda 100lab o'quvchilarning Ustozi, yoki Shuhrat administrator sifatida faoliyatini boshlagan bo'lsa, hozirda Yubileyniy branch manageri. Meni xursand qiladigan tomoni, ular bilan shunchaki rahbar - hodim munosbati emas, balki avvalo Ustoz - Shogird, aka - uka munosabatidamiz, ular meni Boss sifatida emas, Ustoz sifatida ko'radi. Bu munosabat tasodifan paydo bo'lmadi. Bu — tizim. Bu — ongli tarbiya. Vaqtida Ustozim, Otaxon aka menga bergan tarbiyani, shogirdlarimga bera olyapman. O'ylaymanki, haqiqiy Winner bo'lish ana shu! @TheSafarmurodovBlog
Kecha Winners Academy Top Management dagilar bilan mayovkaga borgandik, mayovka ajoyib o'tdi, bolalar faqat bitta yomon ish qilishibdi: shashlikni o'zim pishirgandim, lekin o'zlari pishirganday qilib montaj qilishibdi. Kanaldagi o'quvchilarimga iltimos, videoga kirib - justice for Ilhom Ustoz deb yozib podderjka qilinglar https://www.instagram.com/reel/DY7U-kCs_SH/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA== Ishonaman sizlarga🔥👊 #justiceforIlhomUstoz
⚡️Winner_N83 - Samandar Primov (IELTS 7.5) 🔥Reading: 8.0 🔥Writing: 7.5 🔥Listening: 7.0 👨💻Yubileyniy filialimiz Teacher’laridan biri 👨🏫👨🏫 Mr. Samandar — your dedication, discipline, and hard work have finally turned into an amazing result. You truly deserve this success. Keep inspiring students and creating more Winners! 🚀 Next goal — IELTS 8.0! #ielts_2026 #winners_2026 @Winners_AcademyUz
⚡️Winner_N82 - Mashxura Xolliyeva (IELTS 7.0) 🔥Listening: 8.0 🔥Reading: 7.0 👨🏫Teacher: Ahmadshoh Murodullayev 👩🎓Mashxura - you are a real Winner #ielts_2026 #winners_2026 @Winners_AcademyUz
⚡️Winner_N81 - Diyora Xayrullayeva (IELTS 7.0) 🔥Listening: 7.5 🔥Writing: 7.0 👩🏫Teacher: Maftuna Safarmurodova 👩🎓Diyora - you are a real Winner #ielts_2026 #winners_2026 @Winners_AcademyUz
Buncha bo'ldi, bitta 7.5 ham ko'raylik 😅
Bayram-bayramdek bo'lsin! Maydalashib o'tirmaymiz, birdaniga ikkita 7.0 ko'ramizmi?
IELTSdan 6.5 ball egalari uchun rad etib bo’lmas taklif tayyorlaganmiz✔️ Bu taklifni sizning hayotingizni o’zgartirib yuborishi aniq🎯 Agar IELTS 6.5 balingiz bo’lsa hoziroq izohda 6.5 sonini yozib qoldiring va batafsil ma’lumotga ega bo’ling.
IELTS darajasi 6.5 bo’lganlar shu yerdamisiz 👀
Hozirgi IELTS natijangizdan qoniqyapsizmi?