tgindex
злата | EgoFlow

злата | EgoFlow

Статистика
@zlataegoflowузбекский

Hayotda o'z bayrog'iga ega inson! INFJ 🪐 Hoca 🤍 Psychology ➰ OʻzMPU 4/4 (grant) 👩🏻‍🎓 Turk tili C1📍 2025/17 📚 2026/13📚 Menga murojaat: @zlatadminbot

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
5
Всего постов
37
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
130
+1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
142
36 постов
Вовлечённость
109,2%
к подписчикам
Постов в день
0,7
всего 37
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
36
1/48двое суток
41
1/72трое суток
44

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 15 авг.18из zlataegoflow

    Soon...

  • 15 авг.18из zlataegoflow

    Soon...

  • Insonlar bazida kelajakdagi versiyasini sevib qolishadi i bugungi oddiy holatini zerikarli deb baholashadi. Ularni harakat qilishiga dangasalik emas, aksincha katta tasavvur va real jarayon orasidagi zerikarli masofa toʻsqinlik qiladi.

  • 11.08.26 23.16 audio+e-book #kitobyakunlandi Morisaki kitob doʻkonida oʻtkazgan uzoq kunlarim - Satoshi Yagisava Odamzod hamma narsani unutadi. Unutib yashaydi. Shunday boʻlsa-da, bizning oʻy-xayollarimiz, his-tuygʻularimiz xuddi dengiz toʻlqinlari qumda qoldirgan izlar kabi mangu muhrlanib qoladi. Yapon adabiyoti oxirgi vaqtlar juda koʻp qiziqtirib qoʻygan. Qandaydir bu adabiyotlarda oʻziga tortuvchi joziba, nafislik, ehtiyotkorlik bor. Bu esa kitobxonni oʻziga jalb qilmay qoʻymaydi. Ayniqsa asar kitoblar haqida boʻlsa... 📖 @zlataegoflow

  • 10 авг.8991из DrBekOlimjon

    Bu post er va bo’lajak erlar uchun Er sifatida oilangiz hayoti sifatiga juda ijobiy ta’sir qiladigan narsalardani biri bu uyga idish yuvish mashinasini o’rnatish. Atrofingizdagilar qarshilik qilishi mumkin. Qanchalik qarshilik qilishmasin, xato fikrlar ular. Nega qarshilik qilishadi deb hayron bo'lmang, bu aniq reallik. Idish yuvish mashinasi kelin ishini yengillashtiradigan imkoniyat bu va buni amalga oshirish shart. Bu kelinni kuniga kamida 1 soat vaqtini tejaydi. Bolaga vaqt ajrata oladi. Kitob o’qib bera oladi. Hayot sifati yaxshilanadi. Ijobiy tomonlari juda ko'p azizlar. Qarshilik qiluvchilar uchun esa mana bu argumentni ishlating. "Qo’l bilan idish yuvish, mashina bilan yuvishdan ko’ra 8-10 baravar ko’p suv talab etadi." Bu fakt, shunchaki gap emas. Suv esa ne’mat. Qo’l bilan yuvish bu suvni isrof qilish. Bek Olimjon 15.11.25 Norvegiya

  • Unga kitob hadya qiling.

  • 05.08.26 14.45 audio+e-book #kitobyakunlandi Ityurak - Mixail Bulgakov Kitob favqulodda qiziqarli. Satirik va biroz siyosat aralashgan asar. Kichikligimadan sarlavhasi o'ziga tortardi. Ayni vaqtida o'qidim deya olaman. Bu asar sabab Bulgakov ijodiga qiziqish uyg'ondi. Oqib ko'rishingizga arziydi 📖 @zlataegoflow

  • salomatmisiz? gapirib beringchi

  • salomatmisiz? gapirib beringchi

  • злата | EgoFlow pinned «*tuzatish - 20 yosh bo'ldim - 4-kursman - 80% o'quvchilarimni natijaga olib chiqa oldim»

  • Keling, tanishamiz! - Men Злата (ma'lum va mashhur tahallusim) yoki odatiy Asrolova Latofat. - Yoshim 19 da - Nizomiy nomidagi O'zMPU 3-kurs talbasiman - Yoʻnalishim amaliy psixologiya - Turk tili C1 darajada bilaman va ustozlik qilaman 💡Mening kanalimda:…

  • 30.07.26 12.59 audio+e-book #kitobyakunlandi Puankare - Abduqayum Yo'ldoshev Yashaganlarim orasida anglab yetkan eng achchiq va shavqatsiz haqiqatim shuki - vaqt doim oldinga yuradi, orqaga qayrilmaydi ham, mazkur kitob buni menga yana eslatdi. Asar juda ham a'lo darajada yozilgan deb aytolaman va albatta #tavsiya qilaman. Vaqtingizni qadrini biling, uni bekorga sarflamang 🎡 @zlataegoflow

  • New new new

  • видео или голосовое, без подписи

  • ☆ ☕️

  • 24.07.26 13.30 audio+e-book #kitobyakunlandi Insonlikdan mosuvo - Osamu Dazai 🎡 @zlataegoflow

  • 🕺

  • 21 июл.17951из TillanisoEN

    O'zbekistonda har qanday zamonaviylik eskining ustiga bosim bo'lib qo'shilyapti. Eskini olib tashlamayapti, aksincha ikkalasi birga yashayman deb kengayib, shishib, aholi ustisa og'ir tosh kabi bosim yaratmoqda. 2000-yillarda ota-ona qayg'usi bolalarini yeb-ichirib, o'qimishli qilib, uylab qo'yish bo'lgan bo'lsa, endi ularning ustiga bir qancha "zamonaviy" unsurlar qo'shildi. Hozir bolani o'qimishli qilishning o'zigina yetarli emas. 2000-yillarda oila bittagina bo'lsa ham moshin olishni orzu qilsa, hozir bitta moshina yetarli emas. Otaga, o'g'ilga moshin bo'lishi shart. Endi esa onaga va ayolga moshin olish moda bo'lmoqda. Yoki trend orqasidan kelgan majburiyat. Mashina markalari ham tez-tez eskirmoqda, yangisini, qimmatrog'ini olmasa, odamlar ko'zini bechorahol ko'rinib qolishmoqda. Avval tug'ilgan kun sharoitga qarab qilinadigan marosim bo'lsa, endi har tug'ilgan kunga ayiqchalar, yana nimalardir chaqiriladi. "Bu mening onam", "Bu mening otam" bo'lishi kerak har tug'ilgan kunda. Faqat kelin to'yi dabdali bo'lsa, mayli, endi yosh to'yi va sunnat to'yi ham mislsiz dabdali. Oilada har tug'ilgan bolaga yosh to'yi qilinadi katta artist chaqirib. Sayohat qilish yangi vos-vos kasaliga aylandi. To'ylarni qisqartiraylik, undan ko'ra odamlar sayohat qilsin dedik. Shukrki, to'y ham qisqarmadi, yiliga 2 marta sayohat qilish gardanimizga majburiyat bo'lib tushdi. Kreditga bo'lsa ham bormasak, bo'lmayapti. Ishqilib, zamondan ham, odamlardan ham chetda qolib ketmayapmiz. Avvalgi ayollarning tillaparastligidan noligan bugungi yosh ayollar erlari bo'yniga tilla emas, sayohat majburiyatini yuklab qo'yishdi. Go'yoki tillaparastlikdan yaxshi, lekin mazmunan bir narsa. Haj, umrani aytmasa ham bo'ladi. Albatta yaqinlarga umra sovg'a qilish yangi zarurat va majburiyat. Undan keyingi haj oshi-yu, umra oshilarni qo'yavering. Bolalarga 2000-yillarda har mavsum kiyishga kiyim bo'lishi orzu edi. Endi kiyim chikora. Bolalarga kamida 2 mlnlik o'yinchoqlar olinyapti. Boylarni bilmadim, o'rtaholgina oilalarda. Buyam yangi majburiyat bo'lib qo'shildi. Avval bolalarga velik olish orzu edi. Bugun uning yoshiga qarab veligi har yilda almashishi kerak. Kamiga elektr skuter chiqdi. Maktabga shunda bormasa bo'lmayapti. 4-5 mlnga kredit olib, ota-ona kredit to'lash bilan umri o'tyapti. Eng qizig"i, bu matohlar endi faqat o'g"ilga emas, qizga ham, o'g'ilga ham qilinishi kerak. Endi ularni o'qish puli, katta bo'lganda to"yi, uyi, sarpo suruvini ayting. Gentra, Lacettilar urfdan qoldi. Albatta uni ByD yo Kia ga almashtirish kerak. Bo'lmasa davralarda "bundoqroq", bechorahol ko'rinasan. Uy ko'p qurilyapti, bir amallab qo'shimcha uy olish albatta shart. Ijaraga bersan. Buyam obro' va pul. Bu O'zbekistondagi o'rta yoki o'rta ko'rinmoqchi bo'lgan oilalar ehtiyoji. Tasavvur qiling, bularning hammasiga qancha pul kerak? Shunaqa sharoitda kim uxlay oladi? 2000-yillarda imkoniyatsizlik chorasizligidan ezilgan bo"lsa odamlar, hozir imkoniyat ko"pligi vasvasasidan ezilyapti. Natijada oilaning hamma a'zosi ishga yaroqlimi, tinmaslikka, pul topishga, uyga har kun qanchadir belgilangan summani topib kirishga majbur. Bu yugur-yugur chop-chop bilan tunda ham uxlamayapti odamlar. Boshqalardan qolmaslik uchun uxlashni ham unitivoryapmiz. Ehtiyojning chegarasi bormi? O'zi milliontasi keraksiz bo'lgan urf-odatning ustiga qo'shilayotgan trillionta zamonaviylik va trend degan musorning chegarasi bormi? Bugun ziyoli deganda ehtiyojlari kam qatlamni tushinib qoldim. Ammo ziyolining o'zi shu musor trendning boshida turibdi. Qolib ketmaslik vasvasasiga chalingan. Demak, ehtiyoji biroz kamroq odam mutlaqo qirilib ketyapti, bo'lsa ham u boshqalar ko'zida qashshoq va dangasa ko'rinadi. Ehh. Iching kuyadi. Hech bo'lmasa, tug"ilgan kunlaringizda kun bo'yi yotib uxlanglar. Sayohatga boradigan muddatingizni eringiz yo xotiningiz uchun hech narsa qilmasdan uyda yotib uxlash uchun sovg'a qilinglar. Bir pas haqiqiy dam olinglar, odamlar. Bo'lmasa, bu qo'rqinchli bosimdan yorilib ketasizlar.

  • Inson degan mavjudot shunchalik oson, bir zumda oʻzgarar ekan va bu oʻzgarish gʻalati, yoʻq-yoʻq, kulgili darajada qoʻrqinchli boʻlar ekan. 📚Insonlikdan mosuvo - Osamu Dazai ❤️@zlataegoflow

  • 16.07.26 14.14 126 bet #kitobyakunlandi Viktoriya - Knut Hamsun Yosh Verterning iztiroblari'ni eslatadigan asar. Koʻpchilikka yoqmasligi mumkin, lekin Hamsunni deyarli barcha asarlarini yaxshi koʻrib oʻqiyman, shu sababli menga yoqdi. Melanxoliya, mazoxizm, gʻurur, begʻubor bolalik sevgisi, birinchi muhabbat... #tavsiya ) 💌 @zlataegoflow