- Последний пост
- 5 мар.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- tk
- Категория
- Картинки
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🌸Bahor 🌸 Anchadan beri xohlayotgan atmosferam: Yomgʻir, qahvahona, kitob va shu kitobing haqida maqola) 💕
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Vanihoyat!🎉 Margaret Atvudning “The Handmaid’s Tale” asari oʻzbek tilida “Oqsoch hikoyasi” nomi ostida nashr etildi!
Эсимни таниганимга кўп бўлгани йўқ. Бу йил мактабга қадам қўйиб, тўрт кунгина ўқиган бўлсам ҳам кўплаб дугоналар орттирдим. Афруза, Ноила, Шоира… Шу қизлар билан жуда яхши чиқишиб кетдик. Улар тушликка деб олиб келган нарсасини мен билан бўлишишмоқда. Онам, онажоним касалхонадада, бўлмасам, мен ҳам тушликка қайнатилган тухумми, ёки қуймоқ олиб келган бўлардим… Синфимизда Жамшид деган бола ёқмади фақат. Бўйнимда чандиқ бор, мактабга келганимдан бери шуни калака қилади. Бу чандиқ қаердан пайдо бўлганини очиғи билмайман. Бувимнинг айтишича, йиқилиб тушган эканман. Холам эса буни йиртқич ҳайвоннинг панжаси излари деб айтганди. Нима бўлганда ҳам жуда кўзга ташланадиган жойда, кимдир тикилиб қолса, ҳижолат бўламан. Қўшнимиз Назокат опа бир сафар қизига мени кўрсатиб, «шу қизда анави…», дегани эсимда. Ўшанда у хотин нимани назарда тутагани эшита олмагандим. Балки бошқачароқ туғилгандирман, билмайман, онам айтмаган. Ўзи онажонимни кўрмаганимга анча бўлди. Бирга ўтказган хотираларимиз ҳам кам. Охирги марта бир неча йил олдин ҳайвонот боғига борганимиз эсимда. Ўшанда ҳар хил ҳайвонларни кўргандим. Менга маймун ва ламалар жуда ёққан. Жуда чиройли жонзотлар. Кейин айиқни ҳам яқиндан кўрганман, қолгани ёдимдан ўчиб кетгандек. Нима бўлди, қанақ қилиб уйга қайтганмиз, онам нималар олиб берган, ёдимда йўқ. Лекин шундан кейин онажонимни анча вақт кўрмадим. Бувим билан баъзида кўргани бориб турардик, лекин мен билан гаплашмасдирлар. Нима сабабдан ҳафа қилиб қўйганимни ҳалигача билмайман. Аммо уларни барибир яхши кўраман. Ўзимнинг онажоним! Сизни соғиндим. Душанба куни яна мактабга боришим керак, бувимнинг айтишича, қайтганимда онам уйда бўларкан. Бундан ортиқ бахт борми?! Шунча йиллик танаффусдан кейин улар билан яна биргаман. Нималарни ўрганганимни, дугоналарим ва, албатта, Жамшид ҳақида сўзлаб бераман. Юрагим ҳапқириб кетяпти. Кечаси маҳкам қучоқлаб, ухлайман энди. Қўйиб юбормайман умуман. Ҳеч қачон!.. Она бағрингизга босинг мени. Нимадир санчилдими?! Оғриқ ҳам бор, танам ҳам қизияпти… Онажоним ўзимни… @Kapgir
Yil oxirigacha oʻzim uchun bir chelenj boshlayapman 🥹 Hormanglar! Kitob oʻqib turibsizlarmi? Men esa yoʻq, yoz ichi biror kitobni toʻliq tugata olmadim. Vijdonim qiynalyapti shunga endi. Bir kamchiligimni haligacha yoʻqotolmaganman. Kitoblarni sotib olaman, lekin oʻqimayman. Kitobdoʻkonga boraman, yana xarid qilaman. Natija yoʻq. 10tadan oshiq kitoblarni chuqalab-chuqalab, joyiga qoʻyib qoʻyganman. Chang bosib, eskirib ketyapti. Bu kitoblar haqida oʻylash ham menga ortiqcha stress beradi. Balki, bu his sizga ham tanishdir. No, yanayam bilmadim hamma har xil-u. Xulllas, shu yilning oxirigacha oldimga vazifa qoʻydim: 1. 4 oy davomida hech qanday kitob sotib olmayman 2. Shu vaqt davomida yonimdagi va yakunlamagan kitoblarimni tugataman. 3. Yozilishi kerak boʻlgan, ammo yozilmagan taqrizlarni sizlarga ulashaman. Hozircha bu chelenjni instagram sahifamda aktiv olib borishni reja qilib turibman. Dangasa tomirim otib qomasa, mood swingslarim meni boshqarmasa, hammasi “chiki-chiki” ketishi kerak. Balki, sizlar ham qoʻshilarsiz. Mutolaa ustida 😍
Started it with questions, closed it with quiet realizations. Fromm reshaped the way I think about love.
Bugun koʻrishaylik Yomgʻirni qara! Suvga boʻkkan mushukday shahar. Osmon yaylovlari bulutga qaram, Koʻngil – tashrifingga Yoʻq dema faqat. Bugun koʻrishaylik, xiyobonni qoʻy, Soyabon koʻtarib yurish ham mahol. Yoʻqsil peshonamda gʻaribgina uy, Unga ikki olam sigʻar bemalol. Hislar chiqsin mayli quyushqonidan Xoʻmray ta'qiqlarga Yelib kel, gulim, Sen qahva ichasan oyna yonida Men unsiz chekaman senga termulib. Bugun koʻrishaylik, ikkilanma hech Urinma boshqa kun fursat topishga, Piyoda yoʻlga tush - aftolar sotqin. Nozik badaningga chippa yopishgan jiqqa hoʻl libosda koʻzimga botgin. Dovdirab eshikka suyanib qolay Yomgʻirda ivigan qaro sochlaring uchidan chakillab tomgancha sharbat dildirab uyga kir, Dood, iforingdan, Shilq etib yiqilay sarxushu sarmast. Kel, hozir koʻnglimning ichi toʻla ganj Yor, uni, yor! Uni, Yorugʻ nurdanam Kechiksang befoyda, yomgʻir toʻxtagach Aylanib qolaman sovuq murdaga... Bugun koʻrishaylik Yoʻq dema, faqat ✒️ Jontemir
Tarjima yoki o‘zlashtirib olish? Menimcha, agar u dunyo bo‘yicha foydalaniladigan, tarjimasi umuman yo‘q bo‘lsa, so‘zni o‘zini qoldiravergan yaxshi. Bo‘lmasa, yo‘q. Bir kuni meraki.uz jamoasi bilan bir so‘z qanday ishlatilishi haqida suhbatlashib qoldik. Ko‘pchiligingiz bilasizki, qurilish sohasida “Планировка квартиры” atamasi keng qo‘llaniladi. Shu kontekstda dizaynerimiz “planirovka”ning o‘zbek tilidagi muqobilini so‘rab qoldi. Ba’zilarimiz buni o‘z holicha ishlatib qo‘yish yaxshi bo‘lardi dedi. So‘ng kitoblarda qanday foydalanilganiga qiziqdim va boshqa lingvistlardan ham so‘rab ko‘rdim. Talaygina takliflar keldi: “uy rejasi”, “xonadon loyihasi”, “planirovka” so‘zini o‘zini saqlab qo‘yish, “uylarning rejadagi joylashuvi”. Biroq hech biri bu atamani bir so‘z bilan to‘liq ifodalay olmas ekan. Izlanish bejiz emas ekan, javob topildi: Planirovka – “tarh” deyilarkan ( طرح I ) 1. Imorat, binoning rejasi. 1. 1 Chizma lavha; loyiha, reja. Tarhni ko‘proq tojiklar ishlatarkan. O‘zbekcha kitoblarda ham keltirilgan ekan, jumladan: 1. ”Qog‘ozdagi shakl – binoning tarhi edi”. Oybek, Navoiy 2. “Yozgi xo‘jaligining bir tarhigacha eslab qolgandi”. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha. Nima deb o‘ylaysiz, biz u so‘zdan foydalandikmi, yo‘qmi?
“Ekzistensializm” nima? Bu soʻzga koʻp koʻzingiz tushgan boʻlsa kerak. Endi esa bu mavzuni adabiyotga bogʻlanganini sizlarga ulashaman. Anchadan buyon Ekzistensializm qiziq boʻlib kelgan edi. Shu haqida bir nimalarni qoralagan edim. Oʻqib chiqing, yoqsa, ulashing:) Mutolaa ustida
Toʻgʻri soʻzni topganga bitta “сомаса” Симйасим Стиква Коклий Atayin shunaqa qilishgandir deb yaxshi gumon qildim😂 #
Yarim marafonni yugura oldimmi? 📌 Birinchi bor Samarqandda 10km masofada yugurgandim. O‘tgan yakshanba kuni VII Toshkent xalqaro marafoni bo‘ldi. Bu safar esa 10kmga chopish uchun ro‘yxatdan o‘taman deganimda, ishxonadagi rahbarim 21kmga yugurishni qattiq maslahat berdilar. Boshida qo‘rqdim, lekin nima bo‘lsa-bo‘lar deb yarim marafonni tanladim. Unga esa tayyorgarlik xohlaganimdek bo‘lmadi. Kun keldi. Start. 10kmni yaxshi bosib o‘tdim, 15kmni ham. Ich-ichimdan baxtiyorlik hissi chiqayotgan bo‘lsa. 17kmdan boshlab sekin tana og‘rishni, charchashni boshladi:) Bu vaziyatda poyabzalim uzoq masofali chopishga mos kelmasligiga amin bo‘ldim. Bir nima qilib yakunlab ham oldim. Hissiyotlarni tasvirlab bera olmayman. Yugurish hikoyasi boshida 50m ham yugurishga qiynalgan qizcha uchun 21km ancha katta yutuq bo‘ldi. Tashkillashtirish haqida aytadigan bo‘lsam, biroz tartibsizroq, Samarqand Marafonda ancha boshqacha bo‘lgan edi. Marshrut qisqa bo‘lgani uchun yugurish davomida zerikdim. Undan ko‘ra uzunroq marshrut qilinganda yaxshi edi, bir borib, qaytilar edi, men 21k 2 bor aylana yugurdim. 42K 4 marta ular nima qildi bilmayman. Qolgan hammasi yaxshi. Men esa maqsadimga yetganimdan xursandman, keyingilarida esa yaxshiroq tepm bilan yugurishga harakat qilaman)
Verguldan foydalanish pullik boʻlibdi Murojaat qilinayotganda ismdan keyin vergul qoʻyiladi. Gʻ harfini shapkasi pastga emas, yuqoriga qarashi kerak. Bu yerdagi esa tutuq belgisi (‘). Umuman olganda, katta kompaniya marketologlari bu xatoga qanday yoʻl qoʻyishi mumkin, bilmayman. Soʻzlar orasida ikkita probel ham qoʻyilgan. Jumla ham gʻaliz. Dizaynerga boshqacharoq uslubda posterni yasattirish ham mumkin edi. #
Binafsha Binafsha senmisan, binafsha senmi, Ko‘chada aqchaga sotilgan. Binafsha menmanmi? binafsha menmi, Sevgingga, qayg‘ungga tutilgan? Binafsha, nimaga bir ozroq ochilmay, Bir erkin kulmasdan uzilding? Binafsha, nimaga hidlaring sochilmay, Yerlarga egilding, cho‘zilding? Binafsha, Ayt menga, Kimlardir ularkim, Ignani bag‘ringga sanchalar? Binafsha, Bir so‘yla, U qanday qo‘llarkim, Uzalar, hidlaylar, yancharlar? Binafsha, shunchalik chiroyli yuzing bor, Nimaga uzoqroq kulmaysan? Binafsha, shunchalik tortg‘uvchi tusing bor, Ko‘nglimga isriqlik to‘kmaysan? Binafsha, yig‘lama, binafsha, kel beri, Qayg‘ingni qayg‘umga qo‘shgil. Binafsha, sen uchun ko‘kragim erk eri, Bu erdan ko‘klarga uchgil. Binafsha, go‘zalim, qayg‘ulim, kelmaysan, Qayg‘ung zo‘r, qayg‘umni bilmaysan, Menga bir kulmaysan. 1922-yil | Choʻlpon 🎭Art House Hamsa teatri “Oydan-da Goʻzal” spektaklidan audioparcha 📌Mutolaa ustida
– Sepkillarim yoqmaydimi senga? – Nega, yoqadiii – Unda nimaga sovchi yubormiyapsan? – Yuboraman.. – Yubor^^ “Vatan”