tgindex
TOPIK ACADEMY

Koreys tili markazi 📍 Toshkent, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko'chasi, 7G (Mo’ljal: Novza metrosi, Davlat hizmatlari markazi) 📲Murojaat uchun: +998773720006 (Konsalting hizmatidan foydalanish) +998773160098 (Koreys tili darslariga yozilish)

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
19
Всего постов
33
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
9 078
−4 за 2 дн.
Сутки
+5
+0,06%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 574
33 постов
Вовлечённость
17,3%
к подписчикам
Постов в день
2,7
всего 33
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 447
1/48двое суток
1 658
1/72трое суток
1 788

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • 14 авг.1 2074

    видео или голосовое, без подписи

  • 14 авг.1 2114

    видео или голосовое, без подписи

  • 14 авг.1 1924

    видео или голосовое, без подписи

  • 14 авг.1 187364

    🇰🇷 VIZA NATIJALARI — MEGA GRANT TAKLIFI BO‘YICHA! 🎉 Kuzgi semestr uchun MEGA GRANT taklifi asosida universitetimizga qabul qilingan mijozlarimizning vizalari muvaffaqiyatli chiqdi! ✅ Ushbu taklif doirasida talabalarimiz: 🎓 1-semestr uchun 100% gacha grant 🏠 1 yil bepul yotoqxona ✈️ Bepul aviabilet 🚕 Bepul kutib olish xizmati imkoniyatlariga ega bo‘lishdi. 🇰🇷 Sardorbek — TOPIK 5 🇰🇷 Yoqubjon — TOPIK 4 🇰🇷 Muxlisa — TOPIK 3 🇰🇷 Botir — TOPIK 3 Talabalarimizni viza natijalari bilan tabriklaymiz va Janubiy Koreyadagi yangi bosqichida ularga katta muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🇰🇷✈️ 📍 Manzil: Toshkent, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7G Mo‘ljal: Novza metrosi, Davlat xizmatlari markazi 💬 Murojaat uchun: @topikacademyconsultingadmin 📲 +998773720006

  • 14 авг.1 4711912

    🌸 악취 / 향기 ⏺️악취 — yoqimsiz, badbo‘y hidni anglatadi. ⏺️향기 — yoqimli, xushbo‘y hidni anglatadi. Ko‘pincha gullar, atir yoki qahva kabi yoqimli hidlar uchun ishlatiladi. 📝 Misollar ⏩쓰레기에서 악취가 납니다. Axlatdan badbo‘y hid kelmoqda. ⏩이 꽃은 향기가 정말 좋습니다. Bu gulning ifori juda yoqimli. ⏩방 안에 향기가 가득했습니다. Xona yoqimli hidga to‘lib ketgan edi. ⏩하수구에서 심한 악취가 올라왔습니다. Kanalizatsiyadan kuchli badbo‘y hid chiqdi. TOPIK ACADEMYni kuzatishda davom eting🇰🇷 🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish

  • 13 авг.1 6488

    видео или голосовое, без подписи

  • 13 авг.1 6628

    видео или голосовое, без подписи

  • 13 авг.1 6328

    видео или голосовое, без подписи

  • 13 авг.1 5009

    видео или голосовое, без подписи

  • 13 авг.1 498498

    🇰🇷 VIZA NATIJALARI — YANA BIR AJOYIB XABAR! 🎉 Kuzgi semestr uchun 1-semestr 100% grant va 4 yil davomida bepul yotoqxona imkoniyatiga ega universitetimizga qabul qilingan mijozlarimizning vizalari muvaffaqiyatli chiqdi! ✅ 🎓 Talabalarimiz: 🇰🇷 Zibagul — IELTS 7.0 🇰🇷 Uldana — IELTS 7.5 🇰🇷 Muslimbek — IELTS 6.5 🇰🇷 Oyatillo — IELTS 6.0 🇰🇷 Ikromjon — IELTS 6.0 Barchangizni Janubiy Koreyadagi yangi bosqichingiz bilan tabriklaymiz! 🇰🇷✈️ 📍 Manzil: Toshkent, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7G Mo‘ljal: Novza metrosi, Davlat xizmatlari markazi 💬 Murojaat uchun: @topikacademyconsultingadmin 📲 +998 77 372 00 06

  • 13 авг.1 69427

    Natijangizni tekshirdingizmi? Izohlarda biz bilan bo’lishing 💬

  • 13 авг.1 9855244

    📢 TOPIK 시험 결과가 오늘 오전 11시에 발표됩니다! Bugun soat 11:00 da TOPIK imtihoni natijalari e’lon qilinadi ⏰ Natijalaringizni quyidagi sayt orqali tekshirishingiz mumkin: https://topik.go.kr Barchangizga ajoyib natijalar tilaymiz! 💙 화이팅! 좋은 결과 있기를 바랍니다! 🇰🇷✨ 🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish

  • 12 авг.1 7713316

    🇰🇷–고 말다 — oxir-oqibat bir ish sodir bo‘lib qolmoq Koreys tilida –고 말다 biror harakat yoki hodisa oxir-oqibat sodir bo‘lganini ifodalash uchun ishlatiladi. Ko‘pincha natija kutilmagan, afsusli yoki istalmagan bo‘ladi. 📌 Tuzilishi: Fe’l + –고 말다 먹다 → 먹고 말다 잊다 → 잊고 말다 울다 → 울고 말다 O‘tgan zamonda ko‘pincha: –고 말았다 / –고 말았어요 1️⃣ Afsusli yoki istalmagan natija 열심히 준비했지만 시험에 떨어지고 말았어요. Qattiq tayyorlandim, lekin oxir-oqibat imtihondan yiqildim. 참으려고 했지만 결국 울고 말았어요. O‘zimni tutishga harakat qildim, lekin oxiri yig‘lab yubordim. 친구의 비밀을 실수로 말하고 말았어요. Do‘stimning sirini aytmasligim kerak edi, lekin beixtiyor aytib qo‘ydim. 2️⃣ Bir holatning oxir-oqibat yuz berishi 버스를 기다렸지만 결국 늦고 말았어요. Avtobusni kutdim, lekin oxir-oqibat kechikdim. 휴대폰을 조심해서 사용했는데 결국 고장 나고 말았어요. Telefonni ehtiyot qilib ishlatardim, lekin oxiri buzilib qoldi. ⚠️Oddiy –았/었어요 bilan farqi: 시험에 떨어졌어요. Imtihondan yiqildim. (oddiy fakt) 시험에 떨어지고 말았어요. Oxir-oqibat imtihondan yiqilib qoldim. 😔 (afsus, kutilmagan yoki istalmagan natija hissi bor) ⚠️–아/어 버리다 bilan farqi –아/어 버리다 → ish butunlay bajarilganini yoki tugaganini ta’kidlaydi. 숙제를 다 해 버렸어요. Uy vazifasini butunlay qilib tashladim. –고 말다 → voqea turli holatlardan keyin oxir-oqibat sodir bo‘lganini ta’kidlaydi. 숙제를 안 하고 자고 말았어요. Uy vazifasini qilmay, oxiri uxlab qolibman. 💡Eslab qoling: –고 말다 ≈ “oxir-oqibat … bo‘lib qoldi / … qilib qo‘ydi” Ayniqsa TOPIK matnlarida 결국 (oxir-oqibat) bilan birga ko‘p uchraydi. Foydali bo’lsa do’stlaringiz bilan ulashishni unutmang🫰 🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish

  • 12 авг.1 5972815

    💰씀씀이 / 마음 씀씀이 씀씀이 kontekstga qarab pul sarflash odati yoki insonning boshqalarga bo‘lgan munosabatini bildiradi. 1️⃣씀씀이 — pul sarflash odati Insonning pulni qanday va qancha sarflashi. ⏩그는 평소 씀씀이가 큽니다. U odatda ko‘p pul sarflaydi. ⏩씀씀이를 줄이지 않으면 돈을 모으기 어렵습니다. Xarajatlarni kamaytirmasa, pul yig‘ish qiyin bo‘ladi. 2️⃣씀씀이가 헤프다 — pulni behuda sarflamoq Pulni tejamasdan, o‘ylamasdan yoki ortiqcha sarflash, ya’ni isrofgarchilik qilmoq. ⏩그는 씀씀이가 헤퍼서 월급을 금방 다 씁니다. U pulni behuda sarflagani uchun maoshini tezda tugatib qo‘yadi. ⏩씀씀이가 너무 헤프면 나중에 후회할 수 있습니다. Pulni haddan tashqari behuda sarflasangiz, keyinchalik afsuslanishingiz mumkin. 3️⃣마음 씀씀이 — qalbi va boshqalarga munosabati Insonning mehribonligi, saxiyligi, boshqalarni o‘ylashi va ularga qanday munosabatda bo‘lishini anglatadi. ⏩그 사람은 마음 씀씀이가 참 따뜻합니다. U inson juda mehribon va qalbi iliq. ⏩마음 씀씀이가 넓은 사람은 다른 사람을 잘 배려합니다. Qalbi keng inson boshqalarni yaxshi tushunadi va ularga e’tiborli bo‘ladi. 💡Eslab qoling! ✅씀씀이 → pul sarflash usuli yoki odati. ✅씀씀이가 헤프다 → pulni behuda sarflamoq, isrofgar bo‘lmoq. ✅마음 씀씀이 → insonning qalbi, mehribonligi va boshqalarga munosabati. Foydali bo’lsa do’stlaringiz bilan ulashishni unutmang🫰 🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish

  • 11 авг.1 6713422

    🇰🇷여부 — “bor-yo‘qligi”, “qilinishi yoki qilinmasligi” 여부 rasmiy yozuvlar, TOPIK imtihoni va ish hujjatlarida juda ko‘p uchraydigan so‘z. U biror holat yoki harakatning mavjud yoki mavjud emasligini bildiradi. 💡Tuzilishi: Fe’l + (으)ㄴ/는지 여부 ; Ot + 여부 🖊️ Misollar 🔹참석 여부를 알려 주세요. Ishtirok etishingiz yoki etmasligingizni ma’lum qiling. 🔹합격 여부는 다음 주에 발표됩니다. O‘qishga qabul qilingan yoki qilinmaganlik natijasi keyingi hafta e’lon qilinadi. 🔹신청 여부를 확인하겠습니다. Ariza topshirilgan yoki topshirilmaganini tekshiraman. 🔹사용 가능 여부를 문의했습니다. Foydalanish mumkin yoki mumkin emasligini so‘radim. 🔹비자 발급 여부를 확인해 주세요. Vizaning chiqarilgan yoki chiqarilmaganligini tekshirib bering. 🔥TOPIKda eng ko‘p uchraydigan birikmalar ✅합격 여부 — qabul qilingan yoki qilinmaganligi ✅ 참석 여부 — ishtirok etish yoki etmaslik ✅ 가능 여부 — mumkin yoki mumkin emasligi ✅ 신청 여부 — ariza topshirilgan yoki topshirilmaganligi ✅ 승인 여부 — tasdiqlangan yoki tasdiqlanmaganligi ✅ 발급 여부 — berilgan yoki berilmaganligi Foydali bo’lsa do’stlaringiz bilan ulashishni unutmang🫰 🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish

  • 11 авг.1 7412513

    🇰🇷당연하게 여기다 당연하게 여기다 — biror narsani odatiy hol deb bilmoq, uning qadriga yetmaslik, doim shunday bo‘ladi deb o‘ylamoq. Bu ibora inson yoki narsaning qanchalik qadrli ekanini u yonimizda bo‘lgan paytda sezmay, uni tabiiy hol sifatida qabul qilishni anglatadi. (🇷🇺 принимать как должное | 🇺🇸 to take something for granted) 📝 Misollar ⏩부모님의 사랑을 당연하게 여기면 안 됩니다. Ota-onangizning mehrini odatiy narsa deb qabul qilmaslik kerak. ⏩건강을 당연하게 여기지 마세요. Sog‘lig‘ingizni odatiy narsa deb o‘ylamang. ⏩친구의 도움을 당연하게 여기면 안 됩니다. Do‘stingizning yordamini odatiy deb bilmaslik kerak. Foydali bo’lsa do’stlaringiz bilan ulashishni unutmang🫰 🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish

  • 10 авг.2 0263023

    ~기 십상이다 ~기 십상이다 — biror salbiy yoki noxush natijaning yuz berish ehtimoli juda yuqori ekanini bildiradi. Odatda ogohlantirish yoki salbiy vaziyatlar haqida gapirganda ishlatiladi. 📝 Misollar ⏩늦게 자면 아침에 지각하기 십상입니다. Kech yotsangiz, ertalab kech qolishingiz juda oson. ⏩조심하지 않으면 실수하기 십상입니다. Ehtiyot bo‘lmasangiz, xato qilishingiz ehtimoli juda yuqori. ⏩여름에는 음식을 밖에 두면 상하기 십상입니다. Yozda ovqatni tashqarida qoldirsangiz, tez aynib qolishi mumkin. Foydali bo’lsa do’stlaringiz bilan ulashishni unutmang🫰 🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish

  • 10 авг.1 9672715

    📚 견본 vs 샘플 vs 본보기 Bu uchala so‘z ham “namuna” degan ma’noga ega, ammo ishlatilish vaziyatlari boshqacha. 📦견본 — namuna (ko‘rsatish uchun) 견본 mahsulot yoki tovarni xaridorga tanishtirish uchun beriladigan yoki ko‘rsatiladigan namunani anglatadi. ✅Misollar 🔹견본을 받아 품질을 확인했다. Namunani olib, sifatini tekshirdim. 🔹이건 신제품 견본입니다. Bu yangi mahsulotning namunasidir. 🧪 샘플 — sample, sinov namunasi 샘플 inglizcha sample so‘zidan kirgan bo‘lib, kosmetika, oziq-ovqat, laboratoriya yoki marketingda juda ko‘p ishlatiladi. ✅Misollar 🔹화장품 샘플을 무료로 받았다. Kosmetika namunasini bepul oldim. 🔹혈액 샘플을 검사했다. Qon namunasi tekshirildi. ⭐️ 본보기 — o‘rnak, namuna bo‘ladigan inson yoki ish 본보기 mahsulot emas, balki boshqalarga ibrat bo‘ladigan inson, xulq yoki misolni anglatadi. ✅Misollar 🔹그는 학생들의 본보기가 되는 선생님이다. U o‘quvchilar uchun o‘rnak bo‘ladigan o‘qituvchi. 🔹부모는 자녀에게 좋은 본보기가 되어야 한다. Ota-onalar farzandlariga yaxshi o‘rnak bo‘lishi kerak. 🎯Qisqacha 견본 → mahsulotni ko‘rsatish uchun namuna. 샘플 → sample, sinov yoki bepul tarqatiladigan namuna. 본보기 → boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan inson yoki xatti-harakat. Foydali bo’lsa do’stlaringiz bilan ulashishni unutmang🫰 🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish

  • 9 авг.2 2434050

    🎙해외여행 🌍Ushbu podkastda xorijga sayohat qilish mavzusiga oid koreyscha so‘z va iboralarni, foydali ifodalarni hamda kundalik suhbatlarda ishlatiladigan jumlalarni o‘rganasiz. 🎧 Koreys tilini biz bilan yanada oson o‘rganing! Foydali bo’lsa do’stlaringiz bilan ulashishni unutmang🫰 🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish

TOPIK ACADEMY — tgindex