TDYU Talabalar turar joylari kanali
Статистика🔹 Toshkent Davlat Yuridik Universiteti Talabalar turar-joylari faoliyati bo'yicha rasmiy telegram sahifasi 🔹 Bizni kuzatib borishda davom eting! 📬 Murojaat uchun: @tdyu_ttj_bot
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 112
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 106
- 1/48двое суток
- 121
- 1/72трое суток
- 131
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Channel photo updated
Akademik qarzdor talabalar diqqatiga! 2025/2026 o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qitilgan fanlardan akademik qarzdor bo‘lgan fanlarini turli sabablarga (oilaviy shart-sharoiti, to‘lovga qobiliyatsizligi) ko‘ra yozgi intensiv semestrida qatnasha olmagan talabalar hamda bitiruvchi kurs talabalari uchun qo‘shimcha intensiv kurslari o‘tkazish uchun so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Yuqoridagi toifadagi talabalar 2026-yilning 14-avgust soat 15.00 qadar so‘rovnomadan ishtirok etishlari so‘raladi. Вниманию студентов с академическими задолженностями! Проводится опрос для организации дополнительных интенсивных курсов для выпускников, а также для студентов, которые по различным причинам (семейные обстоятельства, неплатежеспособность) не смогли принять участие в летнем интенсивном семестре по предметам с академической задолженностью за весенний семестр 2025/2026 учебного года. Студентам вышеуказанной категории необходимо пройти опрос до 14 августа 2026 года, 15:00.
#tanlov 📣 Ijodiy ishlar tanloviga qabul muddati uzaytirildi! “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika tanlovi uchun ijodiy ishlarni qabul qilish muddati 20-avgustgacha uzaytirildi. ↪️Tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi. 📋 Tanlov nizomi 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, OTM va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈
#GRANTLAR #QAYTA #TAQSIMOTI 🕖Ballardan norozi bo'lgan talabgorlar, 48 soat davomida apellyatsiya berishlari mumkin. 📱 Apellyatsiya berish std.tsul.uz da Interaktiv xizmatlar orqali GRANTLAR TAQSIMOTI sarlavhali xizmatni tanlash orqali amalga oshiriladi. Bunda talabgor qaysi ko'rsatgich balidan norozi bo'lsa, o'sha komissiyani tanlab apellyatsiya berishi kerak. 🖋 Masalan, talabgor Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi balidan norozi bo'lsa, Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi balidan norozilik bo‘yicha apellyatsiya berishni tanlashi kerak. Xuddi shunday Ijtimoiy faollik balidan norozi bo'lsa, Ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi balidan norozilik bo‘yicha apellyatsiya berishni tanlab apellyatsiya berishi mumkin. ‼️Apellyatsiya berish oxirgi muddati 2026-yil 06-avgust soat 12:00 ga qadar. ‼️Ushbu myaddatdan so'ng yuborilgan arizalar ko'rib chiqilmasligi haqida ogohlantiramiz.
#DIQQAT #NATIJALAR ‼️Ta'lim grantiga talabgor sifatida ariza yuborgan talabalar diqqatiga Hurmatli talabalar! Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash bo‘yicha komissiya hamda Ijtimoiy faollikni aniqlash bo‘yicha komissiya faoliyati natijalari (talabgorlarning aniqlangan ko‘rsatkichlari) ni my.hemis.uz platformasida shaxsiy profilga kirib ko'rishingiz mumkin. 📱 Natijalarni tekshirish | Mening kabinetim ➡️ Mening grantim ➡️ Grant arizalar orqali barcha ballarini ko'rishi mumkin. Grantlarni qayta taqsimlash bo'yicha yakuniy natijalar (Maxsus komissiya faoliyati natijalari) Toshkent davlat yuridik universitetining rasmiy veb-sayti www.tsul.uz da tez kunda e’lon qilinadi. 🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | | Sayt
❗️1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak. Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. 👉 @xushnudbek 👈
👍👍👍 | #talabalar_diqqatiga ✅ BARCHA 2,3 va 4-KURS TALABALARI DIQQATIGA! 📝 Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. ⚡️ Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. 📆 Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ❗️Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. 🔔 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 🚀 Telegram | 📷 Instagram
♟ TDYUda shaxmat va shashka musobaqasi! "Yoshlar kuni" doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi. 🏆 Musobaqadan ko‘zlangan maqsad — talabalar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish, intellektual salohiyatni oshirish hamda yozgi ta'tilni mazmunli tashkil etish. 📅 Sana: 30-iyul 🕒 Vaqt: 11:00 📍 Manzil: 3-bino, Sport majmuasi G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi Sizni musobaqada faol ishtirok etishga chorlaymiz!
🔹🔹🔹🔹🔹 Toshkent davlat yuridik universiteti — zamon bilan hamnafas huquqshunoslarni tayyorlaydigan maskan. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
#Diqqat #Tarqating! ☄️Oliy sud tomonidan internet tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati (13.07.2026 yil holatiga)
🎉🎉🎉🎉 Aziz yoshlar, qadrli talabalar, yosh olimlar hamda Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi! Sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, uning yorqin kelajagi va xalqimizning ezgu maqsadlari yoshlarning chuqur bilimi, yuksak intellektual salohiyati, tashabbuskorligi, bunyodkorlik ruhi hamda Vatanga cheksiz sadoqati bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, iqtidorini ro‘yobga chiqarishi hamda jamiyat hayotida munosib o‘rin egallashi uchun keng imkoniyat va qulay sharoitlar yaratilmoqda. Bugun universitetimiz yoshlari xalqaro fan olimpiadalari, nufuzli tanlovlar, sud jarayonlari simulyatsiyalari, sport musobaqalari va madaniy-ma’rifiy loyihalarda munosib ishtirok etib, yurtimiz sha’nini yuksaltirmoqda. Bu yutuqlar, avvalo, sizlarning intilishlaringiz, mehnatsevarligingiz va yuksak maqsadlar sari qat’iy harakatlaringiz samarasidir. Sizlarning intellektual salohiyatingiz, tashabbuskorligingiz va fidoyiligingiz mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat hamda kuchli fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Ishonamanki, sizlar nafaqat yetuk huquqshunos mutaxassislar, balki adolat, qonun ustuvorligi va inson qadrini ulug‘lash tamoyillariga sodiq, Vatan ravnaqi uchun mas'uliyatni chuqur his etadigan barkamol avlod bo‘lib kamol topasiz. Aziz yoshlar! Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz kuch-g‘ayrat, ilmiy va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, ezgu orzu va maqsadlaringiz ro‘yobini tilayman. Yangi marralarni zabt etishdan, izlanish va o‘rganishdan aslo to‘xtamang. 30-iyun — Yoshlar kuni barchangizga muborak bo‘lsin! Hurmat bilan Baxshillo Xodjayev, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, professor, yuridik fanlar doktori 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
✨ 30-iyun — Yoshlar kuni muborak! 🇺🇿 Yangi O‘zbekistonning buguni va ertasi — bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar qo‘lida. Aziz yoshlar, jonajon universitetimizning qadrli talabalari! Sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz. Bilim olishdan, izlanishdan va yuksak marralarni zabt etishdan aslo to‘xtamang. Sizning yutuqlaringiz — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim poydevoridir. Barchangizga mustahkam sog‘lik, cheksiz g‘ayrat, ulkan zafarlar va yorqin kelajak tilaymiz! Bayramingiz muborak bo‘lsin!
📢 Diqqat e'lon ❕ Yangi online INTERMEDIATE TO IELTS guruhi ochilmoqda! Kurs MAQSADI : candidate ni intermediate darajadan IELTS darajasigacha olib chiqish! Kurs shakli: online (zoom platformasida) ✅ Har bir dars yozib olinadi va tashlab beriladi. Kurs davomiyligi: 3 oy 🎯 Kursda nimalar taqdim etiladi: 1⃣ Candidatlar intermediate darajani samarali tugatishadi. 2⃣ Eng kerakli listening va reading koʻnikmalar va metodlar oʻrgatilinadi. 3⃣ Authentic materiallar bilan ishlash. 4⃣ Grammatika mavzulari oʻrgatilinadi (writing hamda speaking uchun kerak boʻladigan). 5⃣ Writing va speaking uchun eng kerakli maslahatlar va strukturalar oʻrgatilinadi. 6⃣ Har yakshanba mock va tahlil boʻladi. Kurs tajribali IELTS instruktor Bayramali Poʻlatov tomonidan olib boriladi. Qoʻshimcha ma'lumot yoki kursga qatnashmoqchi boʻlganlar quyidagi manzillarga aloqaga chiqishi mumkin: Tel raqam: +998 88 387 37 07 Telegram: @yurist_Bayramali
E'lon!!! Hurmatli talabalar! Talabalar turar joylari joriy yilning 30-iyun kuni yopiladi, dalolatnoma tuzilib muhrlanadi. Sizdan talabalar turar joyini 30-iyun sanasiga qadar boʻshatib, xona va jihozlarni topshirib, ariza va dololatnomalarni toʻldirib ketishlariz soʻraladi. Barcha TTJlar yopilishini va yangi oʻquv yiliga tayyorlash ( taʼmirlash ishlari, dizekfeksiya va tozalash) ishlari olib borilishini maʼlum qilamiz.
Bugun O‘zbekiston futboli yangi tarix sahifasini ochmoqda. Jahon chempionatida ishtirok etish nafaqat katta yutuq, balki millionlab yurtdoshlarimizning orzu-umidlari, ishonchi va g‘ururini o‘zida mujassam etgan ulkan mas’uliyatdir. Sizlar maydonga butun xalqning ishonchi bilan chiqasizlar. Har bir harakatingiz, har bir kurashingiz va har bir g‘alabangiz O‘zbekiston nomini dunyoga yanada kengroq tanitishiga ishonamiz. ⚽️ Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaydi va Jahon chempionatidagi bahslarda ulkan zafarlar tilaydi. Biz sizlarga ishonamiz! Biz sizlar bilan faxrlanamiz! Biz sizlarni qo‘llab-quvvatlaymiz! 🇺🇿 Bir xalq. Bir maqsad. Bir jamoa. Oldinga, O‘zbekiston! @TDYU_Yoshlarvasport
без подписи
без подписи
без подписи
👍👍👍👍 | E’lon ⚖️1-sonli TTJda ingliz tili to‘garagi o‘z faoliyatini olib bormoqda. 📥Mazkur to‘garak talabalarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, zamonaviy o‘quv-uslubiy yondashuvlar asosida amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan. 📭Mashg‘ulotlar davomida kundalik muloqot, akademik va kasbiy yo‘nalishdagi suhbatlar, grammatik va leksik mashqlar hamda interaktiv usullar orqali darslar olib boriladi. Barcha qiziquvchi talabalar to‘garak mashg‘ulotlarida faol ishtirok etishga taklif etiladi. ⚠️To’garakga a’zo bo’lish istagini bildirgan talabalar 1-sonli TTJ talabalar kengashi a’zosi B.Po’latovga(@yurist_Bayramali) murojaat qiling. Murojaatlar uchun: 🕊 @tdyu_ttj_bot (Telegram)
📢 E’LON Hurmatli talabalar! 2026-yil 10-iyun kuni soat 21:00 da 1-sonli Talabalar turar joyi (TTJ) majlislar zalida huquqiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi “Afv” filmining namoyishi bo‘lib o‘tadi. Mazkur film inson huquqlari, adolat, javobgarlik, kechirim va insonparvarlik kabi muhim tushunchalarning huquqiy hamda axloqiy jihatlarini yoritib beradi. Film voqealari orqali tomoshabinlar jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, inson qadr-qimmatini hurmat qilish, xatolar va ularning oqibatlari, shuningdek afv institutining ahamiyati haqida chuqurroq tasavvurga ega bo‘ladilar. Film namoyishidan so‘ng ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlari, filmda ko‘tarilgan huquqiy masalalar yuzasidan o‘zaro munozara va muhokamalarda qatnashishlari mumkin. Ushbu tadbir talabalarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularda adolat va qonuniylik tamoyillariga hurmat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi. Barcha talabalar film namoyishida faol ishtirok etishga taklif etiladi!