USMLE House
Статистика✅Usmleni biz bilan birgalikda oʻrganing ❗️ 🌐Step by step to become a skilled doctor✈️
- Последний пост
- 26 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 233
- 1/48двое суток
- 267
- 1/72трое суток
- 287
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Pathogenesis of calcific aortic valve disease 1. Endoteliy disfunksiyasiAorta klapanining endoteliy qavati surunkali gemodinamik stress ta’sirida shikastlanadi.Bu joyga LDL kirib keladi va oksidlanadi → oksidlangan LDL hosil bo‘ladi. 2. Yallig‘lanish jarayoniMonotsitlar klapan to‘qimasiga kirib, makrofaglarga aylanadi.Makrofaglar sitokinlar chiqaradi va T-limfotsitlarni faollashtiradi.Bu yallig‘lanish jarayoni fibroblastlarni ham rag‘batlantiradi. 3. Osteogenik differensiyatsiyaMakrofaglar osteopontin ishlab chiqaradi.Fibroblastlar osteoblastga o‘xshash hujayralarga aylanadi.Bu hujayralar gidroksiapatit kristallarini to‘playdi → kaltsifikatsiya boshlanadi. 4. Kaltsifikatsiya va klinik oqibatlarKlapan barglarida oq, qattiq kaltsiy cho‘kindilari hosil bo‘ladi.Dastlab bu aorta sklerozi (qalinlashish, lekin obstruksiya yo‘q).Vaqt o‘tishi bilan barglar qattiqlashib, aorta stenoziga olib keladi → yurak chiqish yo‘li torayadi. @Usmle_House
Calciphylaxis — bu juda kam uchraydigan, og‘ir va ko‘pincha hayot uchun xavfli kasallik bo‘lib, odatda surunkali buyrak yetishmovchiligi va dializ oladigan bemorlarda uchraydi. U teri va yog‘ to‘qimalaridagi kichik arteriyalarda kalsiy to‘planishi, tromboz va nekrozga olib keladi. Biz bilan o'rganish ancha oson😉 @Usmle_house
📚📚📚📚 🔬🔬🔬🔬 🔸Pancreatic adenocarcinoma Oshqozon osti bezi Adenokarsinomasi 🔸Oshqozon osti bezi kanallaridan kelib chiqadigan juda agressiv o'sma. Ko'pincha metastaz beradi va bemor tashxisdan keyin taxminan 1 yil yashashi mumkin. O'smalar oshqozon osti bezi boshida ko'proq uchraydi va obstruktiv sariqlikka sabab bo'ladi. 🗣Pancreatic adenocarcinoma sabablari: ➡️Giyohvand moddalar istemol qilish ➡️Surunkali pankreatit (20 yil⬆️) ➡️Diabet ➡️Yosh 50⬆️ ➕Klinik belgilari: 🔴Abdominal og'riq bel sohasiga radiatsiya beradi. 🔴Vazn yo'qotish (malabsorbtsiya va anoreksiya tufayli) 🔴Ko'chib yuruvchi tromboflebit - ekstremitalarni palpatsiya qilishda qizarish va sezuvchanlik (Trousseau sindromi) 🔴Obstruktiv sariqlik O't qopi palpatsiyalanmaydi (Kurvazer belgisi) 😉Biz bilan o'rganish ancha oson😉 🏆 @Usmle_house 🏆 🔵Telegram I📷 Instagram
Case 📼 58 yoshli erkak tez yordam bo‘limiga to‘satdan boshlangan, juda kuchli ko‘krak og‘rig‘i bilan murojaat qiladi. Og‘riq orqa tomonga tarqaladi. Uning chap qo‘lida arterial qon bosimi 220/130 mm sim.ust., o‘ng qo‘lida esa 180/100 mm sim.ust. Yurak urish tezligi – daqiqasiga 100. Boshlang‘ich laborator tekshiruvlarda zardob troponin darajasi normal. Elektrokardiogrammada ST-segment o‘zgarishlari aniqlanmagan. Ushbu bemorning o‘tkir holati katta ehtimol bilan quyidagi hodisalardan qaysi biri bilan qo‘zg‘atilgan? ➡️A. Intimada yog‘li chiziqlar (fatty streak) hosil bo‘lishi ➡️B. Intimaning yirtilishi ➡️C. Medianing kalsifikatsiyasi ➡️D. Medianing yallig‘lanishi ➡️E. Vasa vasorumning obliteratsiyasi (berkilishi) @Usmle_house
❕Boshqalar pullik beradi, biz esa BEPUL❗️ Epilepsiya dorilari, maslahatlar, dori haqida har bir sir – endi sizga mutlaqo bepul🆓 🧠Epilepsiya dorilari Epilepsiya – bu miya faoliyatining noto‘g‘ri bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan takrorlanuvchi tutqanoq (seizure) bilan kechadigan nevrologik kasallikdir. Epilepsiya davolashda asosiy yondashuv — antiepileptik dorilar (AEDs). 🕐 Klassik antiepileptik dorilar: 🔢Phenytoin – neyronlardagi sodiy kanallarini barqarorlashtirib, tutqanoqni kamaytiradi. 🔢Carbamazepine – asosan fokal (partial) tutqanoqlarda ishlatiladi. 🔢Valproate (Valproic acid) – turli turdagi tutqanoqlarga qarshi samarali, lekin homiladorlikda ehtiyot bo‘lish kerak. 🔢Phenobarbital – GABA tizimini faollashtirib, neyronlarni susaytiradi, ko‘proq bolalarda ishlatiladi. 🆕 Yangi avlod dorilar: 🔢Lamotrigine – sodiy kanallarga ta’sir qiladi va turli turdagi tutqanoqlarda xavfsiz. 🔢Levetiracetam – nevrologlar orasida eng ko‘p ishlatiladigan dorilardan biri, yon ta’sirlari kam. 🔢Topiramate – turli tutqanoqlarga qarshi ishlaydi, ba’zi hollarda vazn kamaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. 🔢Zonisamide – turli turdagi tutqanoqlarda ishlatiladi, kognitiv yon ta’sirlari kamroq. ❗️❗️❗️❗️ Dorilarni tanlashda hisobga olinadigan jihatlar❗️ Tutqanoq turi (fokal yoki generalizatsiyalashgan) Bemorning yoshi va homiladorlik holati Yon ta’sirlar va boshqa kasalliklar bilan mosligi Dorilning boshqa dorilar bilan o‘zaro ta’siri Biz bilan zerikmaysiz😉 @Usmle_House 📲Telegram 📲 Instagram
🪷COMT inhibitоrlari (Parkinson kasalligida) 🎲COMT(catechol-O-methyltransferase) — levodopa va dopaminni parchalaydigan ferment. Uni bloklash orqali levodopaning miya ichiga yetib borishi oshiriladi. ⭐️ COMT inhibitоrlarining vazifasi 📌Levodopa parchalanishini kamaytiradi 📌Levodopa ta’sirini uzaytiradi 📌Parkinsonda “wearing-off” holatini kamaytiradi ♟ Yakka holda emas, levodopa + carbidopa bilan birga qo‘llaniladi. 💊 Asosiy COMT inhibitоrlari 🧩Entacapone – faqat periferik ta’sir 🧩Tolcapone – periferik + markaziy ta’sir 🧩Opicapone – uzoq ta’sirli (yangi avlod) @Usmle_House
➕AMANTADINE – TA’SIR MEXANIZMI ✅ Influenza A ga qarshi: Virusning M2 proton kanallarini bloklaydi Endosomadan H⁺ ionlari kira olmaydi 🔜 Virus qobig‘i ochilmaydi (uncoating bo‘lmaydi) 🔜 Virus replikatsiyasi to‘xtaydi ✅ Markaziy nerv tizimida (Parkinsonda): 🔺 Dopamin ajralishini oshiradi 🙅♂️ Dopaminning qayta qabul qilinishini (reuptake) kamaytiradi ❎NMDA (glutamat) retseptorlarini bloklaydi ✅Bazal gangliyada dopamin faolligi ortadi Biz bilan o'rganish ancha oson😀 😀 @Usmle_house 😀
🧪 Dopamin agonistlari Dopamin agonistlari – dopamin D2 (ba’zan D1) retseptorlarini stimulyatsiya qiluvchi dorilar bo‘lib, ular dopamin yetishmovchiligi bilan bog‘liq kasalliklarda qo‘llaniladi. Mexanizm🔧 ⤴️D2 retseptorlarini agonist sifatida faollashtiradi → nigrostriatal, mesolimbik va tuberoinfundibulyar yo‘llarda dopaminik signalni oshiradi. Dopamin darajasi past bo‘lgan Parkinson kasalligi va prolaktinoma kabi holatlarda samarali. 💡Asosiy indikatsiyalar: 🎯Parkinson kasalligi Levodopa bilan birga yoki uning o‘rnini qisman to‘ldirish uchun. ➡️Hyperprolactinemia Prolaktinoma yoki prolaktin darajasi oshgan holatlarda. 🦶Restless Legs Syndrome (RLS) 🎚Klassifikatsiya: ✅Ergotsiz agonistlar 🤔Pramipeksol, Ropinirol, Rotigotin (patch) Kamroq fibrozis bilan bog‘liq yon ta’sir. ✅Ergot agonistlar 🤔Bromokriptin, Kabergolin Kardiak va pleural fibrozis xavfi yuqori. ⚠️Yon ta’sirlar: 🤢Gastrointestinal: ko‘ngil aynishi, qusish. 🤢 Markaziy asab tizimi: uyquchanlik, halusinatsiyalar, impulsiv xulq (masalan, qimor o‘ynash). 😀 Kardiovaskulyar: hipotoniya, ritm buzilishi (ko‘proq ergot turlarida). Fibrozis: ergot agonistlarda (pleura, perikard, retroperitoneal). Biz bilan o'rganish ancha oson😀 😀 @Usmle_house 😀 💙Telegram |🌐Instagram
🔈General English course 🔼 Ingliz tili 🔤🔤🔤🔤kursi🔼 👩💻🙂Online 📌 Ustoza haqida: ✔️ CEFR B2 darajasiga ega ✔️Dars berish bo‘yicha tajribaga ega ⁉️ Kurs kimlar uchun? 📚 Ingliz tilini 0 dan A1, A2, B1, B2 darajagacha o‘rganishni xohlovchi barcha uchun ⚠️Individual ham o'tiladi 📌 Talablar: ❌ Dars qoldirmaslik ✅ Vazifalarni o‘z vaqtida bajarish 🔔 Boshlanish sanasi: 15-noyabr 🔄Ulgurib qoling joylar soni cheklangan! Kurs narxi : 200 000 ⌛ Boshqa barcha savollarga javob shaxsiyda beriladi! Murojaat uchun: @English_coursead
⚙️ 2. Patogenez Odatda infektsiyadan 1–3 hafta o‘tib paydo bo‘ladi (post-infectious autoimmune reaksiya). Mimicry mexanizmi: bakterial yoki virus antigenlari Schwann hujayralaridagi glikolipidlar bilan o‘xshash → immun tizim myelinni nishonga oladi. T-limfotsitlar va makrofaglar myelinni yemiradi → impuls o‘tish sekinlashadi → periferik falaj. 🧫 3. Eng ko‘p uchraydigan sababchi infektsiyalar Campylobacter jejuni (eng ko‘p) Cytomegalovirus (CMV) Epstein-Barr virus (EBV) Mycoplasma pneumoniae Ba’zida emlash yoki jarrohlikdan keyin ham bo‘lishi mumkin. @usmle_house
Toʻgʻri javob: ✅E. Anestezik moddaning taʼsir muddatini uzaytirish. Izoh: Epinefrin (adrenalin) lidokain kabi mahalliy anestetikka qoʻshilganda tomirlarni toraytiradi (α1-reseptor orqali vasokonstriksiya), shuning uchun anestetik modda mahalliy toʻqimada sekinroq yutiladi. Natijada uning taʼsiri uzoqroq davom etadi va qon ketishi kamayadi.
#case 42 yoshli, ilgari sog‘lom bo‘lgan erkak kattalashayotgan xol sabab shifokorga murojaat qildi. Xol bir necha yildan beri uning bilagida mavjud bo‘lgan, ammo so‘nggi 4 oy ichida tezda kattalashgan. Jismoniy ko‘rikda o‘ng bilakda 8 mm li ko‘tarilgan, rang-barang (variegated) pigmentatsiyaga ega va noaniq chegarali o‘smaga o‘xshash hol kuzatildi. Eksizion biopsiya (xolni butunlay olib tashlash) o‘tkazildi. Jarayon davomida mahalliy og‘riqsizlantirish lidokain va epinefrin aralashmasi bilan infiltratsion inʼeksiya yordamida amalga oshirildi. Quyidagilardan qaysi biri inʼeksiyaga epinefrin qo‘shilishining eng ehtimoliy sababi hisoblanadi? A. Notsitseptiv tolalar neyrotransmissiyasini o‘zgartirish B. Teri ostiga yuborish paytidagi og‘riqni kamaytirish C. Anestezik samaradorligini sinergik ta’sir orqali oshirish D. To‘qima pH ni kamaytirish orqali anestetikning kuchini oshirish E. Anestezik moddaning ta’sir muddatini uzaytirish
✅ To‘g‘ri javob: B) Venoz qaytishning ortishi 📌 Yugurishda skelet mushaklarining faoliyati venoz qaytishni oshiradi → preload ortadi → Frank–Starling mexanizmi orqali yurak chiqishi ko‘payadi.
без подписи
📌 Frank–Starling qonuni 👉 Qorincha mushak tolalari diastolada qancha ko‘proq cho‘zilsa (ya’ni end-diastolic volume ↑, preload ↑), sistola paytida shuncha kuchliroq qisqaradi → natijada stroke volume (zarba hajmi) ortadi. 🔎 Mexanizmi: Diastolada ko‘proq qon keladi → sarcomeralar cho‘ziladi. Cho‘zilganda aktin-miozin filamentlari optimal ustma-ust keladi. Natijada ko‘proq kross-bridge hosil bo‘ladi va kontraktsiya kuchi oshadi. Bundan tashqari, cho‘zilish Ca²⁺ sezuvchanligini ham oshiradi → qisqarish kuchi yanada kuchayadi. 📎Klinik ahamiyati: Normal yurakda: Venoz qaytish qancha bo‘lsa, yurak chiqishi ham shunga moslashadi. Yurak yetishmovchiligida: Preload oshsa ham, output ko‘tarilmaydi → o‘pka dimlanishi va periferik shishlar paydo bo‘ladi. @usmle_house
🔈General English course 🔼 Ingliz tili 🔤🔤🔤🔤kursi🔼 👩💻🙂Online 📌 Ustoza haqida: ✔️ CEFR B2 darajasiga ega ✔️Dars berish bo‘yicha tajriba ⁉️ Kurs kimlar uchun? 📚 Ingliz tilini 0 dan A1, A2, B1, B2 darajagacha o‘rganishni xohlovchi barcha uchun ⚠️Individual ham o'tiladi 📌 Talablar: ❌ Dars qoldirmaslik ✅ Vazifalarni o‘z vaqtida bajarish 🔔 Boshlanish sanasi: 10- avgust 🔄Ulgurib qoling joylar soni cheklangan! Kurs narxi : 200 000 ⌛ Boshqa barcha savollarga javob shaxsiyda beriladi! 😌Murojaat uchun: @English_coursead
🤩 Diqqat e'lon! #Bepul #free Osteologiya kursi🤩Darslar rasman 1-iyuldan boshlanadi, qabul 30-iyungacha ✅Osteologiya to'liq tugatiladi ✅Quiz testlar testlar ishlanadi ✅Qiziqarli savollar, mavzu klinika bilan bog'lab ko'riladi ➖Qatnashmoqchi bo'lganlar shu xabarni 10ta tibbiyotga aloqador tanishiga va 5ta tibbiy guruhga ulashasiz! ➖Shu xabarni telegram storyga qo'yasiz ➖https://t.me/Anatomy_N1 kanalga obuna bo'lasiz Skrenshot larni @cardiosurgeon_girl ga yuboring! Shoshiling joylar soni 50ta!
✅Umumiy qism osteologiyadan 1.Umurtqa pog'onasi 2.Atlas 3.Axis 4.Ko'krak umurtqalari 5.Bel umurtqalari 6.Dumg'aza 7.Dum umurtqalari 8.To'sh suyagi 9.O'mrov suyagi 10.Kurak suyagi 11.Yelka suyagi 12.Bilak suyaklari 13.Qo'l panja suyaklari 14.Barmoq suyaklari 15.Chanoq suyagi 16. Yonbosh suyagi 17.Quymich suyagi 18.Qov suyagi 19. Chanoq sohasi 20.Son suyagi 21.Tizza suyagi 22.Boldir suyagi 23.Oyoq kaft suyaklari 24.Tovon suyagi 25.Oyoq barmoqlari 26.Bosh suyaklari
Anatomiya va ingliz tiliga qiziquvchilar boʻlsa oʻtib olamz
https://t.me/Anatomy_N1