tgindex
UzReport.news

O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
57
Всего постов
59
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
22 778
−67 за 4 дн.
Сутки
−16
−0,07%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 809
40 постов
Вовлечённость
7,9%
к подписчикам
Постов в день
8,1
всего 59
Упоминаний
11
каналов
Охват размещения
по 15 постам
1/24сутки в ленте
2 012
1/48двое суток
2 305
1/72трое суток
2 486

Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.

Посты

  • без подписи

  • 15 авг.1 325163

    без подписи

  • 15 авг.1 527831

    без подписи

  • 15 авг.1 505977

    без подписи

  • 15 авг.1 54922

    без подписи

  • 15 авг.1 6472

    без подписи

  • 15 авг.1 88894

    без подписи

  • 15 авг.1 94221

    Mandat chiqdi 2026/2027-oʻquv yili uchun yakuniy tanlov natijalari (mandat) eʼlon qilindi. Natijalarni quyidagi 3 usul orqali bilish mumkin: ➖ my.uzbmb.uz sayti orqali; Abituriyent pasport seriyasi va raqami hamda JSHSHIR maʼlumotlarini kiritadi. ➖ mandat.uzbmb.uz sayti orqali; Abituriyentning ID raqamini kiritish orqali natijani koʻrish mumkin. ➖ Test natijalari qaydnomasi orqali; Test natijalari qaydnomasi tegishli oliy taʼlim muassasalariga taqdim etiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

  • 14 авг.2 22942

    Toshkentdagi “Palove muzeyi” – milliy taom va yangi loyihalar Plov muzeyida uning joriy faoliyati va kelgusidagi yangi loyihalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani hamda press-tur tashkil etildi. Unda OAV vakillari, blogerlar, turli tashkilotlar vakillari va “Caravan Group” asoschisi Timur Musin ishtirok etdi. Tadbir davomida mehmonlarga maskanning bugungi imkoniyatlari hamda yangi loyihalar taqdim etildi. Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

  • 14 авг.2 323663

    Sud-huquq tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari koʻrib chiqildi Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish yuzasidan sud tizimi rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqotda sudlar faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirishga qaratilgan “Odil sudlov – 2030” strategiyasi loyihasi taqdimot qilindi. Soʻnggi yillarda sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash, inson huquqlarini sud orqali himoya qilish va odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha izchil islohotlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, aholi murojaatlari va sud amaliyoti tahlili tizimda yechimini kutayotgan masalalar mavjudligini koʻrsatdi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

  • 14 авг.2 0603

    Qo‘shni mamlakatning energetika tizimida yuz bergan avariya Markaziy Osiyo energetika tizimiga ta’sir ko‘rsatdi. Natijada Surxondaryo va boshqa ayrim viloyatlarning elektr ta’minotida uzilish kuzatildi. Hozirgi vaqtda energetiklar tomonidan elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

  • 14 авг.2 0272

    AQSH dronlar importiga yangi tariflar joriy etdi AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatga import qilinadigan dronlar va ularning butlovchi qismlariga yangi boj tariflarini joriy etish toʻgʻrisidagi hujjatni imzoladi. Ayrim turdagi uchuvchisiz apparatlar uchun boj miqdori ular qiymatining 100 foizigacha yetadi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

  • 14 авг.1 94213

    O’zbekistonda gaz va elektr uzilishlari biznesning asosiy muammolaridan biri bo’lib qolmoqda — Markaziy bank Markaziy bank tahlillariga ko’ra, 2026-yilning II choragi yakunlari bo’yicha tadbirkorlarning 64 foizi (bir yil avval 61 foiz edi) biznes sharoiti yaxshilanganini bildirgan, 82 foizi esa o‘rta muddatda iqtisodiyot yaxshilanishini kutmoqda. Biroq to’liq quvvatda ishlay olmagan tadbirkorlik subyektlarida gaz va elektr uzilishlari, talab pastligi, yoqilg‘i narxlarining oshishi va logistika muammolari asosiy cheklovlar bo‘lib qolmoqda. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

  • 14 авг.1 9806

    Toshkentda kam ta‘minlangan oilalar farzandlari uchun bepul ta‘lim dasturi yakunlandi Toshkent shahrida ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun tashkil etilgan 8 haftalik bepul ta‘lim dasturi yakunlandi. 13-avgust kuni yakuniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlarda qatnashgan bolalar, yoshlar hamda volontyorlarga sertifikatlar topshirildi. Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

  • 14 авг.1 9233

    Tadbirkorlikni litsenziyasiz boshlash uchun 3 oylik maxsus rejim joriy etiladi “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi doirasida tadbirkor ayrim faoliyat turlarini litsenziya yoki ruxsatnomasiz boshlashi mumkin. Buning uchun u maxsus elektron tizim yoki Yagona portal orqali vakolatli organga bepul xabar berishi kerak bo‘ladi. Maxsus rejim 3 oy davom etadi. Shu davrda tadbirkor litsenziyasiz ishlagani uchun javobgarlikka tortilmaydi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

  • 14 авг.1 815671

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

  • 14 авг.1 801592

    “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 6-avgustda qabul qilingan. Senat tomonidan 2026-yil 7-avgustda ma’qullangan. Prezident 14-avgust kuni imzoladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

  • 14 авг.2 1973

    Oʻzbekistonga elektromobil importi keskin oshdi 2026-yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonga 447,7 million dollarlik qariyb 38 mingta elektromobil olib kelindi. Import hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,6 barobarga oshgan. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

  • 14 авг.1 95223

    Suriyadagi terroristik tashkilotga qoʼshilmoqchi boʼlgan shaxs 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

  • 14 авг.2 05634

    Bolaga otasining ismi familiya sifatida berilishi mumkin bo‘ladi Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan bolaga otasining ismi yoki bobosining ismi asosida familiya berish mumkin bo‘ldi. Ilgari ota ismini familiya qilish nazarda tutilmagan edi. Shuningdek, elektron va nodavlat arxivlarni tashkil etish tartibi belgilandi. Elektron arxivlar uchun raqamlashtirish, hujjatlarni qidirish va saqlash, shuningdek axborot va kiberxavfsizlik talablari joriy etildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website