Toshkent shahar veterinariya boshqarmasi
СтатистикаToshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining rasmiy sahifasi 🔗 Rasmiy sahifalarimiz manzillari : https://taplink.cc/veterinarytashkent 📍 Manzil : Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Qushbegi ko‘chasi, 22-uy
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 62
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 104
- 1/48двое суток
- 119
- 1/72трое суток
- 128
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
📍 Sergeli tumanida oqsil kasalligiga qarshi profilaktik emlash ishlari davom etmoqda Sergeli tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassislari tomonidan Nog‘ayqo‘rg‘on MFY hududidagi yirik shoxli mollar oqsil kasalligiga qarshi profilaktik emlanmoqda. Mazkur tadbirlar hayvonlar orasida yuqumli kasalliklarning oldini olish, ularning tarqalish xavfini kamaytirish hamda hududda epizootik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
без подписи
без подписи
без подписи
📚 “Vet Intellekt” jamoasi “Zakovat” intellektual o‘yinida munosib ishtirok etdi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida Toshkent shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining “Vet Intellekt” jamoasi ham faol ishtirok etdi. 🧠 Intellektual bellashuvda Toshkent shahridagi hokimliklar, boshqarmalar va boshqa tashkilotlarning jamoalari o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi. 🤝 “Vet Intellekt” jamoasi musobaqada munosib ishtirok etib, bilim, mantiqiy fikrlash va jamoaviy hamkorlik borasida o‘z salohiyatini namoyon etdi. 👏 Bunday intellektual loyihalar xodimlarning bilim va tafakkurini yanada rivojlantirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi. Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
без подписи
без подписи
Prezidentimiz rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga keldi. — Президент нашей страны вместе с супругой прибыл с государственным визитом в Кыргызстан. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
без подписи
без подписи
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Кыргызской Республики Садыра Жапарова отбыл в эту страну с государственным визитом. #Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
без подписи
🐮 Identifikatsiya qilingan molni o‘g‘irlab bo‘lmaydi 🎖 Xabaringiz bor, ayni paytda yurtimizda qoramollarni sirg‘alash jarayoni ketayabdi. Bu – chorvadorga nima berdi? Yoki uning qanday foydasi bor? Quyida shu haqda qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz. 🛡 Identifikatsiya qilish, ya’ni tamg‘alash, chiplash yoki quloq birkasi taqish chorvachilikni rivojlantirish va xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagi sabablarga ko‘ra juda muhim. ✔️ Biror hayvonda xavfli kasallik aniqlansa, uning qayerdan kelgani va qaysi suruv bilan aloqada bo‘lgani tezkor aniqlanadi. Kasallik tarqalish xavfi bo‘lganda, faqat kasallangan hududni zudlik bilan bloklash imkoni paydo bo‘ladi. Iste’molchilar va qayta ishlovchi korxonalar mahsulotning qaysi xo‘jalikdan kelganini aniq biladi. Davolash tarixi va emlash bazasi shakllantirilib, go‘shtda dori qoldiqlari yo‘qligi kafolatlanadi. ✅ Hayvonning ota-onasi, zoti va mahsuldorlik tarixi aniq qayd etiladi. Eng ko‘p sut va go‘sht beradigan naslni ajratib olish va ularni ko‘paytirish osonlashadi. 🔗 Darvoqe, identifikatsiya qilingan molni o‘g‘irlash va noqonuniy sotish qiyinlashadi. Chunki egasi hujjatda aniq ko‘rinadi. 🔖 Banklar va sug‘urta kompaniyalari faqat identifikatsiya qilingan, ya’ni raqamlangan qoramol uchun kredit yoki sug‘urta polisi ajratadi. Eslatib o‘tamiz, chorvador davlat tomonidan beriladigan imtiyoz va subsidiyani olish uchun molini ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube ✖Twitter
#тезкор Президент қарорига кўра, пойтахтимиздаги 35 та бозор, савдо мажмуалари ва уларнинг шохобчалари сотилади. Бизга обуна бўлинг!⬇️ 🤓 @VeterinariansUzbekistan ⚡️ https://www.instagram.com/vetstock.uz/
Как защитить питомца от перегрева летом? ☀️ Летнее яркое солнце, высокая температура и духота — очень опасная погода для животных. Наверняка вы замечали, как тяжело в жару могут чувствовать себя собаки и как кошки прячутся в холодных помещениях до наступления темноты. Летом каждый владелец должен знать, как защитить питомца от перегрева и что делать, если он получил тепловой удар. 🌡Как избежать перегрева животного? 🌞 Не выходите с питомцем на улицу в жаркое время суток старайтесь выгуливать собаку рано утром и вечером после захода солнца. В жаркую погоду избегайте сильных физических нагрузок для вашего питомца, так как игры и бег могут увеличить риск теплового удара. 🤒Симптомы перегрева: — учащенное дыхание с открытым ртом; — учащенное сердцебиение; — вялость, отсутствие реакции на прикосновения; — нарушение координации; — расширение зрачков; — слюнотечение; рвота; — повышение температура тела (у собак выше 39,6 градусов, у кошек — выше 39,5). 🥵 Что делать, если у собаки или кошки симптомы перегрева? Перенесите питомца в тень и смочите ему область живота, бедра, уши и подмышки прохладной водой. ⚡️⚡️⚡️Не обливайте его холодной водой. Заверните кошку или собаку во влажное полотенце и незамедлительно отправляйтесь к ветеринарному врачу. Даже если вы думаете, что ваш питомец оправился, важно проконсультироваться со специалистом, так как перегрев может иметь серьезные последствия для его здоровья. Yozda uy hayvoningizni qizib ketishdan qanday himoya qilishingiz mumkin? ☀️ Yozning yorqin quyoshi, yuqori harorat va jazirama issiq hayvonlar uchun juda xavfli sharoitlarni yuzaga keltiradi. Ehtimol, itlarning issiqda qanday qiynalishini va mushuklarning qorong‘u tushguncha salqin joylarga berkinib olishini kuzatgansiz. Har bir uy hayvoni egasi o‘z jonivorini qizib ketishdan qanday himoyalashni va agar hayvonda issiq urishi kuzatilsa, nima qilish kerakligini bilishi lozim. 🌡 Uy hayvoningizning qizib ketishining oldini qanday olish mumkin? 🌞 Kun davomida havo eng qizigan paytda uy hayvoningizni tashqariga olib chiqmang. Itingizni erta tongda yoki quyosh botganidan keyin, kechqurun sayr qildirishga harakat qiling. Issiq havoda uy hayvoningizni jismoniy jihatdan zo‘riqtirmang, chunki o‘yin va yugurish issiq urishi xavfini oshirishi mumkin. 🤒 Qizib ketish belgilari: — og‘iz ochilgan holda tez nafas olish; — yurak urishining tezlashishi; — holsizlik, teginishga reaksiya bermaslik; — harakatlarning muvofiqlashuvi buzilishi; — qorachiqlarning kengayishi; — so‘lak oqishi, qusish; — tana haroratining ko‘tarilishi (itlar uchun 39,6°C dan, mushuklar uchun 39,5°C dan yuqori). 🥵 Agar it yoki mushukda qizib ketish kuzatilsa, nima qilish kerak? Uy hayvonini soyaga o‘tkazing va uning qorni, sonlari, quloqlari hamda qo‘ltiq osti qismlarini salqin suv bilan namlang. ⚡️⚡️⚡️ Hayvonning ustidan birdaniga sovuq suv quyib yubormang. Mushuk yoki itni nam sochiqqa o‘rang va zudlik bilan veterinarga olib boring. Uy hayvoningiz o‘ziga kelgan deb o‘ylasangiz ham, mutaxassis bilan maslahatlashish muhimdir, chunki qizib ketish uning salomatligi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
QUTIRISH KASALLIGINING OLDINI OLISH — HAR BIRIMIZNING BURCHIMIZ! Hurmatli tumanimiz aholisi! 🐕 Qutirish — odamlar va issiq qonli hayvonlarda uchraydigan o‘ta xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, asosan kasallangan hayvonning tishlashi, tirnashi yoki so‘lagi orqali yuqadi. ❗️Kasallikning oldini olishda har bir fuqaroning ogohligi va mas’uliyati muhim ahamiyatga ega. ✅ O‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qilish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling: 💉 Uy hayvonlarini emlating Uyda boqilayotgan it va mushuklarni har yili qutirish kasalligiga qarshi emlating. 🐕🦺 Mas’uliyat bilan parvarish qiling Uy hayvonlarini nazoratsiz qoldirmang hamda veterinariya qoidalariga muvofiq parvarish qiling. 🚫 Daydi hayvonlardan ehtiyot bo‘ling Egasiz va daydi hayvonlarga yaqinlashmang, ularni bezovta qilmang. 📞 Shubhali holatlar haqida xabar bering Agar hayvonning xatti-harakatlarida tajovuzkorlik, haddan tashqari bezovtalik, ko‘p so‘lak oqishi yoki boshqa g‘ayritabiiy belgilar kuzatilsa, bu haqda zudlik bilan veterinariya xizmatiga xabar bering. 🚑 Agar hayvon tishlasa yoki tirnasa: 🧼 Jarohatlangan joyni 10–15 daqiqa davomida sovunli oqar suv bilan yaxshilab yuving. 🏥 Imkon qadar tezroq yaqin tibbiyot muassasasiga murojaat qiling. 📋 Hayvon haqidagi mavjud ma’lumotlarni veterinariya mutaxassislariga yetkazing. ⚠️ Unutmang! Qutirish kasalligining belgilari namoyon bo‘lgandan keyin uni davolash deyarli imkonsiz. Shu sababli kasallikning oldini olish, uy hayvonlarini o‘z vaqtida emlatish va shubhali holatlarda zudlik bilan mutaxassislarga murojaat qilish inson hayotini saqlab qolishning eng samarali yo‘lidir. ━━━━━━━━━━━━━━ 📍 Bektemir tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi 🏢 Manzil: H. Boyqaro mahallasi, B. Nozim ko‘chasi, 84-uy ☎️ Murojaat uchun telefon: (71) 295-53-26 ✊Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati Web-site|Telegram|YouTube |Instagram|Facebook|X
без подписи
DIQQAT, CHILONZOR TUMANI AHOLISI! Hurmatli fuqarolar! Chilonzor tumani Veterinariya va chorvachilik bo‘limi tomonidan it va mushuklardan yuqadigan o‘ta xavfli yuqumli kasallik — quturish kasalligining oldini olish bo‘yicha zarur profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur yo‘nalishda tuman veterinariya va chorvachilik bo‘limi mas’ulining hisoboti hamda quturish kasalligining oldini olish yuzasidan tayyorlangan buklet ilova qilinmoqda. Barcha fuqarolardan quyidagi ehtiyot choralariga qat’iy amal qilishlari so‘raladi: 🔵 uy hayvonlarini o‘z vaqtida quturishga qarshi emlatish; qarovsiz it va mushuklar bilan muloqot qilmaslik; 🔵 hayvon tishlagan yoki tirnagan taqdirda zudlik bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilish; 🔵 shubhali holatlar aniqlansa, veterinariya xizmatlariga darhol xabar berish. Quturish — o‘z vaqtida profilaktika choralari ko‘rilmasa, inson va hayvonlar hayoti uchun o‘ta xavfli kasallik hisoblanadi. O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrang! Hisobot va buklet bilan albatta tanishib chiqing hamda undagi tavsiyalarga amal qiling. 🔵 Сhilonzor_tuman_hokimligi