tgindex
Xayr.uz

Diniy-ma'rifiy kanal murojaat: @Xayruz_murojaat_bot

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
90
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
367
+1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
140
40 постов
Вовлечённость
38,1%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 90
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
67
1/48двое суток
76
1/72трое суток
82

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ✨ Juma ayyomingiz muborak boʻlsin! 📔 Imom Tabaroniy keltirgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: 🌙 “Kimki menga bir bora salavot aytsa, Alloh unga o'nta salavot aytadi. Kimki menga o'nta salavot aytsa, Alloh unga yuzta salavot aytadi. Kimki menga yuzta salavot aytsa, Alloh uni nifoq va do'zaxdan ozod deb yozib qo'yadi va qiyomat kunida shahidlar bilan birga qiladi. 📿 Allohuma solli a'la sayyidina Muhammad! 📿 Allohuma solli a'la sayyidina Muhammad! @Xayr_uz Obuna bo’ling

  • Quyosh chiqqan kunning eng yaxshisi, Juma kunidir! ✨ Bugungi kun, kunlarning eng hayrlisi bo’lsin JUMA MUBORAK BO‘LSIN ! @xayr_uz Obuna bo’ling

  • Allohni zikr qilishning ulug‘ligi عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ ِللهِ مَلَائِكَةً يَطُوفُونَ فِي الطُّرُقِ يَلْتَمِسُونَ أَهْلَ الذِّكْرِ، فَإِذَا وَجَدُوا قَوْمًا يَذْكُرُونَ اللهَ تَنَادَوْا هَلُمُّو إِلَى حَاجَتِكُمْ. قَالَ: فَيَحُفُّونَهُمْ بِأَجْنِحَتِهِمْ إِلَى سَمَاءِ الدُّنْيَا، قَالَ: فَيَسْأَلُهُمْ رَبُّهُمْ وَهُوَ أَعْلَمُ بِهِمْ: مَا يَقُولُ عِبَادِي؟ قَالُوا: يُسَبِّحُونَكَ وَيُكَبِّرُونَكَ وَيَحْمَدُونَكَ وَيُمَجِّدُونَكَ. قَالَ: فَيَقُولُ: هَلْ رَأَونِي؟ فَيَقُولُونَ: لَا وَاللهِ مَا رَأَوْكَ. قَالَ: فَيَقُولُ: كَيْفَ لَوْ رَأَوْنِي؟ قَالَ: يَقُولُونَ: لَوْ رَأَوْكَ كَانُوا أَشَدَّ لَكَ عِبَادَةً، وَأَشَدَّ لَكَ تَمْجِيْدًا، وَأَكْثَرَ لَكَ تَسْبِيحًا. قَالَ: يَقُولُ: فَمَا يَسْأَلُونِي؟ قَالَ: يَقُولُونَ: يَسْأَلُونَكَ الْجَنَّةَ. قَالَ: يَقُولُ: وَهَلْ رَأَوْاهَا؟ قَالَ: يَقُولُونَ: لَا وَاللهِ يَا رَبِّ، مَا رَأَوْهَا. قَالَ: يَقُولُ: فَكَيْفَ لَوْ أَنَّهُمْ رَأَوْهَا؟ قَالَ: يَقُولُونَ: لَوْ رَأَوْهَا كَانُوا أَشَدَّ عَلَيْهَا حِرْصًا، وَأَشَدَّ لَهَا طَلَبًا، وَأَعْظَمَ فِيْهَا رَغْبَةً. قَالَ: فَمِمَّ يَتَعَوَّذُونَ؟ قَالَ: يَقُولُونَ: مِنَ النَّارِ. قَالَ: يَقُولُ: وَهَلْ رَأَوْهَا؟ قَالَ: يَقُولُونَ: لَا وَاللهِ مَا رَأَوْهَا، يَقُولُ: فَكَيْفَ لَوْ رَأَوْهَا؟ قَالَ: يَقُولُونَ: لَوْ رَأَوْهَا كَانُوا أَشَدَّ مِنْهَا فِرَارًا، وَأَشَدَّ مِنْهَا مَخَافَةً. قَالَ: فَيَقُولُ: فَأُشْهِدُكُمْ أَنِّي قَدْ غَفَرْتُ لَهُمْ. يَقُولُ مَلَكٌ مِنَ الْمَلَائِكَةِ: فِيْهِمْ فُلَانٌ لَيْسَ مِنْهُمْ إِنَّمَا جَاءَ لِحَاجَةٍ. قَالَ: هُمُ الْجُلَسَاءُ لَا يَشْقَى بِهِمْ جَلِيسُهُمْ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohning bir toifa farishtalari bor. Ular yo‘llarda aylanib, ahli zikrlarni izlab yuradilar. Qachon ular Allohni zikr qilayotgan qavmni topsalar, «O‘zingiz istagan narsaga kelinglar», deb bir-birlariga nido qiladilar. Bas, ularni qanotlari bilan o‘rab olib, dunyo osmoni barobar bo‘lib turadilar. Shunda Robbilari O‘zi ular haqida bilib tursa ham: «Bandalarim nima demoqdalar?» deydi. «Senga tasbeh, takbir, hamd aytmoqdalar va Seni ulug‘lamoqdalar», deydilar. «Ular meni ko‘rganmilar?» deydi. «Yo‘q. Allohga qasamki, Seni ko‘rmaganlar», deydilar. «Agar Meni ko‘rganlarida, qanday bo‘lardi?» deydi. «Agar ular Seni ko‘rganlarida, yana ham qattiqroq ibodat qilar edilar, Seni yana ham qattiqroq ulug‘lar edilar va Senga yana ham qattiqroq tasbeh aytar edilar», deydilar. «Mendan nimani so‘ramoqdalar?» deydi. «Sendan jannatni so‘ramoqdalar», deydilar. «Ular uni ko‘rganmilar?» deydi. «Yo‘q. Allohga qasamki, ey Robb, ular uni ko‘rmaganlar», deydilar. «Agar ular uni ko‘rganlarida, qanday bo‘lardi?» deydi. «Agar ular uni ko‘rganlarida, unga yana ham qattiqroq hirs qo‘yar edilar, uni yana ham qattiqroq talab qilar edilar va unga yana ham kuchliroq rag‘bat qilar edilar», deydilar. «Ular nimadan panoh tilamoqdalar?» deydi. «Do‘zahdan», deydilar. «Ular uni ko‘rganmilar?» deydi. «Yo‘q. Allohga qasamki, ular uni ko‘rmaganlar», deydilar. «Agar ular uni ko‘rganlarida, qanday bo‘lardi?» deydi. «Agar ular uni ko‘rganlarida, undan yana ham qattiqroq qochar edilar, undan yana ham qattiqroq qo‘rqar edilar», deydilar. «Men sizlarni guvoh qilib aytamanki, albatta, ularni mag‘firat qildim», deydi. Shunda farishtalardan biri: «Ularning ichida Falonchi bor. U ulardan emas. U o‘zining hojati uchun kelgan, xolos», deydi. «Ular hammajlislar. Ularning hammajlislari ham badbaxt bo‘lmas», deydi», dedilar». Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar. Sharh: Bu hadisi sharifda Alloh taoloning zikrini qilish qanchalar ulug‘ ish ekani va bu ishni qilgan har bir kishi ulug‘ martabaga erishishi haqida so‘z bormoqda. Ushbu hadisi sharifdan hatto zokirlar bilan suhbatdosh bo‘lgan kishi ham ularning sharofatidan foyda topadi, degan ma’noni anglaymiz. @xayr_uz ⚪️Obuna bo’ling

  • Safarda jamoat namozi Kun va tunlar uzun yoki qisqa bo'ladigan yurtdagi musofirning hukmi Tuni yoki kuni juda uzoq bo'ladigan joylarda besh mahal namozni ado qilishga imkoni bor musofir bir namoz bilan boshqasining o'rtasidagi farq uzun yoki qisqaligda bizdagi vaqtdan bir necha barobar farqlansa ham, namozlarini o'sha yurtning vaqtiga ko'ra ado etadi. Kun yoki tun nihoyatda uzoq bo'lib, besh mahal namozdan birortasining vaqti topilmasa, misol uchun, kishi ikki-uch oygacha tun yoki kun bo'lmaydigan o'lkalarda yashasa, besh mahal namozning vaqti o'sha o'lkaga eng yaqin yurtga qiyoslanadi va namozlar shu asosda ado etiladi. Agar kunlari uzun diyorda yashovchi kishi tunlari uzun o'lkaga kelib qolsa, o'sha kelgan yurtining vaqtiga muvofiq namoz o'qiydi. Hozir bu holat muammo bo'lmay qoldi, chunki internet yoki telefon orqali har kim o'zi turgan joyning namoz vaqtini bilib olish imkoniyatiga ega. «Ramliy «Sharhul-minhoj» kitobida: «Bu narsa bir necha muddat tun bo'lmaydigan joylarda e'tiborga olinadi», degan. «Imdodul-Fattoh» kitobining sohibi: «Ro'za, zakot, haj va idda kabi ahkomlarga ham shu tarzda muddat belgilanadi», deganlar. @xayr_uz ⚪️Obuna bo’ling

  • без подписи

  • без подписи

  • #fotolavha Bugungi 07.08.2026 juma ma'ruzasi o'z nihoyasiga yetdi. Shuxrat Qurbonov domla tomonidan FARZANDLAR O'RTASIDA ADOLAT QILISH VOJIBDIR mavzusida juda muhim va foydali suhbat bo'lib o'tdi. @xayr_uz ⚪️Obuna bo’ling ​

  • Juma Muborak! 🌙 Assalomu alaykum, aziz mo‘min-musulmonlar! Alloh taolo bizni bugun muborak Juma kuniga yetkazgani uchun hamdu sanolar bo‘lsin. Juma kuni – mo‘minlarning bayrami, qalblarimizni poklab, Allohning cheksiz rahmatiga yaqinlashadigan kun. Ushbu muborak kunda Qur’on tilovat qilib, duo va istig‘forlar bilan band bo‘lishni, yaqinlarimizga mehr-muruvvat ko‘rsatishni unutmang. Alloh taolo har bir qilingan ibodat va yaxshiliklaringizni O‘z huzurida maqbul qilsin. “Albatta, namoz mo‘minlarga vaqtida ado etilishi farz qilingan ibodatdir.” (Niso, 103) Alloh barcha duolaringizni ijobat qilsin va hayotingizga tinchlik va barokat ato etsin. Juma kuningiz muborak bo‘lsin! @xayr_uz Obuna bo’ling

  • 📹 “Заковат” интеллектуал беллашувидан видеолавҳa @xayr_uz

  • Namozda va sajdada turib panoh so‘rash عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كُنْتُ نَائِمَةً إِلَى جَنْبِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَفَقَدْتُهُ مِنَ اللَّيْلِ فَلَمَسْتُهُ فَوَقَعَتْ يَدِي عَلَى قَدَمَيْهِ وَهُوَ سَاجِدٌ وَهُوَ يَقُولُ: أَعُوذُ بِرِضَاكَ مِنْ سَخَطِكَ وَبِمُعَافَاتِكَ مِنْ عُقُوبَتِكَ، لَا أُحْصِي ثَنَاءً عَلَيْكَ أَنْتَ كَمَا أَثْنَيْتَ عَلَى نَفْسِكَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sallallohu alayhi vasallamning yonlarida uxlab yotgan edim. Bas, kechasi u zotni yo‘qotib qo‘ydim. Izlasam, qo‘lim u zotning oyoqlariga tegdi. U zot sajdada turgan ekanlar va «Sening rizoliging ila g‘azabingdan, ofiyat berishing ila iqobingdan panoh so‘rayman. Seni O‘zingni O‘zing maqtagandek maqtab, oxiriga yetkaza olmayman», demoqda ekanlar». Termiziy va Nasaiylar rivoyat qilganlar. Sharh: Bu hadisi sharifda kechasi namozda va sajdada turib panoh so‘rash bor. @xayr_uz ⚪️Obuna bo’ling

  • #foydali #meva 📿 РАСУЛУЛЛОҲ МАҚТАГАН МЕВА... ✅ Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати @xayr_uz ⚪️Obuna bo’ling

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи