tgindex
XIVA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

XIVA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Статистика

Xorazm viloyati Xiva tumani Hokimligi 🏢 Manzil: Xiva tumani Shomoxulum mahallasi, Tinchlik ko'chasi 121-uy 📧 E-mail:

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
33
Всего постов
109
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
7 762
−45 за 5 дн.
Сутки
−28
−0,36%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
497
40 постов
Вовлечённость
6,4%
к подписчикам
Постов в день
4,7
всего 109
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
436
1/48двое суток
499
1/72трое суток
538

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #bildirish 2026-yil 15-avgust soat 10:00 da Xiva tumani hokimining yoshlar siyosati ijtimoiy rivojlantirish va manaviy ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Anvar Xudayarov tomonidan fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tadi. Manzil: Xiva tumani, Xalq qabulxonasi binosi. Keling, qabulda ishtirok eting va murojaat qiling!

  • Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги вазирлиги ҳамда Ўзбекистон фермерлари кенгашининг томорқа ер эгалари, деҳқон ва фермер хўжаликларига МУРОЖААТИ   Ҳурматли томорқа ер эгалари, деҳқон ва фермерлар! Бугунги кунда озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш – аҳоли фаровонлигини оширишнинг энг устувор йўналишларидан бирига айланмоқда. Бир йилда икки-уч марта ҳосил олиш имконини берадиган бетакрор иқлимимиз ва унумдор тупроғимизнинг қадрига етинг: ҳар бир қарич ердан оқилона фойдаланган ҳолда картошка, саримсоқпиёз ва тўқсонбости усулида сабзавот экинларини экиб, дастурхонимизни янада тўкин қилишга муносиб ҳиссангизни қўшинг. БАТАФСИЛ

  • Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Xiva tumanining G'ovuk mahallasida tuman hokimi Sardor Palvanovning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ijtimoiy yordam masalalariga oid murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar va ijro muddatlari belgilab berildi. Qabul jarayonida aholi bilan ochiq muloqot qilinib, hududni yanada obod qilish, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglandi.

  • 14 авг.4492из trkuz_official

    🏢 Kompaniya tomonidan xorazmlik tadbirkorlarning 9 mingdan ortiq loyihalari moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi. Bu maqsad uchun jami 2 trln 638 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. 🗣Eng ko‘p yordamlardan Bog‘ot tumani (351 mlrd so‘m), Urganch shahri (342 mlrd so‘m) va Urganch (286 mlrd so‘m) tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar foydalangan. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoyishi — Распоряжение Президента Республики Узбекистан «О награждении нагрудным знаком "Фаол тадбиркор"» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni — Указ Президента Республики Узбекистан «О награждении в связи с Днем предпринимателей группы представителей сферы» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • ЭЪЛОН Хива тумани ҳокими Палванов Сардор Махсудовичнинг навбатдаги сайёр қабули 2026 йилнинг 14-август куни Ғовук маҳалласи фуқаролар йиғини биносида бўлиб ўтади. Фуқаролар қабули соат 11.00 дан бошланади.

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Davlat xizmatchilarining axborot xavfsizligi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, raqamli makonda sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish hamda kibermadaniyatni yuksaltirish maqsadida “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Xorazm viloyati hududiy bo‘limi hamda Kiberxavfsizlik sohasida vakolatli davlat organining mas’ul xodimlari tomonidan o‘quv seminari tashkil etildi. Ushbu o‘quv seminarda hokimlik xodimlari, tumandagi idora va tashkilotlar a’zolariga zamonaviy tahdidlar, internet tarmog‘ida uchraydigan firibgarlik usullari, shaxsiy ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish hamda bunday huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, kiberjinoyatlarning oldini olish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, zararli APK ilovalari va viruslarning qurilmalarga yetkazishi mumkin bo‘lgan xavflari, onlayn firibgarliklarning oldini olish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

  • Xiva tumanida asosiy kapitalga qancha investitsiya oʻzlashtirilgan?   📊 2026-yilning yanvar-iyun oylarida Xiva tumanida asosiy kapitalga  hajmi 2,1 trln soʻmlik investitsiyalar oʻzlashtirilgan. Bu viloyat umumiy hajmining 14,9 % ulushini tashkil etadi. 📈 Moliyalashtirish manbalari boʻyicha investitsiyalarning tarkibi (ulushi, % da): 🔺 respublika byudjeti mablagʻlari – 65,7 % 🔺 korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari – 1,5 % 🔺 aholi mablagʻlari – 2,6 % 🔺 xorijiy investitsiya va kreditlar – 27,7 % 🔺 Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari – 0,3 % 🔺 tijorat bank kreditlari – 2,2 %.

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи