Xorazm info🇺🇿
СтатистикаАОКА Xorazm || Rasmiy kanalidan keyingi informatsion kanal
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 81
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 182
- 1/48двое суток
- 208
- 1/72трое суток
- 224
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
35 YILLIK BUYUK YO‘L: ISHONCH, ISLOHOT VA YANGI BOSQICH Mustaqilligimizning 35 yilligi — bu shunchaki tarixiy sana emas. Bu o‘z taqdirini o‘zi belgilash, taraqqiyot va yangilanish sari dadil qadam tashlagan xalqimizning bosib o‘tgan buyuk yo‘liga nazar solish, bugungi yutuqlarimizni anglash va ertangi maqsadlarimizni belgilash fursati. O‘ttiz besh yil avval boshlangan mustaqillik yo‘li bugun Yangi O‘zbekistonning yangi qiyofasi, yangi tafakkuri va yangi taraqqiyot bosqichi bilan uyg‘unlashib bormoqda. Bu jarayonda har bir sohada, jumladan, soliq tizimida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, so‘nggi 5–6 yil davomida soliq tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi. Soliq munosabatlarida ochiqlik va adolat, inson manfaati va tadbirkorlik erkinligi, raqamlashtirish va shaffoflik kabi tamoyillar tobora mustahkam qaror topdi. Soliq organlari va soliq to‘lovchi o‘rtasidagi munosabatlar ham yangi mazmun kasb etdi. Bu islohotlarning zamirida, avvalo, davlat boshqaruviga yangicha yondashuv, inson qadrini ulug‘lash va iqtisodiy taraqqiyot uchun qulay muhit yaratish g‘oyasi mujassam. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar soliq tizimini ham zamon talablariga mos ravishda yangilash va uni xalqqa yanada yaqinlashtirishda muhim omil bo‘ldi. Zero, zamonaviy soliq tizimi — bu faqat soliqlarni hisoblash va undirish mexanizmi emas. U davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchning iqtisodiy ifodasidir. Fuqaro soliq to‘layotganda uning mablag‘i mamlakat taraqqiyotiga, farzandlar kelajagiga, obod mahallalar va farovon hayotga xizmat qilayotganiga ishonsa — soliq madaniyati ham, jamiyat mas’uliyati ham yuksaladi. Bugun biz ana shu ishonch muhitini shakllantirish yo‘lidamiz. Har birimiz — soliq tizimining bir bo‘lagimiz. Kimdir soliq to‘lovchi sifatida, kimdir shu tizimda mehnat qilayotgan xodim sifatida, yana kimdir mamlakat taraqqiyotiga o‘z mehnati bilan hissa qo‘shayotgan fuqaro sifatida bu jarayonning ishtirokchisidir. 35 yillik mustaqillik tarixi bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: taraqqiyot tayyor holda berilmaydi — u xalqning mehnati, ishonchi, mas’uliyati va ezgu maqsadlari bilan barpo etiladi. Bugun soliq tizimidagi har bir islohot ham ana shu katta maqsad — Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy qudrati, xalq farovonligi va barqaror kelajagiga xizmat qilmoqda. Ishonchimiz komilki, xalq ishonchi bilan kuchga kirib, zamonaviy tamoyillar asosida rivojlanayotgan soliq tizimi bundan keyin ham O‘zbekiston taraqqiyotining muhim tayanchlaridan biri bo‘lib qoladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌟 Kadastrdagi o'zgarishlar haqida odamlar qanday fikrda? 🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida"gi O‘RQ-937-son Qonuni doirasida amalga oshirilgan xatlov jarayonlari natijasida ko‘plab yurtdoshlarimizning uy-joylariga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilmoqda. 🎥 Ushbu video lavhada aynan shu jarayonlardan o‘tgan fuqarolarimizning samimiy fikrlari, quvonchi va minnatdorligi aks etgan. 📊 Bugungi kunda millionlab obyektlar xatlovdan o‘tkazilib, bu jarayon izchil davom etmoqda . ➡️ Batafsil videoda #Kadastr #Xatlov #Islohot #Fargona #Etirof 🇺🇿 Telegram | 🇺🇿 Instagram | 🇺🇿 YouTube | 🇺🇿 Facebook | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X
«Интернетда ҳушёр бўлинг, фирибгарларга алданманг»
IJARAGA BERILGAN QISHLOQ XO'JALIGI YERIGA UY-JOY VA BINO QURAYOTGAN FERMERLAR BU VIDEO SIZLAR UCHUN. Prezidentning 2025-yildagi 322-son qarori 49 yilga ijaraga berilgan qishloq xo'jaligi yeriga uy yoki bino-inshoot qurish huquqini beradimi? Javob videoda 📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
#eʼlon 📣DIQQAT, TANLOV! O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi hamda O‘zbekiston "Nuroniy" jamg‘armasi Xorazm viloyati bo‘limi "Nuroniylar ommaviy axborot vositalari nigohida" ko‘rik- tanlovini e’lon qiladi. Tanlov OAV xodimlari orasida o‘tkaziladi. Tanlov ishtirokchilarining ibratli nuroniylar, yoshi ulug‘ insonlarning hayoti va faoliyatini o‘zida aks ettirgan bosma va elektron ijodiy publitsistik maqolalari, ikki daqiqalik video materiallari (lavhalar smartfon, planshet kabi vositalarda tasvirga olinishi mumkin) saralab olinadi. - Ijodiy ishlar joriy yilning 24-dekabrigacha qabul qilinadi. - G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2026-yilning oxiri – Yangi yil arafasida o‘tkaziladi... 👉Tanlov haqida batafsil. Rasmiy kanallarimiz ✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook
#KO’RIK-TANLOV Ijodkor jurnalistlar, matbuot kotiblari va blogerlar diqqatiga! O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida “Milliylik - hayotim mazmuni” ko‘rik- tanlovi e’lon qilinadi. Azizlar, barchangizni ushbu tanlovda faol ishtirok qilishga chaqiramiz! Ko’rik-tanlov shartlari bilan tanishing! 👉Batafsil Rasmiy kanallarimiz ✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident! Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, har bir inson qadri va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan fidokorona mehnatlaringiz uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz. Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, kuch-g‘ayrat va barcha ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilaymiz.
#BizningPrezident Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, muhtaram Prezidentimiz! Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
O‘z biznesingizni boshlash uchun yer izlayapsizmi? 38 mingdan ortiq yer uchastkalarini 10 yilgacha muddatda bo‘lib to‘lashga sotib oling! ⚡️E-auksion.uz platformasidan yer sotib olish afzalliklari: ✔️ To‘lov muddati: Hudud toifasidan kelib chiqib 1 yildan 10 yilgacha; ✔️ Foydalanish maqsadi: tadbirkorlik, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va ko‘p qavatli uy-joy qurish; ✔️ Huquqiy kafolat: Davlat yerlarini shaffof savdo orqali sotib olish imkoniyati; ✔️ Vaqt tejamkorligi: Boshlang‘ich to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng kadastr ko'chirmasi hamda davlat orderi hujjatlari g‘olib nomiga rasmiylashtirilib, shaxsiy kabinetga elektron tarzda yuborilishi; 🔹Urganch shahrida 🔹Xiva shahrida 🔹Bog'ot tumanida 🔹Gurlan tumanida 🔹Qo'shko'pir tumanida 🔹Urganch tumanida 🔹Hazorasp tumanida 🔹Tuproqqal'a tumanida 🔹Xonqa tumanida 🔹Xiva tumanida 🔹Shovot tumanida 🔹Yangiariq tumanida 🔹Yangibozor tumanida Barchasini ko‘rish ☎️: +998712022111 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
ТАДБИРКОРЛАР ДИҚҚАТИГА 🇺🇿 Давлатимиз раҳбари томонидан берилган топшириқлар ижросини таъминлаш мақсадида, миллий брендларни қўллаб-қувватлаш ва маҳаллий ишлаб чиқарувчилар фаолиятини ривожлантириш бўйича ишлар олиб борилмоқда. 🟦 Мазкур топшириқлар ижросини таъминлаш мақсадида Рақобат қўмитаси миллий брендларнинг эгалари бўлган ишлаб чиқарувчилар ва тадбиркорлар фаолиятида учраётган қуйидаги салбий ҳолатлар бўйича мурожаат ва таклифларни қабул қилади: ✅ маҳаллий маҳсулотларга нисбатан инсофсиз рақобат, шу жумладан: • демпинг нархлар қўллаш, • товар белгисини қалбакилаштириш, • миллий брендни обрўсизлантириш, нотўғри таққослаш, • тижорат сирини ёки қонун билан қўриқланадиган бошқа сирни, хусусан, фан-техникага, ишлаб чиқаришга ёки савдога оид ахборотни эгасининг розилигисиз олиш, ундан фойдаланиш, уни ошкор этиш, • товар ёки молия бозорига киришига тўсқинлик қилиш ёки бозордан четлаштириш ва бошқалар. ✅ Бундан ташқари, импортдан келтирилган контрафакт маҳсулотлар; ✅ фаолиятни юритишдаги турли бюрократик тўсиқлар; ✅ ички ва ташқи бозорларга чиқишдаги муаммолар; ✅ рақобатни чеклаётган бошқа муаммолар. ✈️ Тадбиркорлар мурожаат ва таклифларини Қўмитанинг расмий @rquzbot телеграм боти орқали юборишлари мумкин. ✈️ Қўмита томонидан барча мурожаатлар ўрганилиб, аниқланган муаммоларни ҳал этиш юзасидан тегишли чоралар кўрилади. #тадбиркорлар_диққатига Telegram | Press_service | Facebook | Instagram | Youtube
🎤 Tarona 🎼 "Chayxana". 🎬 Farrux Zokirov ("Yalla" ansambli) ijrosida. Rasmiy kanallarimiz ✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook
#Salomatligingizni_asrang Kasal bo'lmaslik uchun issiq havoda konditsionerdan qanday qilib toʻgʻri foydalanish kerak? Rasmiy kanallarimiz ✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook
Anomal issiq qachon chekinadi? O‘zbekiston bo‘ylab anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda. Harorat kunduzi joylarda 45-48 darajagacha ko‘tarilmoqda. Iqlimshunos Erkin Abdulahatovga ko‘ra, havo harorati joriy hafta yakunidan boshlab biroz pasayadi. Boisi Volgabo‘yidan salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Yangi hafta avvalidan o‘zbekistonliklar nisbatan salqin va tana o‘rgangan haroratni his qilishni boshlaydi. Rasmiy kanallarimiz ✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook
#Moziyga_qaytib Sarg‘aygan_fotosuratlarda 1960-1990-yillar Xorazm jurnalistikasi Xorazm viloyati, 1970-yil, "Xorazm haqiqati" gazetasi tahririyati. Suratda o‘rtada gazeta bosh muharriri Egam Rahimov. Bizni kuzatishda davom eting! Rasmiy kanallarimiz ✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи