YouTube Mahalla
СтатистикаYoutubedan soqqa qilish haqida gaplashamiz. Qo'shimcha takliflar uchun: +998911266564
- Последний пост
- 14 апр.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 30
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
VidIQ bilan xayrlashamiz(mi)? 🤔 YouTube yana bir yangi funksiyani chiqaryapti— endi Youtubening o‘zida Sun’iy Intellekt sizga yordam beradi. 💡 Nega videolarim "rek"ka chiqmayapti? – deb so‘rasangiz, Suniy intelekt kanalingizni tahlil qilib, xato va kamchiliklaringizni o‘zbek tilida tushuntirib beradi. Eng qizig’i: Videoga nom, opisaniya va obloshka ham yasatsangiz bo’larkan. Bu funksiya hozircha ko‘proq yangi kanallarda ishlayapti. YouTube yangi avlod bloggerlarini ko’paytirmoqchi shekilli. Bu funksiya nimalarda yordam berishini rasmdan👆 ko'rsangiz bo'ladi. Sizning kanalingizda bu funksiya chiqdimi? Tekshirib ko‘ring va izohlarda yozib qoldiring! @YouTubeMahalla
YouTube'da yangi AI trendi: Videolarni o‘zi ko‘rib, tahlil qiladi! 🤖🎬 YouTube sun’iy intellektni har bir burchagiga tiqib chiqyapti. Endi yangi funksiya videoni to‘liq ko‘rib chiqib, u haqida qisqa tavsif (description) yozib beryapti. Nimalari bor? ✅ Qisqa va lo'nda: Ortiqcha gaplarsiz, videoning asosiy mazmunini chiqarib beryapti. ✅ LOKATSIYA: Videoni qayerda olinganini ham bemalol aniqlay olyapti! ⚠️ Muhim jihati: Funksiya hozircha hamma foydalanuvchilarda ham ishlayotgani yo‘q va faqat ma’lum bir videolar uchun test rejimida ishlayapti. Sizningcha, bu funksiya ommalashsa foydali bo‘ladimi yoki o’zimiz yozgan tavsiflarga yetmaydimi? Fikringizni qoldiring! 👇
Endi YouTubeda Telegramdek xabar almashish mumkinmi? 😳 🔥 YouTube bildirmasdan yangi funksiyani sinovdan o‘tkazyapti. Va bu narsa videolarning tarqalish uslubini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bugun menga YouTube ichidagi shaxsiy xabarlar haqida bildirishnoma keldi (skrinshotda). Endi foydalanuvchilar: ✅Bir-birlariga video yuborish mumkin; ✅Videolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovaning o‘zida muhokama qilish mumkin; ✅Shaxsiy chatda gaplashish mumkin. Aslini olganda, YouTube shunchaki video-xosting bo‘lishni to‘xtatib, ijtimoiy tarmoq + messenjerga aylanishni xohlayapti. Chunki hozirda odamlar videolarni Telegram, WhatsApp yoki instagram orqali ulashishadi. YouTube esa katta auditoriyani ma’lum qismini yo’qotyapti. Agar chat platformaning ichida qolsa, YouTube videolarning bir-biriga yuborilishini algoritm uchun muhim signal sifatida hisobga olishi mumkin. Mana bu esa haqiqatdan ham qiziq. Ammo shuni aytaman, hozircha bu funksiya faqat sinov bosqichida. Ya'ni, ular bu yangilikni butunlay joriy qilishlari ham, yoki bekor qilishlari ham mumkin.)) YouTube 2017-yilda ham shaxsiy xabarlarni ishga tushirgan edi. Lekin 2019-yilda deyarli hech kim foydalanmagani uchun ularni olib tashlashgan 🤷 Ko‘ramiz, bu safar nima bo‘larkan.
Videolaringiz endi avtomatik tarjima qilinmoqda! Bugun juda qiziq yangilikni payqab qoldim. Endi YouTube videolarni o‘zi boshqa tillarga tarjima qilib beryapti! ❓ Masalan, rus tilidagi videoga kirsangiz, u avtomatik inglizcha ovoz (dublyaj) bilan chiqyapti. Yoki aksincha. Eng qizig'i, o'z kanallarimni tekshirib ko'rsam, oxirgi paytlarda yuklagan hamma videolarimni YouTube o'zi tarjima qilib bo'libdi! Nima uchun bu muhim? ✔️Auditoriya kengayishi: Agar videolaringiz rus yoki ingliz tilida bo'lsa, endi butun dunyo sizni tushunadi. ✔️Vaqtni tejash: Oldin tarjima uchun alohida harakat kerak edi, hozir esa platformaning o'zi buni hal qilyapti. ✔️Sifat: Eski videolarimni o'zim tarjima qilib, hatto o'sha tillarda alohida muqova (обложка) ham yuklab chiqdim. Natijani ko’ramiz endi. ✔️Topilayotgan daromad: Agar bilsangiz Youtube davlatga qarab pul to’laydi, bu funksiya bilan siz daromadingizni ham oshirasiz. 📈 O'z auditoriyasini dunyo darajasiga olib chiqmoqchi bo'lganlar uchun bu aynan kerakli narsa. Ayniqsa, kontenti rus yoki ingliz tillarida bo'lsa, bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Siz ham bu funksiyani sinab ko'rdingizmi? Kanalingizda tarjima paydo bo'libdimi? 👇
YouTube’da ko‘rishlar sonini oshirish uchun TOP 3 funksiya! 🚀 Videolaringiz "prosmotr" yig‘mayotgan bo‘lsa, bu 3 ta funksiyadan foydalanayotganingizni tekshirib ko‘ring. Men shaxsan har kuni foydalanaman va bu natija beradigan funksiyalar: ✅A/B test (Thumbnail & Title): Bunda asosan video nomi va oblojkalarni test qilasiz. Qaysi biri ko’proq odamni e’tiborini tortsa, o’sha ko’proq odamlarga taklif qiladi. (Rasmda ko’rsatilgan👆) ✅End Screens (Конечные заставки): Ya’ni videoni oxiriga qo’yiladigan videolar bu orqali eski videolarni yoki boshqa yangi kanalingizni ko’tarish uchun eng yaxshi variantlardan deb bilaman. Ko’pchilik ingiliz tilidagi kontent yurtadiganlar shu usul orqali tezda yangi kanalni ko’tarib olishadi. ✅Community Tab (Сообщество): Bu shunchaki rasm post qilish joyi emas! Bu orqali eski videolarni qayta tiriltirish yoki yangi kanalni rivojlantirish mumkin. Algoritm "Сообщество" postlarini hatto sizga obuna bo‘lmaganlarga ham ko‘rsatadi. Bu funksialarni men deyarli har kuni foydalanaman. Menga yaxshi foydasi tegadi. Sizchi siz ham bu funksiyalardan foydalanasizmi? @YouTubeMahalla
Bugun o‘zim uchun juda qiziqarli bir kashfiyot qildim. Oldin hech qachon dasturlash bilan shug‘ullanmaganman. Lekin bugun Google’ning anti-gravity funksiyasini ko‘rib, sun’iy intellekt yordamida o‘z ishimni yengillashtirish yo‘lini topdim. Atigi 5 daqiqa ichida o‘zimga kerakli vazifalarni bajaradigan Telegram bot yaratdim. Hozir bu bot: • YouTube, Instagram va TikTok’dagi trend videolarni aniqlaydi • Ularni tahlil qiladi • Va mening yo‘nalishimga moslab video ssenariylar yozib beradi Eng qizig‘i — men faqat buyruq beraman. Qolgan ishlarni bot o‘zi bajaradi. Hozircha bu loyiha lokal ishlayapti (serverga ulanmagan), lekin tez orada uni to‘liq ishga tushirib, yanada kengroq foydalanishni rejalayapman. Sun’iy intellekt bilan ishlashni boshlaganimga ko‘p bo‘ldi, lekin bundek dastur yaratib beradigan suniy intelekt bilan birinchi martta ishlashim. Bu narsalar meni ish samaradorligim sezilarli darajada oshirdi. Xulosa oddiy: Agar siz AI’dan to‘g‘ri foydalana olsangiz, u sizga vaqt, energiya va resurslarni bir necha barobar tejab beradi. @YoutubeMahalla #AI #Automation #TelegramBot #ContentCreation #Productivity #Startup
YouTubedan chiqdimmi...? 🤔 Oxirgi bir yil men uchun haqiqiy "eksperimentlar yili" bo'ldi. YouTubening har bir joyini titkilab chiqdim: 🔹 Grey content (seriy kontent) — bu bo'yicha maxsus kurslarda o'qidim va amalda sinadim. 🔹 O'zbekcha va inglizcha yo'nalishlar — qaysi tilda qanday natija berishini ko'rdim. 🔹 Youtubedagi yangilanishlari — algoritmlar qayoqqa qarab ketayotganini kuzatdim. Xo'sh, nega uzoqlashib ketdim? 🧐 Sababi oddiy: Men faqat YouTube bilan cheklanib qolishni xohlamadim. Boshqa ijtimoiy tarmoqlardan qanday pul topish mumkin? U yerda qanday formatdagi videolar "trend"ga chiqadi? Shu savollarga javob izlab, o'rganish bilan band bo'ldim. 📚✨ Shu sababli bu kanalda uzoq vaqt foydali postlar bo'lmadi. Chunki bu yerda asosan YouTube ishqibozlari va undan pul topishni istaydiganlar yig'ilganini bilardim. Lekin... bari bir sekin-asta qaytyapman! 🔙🔥 Yig'ilgan tajribalar, yangi bilimlar va boshqa platformalar haqidagi xulosalar bilan bo'lishish vaqti keldi. Tayyormisiz? Reaksiyalarni portlatamiz! 👍🚀
без подписи
Hamma Shorts qilish kerak deydi. Men esa aksini aytaman... 📉 Hozir ko‘p shifokorlar va ekspertlar faqat qisqa videolarga (Reels yoki Shorts) o‘tib olishgan. To‘g‘ri, bu format trendda, lekin faqat unga yopishib qolish — auditoriyaning katta qismini yo'qotish demakdir. Boshqa formatlarni chetga surib qo‘ymang, mana nima uchun: 📸 Instagram: Faqat Reels emas, karusellar va istoriyalar ham zo‘r ishlayapti. Yaqinda bitta karusel postim 500 000+ odamga yetib bordi! Karusel — ma’lumotni tizimlashtirish va "sohranit" qilib olish uchun eng qulay format. 📺 YouTube: Shorts’dan tashqari uzun formatdagi videolar va "Community" postlar ham o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q. Agar foydalanishni bilsangiz, ular sizga eng sodiq (loyal) auditoriyani olib keladi. 🎵 TikTok: Hozirda vertikal videodan ko‘ra, undagi foto-karusellar va jonli efirlar ko‘proq natija beryapti. 💡 Meni maslahatim: Bitta kontent tayyorlab, uni hamma platformaga shundayligicha tashlamang. Uni har bir tarmoqning tiliga moslang. Faqat videoga yopishib qolmasdan, boshqa formatlarni ham sinab ko‘ring — natija sizni hayron qoldirishi mumkin. Sizga qaysi format ko‘proq yoqadi: qisqa video-mi yoki o‘qishga qulay karusellar? 👇
Tajriba ko'p narsani hal qiladi — shunday emasmi❓ Bu so'nggi yillar davomida chiqargan eng muhim xulosalarimdan biri bo'ldi. 2️⃣0️⃣2️⃣1️⃣-yilda o'qishni tamomlagach, men Oybek Kosimov jamoasida oyiga bor-yo'g'i 3️⃣0️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ so'm evaziga videomontajchi sifatida ish boshlagan edim. Ha, bu juda kam pul edi. Ammo meni aniq maqsadim bor edi — kasbni mukammal egallash, amaliy tajriba olish va kelajakda bu sohaning eng yaxshi mutaxassislaridan biriga aylanish. Boshqacha aytganda, o'sha paytda men uchun tajriba har qanday puldan ustun edi. Taxminan bir yil davomida tinimsiz mehnat qilib, zarur ko'nikmalarni egalladim va bunga parallel ravishda daromadim ham o'sishni boshladi. Bugun tushunib yetyapmanki, o'z vaqtida tajriba uchun ishlash haqida, qabul qilgan qarorim — hayotimdagi eng to'g'ri qadamlardan biri bo'lgan ekan. Men o'rganishda davom etaman. Har kuni. Har doim. Endi esa shu yillar davomida o'rgangan narsalarimni ham sizlar bilan bo'lishib bormoqchiman. Nima deysizlar? @YoutubeMahalla #Videomontaj #Karyera #Tajriba #ShaxsiyBrend #SuccessStory #LearningEveryday
Youtube suniy intelektni rivojlantirishda sizni videolaringizdan foydalanishi mumkin. Agar siz bunga ruxsat bersangiz. Hozirda ko’p yangi kanallarda yuqorida 1 - rasmda ko’rsatilgan so’rovnoma chiqib qolyapti. Endi youtube kanal sozlamalariga yangi qo’shimcha narsa kiritdi. (2-rasm) Qisqa tushuntiraman siz rasmdagi katakchani belgilab qo’ysangiz, Youtube sizni videolaringizdan suniy intelektni rivojlantirish, boshqacha aytganda o’qitish uchun foydalanishi mumkin ekan. Hozirda hech kimda bu belgi avtomatik holatda yoqilib qolmagan. Nima deb o’ylaysiz bu qanchalik to’g’ri? @YoutubeMahalla #youtube #kantent #mahalla #video #foydali #youtubemahalla #ai
без подписи
Youtubeda kanalni monentizatsiyaga ulamasdan ham pul ishlash mumkinligini bilasizmi? Agar biror narsa sotib yoki qandaydir "Affilate programma"lar orqali pul ishlash mumkin deyotgan bo’lsangiz, bu to’g’ri. Lekin men hozir aytmoqchi bo’lgan yo’nalishim esa sal boshqacharoq. Bu usul bilan siz biror narsa sotishingiz kerak emas, kanalingiz obunachilar soni ham muhim emas, videolaringizga avtorski tushsa ham bo’laveradi. Ehtimol bu haqda siz ham eshitgandirsiz “Content ID”. Hozir men sizlarga “Content ID” dan qanday foyda olish mumkinligini aytmoqchiman. Aslida hammasi oddiy siz "SilverBro" ga o’xshash platformalarga ulanasiz (ulanish pullik) va ular sizga musiqalar berishadi. Siz esa o’sha musiqalarni videolaringiz orasiga qo’yib ketasiz. (Bu yerda videoni qanday ekanligini ahamiyati yo’q.) Tayyor videoni kanalingizga yuklaysiz va videoga avtorskiy tushadi, boshqacha aytganda “Content ID” tushadi. Bu tabiy. Videolaringiz qancha ko’p ko’rilsa, "Silverbro" akkauntingizga pul tushib boraveradi. Youtube videolarga qanday pul to’lasa, bu platforma qoshiqlar, qancha ko’p eshitilishiga qarab pul to’laydi. Mazzami… Eslatma: Yuqoridagi ma’lumotlar tavsiya emas, shunchaki ma’lumot. @YoutubeMahalla #content #ID #youtube #video
Hayotimdagi bo’lgan voqealardan keyin, endi yana qaytishga qaror qildim. O’tgan oylar davomida hayotimda anchagina yo’qotishlarni boshimdan o’tkizdirib, endi o’zimga keldim menimcha: Bugun men sizlarga hayotimdagi voqealarni emas, aksincha men yo’q bo’lganimda youtubeda qanaday yangiliklar bo’ldi. Shular haqida qisqacha aytib beraman. 🔥Youtube shorts videolar munutini 3 minutgacha o’zgartirdi. 🔥Shorts videolarda opros o’tazish mumkin bo’ldi. 🔥Youtube shortsda foydalanish uchun suniy intelekt chiqarildi. 🔥Shorts streamda ham sovgalar chiqdi, u orqali streamerlar pul ishlashi mumkin. 🔥Suniy intelekt orqali shorts videolarga musiqa yasash funksiyasi chiqdi. Men ko’rgan eng yaxshi o’zgarishlar shular ekan. Bulardan foydalanganlar bormi? Yoki bular haqida bilmas edingizmi? Qaysi bir haqida to’liqroq bilishni xohlaysiz?👇👇 @YoutubeMahalla #youtube #kantent #mahalla #video #foydali #youtubemahalla #ai
Hozirda suniy intelekt rivojlanib qoldi ancha. Birinchi chiqganda ChatGPT ham o'zbekchada yaxshi ishlamas edi. Hozir esa zo'r ishlayapti. Yuqoridagi 👆videoda men ChatGPT dan video uchun opisaniya yozib berishini so'ragandim, menga shunday yozib berdi. "Menga darvozalar haqidagi youtube video uchun opisaniya yozib ber. U ingiliz tilida bo'lsin. U qiziqarli va e'tibor tortadigan bo'lishi kerak. Videoda darvozalarni qanday yasalishi va uni materiallari haqida gapirilgan. Asosan temir darvozalar. Menga hashteglari bilan birga yozib ber." - bu men yozgan promt (buyruq). Sizlarga ham qiziq bo'lsa, shunga o'xshash buyruqdan foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari ChatGPT dan boshqa ko'p narsalarda foydalansangiz bo'ladi. Yaqinda men senariy yozish bo'yicha darslarni tugatdim. Darsni menga suniy intelekt o'rgatdi. Bu juda zo'r. Agar bu haqda yana biror narsa bilmoqchi bo'lsangiz unda kommentlarda yozing. @YoutubeMahalla #youtube #kantent #mahalla #video #foydali #youtubemahalla #ai
Youtubeda yangi kanal ochsangiz bularga 👆 e'tibor bering. Sizlarda hech bo'lganmi yangi kanal ochasiz va unga video yuklaysiz lekin prasmotr bolmaydi. Hech kim ko'rmaganidan keyin sizdagi motivatsiya ham tushib ketadi. Oradan 1 - 2 oy o'tib kanalga video yuklasangiz uni prasmotrlari yaxshi bo’ladi. Tanish holatmi? Menda bunday holat juda ko'p bo'lgan. Youqoridagi rasmda ko'rganingiz 90% holatda ishlaydi. Bu tajribadan o'tgan. @YoutubeMahalla #malumot #kanal #YoutubeMahalla #youtube #foydali
Menimcha izoh shart emas.... @YoutubeMahalla
Прасмотр yo'q! Nima qilish mumkin? Buning hammasi siz qancha video yuklaganingizga bog'liq. Agar siz 1 - 2 kun video yuklagan bo'lsangiz, yana bir kun yuklang. 💥Agar hech narsa o'zgarmasa, video nomlari va prevyularni o'zgartiring. Yana 1 kun video yuklab ko'ring. 💥Agar sizga yuqorida 2 usul ham yordam bermasa, videolaringizga like nakrutka urib ko'ring. Bu videoni «функций выбора контента» ga tushishiga yordam berishi mumkin. 💥Agar shunda ham bo'lmasa, boshqa yo'nalishda videolar qo'yib sinab ko'ring. Agar unda ham o'xshamasa, unda kanalni udalit qilib yuboring❗️ @YoutubeMahalla #video #youtube #kantent #mahalla #kanal #foydali
Endi kanalingizni QR kod holatda ham boshqa tarmoqlarda tarqatishingiz mumkin. Yaqinda chiqgan yangiliklardan biri bu. Yuqorida ko'rib turganingizdek men o'z kanalimga QR kod oldim. Uni olish uchun: 👉Telefondan youtubega kirasiz. 👉Kanalni ulashishi (Поделиться каналом, Share channel) tugmasini bosasiz 👉QR kod ni bossangiz sizga ham chiqarib beradi. Menimcha buni topish oson deb o'ylayman. Endi QR ni oldik endi nima qilamiz desangiz, uni qayerlarda tarqatsangiz sizni kanalingizni topishlari oson bo'ladi. Rivojlanyapmiz linklardan ko'ra QR kod chiroyli ko'rinadi. Shunday emasmi? @YoutubeMahalla #youtube #kantent #mahalla #kanal #foydali
Sifatli kontent yuritish uchun eng muhim narsa nima ekanligini bilasizmi? Bu birinchi o'rinda video idea bo'lsa, undan keyin video senariy keladi. Hozirda o'zbek youtube olamida sifatsiz videolar juda ko'p. Ularni ham odamlar ko'rayapti, lekin sifatli videolarni yanada sevib ko'rishadi. Bugun sifatli video olish uchun muhim bo'lgan senariy haqida gaplashamiz qo'shnilar. Senariy bu nima? - Bu sizni videolaringizni text va vizual ko'rinishdagi rejasi, U sizga videoni mazmunini, har bir kadrni, gaplarni va qahramonlar harakatini tushinishga yordam beradi. Senariyni 3 ta elimenti bor: 🌟Kirish (xuk): Videoni boshlanishida tomoshabinni e'tiborini bir necha sekundda ushlab qolish. Bu savol, qiziqarli fakt yoki kutulmagan voqea bo'lishi mumkin. 🌟Asosiy qism: Bu qismda videoni asosiy mazmuni ochib beriladi. Eng muhimi tomoshabin qiziqishlaridan chiqmasdan sekin asta mavzuni ochib beriladi. 🌟Tugatish: Bu videoni tugash qismi. Bu qismda tomoshabinni boshqa yerga yo'naltirish yoki shunchaki videoga o'z xulosasini berish mumkin. Yaxshi xuk uchun misollar: Savol: ...qanday qilishni bilasizmi? Vada: Bugun siz .... haqida bilib olasiz. Kutilmagan fakt: Hech qachon topolmaysiz, men bilan hozir nima bo'lganini... Bilaman ko'pchilik bu ma'lumotdan foydalanmaydi. Bu bilimlar orqali o'zbekistonda ham sifatli kontentlar ko'payib qolar degan umid bilan yozib qo'ydim. @YoutubeMahalla #youtube #video #mahalla #kantent #kanal #senary #kopirayting