1000 Людей первый канал
Статистика❓ Dunyoning mashxur odamlari top 1000 taligi. ✔️ Dunyoga o'z ta'sirini o'tkaza olgan mashxur insonlar haqida siz bilgan va bilmagan keng qamrovga ega ma'lumotlar. ❗ Biz bilan muvaffaqiyatga erishing.
- Последний пост
- 5 авг. 2025 г.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
« Julius Robert Oppenheimer » #027 ( 1904-1967 ) " Men o'limga aylandim , dunyolarni vayron qiluvchi " Robert Opengeymer - 1904-yil 22-aprelda Nyu York shahrida juda boy oilada tugʻilgan nazariy va yadro fizigi. Nisbiylik nazariyasi, neytron yulduzlar nazariyasi, kosmik nurlar fizikasi, elementlar zarralar fizikasi, kvant mexanikasi kabi ilmiy ishlarga ega. U ikkinchi jahon urushi yillarida tashkil etilgan "Manhetten" loyihasi bo'yicha Los-Alamos yadro labaratoriyasida "Atom yadro bombasi" ni yaratishda rahbarlik qilgan. Rixtmayer (1947) va Enriko Fermi (1963) mukofotlari sohibi. Robert Opengeymer 1967-yil 18-fevralda tomoq saratonidan vafot etadi. 1000 Людей ©
« Annelies Marie Frank » #026 ( 1929-1945 ) " Jahannamdan xotiralar " Anna Frank - 1929-yil 12-iyunda Germaniyaning Frankfurt-na-Mayn shahrida, yahudiylar oilasida tug'ilgan havaskor yozuvchi qiz. Otasi Otto Frank, onasi Edit Frank va opasi Margot Frank. Gitler va antiyahudiy partiya Germaniya tepasiga kelgach Franklar oilasi Gollandiyaga ko'chishga majbur bo'lgan. 1942-yilda Franklar oilasi Nemislardan qochib ofis binosi yuqorisidagi yashirin xonasida, javon ortida yashay boshlaydi. Anna ana shu xonada bu adolatsizliklarni, yahudiylarga nisbatan qirg'in va azob-uqubatlarni kundaliklariga yoza boshlaydi. Bu kundalik esa keyinchalik "Anna Frank kundaligi" nomi ostida dunyoni zabt etdi. Anna frank 15 yoshida opasi Margot bilan 1945-yil Bergen-Belsen lagerida tif kasalligidan vafot etadi. 1000 Людей ©
« Diogo José Teixeira da Silva » #025 ( 1996-2025 ) "Futbolni yig'latgan o'lim !" Diogo Jota - 1996-yil 4-dekabrda Portugaliyaning Portu shahrida tug'ilgan professional futbolchi. Otasi Xoakim silva va onasi Isabel silva. Olti yoshligida suzishni emas futbolni tanlagan yosh iqtidor futbolga mehr qo'yadi. Shundan so'ng u Paços de Ferreira, Atlético Madrid, Porto, Wolverhampton Wanderers va Liverpool jamoalarida professional to'p surdi. Angliya premier ligasi va Portugaliya terma jamoasidagi o'yinlari orqali muxlislar mehrini qozondi. 28-aprel APL chempioni, 8-iyun Millatlar ligasi g'olibi bo'lgan Diogo 22-iyun kuni sevgilisi Rute Cardoso bilan oila quradi va 3-iyul kuni ukasi Andre Silva bilan birgalikda avtohalokat tufayli vafot etdi. 1000 Людей ©
« Vladimir Yakovlevich Voroshilov » #024 ( 1930-2001 ) “ Televizon dasturlar Edisoni ” Vladimir Voroshilov - 1930-yil 18-dekebrda SSSRning Simferopol ( Oqmasjid ) shahrida tug'ilgan rassom, teatr rejissyori, teleprodyuser va teleboshlovchi. Otasi Yakov Davidovich va onasi Vera Borisovna. Voroshilov Moskva o'rta san'at maktabi, Moskva badiiy teatr maktabi, Estoniya SSR davlat rassomchilik instituti va keyinchalik Oliy rejissyorlik kurslarini tugatgan. Vladimir Voroshilov 1975-yilda o'zining eng omadli televizion dasturlaridan biri "Что? Где? Когда?" ko'rsatuviga asos soldi. U faoliyati davomida ko'plab sahna asarlarini yaratdi, ko'plab ko'rsatuvlarni olib bordi va prodyuserlik qildi va buning uchun ko'plab mukofotlar bilan taqdirlandi. Vladimir Voroshilov - 2001-yil 10-mart sanasida Moskva viloyatida vafot etgan. 1000 Людей ©
🎈Mana 2024-yil ham o'z poyoniga yaqinlashib qolgan ekan, biz ham moziyga yuzlansak. Kanal o'z faoliyatini 2024-yilning 19-avgustida boshlagan va shu kunga qadar siz obunachilarga foydali ma'lumotlar ulashmoqda deb o'ylaymiz. 2025-yil hammamizga omadli kelsin 🎄 1000 Людей ©
« Sobira Xoldorova » #023 ( 1907-1984 ) "Birinchi o'zbek ayol jurnalisti yohud Chustlik o'tkir qalam sohibasining qismati" Sobira Xoldorova - 1907-yil Namanganning Chust shahrida dehqon oilasida tug'ilgan birinchi professional o'zbek jurnalist ayoli. Bolaligidayoq otasidan yetim qolgan, yoshligida nikohlab qo'yishgan va keyinchalik bolalar internatiga topshirishgan. Sobira nafaqat O'zbekiston balki o'rta Osiyodagi jurnalistika ma'lumotiga ega birinchi ayol edi. U Moskva Oliy jurnalistika institutini o'qib tugatgan. Yoshligidan matbuot va gazetalarda ishlagan. Biroq uning faoliyatida qora bulutlar ko'p bo'ldi. U "Xalq dushmani" sifatida qamoqqa tashlangan, 10 yilga Sibirga surgun qilingan. 1942-yilda Sobira ruhiy kasal bo'lib qolganligi sababli surgundan qaytariladi va 1956-yil u oqlanadi. Sobira Xoldorova ba'zi manbalarga ko'ra 1984-yil Toshkentda vafot etgan. 1000 Людей ©
IO ....... (Tashkent) - Welcome 🖐
🔖 Endi 1000 Людей kanalining ham shaxsiy commenti bor. • Siz commentda kanal faoliyati hamda postlar haqida fikr bildirishingiz mumkin.
Mavlono Jaloliddin Rumiy ( Balxiy ) #022 ( 1207-1273 ) « Hikmatlar otasi » Jaloliddin Rumiy 1207-yil 30-sentabr Afg'onistonning ( qadimgi Xorazmshoxlar davlati ) Balx shahrida tug'ilgan shoir, mutafakkir va faylasuf. Jaloliddin Rumiy taxallusini Rum ya'ni Rim nomidan olgan. Rumiyni yana Balxiy, Xodavandgar, Mavlono va Xomush taxalluslari bilan ham atashadi. Ota tomonidan Rumiyning shajarasi Abu Bakr Siddiq r.a ga borishi aytiladi. Shayx Shams Tabriziy va Fariddin Attor Rumiyning ustozlari bo'lishgan. Rumiyning eng yirik va sara asarlari: "Devoni kabir", "Masnaviyi ma'naviy", "Fiyhi ma fiyhi" (ichingdagi ichingdadir), "Mavoizi majolisi sab'a", "Maktubot" lar hisoblanadi. Jaloliddin Rumiy 1273-yil 17-dekabr Turkiyaning Ko'niya shahrida vafot etgan. 1000 Людей ©
Next People 👤
« Alixonto'ra Shokirxonto'ra o'g'li Sog'uniy » ( 1885-1976 ) #021 "Birinchi o'zbek marshali yohud saraton va bepushtlikni davolagan tabib" Alixonto'ra Sog'uniy - 1885-yil 21-mart kuni Sharqiy Turkistonning To'qmoq ( qadimgi Bo'lasog'un ) shahrida tug'ilgan olim, siyosat, jamoat va din arbobi, marshal va tabib. Alixonto'ra "Sog'uniy" taxallusini o'zi tug'ilgan shaharning qadimgi nomi "Bolasog'un" nomidan olgan. Sog'uniyning otasi Shokirxo'ja asli Andijonlik bo'lgan. Alixonto'ra Sog'uniy hayotining yarmini Sharqiy Turkiston ozodligi uchun va qolgan qismini ilm yo'liga bag'ishlagan. Sharqiy Turkistonda unga qo'shin oliy bosh qo'mondoni va Marshal unvoni berilgan. Sog'uniyning mashxur asarlari: "Tarixi Muhammadiy" va "Turkiston qayg'usi" Alixonto'ra Sog'uniy 1976-yil 28-fevral Toshkentda vafot etgan. 1000 Людей ©
Qisqa tanaffusdan so'ng biz qaytdik 😊 Keyingi post sizni ko'p kuttirmaydi 🔥
Kanal mundarijasi: 📄 1. Immanuel Kant 🇩🇪 2. Rembrandt van Rijn 🇳🇱 3. Svetlana Savitskaya 🇷🇺 4. Quentin Tarantino 🇺🇲 5. David Pakkard 🇺🇲 6. Albert Kamyu 🇩🇿🇫🇷 7. George Best 🇬🇧 8. Merilin Monro 🇺🇲 9. Roald Amundsen 🇳🇴 10. Ernesto Che Gevara 🇦🇷 11. Abdurasul Abdullayev 🇺🇿 12. Martin Luther King jr 🇺🇲 13. Alan Turing 🇬🇧 14. Vali Qayumxon 🇺🇿 15. Bernard Shaw 🇬🇧 16. Boris Spasskiy 🇷🇺 17. Edward Jenner 🇬🇧 18. Guccio Gucci 🇮🇹 19. Abdurahmon Jomiy 🇮🇷 20. Francisco Franco 🇪🇸 Yanada qiziqarli ma'lumotlarni bizning kanalda kuzatib boring ! 1000 Людей ©
« Francisco Bahamonde Franco » #020 ( 1892-1975 ) “ Ikki marta dafn etilgan diktator ” Fransisko Franko - 1892-yil 4-dekabrda Ispaniyaning Ferrol shahrida tug'ilgan Ispaniya kaudillosi, general va diktator. Franko 1936-yilgi fuqarolar urushidan so'ng Ispaniyada rahbar bo'lgan. Franko davlat boshlig'i, hukumat boshlog'i va oliy bosh qo'mondon unvonlarini birlashtirib "Kaudillo" unvonini olgan. Fransisko Franko bir nechta kitoblar yozgan. 1922-yil "Birlik Kundaligi", 1940-yil "Zot". Franko Hayme de Andrade va Hakim Bor taxalluslari ostida kitob yozgan. Franko Baliq ovlash va kinoni yaxshi ko'rgan. Shuningdek 1943-yilgi Real Madrid va Barselona ishtirokidagi yirik 11:1 hisobidagi qirollik klubining g'alabasida ham Frankoning qo'li bor deb tahmin qilinadi. Chunki Franko qirollik klubining homiysi edi. Franko 1975-yil 20-noyabr Madridda 82 yoshida vafot etgan. 1000 Людей ©
🤍 Reaksiya bosib qo'llavorsaylar keyingi INSON bilan tanishamiz )
« Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad #019 ( 1414-1492 ) “ Navoiy va Boyqaro tan olgan shoir ” Abdurahmon Jomiy 1414-yil 7-noyabrda Jom shahrida tug'ilgan buyuk fors-tojik shoiri va mutafakkiri. Jomiy taxallus bo'lib, uning asil ismi Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad hisoblanadi. Taxallusini esa o'zi tug'ilgan ona shahri Jomdan olgan. Jomiy XV-asrning eng yirik mutafakkirlaridan biri deb tan olinadi. Uning 100 ga yaqin asarlari bor deb tahmin qilinadi. Shundan eng mashxuri esa yetti dostondan iborat “Haft avrang” (“Yetti taxt”) hisoblanadi. Xamsa deb qaraladigan bu asar 1480-1487-yillarda yozilgan. Jomiy 1492-yil 9-noyabr 78 yoshida shamollash oqibatida Hirotda vafot etadi. 2018-yilda Samarqand va Dushanbe shaharlarida Jomiy va Navoiy haykali o'rnatilgan. 1000 Людей ©
. 🕰 ➡️
« Guccio Giovanbattista Giacinto Dario Maria Gucci » #018 1881-1953 " MODA OTALARIDAN BIRI " Guchchio Guchchi 1881-yil 26-martda Italiyaning Florensiya shahrida tug'ilgan moda dizayneri, biznesmen va Gucci brendi asoschisi. Guchchi 1921-yil Florensiyada "Gucci" nomi ostida oilaviy charm do'koniga asos solgan. Guchchi o'z moda uyini yaratishdan oldin, Londondagi Savoy mexmonxonasida ishlagan. Guchchio Guchchi ot poygalariga qiziqqanligi sabab, charmdan ot egarlari va oyoq kiyimlarini ishlab chiqargan. Guchchi rafiqasi Aida Kalvelli bilan beshta o'g'il va bitta qiz farzandi bo'lgan. Bular Vasko, Aldo, Ugo va Rudolfo Guchchilardir. Enzo o'g'li esa yoshligida vafot etgan. Guchchio Guchchi 1953-yil 2-yanvar 71-yoshida Milanda vafot etgan. 1000 Людей ©
Next People 👤
« Edward Jenner » #017 1749-1823 “Napoleon e'tirof etgan shifokor” Eduard Jenner 1749-yil 17-mayda Angliyaning Berkli shahrida tug'ilgan ingliz vrachi va olimi. Jenner dunyoda birinchi bo'lib chechakka qarshi emlash uchun vaksina yaratgan. G'arbda Jennerni "Immunologiyaning otasi" deb atashadi. Edward Jenner 1788-yilda qirollik jamiyati a'zosi etib saylangan. Shuningdek u qirol Jorj IV ning shifokori va Berkli shahrining meri va sudyasi ham edi. Hatto Napoleon ham o'z askarlarini emlashda Jennerning kashfiyotidan foydalangan va Jennerni medal bilan taqdirlagan. Eduard Jenner 1823-yil 26-yanvarda insult oqibatida vafot etgan. 1000 Людей ©