tgindex
Zomin SES | Rasmiy Kanal

Zomin SES | Rasmiy Kanal

Статистика
Последний пост
8 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
37
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
344
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
341
37 постов
Вовлечённость
99,1%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 37
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
174
1/48двое суток
199
1/72трое суток
215

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 8 авг.1 56811

    🦠 Mutaxassis maslahati: Kuydirgi kasalligidan ehtiyot bo‘ling! Kuydirgi (Sibir yarasi) — hayvonlardan odamlarga yuqadigan o‘ta xavfli yuqumli kasallik. ⚠️ Asosiy belgilari: 🔹 Terida qora qoplamali yara paydo bo‘lishi; 🔹 Isitma va holsizlik; 🔹 Bosh og‘rig‘i; 🔹 Nafas olish yoki ovqat hazm qilish tizimi zararlanishi. ✅ Oldini olish choralari: 🔸 Chorva mollarini muntazam emlatish; 🔸 Kasal yoki nobud bo‘lgan hayvonlarni so‘ymaslik; 🔸 Go‘shtni faqat veterinariya nazoratidan o‘tgan joylardan xarid qilish; 🔸 Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish; 🔸 Kasallik gumon qilinganda darhol mutaxassislarga murojaat qilish. @ZominSES

  • OG‘IR SUMKA – BOLA SALOMATLIGIGA XAVF! NIMALARGA E’TIBOR BERISH KERAK? ‼️O‘quv yili boshlanishiga ham oz fursat qoldi. Shu munosabat bilan maktab bozorlari  ham boshlandi. ❓Xo‘sh o‘quvchilarning yoshiga qarab sumka tanlashda ota-onalar nimalarga e’tibor berishlari kerak? ❓Darsliklar borasida qanday me’yorlar qabul qilingan? ♻️O‘qituvchi bolaga ta’lim berish jarayonida har bir fan oddiylikdan murakkablik sari izchil davom etgan asoslarga tayanadi. Bu asoslar esa o‘quv adabiyotlari – darsliklarda aks ettiriladi. Batafsil: 👇👇👇 https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/202468 Sanepidqo'mita Axborot xizmati Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

  • BASSEYNDAGI GIGIYENA — ODDIY, LEKIN JUDA MUHIM! 🏊‍♀️Basseynda cho‘milish — dam olish va sog‘liqni mustahkamlashning eng yaxshi usullaridan biri. Biroq u faqatgina qoidalarga amal qilingan taqdirdagina xavfsiz va foydali bo‘ladi. Basseyn muhitida gigiyena va xavfsizlik talablariga rioya qilish har bir inson uchun juda muhim hisoblanadi. 📌Basseynga kirishdan avval shaxsiy gigiyenaga alohida e’tibor qaratish lozim. Avvalo, suvga tushishdan oldin sovun bilan dush qabul qilish shart. Bu tanadan mikroblar va kirlarni yo‘qotib, suvning tozaligini saqlashga yordam beradi. Batafsil: 👇👇👇 https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/199260 ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

  • ☀️ Issiq kunlarda «qişki» xastalik: Yozda qanday qilib soğlom qoliş mumkin? Yozda şamollamaslik uçun infografikada körsatilgan tavsiyalarga amal qiling. ✨ Yoz fasli kasal böliş uçun emas, balki kuç yiğiş va dam oliş uçun berilgan. asrang! 👤Sanepidqömita Zomin tuman bölimi Axborot xizmati. @ZominSES

  • ❓BOLANI EMLATGANDAN KEYINGI ISITMA XAVFLIMI? @ZominSES

  • Tepki kasalligi nima? U qanday tarqaladi? ℹ️ Ushbu kasallik bo‘yicha batafsil ma'lumotni videorolik orqali olishingiz mumkin. Sanepidqo‘mita Zomin tuman Axborot xizmati @ZominSES

  • без подписи

  • 💡 Oddiy qoidalar, katta natijalar: Jamoat hojatxonalarida suvni tejash sirlari Atrof-muhitni asrash va suv resurslarini tejash — barchamizning burchimiz, chunki "Yer suv bilan qoplangan" va uning har bir tomchisi qudratli sovgadir. Quyidagi oddiy maslahatlarimizga amal qilib, siz ham hissangizni qo'shishingiz mumkin: 💧 Esda tuting: Bizning bugungi tejamkorligimiz kelajak avlod uchun barqaror hayotni ta'minlaydi; "Biz yer uchun javobgardir va uning ne'matlarini saqlash orqali kelajakka meros qoldiramiz". © Sanepidqo‘mita Zomin tumani bo‘limi 👉🏻@ZominSES

  • 💡 Oddiy qoidalar, katta natijalar: Jamoat hojatxonalarida suvni tejash sirlari Atrof-muhitni asrash va suv resurslarini tejash — barchamizning burchimiz, chunki "Yer suv bilan qoplangan" va uning har bir tomchisi qudratli sovgadir. Quyidagi oddiy maslahatlarimizga amal qilib, siz ham hissangizni qo'shishingiz mumkin: 🔹 Sensorsiz kranlar: Agar jamoat hojatxonasida kranlar sensorli bo'lmasa, qo'lingizni sovunlayotganda kranni yopishga odatlaning; chunki "Iltimos, o'zlarini va boshqalarni ham saqlang, suvni isrof qilmaslik". 🔹 Hojatxona tugmasi: Ko'pgina hojatxonalarda suvni kamroq va ko'proq oqizadigan ikkita tugma bor, keragiga qarab foydalaning; "Maqsadli ishda o'lcham bor, o'lchovsiz ishda ziyon". 🔹 Nosozlikni e'tiborsiz qoldirmang: Oqib yotgan kran yoki hojatxonani ko'rsangiz, xabar bering; "Kichik bir xabaring ko'plab suvni tejashi mumkin!" 💧 Esda tuting: Bizning bugungi tejamkorligimiz kelajak avlod uchun barqaror hayotni ta'minlaydi; "Biz yer uchun javobgardir va uning ne'matlarini saqlash orqali kelajakka meros qoldiramiz". © Sanepidqo‘mita Zomin tumani bo‘limi 👉🏻@ZominSES

  • 🟢⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️ 📝BSJ vaksinasi chaqaloq hayotining ilk kunlarida qilinadi va sil kasalligiga qarshi immunitet hosil bo‘lishiga yordam beradi. 💉O‘z vaqtida emlash — farzandingiz salomatligini himoya qilishning muhim qadamidir. ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

  • 🔥 Иссиқда ўткир юқумли ичак касалликлари тарқалиши эҳтимоли юқори — Санепидқўмита Кунлар исиши, ёз бошланиши натижасида аҳоли орасида ўткир юқумли ичак касалликлари, хусусан, ўткир диарея, қорин тифи, салмонеллёз, вирусли гепатит А ва бошқа овқатдан заҳарланиш касалликларининг тарқалиши эҳтимоли ортади. https://t.me/+05YgQSHZVWoxNjYy

  • 2 июл.23532из Zomin_tuman_hokimligi

    #Zomin_tumani Zomin tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Shuxrat Tilavberdiyevning tibbiyot xodimlari va aholiga murojaati ❗️Hurmatli tibbiyot xodimlari! Aziz Zomin tumani aholisi! Korrupsiya — jamiyat taraqqiyoti va xalq farovonligiga jiddiy to‘siq bo‘luvchi illatdir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bu xavfli hodisaga qarshi murosasiz kurashish har birimizning fuqarolik burchimizdir. Bugungi kunda mamlakatimizda davlat boshqaruvi tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda korrupsiyaning oldini olish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur vazifalar sog‘liqni saqlash tizimi zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Zomin tumani tibbiyot birlashmasida ham tibbiy xizmatlar sifati va ochiqligini ta’minlash, fuqarolarga halol, adolatli hamda sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish ustuvor vazifa hisoblanadi. Hurmatli hamkasblar! Har bir bemorga mas’uliyat, halollik va vijdon bilan xizmat qilish, xizmat vazifasini sidqidildan bajarish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik barchamizning asosiy tamoyilimiz bo‘lishi lozim. Hurmatli fuqarolar! Agar tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida noqonuniy talablar, tamagirlik yoki korrupsiyaga oid holatlarga duch kelsangiz, bu haqda tegishli tartibda Zomin tumani tibbiyot birlashmasi rahbariyati hamda vakolatli organlarga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Faqatgina o‘zaro ishonch, ochiqlik va halollik orqali tibbiyot tizimiga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlashimiz mumkin. Keling, birgalikda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib boraylik va Zomin tumanida halol, shaffof hamda xalq manfaatlariga xizmat qiladigan sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantiraylik. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram  📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube 🌐Sayt

  • 🟦🟦🟦🟦 Mitti "dushmanlar" — bakteriya va mikroblar poylab turishini bilasizmi? 🦠Ular ko‘zga ko‘rinmasa-da, har kuni foydalanadigan buyumlarimizda yashirinadi. 🚕Masalan, avtobus, marshrutka va boshqa jamoat transportlarida ushlaydigan tutqichlar, eshik dastalari va o‘rindiqlarda turli bakteriyalar to‘planishi mumkin. ⚡️ Sanepidqo'mita Zomin tuman Axborot xizmati @ZominSES

  • VPChga (inson papilloma virusi) qarshi emlash — sog‘lom kelajak uchun muhim qadam! 🔹VPCh ko‘plab bachadon bo‘yni saratoni holatlarining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Vaqtida olingan emlash virusning xavfli turlaridan himoya qilib, saraton va boshqa kasalliklar rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. 🔹Shu va boshqa foydali ma'lumotlar bilan quyidagi infografika orqali tanishing. @@ZominSES

  • 🩸 Virusli gepatit B kasalligi xavfi va oldini olish choralari. ⚠️Gepatit B — virus orqali yuqadigan va asosan inson jigarini zararlaydigan kasallikdir.U uzoq vaqt davomida hech qanday belgilarsiz yashirin rivojlanishi sababli uni "ayyor qotil" deb ham ataladi. ❓ Kasallik qanday yuqadi? 💉Sterillanmagan tibbiy, stomatologik yoki kosmetologik (manikyur, tatuaj) asboblardan; 🪒Uyda bemorning tish cho‘tkasi, ustara yoki tirnoq olish qaychisidan foydalanganda; 🤰 Homiladorlik yoki tug‘ruq jarayonida virus yuqqan onadan chaqaloqqa o‘tishi; 🔞 Himoyalanmagan jinsiy aloqa orqali. 🛡 Oldini olishning eng samarali choralari: - Vaksinatsiya-emlanish; - Shaxsiy gigiyena; -Xavfsiz xizmatlar; -Yilda bir marta tibbiy ko‘rik. 🙏O‘zingiz va yaqinlaringiz sog‘lig‘iga befarq bo‘lmang! 👤Sanepido‘mita Zomim tuman bo‘limi Axborot xizmati. @ZomimSES

  • 🚨 QIZAMIQDAN EHTIYOT BO'LING! Qizamiq — bu o‘ta yuqumli virusli kasallik bo‘lib, havo-tomchi yo‘li orqali juda tez tarqaladi. U ayniqsa bolalar, homilador ayollar va immuniteti past bo‘lgan insonlar uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Afsuski, qizamiqni oddiy shamollash bilan adashtirish mumkin, lekin u og‘ir asoratlar — pnevmoniya, miya yallig‘lanishi (ensefalit) va hatto o‘limga olib kelishi ehtimoli bor. 🔍 Kasallik belgilari: • Yuqori isitma (38–40°C) • Kuchli yo‘tal va tomoq og‘rig‘i • Burun oqishi • Ko‘zlarning qizarishi va yorug‘likka sezuvchanlik • 3–5 kundan so‘ng yuz va tana bo‘ylab toshmalar paydo bo‘lishi ⚠️ Qanday yuqadi? Qizamiq bilan kasallangan odam yo‘talganda, aksirganda yoki gaplashganda virus havoga tarqaladi. Hatto bir xonada bo‘lishning o‘zi ham yuqish uchun yetarli bo‘lishi mumkin. 🛡 Himoyalanish choralari: • 💉 O‘z vaqtida emlash (eng samarali himoya usuli) • 🤧 Kasallanganlar bilan aloqani cheklash • 🧼 Qo‘l gigiyenasiga rioya qilish • 🏠 Kasallik alomatlari bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish va uyda qolish 👶 Bolalar uchun eslatma: Bolalarni milliy emlash taqvimiga muvofiq emlash ularning sog‘lig‘ini himoya qiladi va kasallik tarqalishining oldini oladi. 📢 Unutmang: Qizamiqni davolashdan ko‘ra, uning oldini olish osonroq va xavfsizroqdir! @ZominSES

  • 12 июн.2041из gijduvonsanepidxizmat

    🔊Jamoat hojatxonalaridan foydalanishda suv tejamkorligiga alohida e’tibor qarating❗️ 1. Tozalik • Kuniga kamida 3–4 marta dezinfeksiya qilish. • Pol, eshik tutqichlari, unitaz. yuzalari maxsus vositalar bilan artish. • Chiqindilar vaqtida chiqarilishi. 2. Suv ta’minoti • Ichimlik va texnik suv mavjud bo‘lishi. • Qo‘l yuvish kranlari doim soz holatda bo'lishi. 3. Qo‘l gigiyenasi vositalari • Suyuq sovun yoki antiseptik. • Bir martalik qog‘oz sochiqlar. • Quritgichlar ishlash holatida. 4. Sanitariya holati • Unumli shamollatish tizimi. • Hidlarni yo‘qotish. choralarining mavjudligi. • Kanalizatsiya tizimi ishlash holatida. 5. Qulaylik va xavfsizlik • Erkaklar/ayollar uchun alohida bo‘limlar. • Nogironlar uchun kirish imkoniyati. • Yoritilgan, xavfsiz hudud. 6. Javobgarlik • Tozalik uchun mas’ul xodim bo‘lishi. • Kunlik tozalash jurnali yuritilishi zarur. 🏥Sanepidqoʻmita G'ijduvon tuman boʻlimi Axborot xizmati💻 Telegram|Instagram|Facebook

  • 12 июн.175из gijduvonsanepidxizmat

    📌3 yoshgacha bo‘lgan bolalar ovqatlanishiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar❗️ Bolalar ovqatlanishida xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagilardan voz keching: ❌ Ko‘cha taomlari va fast-fud: Ulardagi ziravorlar va yog‘lar go‘dak organizmi uchun mutlaqo zararli. ❌ Xom sut: Do‘kondan yoki bozordan olingan sutni albatta qaynatib bering. ❌ Yuvilmagan mevalar: Har qanday mevani bolaga berishdan oldin oqar suvda va so‘ngra qaynatilgan suvda chayib oling. ❌ Yarim tayyor mahsulotlar: Sosiska va kolbasalarni 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar ratsioniga kiritmang. ❌ Umumiy qoshiq: Bolaga o‘z og‘zingizdagi qoshiq bilan ovqat bermang — kattalarning og‘iz bo‘shlig‘idagi mikroblar bola uchun xavfli bo‘lishi mumkin. 🛡 Tozalik bor joyda kasallikka o‘rin yo‘q! 🏥Sanepidqoʻmita G'ijduvon tuman boʻlimi Axborot xizmati💻 Telegram|Instagram|Facebook

  • 12 июн.1431из sanepidchiroqchi

    #Infografika 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar ovqatlanishiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar 🔰📲San Epid Qoʻmita Chiroqchi tuman boʻlimi axborot  xizmati 📱📱📱Kanalga obuna boʻlish👇 https://t.me/sanepidchiroqchi.

  • 12 июн.15411из toshsanepid

    #ogoh_boʻling ⚡️⚡️KO'CHADAGI ICHIMLIKLAR XAVFLI INFEKSIYALAR MANBAI! Ko‘chada ochiq holda, noma’lum sharoitda tayyorlanib, issiq haroratda saqlanayotgan salqin ichimliklar, ayron va go‘ja mahsulotlarini iste’mol qilish oshqozon-ichak kasalliklari, zaharlanish va hatto infeksiyalar xavfini tug‘diradi. ‼️ Shu turdagi ichimliklar laboratoriya sharoitida tekshirilganda tarkibida ichak tayoqchalari va stafilokokk bakteriyasi ham aniqlangan. 🛑 Ogoh bo‘ling! Faqatgina sanitariya talablariga javob beradigan, qadoqlangan va muzlatkichda saqlangan mahsulotlarni tanlang. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt