Ulugʻbek Saloh she'rlari
СтатистикаMurojaat uchun tel 335051778 Lic: @aUlugbekman She'rlar mualliflik huquqi bilan himoyalangan shoirni ruxsatisiz tegilmasin! Ulugʻbek Salohiddinov rasmiy telegram kanali✔️ https://t.me/aUlugbek
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 88
- 1/48двое суток
- 100
- 1/72трое суток
- 108
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Negadir Rutubatli tunlar otarkan sensiz Hayollar eslatar seni negadir Yurakka armonlar botarkan sensiz Shamollar eslatar seni negadir Endi oʻz-oʻzimni yashayman koyib Umidsiz, dunyoda boʻlib parvoyi Hatto bozorlarda ilingan shoyi Roʻmollar eslatar seni negadir Senmiding?otashlar qa'riga otgan Koʻksimga tikonlar botgani botgan Koʻnglimda haliyam javobsiz yotgan Savollar eslatar seni negadir Kechir borolmayman yoninga qaytib Koʻchangda tentirab yuribman daydib Oʻshal chogʻ behosdan ismingni aytib Ayollar eslatar seni negadir ✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh
Lolalar Yomgʻir kabi yogʻar koʻzdan jolalar Ilk sevgimdan qolgan menga nolalar Dardimlarimni tushinganday bosh egib Yuragimga oʻxshar qizil lolalar Hayolimda bir qiz yashaydi hamon Armon endi uning visoli armon Sahar chogʻi boqqanimda bagʻri qon Yuragimga oʻxshar qizil lolalar Hasratlarim sigʻarmi tor koʻksimga Nafratlarim qadalmoqda boʻgʻzimga Takrorlayman shu gapni oʻz oʻzimga Yuragimga oʻxshar qizil lolalar Dardlarimga sherik osmonlar tinib Shamollarda tebranib goh silkinib U ham yashar orzularga talpinib Yuragimga oʻxshar qizil lolalar Ishqim guldek ochilgandi yoʻllarda Lekin afsus qolib ketdi choʻllarda Soʻnar goho goh ishonchsiz qoʻllarda Yuragimga oʻxshar qizil lolalar ✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh
Premyera Xudo Xohlasa tez kunlarda “Sharobdan Olmaymiz Alam” 🎙️Eldor Usarov ✍️ Ulugʻbek Saloh
Yuragimga yaralar toshdi Koʻngil nega bunchalar xijil Sogʻinch bugun haddidan oshdi Koʻzlarimga qara qip-qizil Qoʻlim titrar nigohlarim jim Boshimda ming turfa hayollar Menga nima boʻldi bilmadim Har daqiqa mudhish savollar Xat yozsammi deyman gohida Sargʻaysachi javoningda u Ketar chogʻi baxt hamrohida Bizni kulib qarshilar qaygʻu Nega seni uchratdi taqdir Nega koʻrdim koʻzlaringni kech Sevmaysanku sen meni baribir Lekin umid uzolmayman hech ✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh
Alaming bormi? Yonib yonib kul boʻldi yurak Anduhlarga qul boʻldi yurak Xazon boʻldi gul boʻldi yurak Yana menda alaming bormi? Soʻzlar qoldi senga aytilmas Yoʻllar koʻpdir ortga qaytilmas Yor holimni bilmasa bilmas Yana menda alaming bormi? Yigʻlamoqlik yaxshi kulguncha Shodligimga sherik boʻlguncha Unutmayman oʻla-oʻlguncha Yana menda alaming bormi? Menga qarab qoshlar qoqasan Soʻnar chogʻim oʻtlar yoqasan Holim koʻrib kulib boqasan Yana menda alaming bormi? Nigohlaring soʻzlaydi har on Oʻksik dilga topilmas darmon Sevib turib boʻlganman yomon Yana menda alaming bormi? Bir gapirsam mingta javob shay Hijronlarda toʻlgʻonib yashay Uyalmasdan aytaver qanday Yana menda alaming bormi? ✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh
Onangni qadri koʻp bilinarkanda Nogahon yurishmay qolganda ishlar Nadomatda bagʻring tilinarkanda Sotar boʻlganida doʻst-u tanishlar Onangni qadri koʻp bilinarkanda Nomardga toʻla bu dunyo bogʻida Aldanib qolarkan inson gohida Boshinga musibat yetgan chogʻida Onangni qadri koʻp bilinarkanda Doʻstdayin koʻrinib kutishar fursat Ishongan mahalda beradilar pand Bittagina shirin soʻzinga xursand Onangni qadri koʻp bilinarkanda Gap soʻzlar quloqni qiladi bezor Xastalik vujuding qilganda bemor Tunlarni boshingda oʻtkizgan bedor Onangni qadri koʻp bilinarkanda Pul bilan oʻlchamas mehrini u zot Doʻstim dardlaringni sugʻurgun-u ot To tirik ekansan ekansan hayot Onangni qadri koʻp bilinarkanda Gohi berk boʻladi biz tanlagan yoʻl Dunyoni ishidan boʻshamaydi qoʻl Ulugʻbek sen doim muruvvatli boʻl Onangni qadri koʻp bilinarkanda ✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh
Jonibek Saydaliyev ijrosida Sevgimni sotganlar 2 varianti chiqdi ✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh
Aytchi? Otang qoʻllarida qadoq koʻrganda Silasa yuzlaring tirnagan payti Onang sochlariga oqlar qoʻnganda Ichingdan nimalar oʻtgandi aytchi? Omading borida maqtashar kulib Begonalar chiqar qarindosh boʻlib Doʻst-u yor ketganda xiyonat qilib Ichingdan nimalar oʻtgandi aytchi? Qozondan suzilsa minnat ila osh Ishongan jigarlar otishsalar tosh Tunlari jimgina toʻkkanda koʻz yosh Ichingdan nimalar oʻtgandi aytchi? Dunyoni bosgudek aytilsa nolang Choy emas zardobga toʻlsa piyolang Koʻzinga tik qarab tursa-yu bolang Ichingdan nimalar oʻtgandi aytchi? Davrada ochilsa yolgʻon suhbatlar Asli suhbat emas quruq gʻiybatlar Orqadan yogʻilsa nogoh tuhmatlar Ichingdan nimalar oʻtgandi aytchi? Bir kuni ketamiz ey doʻst tuproqqa Ajal boʻynimizdan olar sirtmoqqa Ulugʻbek oʻzingni tutma soʻroqqa Ichingdan nimalar oʻtgandi aytchi? ✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh 🎤🎤🎤 Muhammadiev Sayfiddinga qoshiq uchun berildi
Yashagani qoʻymas odamlar ✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh 🎤🎤🎤 Iskandar Shokalonov Bizda premyeralar koʻp, yangi qoʻshiq premyerasi tez kunda Alloh xayrli qilsin...
Sindi demang 🎤🎤🎤 Saidusmon Madaminov ✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh Tez kunda new premyera
Matn muallifi: Ulugʻbek Saloh 🎤🎤🎤 Tohirbek Boboyev
Musofirdamiz ✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh 🎤🎤🎤Tohirbek Boboyev 6-dekabr 17:00 Rizanovada premyera albatta sizlarga yoqadi degan umiddamiz!
Senga yoqmagan Sevib qolishingni garchand istadim Men u boʻlolmadim oʻzing xohlagan Bilaman sen bilan birmas qismatim Bilaman soʻzlarim senga yoqmagan Koʻnglingda kimdir bor kulgan omadi Omadku hech menga kulib boqmagan Nega koʻzlaringdan yoshlar tomadi Bilaman soʻzlarim senga yoqmagan Axir men emasmi koʻchangdan oʻtib Bezovta qilmay deb eshik qoqmagan Shunchalar qoʻydimmi oʻzdan sovutib Bilaman soʻzlarim senga yoqmagan Nima oʻzgarardi ketsam bosh olib Qara qovogʻingdan qor ham yogʻmagan Doim muhabbatdan soʻzlardim yonib Bilaman soʻzlarim senga yoqmagan... ✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh
P ga Endi biz birovmiz bir birimizga Butkul barchasiga nuqta qoʻyilgan Xudo omad bersin baxt bersin sizga Hammasi hazilga shundoq yoʻyilgan Oʻylamang oʻylanmang bari joyida Yaxshiman holimni soʻrmasangiz ham Men oyoq ostida bu dardlar poyida Ezilayapman hatto koʻrmasangiz ham Menku ranjimayman sizdan mutlaqo Xafayam emasman zarracha biroz Keting hech orqaga tashlamang qiyo Baxtli boʻlishga soʻz bering iltimos ✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh
Va'da ber Seni yor demoqqa yetmas jur'atim Soʻngi bor soʻzlagin ozroq dalda ber Agarki yoningda boʻlsa xurmatim Baxtli boʻlaman deb menga vaʼda ber Yoʻllaring kutaman sendan darak yoʻq Senda yurak yoʻqmi menda yurak yoʻq Dunyoda sendayin goʻzal malak yoʻq Baxtli boʻlaman deb menga vaʼda ber Yigʻlamagin yetar koʻz yosh toʻkkaning Armonlar qa'riga tubsiz choʻkkaning Faqat suratlarda boʻlmas kulganing Baxtli boʻlaman deb menga vaʼda ber Koʻngillar muzlagan muzlagan hislar Foydasiz nadomat nada afsuslar Endi muhabbatdan soʻzlamas koʻzlar Baxtli boʻlaman deb menga vaʼda ber Yuragim yur deydi mayxonalarga Nahot aylanganmiz begonalarga Oʻxshab qolibmanku devonalarga Baxtli boʻlaman deb menga vaʼda ber ✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh
Musofirdamiz Choʻntakda borini sarfladik toʻyga Qarz yopib kelay deb musofirdamiz Avvalchi non olib kelgan shu uyga Non topib kelay deb musofirdamiz Qoʻl qadoq yorilgan qora mehnatda Mayli shu yozilgan ekan qismatda Farzandlar ulgʻayib boʻlguncha katta Bir borib kelay deb musofirdamiz Manzilsiz yoʻllarning yoʻqdek adogʻi Taqvimlar almashar kunlar sanogʻi Boʻyinga ilingan roʻzgʻor sirtmogʻi Men gʻolib kelay deb musofirdamiz Qancha dardlar bilan kulamiz goho Ba'zida mazmunsiz tuyular dunyo Mashina degandek qizimga sarpo Toʻy solib kelay deb musofirdamiz Asli havas emas musofir boʻlmoq Mudom oilamizdan xavotirdamiz Oʻzimizdan ziyod oʻzimdan koʻproq Baxt olib kelay deb musofirdamiz ✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh 🎤🎤🎤Ravshan Boboyevga qoʻshiq uchun berildi
Foydam tegmay qolganida ham Goh boʻgʻzimga tiqilar bir soʻz Jism-u jonim tolganida ham Sen yonimda turasanmi doʻst Foydam tegmay qolganida ham Omad ketsa boshimdan uchib Gʻamlar kelsa hasratlar quchib Ketmaymanmi yodingdan oʻchib Foydam tegmay qolganida ham Yuz burganda qarindosh urugʻ Boʻshab qolsa choʻntaklar quruq Koʻrsam edi chehrangni yorugʻ Foydam tegmay qolganida ham Ketar gulgun xushroʻy sanamlar Ortimdan gap quvlar odamlar Hech uyimdan uzma qadamlar Foydam tegmay qolganida ham Indamayman kulsalar xandon Mehr puldan afzal ming chandon Doʻstim meni sotmagin arzon Foydam tegmay qolganida ham Mol dunyoning vafosi yoʻq hech Ulugʻbekning da'vosi yoʻq hech Lekin Onam birdek erta kech Foydam tegmay qolganida ham ✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh 🎤🎤🎤Fayzbek Qosimjonovga qoʻshiq uchun berildi
Men nega nolishim kerak aslida? Muhimi koʻzlarim koʻrib turibdi Muhimi yuragim urib turibdi Ishlarim yurishmay yurib turibdi Men nega nolishim kerak aslida? Onam bor duosi har yerda sherik Otamning davrida yuribman tetik Biri kam dunyodan izlab kamchilik Men nega nolishim kerak aslida? Hozirku ozgina choʻntagimiz boʻsh Kunimiz oʻtyapti yemasakda goʻsht Xudoyim ol qulim deganida xoʻsh Men nega nolishim kerak aslida? Gʻanimlar bisyordir xanjarlari qon Itidan ham battar koʻrishar yomon Mayli oʻz baxtiga boʻlishsin omon Men nega nolishim kerak aslida? Dunyoning ishi koʻp tashvishi talay Amallab yuribmiz yashab har qalay Umrimdan norizo boʻlayin qanday Men nega nolishim kerak aslida? Ulugʻbek sen qoʻrqma itoatda boʻl Nafsinga ergashma ibodatda boʻl Qanoat qilmoqlik Jannat sari yoʻl Men nega nolishim kerak aslida? ✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh
Yodimda qolding 🎤🎤🎤Farrux Saidov ✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh