Qalbim toʼfoni✍🕊🎤🌥
СтатистикаOlgʻa kelajakka ishonch ortga yoʼl yoʼq hali hayot oldinda. Maqsad sari intiling.Shoir bilan ijodiy hamkorlikni bogʻlamoqchi boʻlganlar Murojaat uchun @Shoirakromjonaliqulov. lechkasiga bogʻlanishingiz mumkin.Sheʼrlarni oʻgʻirlash qonunga hilof!!!
- Последний пост
- 29 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 29
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 53
- 1/48двое суток
- 60
- 1/72трое суток
- 65
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
ҲАР ОНА АЛЛАСИН ЎЗ НАВОСИ БОР, ФАРЗАНДИ ҚАЛБИГА ЗИЁСИ БИСЁР. ЎЗОҚ УМР ТИЛАБ ЁЛҒИЗ АЛЛОҲДАН, ҚАЛБДАГИ БОР МЕҲРИН ҚИЛАДИ ИЗҲОР. УМАРИЙ ҲОЖИ ✍ 🌿🌹🦜🌹🌿 @Akromaliijodi
UZULOY XAYDAROVA ✍️ TOSHKENTGA YARASHMAS EMISH ODDIYLAR Umid qilmoqlikdan foyda qolmadi, Meni iltijoyim yetib bormadi, Mehr qo‘ng‘irog‘i menga chalmadi, Toshkentga yarashmas emish oddiylar. Ikki non qo‘limda qoldim chorasiz, Ustozning oldida gerdaydim sassiz, Choy ham ichilmadi eh qoldi afsus, Toshkentga yarashmas emish oddiylar. Ustoz xabari yo‘q edi xolimdan, Metroda ayrildim hamyon borimdan, Bir chaqa chiqmadi sumka yonidan, Toshkentga yarashmas emish oddiylar. Kiyminga boqarlar bohlab o‘lchab, Pulsiz qoldim yig‘lab berishdilar chap, O‘g‘ringni kamaytir ey shahar talab, Toshkentga yarashmas emish oddiylar. Qishloqdan borganlar kir emish sassiq, O‘zlarin atarkan xushbo‘yli tansiq, Yuragimga qarab qadadilar siq, Toshkentga yarashmas emish oddiylar. Men qishloq farzandi, pokdir yuragim, Mehnat-la bezalgan har bir tilagim, Soddalik — faxrimdir, yorug‘ chirog‘im, Toshkentga yarashmas emish oddiylar. Qishloqning nafasi — musaffo havo, Mehnatkash qo‘llarda yashaydi ziyo, Oddiylar aslida ziynatli dunyo, Toshkentga yarashmas emish oddiylar. © Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
АЛЛОҲ УМР БЕРСА БАХТЛИ КУН КЕЛАР, ҚАРТАЙИБ БИР КУНИ ТУШ КАБИ ЎТАР САБРУ БАРДОШ ИЛА БЎЛСАНГ ИЙМОНЛИ, МУРОДУ МАҚСАДИНГ ЧИН ҲОСИЛ БЎЛАР. УМАРИЙ.✍ 🌿🌹🦜🌹🌿 @Akromaliijodi
Haq egamga nima deymiz qiyomatda 🥹 ✍️Akramjon Aliqulov 🎙️ Shahnozabonu 💫 @Akromaliijodi @Akromaliijodi
🙏HAQ EGAMGA NIMA DEYMIZ QIYOMATDA🕊 Hayotimiz oqar misli suvdek tiniq, Sabr qilib Alloh bergan kunga koʻnik. Azob bermang boʻlmasin hech koʻngil siniq, Haq Egamga nima deymiz qiyomatda? Tuhmat toshi malomatlar otyapmiz biz, Choxlar qazib oʻz doʻstimiz sotyapmiz biz. Gunohlarning girdobiga botyapmiz biz, Haq Egamga nima deymiz qiyomatda? Talon taroj qilayapmiz birov molin, Yaqinlarni soʻramaymiz bir bor holin. Kundan kunga yoʻqotyapmiz hayo orin, Haq Egamga nima deymiz qiyomatda? Ibodatni tashlab hovli joylar qurdik, Yetim koʻzin yoshlab boyman debon yurdik. Xayr - exson qilmay yallo davr surdik, Haq Egamga nima deymiz qiyomatda? Yogʻoch otda bir kun yoʻlga tushar ham bor, Tor laxatli qabr uyga tushar ham bor. Doʻzahmi yo jannat sari tushar ham bor, Haq Egamga nima deymiz qiyomatda? Akrom Ali qiyomatdan soʻzlar doim, Qalbi har kun ezgulikni koʻzlar doim. Insonlardan ziyo, mehr izlar doim, Haq Egamga nima deymiz qiyomatda? ✍✍ Akromjon Aliqulov Qashqadaryo viloyati 2024 10 27 🕰11 28 @Akromaliijodi
СЕВИШ,СЕВИЛИШДА БАХТ ГОҲ РОХАТ БОР, БАЪЗИДА КУЛФАТГА ҚИЛАДИ ДУЧОР. ОТАШИ ҚАЛБИНГГА ШУЛА СОЧСА ҲАМ, ФАСЛИ БАҲОР КАБИ ҚИЛАР ИНТИЗОР. УМАРИЙ.✍ 🌿🌹🦜🌹🌿 @Akromaliijodi
UZULOY XAYDAROVA ✍️ EY INSON Soxta shon hech qachon baxtga eltmaydi, Haqiqat oldida bukilur har bosh. Vijdon hukmin aytar oxiri bir kun, Rostlik mangu, yolg‘on bo‘lar fosh. Nomingni ulug‘lar pokiza amal, Soxta shuhrat esa shamolday o‘tar. Xiyonat ekkanning hosili pushmon, Adolat baribir o‘z hukmin aytar. Halol mehnat bilan yuksalgin, inson, Nomusdir insonning eng buyuk toji. Haq yo‘ldan adashma, vijdoning asra, Zahqumga aylanar yolg‘onning oshi. © Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
ТАЪМАДАН ХОЛИНГ ҲЕЧ ЯХШИ БЎЛОЛМАС, ЯРАТГАН ХОЛИНГГА ҲЕЧ ҲАМ АЧИНМАС. ТАЪМАДАН КУЛФАТЛАР ЁҒИЛСА ТИНМАЙ, РЎЗҒОРИНГ БУТ БЎЛМАЙ КОСАНГ ОҚАРМАС. УМАРИЙ ҲОЖИБОБО ✍ 🌿🌹🦜🌹🌿 @Akromaliijodi
Ҳар кунлик умринг билгил ғанимат, Хаётда яшамоқ катта бир давлат. Ўтган ҳар дамингни сарҳисоб айлаб, Умрингни безаб қол кетмасдан фурсат. УМАРИЙ ✍ 🌿🌹🦜🌹🌿 @Akromaliijodi
🌲SEN KEZGAN DALALAR MAHZUN AZIZAM🍂 Xayolim parishon bugun negadir, Anduhdan boshimni quyi egadir. Qalbimga shod emas g‘amlar egadir, Sen kezgan dalalar mahzun azizam. Goho tushlarimga kirasan suzib, Men ila bog‘ - rog‘ni yurasan kezib. Qoshimda sollanib turasan o‘zib, Sen kezgan dalalar mahzun azizam. Qaniydi yonimga qaytsayding yana, Sog‘inchli qo‘shig‘ing aytsayding yana. Eslasam zirqirab og‘riydir tanam, Sen kezgan dalalar mahzun azizam. Hattoki daraxtlar mahzun kuy chalar, Chiroyin yo‘qotgan qalbga o‘y qalar. Shamolga tebranib seskanib qolar, Sen kezgan dalalar mahzun azizam. Azizam kech endi bir bor ko‘rishish, Arazlab yarashib bahslar surishish. Qiyomat qoldimi diydor ko‘rishish? Sen kezgan dalalar mahzun azizam. ✍✍ Akromjon Aliqulov Qashqadaryo viloyati 📝2025 01 20🕰13 : 50 @Akromaliijodi @Akromaliijodi
UZULOY XAYDAROVA ✍️ MEN O‘SHA QO‘SHRABOT QIZI Men o‘sha Qo‘shrabot qizi, Yuragida sevgi jo‘sh urgan. Mehri go‘yo jannat daraxti, Meva emas, vijdon undirgan. Men o‘shaman, haqdan qaytmagan, To‘g‘rilikni qalqon qilganman. Sadoqatni iymon deb bilib, Pok vijdon-la umr surganman. Men o‘zimni elga bag‘ishlab, Yurt dardini dardim qilganman. Vatan degan ulug‘ tuyg‘uni, O‘z qalbimda mangu qurganman. Men o‘sha tog‘ bag‘rin quchgan qiz, Sabrlardan qanot bog‘lagan. Har sinovni kulib qarshilab, Armonlarni bag‘rin dog‘lagan. Yolg‘onlarga egmasman boshim, Rost so‘zimdir yurak nidosi. Nomusimni ko‘zga surtarman, Shudir mening umrim ziyosi. Mehr ulashsam, ko‘nglim boyiydi, Yaxshilikdan toparman kamol. Bir duoning nurli nafasi, Yo‘lim etar hamisha halol. Qo‘shrabotning mard qizlaridan, Bir niholman, ildizim buyuk. El ishonchi — eng ulug‘ davlat, Menga hatto tuprog‘i suyuk. Kim tanisa, so‘zimdan tanir, Ko‘nglimdagi ezgu niyatni. Men yashayman sadoqat bo‘lib, Ulug‘lab sof mehr-u shafqatni. Yurtim desam, jo‘sh urar qonim, Shon-shuhrati mening faxrimdir. Qo‘shrabotdan boshlanib yo‘lim, O‘zbekiston mening taxtimdir. Orzuim ham elga naf bo‘lsin, So‘zim ezgu dillarga yetsin. Yaxshilikning urug‘in sochib, Har bir qalbda umidlar o‘ssin. Men o‘sha Qo‘shrabot qizi, Or-nomusim — eng ulug‘ tojim. Haq yo‘lida sobit qolurman, Vatan bilan barhayot nomim. © Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
ОНАМИЗ БИЗ УЧУН БИР ҚУРҒОН ЭКАН, СЎЗЛАРИ ҚАЛБЛАРГА КЎП ДАРМОН ЭКАН. ОНАНИНГ ҚАДИРИН БИЛИБ ЯШАЙЛИК, ОНАСИЗ ЯШАМОҚ КЎП АРМОН ЭКАН. УМАРИЙ ✍ 🌿🌹🦜🌹🌿 @Akromaliijodi
UZULOY XAYDAROVA ✍️ DARAXTNING TUSHI Tun bag‘rida bir tush ko‘rdim, ey sabo, ayla bayon, Shoxlarimda kuldi bahor, ochdi ming gul, guliston. Barglarimni erkalardi mehr ila tongning yeli, Har yaprog‘im zikr aylar: «Bo‘lmasin hech dil xazon.» Ildizimdan quvvat olib, elga bo‘ldim soyabon, Mevam ila bahra topsin har musofir, har inson. Bulbul aytdi: «Ishqing ila bog‘ erur go‘yo jahon», Men dedim: «Bir kun qurisam, qolsin ezgu bir nishon.» Nogahon bolta ko‘rindi, larzaga tushdi tanim, Lekin umid so‘nmagaydir, yashnar yana bu makon. Mehr qo‘li bir niholni bag‘rim uzra ayladi, Shunda uyg‘ondim tabassum-la, tark etib dildan fig‘on. Ey inson, sen ham bu foniy bog‘ aro bir daraxtsan, Ezgulikdan meva bergil, bo‘lmagin shayton tamon. Uzuloy der: bu tush ichra ming nasihat bor, jahon, Ezgu nom qolg‘ay abad, bo‘lmasin umring ziyon. © Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
Яхшилар табиати гўёки китоб, Баҳра берур қалбга мисоли офтоб. Инсофга келмаган ёмон фарзанддан, Ота-она чекар минг бор изтироб. УМАРИЙ.✍ 🌿🌹🦜🌹🌿 @Akromaliijodi
💦 YETIMNING HAQQIGA KOʻZIN TIKKANLAR 📚 Azaldan yetimning moli buyurmas, Hech kimsa rahmat deb sira suyunmas. Bilginki javobi bordir oʻyinmas, Yetimning haqqiga koʻzin tikkanlar! Mazlumning duosi ijobat boʻlar, Haqqini yeyish ham jinoyat boʻlar. Toʻgʻri yoʻl haqlikka hidoyat boʻlar, Yetimning haqqiga koʻzin tikkanlar! Yetim boshi bilan ne azob koʻrgan, Savobdur bir bora holini soʻrgan. Kun koʻrmas, yetimning haqqidan urgan, Yetimning haqqiga koʻzin tikkanlar! Yetimni hoʻrlatgan azobda yonar, Qalbini choʻllatgan shamdayin soʻnar. Miskinu-yetimlar boriga koʻnar, Yetimning haqqiga koʻzin tikkanlar! Birovga dardlarin yora olmaydi, Oʻzi-la ovvora zor-zor yigʻlaydi. Ayting? yetim dardin kimlar tinglaydi, Yetimning haqqiga koʻzin tikkanlar! Faqat uning ohin tinglar Allohim, Oʻzi qoʻllaguvchi boʻlar panohim. Bahtli hur tonglari otsin ilohim. Yetimning haqqiga koʻzin tikkanlar! 💦YETIMNING HAQQIGA KOʻZIN TIKKANLAR🥀 💦💦💦💦💦💦💦 ✍✍ AKROMJON ALIQULOV QASHQADARYO VILOYATI 2023 11 15
O'qisha giryayman o'qisha. (Abituryentla nlmidan she'r) Sertifikat oldi 13 ming odam, Yurakda qo'ruv bo bosomon qodom. Natija kutib duribdi opom, O'qisha giryayman o'qisha. "Na gap" dab qo'yadi qo'ngshila dinmin, Imtixondan chiqdim savolni bilmin, Bonino o'tgayman indi yiqilmin O'qisha giryayman o'qisha. Asosiyni yopdim C bilan yaxshi, Bilsang sertifikat xayotni naqshi. "Granta giryay " dab kuy choldi baxshi O'qisha giryayman o'qisha . Qorindoshla moxtar quri bolosim "Sertifikat oldi"– dab go'zzi qorosin. Bizadin oddiy xalq nerlara borsin. O'qisha giryayman o'qisha. Yurdim issilodo potqursa getib, Xayajon bosadi ekzomin o'tib. So'vinib o'tirgayman orzuma yetib. O'qisha giryayman o'qisha. Xursandoy oytadi qisinma uka, Ollaha ishonsan bonino tolka Bizaram o'tkanmiz mondatni kuta, O'qisha giryayman o'qisha. O'qisha giryayman o'qisha. ✍ Xursandoy Xayitova @Xursandooy1
UZULOY XAYDAROVA ✍️ SUKUTNING TARJIMAI HOLI Sukut ham so‘zlaydi, tinglay bilsang gar, Yurakning sirlarin anglasang agar. Jimlikning bag‘rida ming doston yotar, Baʼzida bol kabi baʼzida zaxar. Sukutning goh ajib tarjimai holi, Unda yashar hijron, visol, iqboli. Kulgan chehralarning pinhon yoshiday, Yashirin dardlarning bitmas savoli. Ba'zan u sabrning eng oliy tili, Ba'zan armonlarning so‘nmas manzili. Qalblarni kuydirar aytilmagan so‘z, Jimlikdir ayriliq yozgan dalili. Shamollar daraxtga doston aytganda, Bulutlar ko‘k yuzin yoshga to‘ldirar. Sukut bir musavvir — rangsiz suratlar, Yurakni sabrga qayta ko‘ndirar. So‘z aytish osondir, jim turish qiyin, Sukutda pishadi ming saboq, yaqin. Har bir sukut ortin anglay olgan zot, Haqiqat haqqini etgay pok talqin. Sukutning tarjimai holi shudir bas, Unda na yolg‘on bor, na soxta havas. Qalbini pok tutgan inson nigohida, Jimlik ham hikmatdir, anglaganga dars. © Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan. She’rlarimni o‘g‘irlab, o‘z nomidan yozganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, mualliflik huquqim himoya qilinadi, moddiy va ma’naviy tovon puli talab qilinadi.
Ўйлаб сўзла,сўзинг бўлсин ёқимли, Тилингдан бол томсин бўлгин ақлли. Хар сўзинг қалбинга .соз келса сўзла, Барчани лол қилиб бўл ширин сўзли. УМАРИЙ.✍ 🌿🌹🦜🌹🌿 @Akromaliijodi
Ғазабдир ўзинга энг яқин душмон, Барча кулфатларга . қилади нишон. Оқибатин ўйла қилган ишингни, Бир умр ўзинга бўлмасин армон. Умарий.✍ 🌿🌹🦜🌹🌿 @Akromaliijodi
UZULOY XAYDAROVA ✍️ QISHLOQ ZULMATDA QOLMASIN! (Maqola) Bugun elektr energiyasi oddiy qulaylik emas. U — hayot tomiri, taraqqiyot nafasi, xonadonlar farovonligining tayanchidir. Chiroq o‘chganda faqat uy qorong‘ulashmaydi — insonning mehnati, ro‘zg‘ori, orzu-umidlari ham sinovga duch keladi. Bir savol borki, u har bir mas'ul rahbarning vijdonini uyg‘otishi kerak: nega elektr energiyasi uchun haqini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lagan qishloq aholisi uzluksiz elektr ta'minotidan yetarlicha foydalana olmasligi kerak? Fuqaro o‘z majburiyatini bajargan ekan, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot ham o‘z zimmasidagi burchni qonun, adolat va mas'uliyat asosida bajarishi shart. Bugun muzlatkichlarda shunchaki oziq-ovqat emas, oilaning rizqi, mehnat bilan topilgan ne'matlar saqlanmoqda. Go‘sht, sut mahsulotlari, dori-darmonlar, bolalar taomi... Uzoq davom etgan elektr uzilishi tufayli ularning yaroqsiz holga kelishi minglab oilalar uchun moddiy zarar demakdir. Qimmatchilik hukm surayotgan bugungi kunda bunday yo‘qotish oddiy noqulaylik emas, balki mehnatkash insonning cho‘ntagiga urilgan zarbadir. Qishloq ahli bu yurtning nonini yetishtirayotgan, chorvasini boqayotgan, iqtisodiyotiga hissa qo‘shayotgan fidoyi insonlardir. Ularni ikkinchi darajali fuqaro sifatida ko‘rishga hech kimning ma'naviy ham, huquqiy ham haqqi yo‘q. Qonun oldida ham, davlat e'tiborida ham shahar va qishloq aholisi teng bo‘lishi kerak. Albatta, avariya yoki ta'mirlash ishlari sababli elektr uzilishi zarur bo‘lishi mumkin. Ammo bunday holatlarda fuqarolarni oldindan xabardor qilish, uzilish muddatini imkon qadar qisqartirish va muammoni tezkor bartaraf etish — xizmat madaniyatining ajralmas talabidir. Xalqni noaniqlikda qoldirish esa ishonchni yemiradi. Har bir rahbar shuni chuqur anglashi kerak: mansab — imtiyoz emas, xalq oldida qasamyod qilingan mas'uliyatdir. Odamlar hisobotlarga emas, amaldagi adolatga baho beradi. Ishonch balandparvoz so‘zlar bilan emas, amaliy xizmat bilan qozoniladi. Vijdon oldida hech bir lavozim qalqon bo‘la olmaydi. Har bir qaror ortida minglab xonadonlarning taqdiri, bolalarning rizqi, keksalarning salomatligi, mehnatkash insonlarning umidi turibdi. Ana shu mas'uliyatni his qilgan rahbargina xalq hurmatiga sazovor bo‘ladi. Qishloqqa yorug‘lik yetkazish — bu shunchaki sim tortish yoki tok uzatish emas. Bu inson qadriga hurmat, xalq ishonchiga sadoqat va davlat xizmatining asl mazmunidir. Qishloq ravnaq topsa, yurt ravnaq topadi. Qishloq nurli bo‘lsa, Vatan nurli bo‘ladi. Adolatning nuri har bir xonadonga barobar yetsin! Chunki qishloq ham Vatanning yuragi. Yurakni zulmatda qoldirib, taraqqiyot sari dadil odimlab bo‘lmaydi. Bu qishloqni ovozi men xolisona yetkazdim. Tarozi pallasini teng tutish bu qishloq ahlini rozichiliga sabab bo‘ladi. Har bir joyda haqiqat bo‘lsin.