Sulaymon Shomamedov 🇺🇿
СтатистикаQo'shiq uchun buyurtma sherlar. Tabrik uchun va boshqa tadbirlar uchun sherlar. Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin.🚫 📞+998942944850 +998952444850
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 121
- 1/48двое суток
- 138
- 1/72трое суток
- 149
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
YIQILDIM LEK SINMADIM ONA. Gapingizga kirmadim Ona, Qaysarmanda ko‘nmadim Ona. Hayot meni xar kuyga soldi, Yiqildim lek sinmadim Ona. Do‘st deganim sotib ketdilar, Mendan kechib qayga yetdilar, Qadrim chetga otib ketdilar, Yiqildim lek sinmadim Ona. Yurak urib tursa bu tanda, Xizmatingiz qilmayin kanda. Xudo suygan bandasimanda, Yiqildim lek sinmadim Ona. Dunyo ekan asli biri kam, Duo qildim ko‘zlarimda nam. Qo‘llab turar yaratgan egam, Yiqildim lek sinmadim Ona. Hasad qilib yondi qanchasi, Qoqilganda tondi qanchasi. Oyog‘imdan chaldi qanchasi, Yiqildim lek sinmadim Ona. Sulaymonni arzon sotdilar, Yo‘qlab bordim eshik yoptilar. Bosh omonku do‘ppi topilar, Yiqildim lek sinmadim Ona. Muallif: Sulaymon Shomamedov
без подписи
SUYGANIMDAN AYIRDILAR. Burgut edim ko‘kdagi, Qanotimni qayirdilar. Qayerdagi nokastlar, Suyganimdan ayirdilar. Quloq solmay Otasi, Gapga ko‘nmay Onasi. Bir go‘r ekan hammasi, Suyganimdan ayirdilar. G‘anim ustimdan kular, Ichim nafratga to‘lar. Ey Xudodan topgurlar, Suyganimdan ayirdilar. Yor deb qalbim tig‘ladim, Tunlari qon yig‘ladim. Kimlarga bosh egmadim, Suyganimdan ayirdilar. Sevgimni qilib barbod, Boyvachchalar bo‘ldi shod. Puli yo‘q debdilar dod, Suyganimdan ayirdilar. (Muallif ruxsatsiz foydalanmang) Muallif: Sulaymon Shomamedov
O‘ZGA SENDEK BO‘LMAYDI. Go‘zallar dil bersa xam, Yarim ko‘nglim to‘lmaydi. Ishonaver sevgilim, O‘zga sendek bo‘lmaydi. Ko‘z yoshiga botsa xam, Rasmim quchib yotsa xam. Poyimga gul otsa xam, O‘zga sendek bo‘lmaydi. Armonlarim qatma qat, Qolmadi sabr-u toqat. Sen tushungin yor faqat, O‘zga sendek bo‘lmaydi. Yurakga botdi tugun, Ko‘rishaylik yor bugun. Dunyo kezdim sakson kun, O‘zga sendek bo‘lmaydi. Keng jahon ko‘zimga tor, Yiroqlab ketmagin yor. Sulaymon bir senga zor, O‘zga sendek bo‘lmaydi. Armonlarim qatma qat, Qolmadi sabr-u toqat. Sen tushungin yor faqat, O‘zga sendek bo‘lmaydi. Muallif: Sulaymon Shomamedov
Vaqt xam o‘tganini sezmay qolibman, Bir pastda to‘libman yigirma oltiga... 02.08.2000
Qasdi bor. So’z: Sulaymon Shomamedov Music:Shaxrudiy Janoblari.
SHIRINDA. Chaqirganda yonimga, Kelishlaring qiyinda. Menga boqib jilmayib, Kulishlaring shirinda. Qolding yurakdan urib, Ketma yuzlaring burib. Lablaringni yashirib, Kulishlaring shirinda. Men seni ayladim yod, Baht uyim bo‘lsin obod. Sevsam sevay telbadek, Majnun ruhin qilib shod. Bir boqsang dardim ketar, Ko‘nglimdan gardim ketar. Onamga o‘xshab ketar, Kulishlaring shirinda. Qalbni nuqul qiynaymiz, Muhabbatdan kuylaymiz. Kim ko‘p sog‘intirishdan, Kelgin garov o‘ynaymiz. Sen turganda o‘zga yor, Chiroyi bir tiyinda. Ishon yeb qo‘ygim kelar, Kulishlaring shirinda. Muallif: Sulaymon Shomamedov
Vorisjon Azamov-Sovchilar Yuborsam Tegmaganmidiz? So‘z: Sulaymon Shomamedov
Vorisbek Azamov - Sovchilar yuborsam tegmaganmidiz (Premyera 2026) https://youtube.com/watch?v=KQOp4LEVCFQ&si=WA6BdHzBG8nTJpum
Xurshid Qahhorov-Musofir(Klip-2026) Composer: Xurshid Qahhorov Aranjer: Akrombek Nurullayev Sher Muallifi: Sulaymon Shomamedov
Xurshidbek Qahhorov-musofirda (Премьера клипа, 2026) https://youtube.com/watch?v=6W7cv9HxMXU&si=TQIMF18t923C0J3i
Xurshid Qaxxorov-Musofirda. (Klip primyerasi) Shoir: Sulaymon Shomamedov
Qoʻshiq muallifi:Vorisbek Azamov Matin muallifi: Sulaymon Shomamedov Sovchilar yuborsam tegmaganmidiz Premyera
O‘YNASHMANGLAR. Ko‘rib qolsangiz yo‘llarda, Qo‘l uchida so‘rashmanglar. Yosh jonizga qilib jabr, Sevgi bilan o‘ynashmanglar. Nonni katta tishlangu lek, Gapni katta gapirmanglar. Qolmang oxir boshiz egib, Sevgi bilan o‘ynashmanglar. Odamato so‘qqabosh deb, Olloh juftin yaratgandir. O‘yin bilmang muhabbatni, Chidaganga chiqargandir. Osilibsiz baland dorga, Yetar ortiq bo‘ylashmanglar. Suykalibsiz suymaganga, Sevgi bilan o‘ynashmanglar. Taqdir bergan zarbasidan, Qotib ketdi ne diydalar. Safsatadir bari ertak, Romeo va Julyettalar. Oshiqlarning ko‘zlarida nam, Yuk bosarkan xatto dard alam. Ado qilgan Sulaymonni xam, Sevgi bilan o‘ynashmanglar. Muallif: Sulaymon Shomamedov
Shaxrudiy Janoblari-O‘ylama Shoir: Sulaymon Shomamedov 5000000tomosha.
ONAM O‘YNASIN ONAM. Bugun bahtli kunimda, Nurga to‘lar ko‘ngil xonam. Chaling do‘stlar sozingiz, Onam o‘ynasin Onam. Tunni kunga ulashgan, Menga bahtlar tilashgan. Ro‘mollari yarashgan, Onam o‘ynasin Onam. Jannat yotar poyida, G‘animat xar onida. Tog‘dek Otam yonida, Onam o‘ynasin Onam. Shod-u hurramdir barcha, Do‘st-u yor to‘ldi ancha. Bu kunni kutgan qancha, Onam o‘ynasin Onam. Baxtimga borsiz hamon, Boshingiz bo‘lsin omon. Duosin ol Sulaymon, Onam o‘ynasin Onam. (Muallif ruxsatisiz foydalanmang!!!) Muallif: Sulaymon Shomamedov
XABARING YO‘Q. Poyingda xorman, Nazaring yo‘q. Ortingdan zorman, Xabaring yo‘q. O‘zgadan tondim, Senga ishondim. Ishqingda yondim, Xabaring yo‘q. Kim bor ko‘nglingda, Zorman yo‘lingda. O‘ldim ishqingda, Xabaring yo‘q. Oydayin to‘lding, Qalbimni tilding. Yurakdan urding, Xabaring yo‘q. Qon bo‘ldi yurak, Ortingdan halak. Parvoying fakak, Xabaring yo‘q. Sevmading sanam, Qiynar dard alam. Jon uzulsa xam, Xabaring yo‘q. (Muallif ruxsatsiz foydalanmang!!!) Muallif: Sulaymon Shomamedov
KO‘RARMIKINMAN. Ko‘zinga termulib to‘yarmikinman, Ishqing otashida kuyarmikinman. Sen ketding o‘zgani suygani bo‘lib, Seni yana qaytib ko‘rarmikinman. Qo‘llarim uzatdim yetmadi oyga, Otang bahting o‘ylab uzatdi boyga. Nogoh borib qolsam sen tushgan joyga, Seni yana qaytib ko‘rarmikinman. Faqat o‘zing eding ko‘zimning nuri, Senla ayro endi sevgimning yo‘li. Qanday bola edim yigitning guli, Seni yana qaytib ko‘rarmikinman. Yuzim bossam deyman yuzlaringa man, Quloq solsam deyman so‘zlaringa man. Jonim bersam deyman ko‘zlaringa man, Seni yana qaytib ko‘rarmikinman. Ichimni g‘amlarga to‘ldirmasimdan, Murg‘ak shu yurakni kuydirmasimdan. Bir kun omonatim topshirmasimdan, Seni yana qaytib ko‘rarmikinman. Sen juda yaxshisan men yomon edim, Dardlaring kuylagan xushzabon edim. Sen Hurram Sultonim. Sulaymon edim, Seni yana qaytib ko‘rarmikinman. (Muallif huquqi himoyalangan shoir ruhsatisiz foydalanmang!!!) Muallif: Sulaymon Shomamedov
без подписи
Assalomu alaykum Qadrdonlarim shu shoirni kim tanidi taniganlar menga aloqaga chiqinglar sherlarimni o‘g‘rlab mualliflik huquqini buzayapti.