She'rlar
СтатистикаAssalomu alaykum Shoirlar Shoiralar Ijodkorlar Tinglovchilar Ekspertlar Xush kelibsizlar Tavsiya etamiz 👇👇 t.me/tugulgankuntabriklari12
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 23
- 1/48двое суток
- 26
- 1/72трое суток
- 28
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
ҚАЙТМАЙМИЗ... Кӯришиб қолганда бир куни Ҳаяжон босганча титраймиз Ёшликни эслаймиз кулганча Афсус биз орқага қайтмаймиз Бахорнинг қайтиши аниқроқ Бирор хил янги сӯз айтмаймиз Ушалмас биз қилган орзулар Энди биз орқага қайтмаймиз Рост экан вақнинг ҳам чопиши Биз энди ташвишдан ортмаймиз Мухаббат эшигин ёпганча Энди биз орқага қайтмаймиз Солганча тақдир ӯз йӯлига Гоҳида ӯксиниб яшашмиз Иккимиз икки хил томонга Дард билан қадамлар ташлаймиз Юракдан ӯчганча исминг ҳам Балки мен қирқ ёшга тӯларман Ёкида қирқ ёшга етмасдан Ӯттиз беш ёшимда ӯларман Шу бӯлса қисматнинг ёзгани Уни ҳеч ӯчириб бӯлмайди Ӯлишим мумкиндир эртароқ Лек менинг шеърлари ӯлмайди ДОНИЁР НАЗАРОВ✍
Baland emas uyimiz, Ko'kka yetmas buyimiz. Sal ixchamroq tuyimiz, Olloh bergin chin sabr, Bizning ham kelar davr. Mehnat qilib baxt topib, Halol ishlab naqd topib. Namozga ham vaqt topib, Olloh bergin chin sabr, Bizning ham kelar davr. Mag'rur boshim tik tutib, Omad qushim jim kutib. Aql bilan ish yuritib, Olloh bergin chin sabr, Bizning ham kelar davr. Hasad qilmay boyga ham, Uchqur saman toyga ham. Chiqarmiz deb oyga ham, Olloh bergin chin sabr, Bizning ham kelar davr. Xoxish istak qo'limda, Goh g'animlar yo'limda. Eng porlagan kunimda, Olloh bergin chin sabr, Bizning ham kelar davr. Kecha kunduz gap sotmay, Uyda bekor ham yotmay. Sahar turib tong otmay, Olloh bergin chin sabr, Bizning ham kelar davr. Yigit boshing omon deb, Ranging biroz somon deb. Shu kunlarni ko'rgin deb, Bergan Olloh chin sabr, Bizning ham kelar davr. Boymirzayev Eshmamat ✿❀┄┅┅✿❀✿┅┅┄❀✿ t.me/SHERLAR_MASKANI ✿❀┄┅┅✿❀✿┅┅┄❀✿ Tavsiya qilamiz👉Tabriklar kanali 🎁 ┄┅┅•🎂•═•⊰🎁⊱•═•🎂•┅┅┄ t.me/tugulgankuntabriklari12 ┄┅┅•🎂•═•⊰🎁⊱•═•🎂•┅┅┄ Sevimli va mehrli kanal 🫶
https://youtu.be/Nhsa1e6z3A8?si=auhL6WQNMXiu6SAB
Sochlaringiz tolasini o'ray dedim, Davringizda davronimni so'ray dedim. Yoningizda madad bo'lib turay dedim, Mehringizdan yaralganman jonajonim, Mening uchun kulib yashang Onajonim. Bemor bo'lsam bolam deya kuyingansiz, Omad quchsam mendan ortiq suyingansiz. Yaxshi yomon kunimda ham ko'rganimsiz, Mehringizdan yaralganman jonajonim, Mening uchun kulib yashang Onajonim. Xaqiqatni yuragimga ekandingiz, Tuylarimga bor yug'ingiz yiqqandingiz. Meni shunday dono qilib to'qqandingiz, Mehringizdan yaralganman jonajonim, Mening uchun kulib yashang Onajonim. Yetmishda ham yonimdagi tog'im bo'ling, Ayoz qishda gullab turgan bog'im bo'ling. Hayotimda do'st-sirdosh o'rtogim bo'ling, Mehringizdan yaralganman jonajonim, Mening uchun kulib yashang Onajonim. Yuragimni shodliklarga to'ldirgansiz, G'amlarimni kulib-kulib o'ldirgansiz. Shuhratimni bor olamga bildirgansiz, Mehringizdan yaralganman jonajonim, Mening uchun kulib yashang Onajonim. Baymirzayev Eshmamat ✿❀┄┅┅✿❀✿┅┅┄❀✿ t.me/SHERLAR_MASKANI ✿❀┄┅┅✿❀✿┅┅┄❀✿ Tavsiya qilamiz👉Tabriklar kanali 🎁 ┄┅┅•🎂•═•⊰🎁⊱•═•🎂•┅┅┄ t.me/tugulgankuntabriklari12 ┄┅┅•🎂•═•⊰🎁⊱•═•🎂•┅┅┄ Sevimli va mehrli kanal 🫶
Oʻtxoʻr sherlarim tishi oʻtmas Yomgʻir yogʻganda boʻlgan loylarim Sanoqli asli ozgincha koʻpmas Oʻzicha osmon yangi boylarim Soʻngi vairiant oxirgi ulov Kibr qulida mensimas birov Arslon, mustaqil qilolmaydi ov Oʻzicha osmon yangi boylarim Bekda u davra toʻrin talashar Zoʻri kelsa gar poyin yalashar Sunnatga qoʻl uchida qarashar Oʻzicha osmon yangi boylarim Oʻtmas tigʻlarni tillarin tilgan Oʻzini yana Firavin bilgan Hotin tomoni ular boy qilgan Oʻzicha osmon yangi boylarim Sindirar qadrin qarichlar qarchin Shayton ulfati niyyat Oybarchin Sizlarga yolgʻon Umidgaku chin Oʻzicha osmon yangi boylarim Soʻzlaydi dunyo oʻtkinchi roʻyo Otasi polon oʻtganda goʻyo Farishta huddi yana avliyo Oʻzicha osmon yangi boylarim 13.06.2026.✍Umid Mahzum
Dunyodagi mehri go'zal bog'im bo'ling, Yaxshi yomon kunimdagi tog'im bo'ling. So'zi shirin qalbi otash chog'im bo'ling, Omon bo'ling singillarim omon bo'ling. Qondoshlikni qonimizga singdirgansiz, Boshimdagi balolarni tindirgansiz. Jigarlarni murosaga keltirgansiz, Omon bo'ling singillarim omon bo'ling. Tuy-hashamda davra olib quchganimsiz, Oqqush kabi samolarda uchganimsiz. Asrab yurgan tanimdagi jon tanimsiz, Omon bo'ling singillarim omon bo'ling. Duoyingiz yo'llarimni yoritgandir, G'amlarimni dildan quvib aritgandir. Sizni menga singil qilib bergan taqdir, Omon bo'ling singillarim omon bo'ling. Gar sog'insam su'ratingiz quchib yotay, Ko'nglingizdan alamlarni yulib otay. Boringizda mehringizdan tuyib totay, Omon bo'ling singillarim omon bo'ling. Boymirzayev Eshmamat ✿❀┄┅┅✿❀✿┅┅┄❀✿ t.me/SHERLAR_MASKANI ✿❀┄┅┅✿❀✿┅┅┄❀✿ Tavsiya qilamiz👉Tabriklar kanali 🎁 ┄┅┅•🎂•═•⊰🎁⊱•═•🎂•┅┅┄ t.me/tugulgankuntabriklari12 ┄┅┅•🎂•═•⊰🎁⊱•═•🎂•┅┅┄ Sevimli va mehrli kanal 🫶
Asiri boʻldim bolmidi soʻzing Yo menga aytar bormidi soʻzing Taqdir oʻzgaga boqmoqda koʻzing Boʻrinomsan sen hayolim buzgan Qandoq toʻzonlar koʻrgandim qara Senmi u asli bitmagan yara Manzil nomalum boʻlganim marra Boʻrinomsan sen hayolim buzgan Taqdiri aniq boʻlganim gulim Afsuski sendan ayrodur yoʻlim Kechir qoʻlingni tutolmas qoʻlim Boʻrinomsan sen hayolim buzgan Sinovli dunyo imtihonim sen Ishq qastin olgan intiqonim sen Soʻngra baxt tilar boʻlganingman men Boʻronimsan sen hayolim buzgan Hamon hayo bor ikkimiz aro Sevgi armonni qildi yoʻbaro Kechirgin meni koʻzlari qaro Boʻrinimsan sen hayolim buzgan Gulyuzim senga kulgu yarashar Boylarga hamon baxtlar qarashar Umid ishqiga armon qalashar Boʻronimsan sen hayolim buzgan Ne oʻzgardi ayt yolgʻiz men sevdim Hatto hayolan gʻamingni yevdim Ertadan gunoh oʻylashim devdim Boʻronim mening hayolim buzgan 11.06.2026.✍ Umid Mahzum
✿❀┄┅┅✿❀✿┅┅┄❀✿ t.me/SHERLAR_MASKANI ✿❀┄┅┅✿❀✿┅┅┄❀✿ Tavsiya qilamiz👉Tabriklar kanali 🎁 ┄┅┅•🎂•═•⊰🎁⊱•═•🎂•┅┅┄ t.me/tugulgankuntabriklari12 ┄┅┅•🎂•═•⊰🎁⊱•═•🎂•┅┅┄ Sevimli va mehrli kanal 🫶
https://youtu.be/4bPK4KM0qBg?si=OEgBUcp56aAheUhO
Oq qora su'ratlar xonamda jamdir, Yoshlikni sog'inib ko'zlarim namdir. Qo'limga berganing siyoh qalamdir, Ketmasdan kelaqol bolalik davrim. Kukruslar olardik arzimas pulga, Ehtiyoj sezmasdik yo sun'iy gulga. Sho'xliklar sig'ardi oqshom ko'ngilga, Ketmasdan kelaqol bolalik davrim. G'am tashvish bo'lmasdi dilimda sira, Moy chiroq yonardi miltilab xira. Sevgimni rad etgan qo'shni Nodira, Ketmasdan kelaqol bolalik davrim. Qorburon o'ynardik qahraton qishda, Mehnatdan qochmasdik xech biron ishda. Yozda ham yurardik yirtiq kovushda, Ketmasdan kelaqol bolalik davrim. Etakka to'ldirib dovchalar solgan, Vecherda yer tepib muzqaymoq olgan. Unutilmas tush kabi yodimda qolgan, Ketmasdan kelaqol bolalik davrim. Yog'ochdan ot qilib chopganlarim bor, Do'stlarni saralab topganlarim bor. Beg'ubor damlarni qumsadim takror, Ketmasdan kelaqol bolalik davrim. Boymirzayev Eshmamat ✿❀┄┅┅✿❀✿┅┅┄❀✿ t.me/SHERLAR_MASKANI ✿❀┄┅┅✿❀✿┅┅┄❀✿ Tavsiya qilamiz👉Tabriklar kanali 🎁 ┄┅┅•🎂•═•⊰🎁⊱•═•🎂•┅┅┄ t.me/tugulgankuntabriklari12 ┄┅┅•🎂•═•⊰🎁⊱•═•🎂•┅┅┄ Sevimli va mehrli kanal 🫶
https://youtu.be/X1voRzFofqw?si=DiZ3fnm4CCsf0v5e
Йўлимни пойлайди бир тўда шоқол, Бир ўзим курашиб чарчадим Ота. Қўлида тасбеҳдир кўрк учун соқол, Пулимга шериклар кўпайди Она. Оғиздан бол томар ёнимда бироқ, Мақтайди қайсидир қўшнимиз яна. Сўзидан лабларим титрайди шу чоқ, Пулимга шериклар кўпайди Она. Ишларим беш бўлди пичоғим мойда, Хурматим баландир ҳар кўрган жойда. Яшаш учун кураш бўлдимми қоида, Пулимга шериклар кўпайди Она. Нафратин сочсинлар индаманг майли, Дастурхон бошида қарғаманг яна, Енгилсан душманга орим туфайли, Пулимга шериклар кўпайди Она. Сиримни сотсалар олтин-у зарга, Хавотир олишга ҳожат йўқ аммо. Қарғанинг кўзини чуқимас қарға, Пулимга шериклар кўпайди Она. Шоқоллар кўпайди ўлжа талашиб, Ёнимда юришди ёғим ялашиб. Қанчаси ётибди гўрда қалашиб, Пулимга шериклар кўпайди Она. Давлатим борини шилмоқчи Она, Бойлигим нелигин билмоқчи Она. Барига қўлимни силтадим қуйдим, Пулимга шериклар дастидан куйдим. Боймирзаев Эшмамат ✿❀┄┅┅✿❀✿┅┅┄❀✿ t.me/SHERLAR_MASKANI ✿❀┄┅┅✿❀✿┅┅┄❀✿ Tavsiya qilamiz👉Tabriklar kanali 🎁 ┄┅┅•🎂•═•⊰🎁⊱•═•🎂•┅┅┄ t.me/tugulgankuntabriklari12 ┄┅┅•🎂•═•⊰🎁⊱•═•🎂•┅┅┄ Sevimli va mehrli kanal 🫶
Яхшилар кӯп ёнимда бӯлсин Яхшилардан этмагин жудо Ёмонлардан узоқроқ тутиб Паноҳингда асрагин Худо Дӯстлар қолсин ёнимда содиқ Бор йӯғимда қабул қилгани Бахт бӯлмайди булардан ортиқ Келмаса бас бағрим тилгани Ёрим бӯлсин вафода тенгсиз Юрагида мен бӯлай танҳо Кӯйлаклари бӯлмасин енгсиз Бизнинг севги бӯлсин бебаҳо ДОНИЁР НАЗАРОВ✍
https://youtu.be/jTLYDL6XDF8?si=Xf6f3U1uGcNn9NwF
Biz yangilik qilishdan to'xtamaymiz. 5-avgust soat 16:00 da premyera Shaxzoda Mustafakulova ijrosida"Anorang" nomli qo'shig'i. Musiqa muallifi :Ma'no guruhi She'r muallifi :Ilhomxon Rashidxonov Musiqiy sayqal : Ma'no guruhi Instagram: @mustafakulova_shaxzoda Honanda ma'muri: +998 94 926-01-01
Омад кетса йўқламайди таниш кишим, Пул бўлмаса хеч битмади бирор ишим. Ғийбат қилиб санайверар ҳар қилмишим, Қадри арзон нархи арзон дўстларим бор, Сизга айтар дилдан менинг сўзларим бор. Бемор бўлсам хол сўрашмас телефонда, Бундай дўстлар керак эмас бу жаҳонда. Сирим билса пулга сотар турт томонда, Қадри арзон нархи арзон дўстларим бор, Сизга айтар дилдан менинг сўзларим бор. Карвон бўлсам карвонимни синдиришган, Ҳийласига мен соддани кўндиришган. Бу бошимга минг кулфатни қўндиришган, Қадри арзон нархи арзон дўстларим бор, Сизга айтар дилдан менинг сўзларим бор. Сарҳуш қилиб сирларимни билишган ҳам, Юрагимни ханжар билан тилишган ҳам. Кўриб қолса устимиздан кулишган ҳам, Қадри арзон нархи арзон дўстларим бор, Сизга айтар дилдан менинг сўзларим бор. Тобланарман синовларда қаддим эгиб, Гап сўзлари кетса ҳам-ке жонга тегиб. Ҳаммасини дастурхонга тўплаб йиғиб, Қадри арзон нархи арзон дўстларим бор, Сизга айтар дилдан менинг сўзларим бор. Боймирзаев Эшмамат. ✿❀┄┅┅✿❀✿┅┅┄❀✿ t.me/SHERLAR_MASKANI ✿❀┄┅┅✿❀✿┅┅┄❀✿ Tavsiya qilamiz👉Tabriklar kanali 🎁 ┄┅┅•🎂•═•⊰🎁⊱•═•🎂•┅┅┄ t.me/tugulgankuntabriklari12 ┄┅┅•🎂•═•⊰🎁⊱•═•🎂•┅┅┄ Sevimli va mehrli kanal 🫶
https://youtu.be/PjNvO-KKE1g?si=lVD7eGjmQMhA1k7S