REGBOOKS
СтатистикаREGBOOKS nashriyoti tomonidan yaratilgan maxsus abituriyentlar kutubxonasi! Eng yangi nashrdagi, zamonaviy yo‘nalish hamda davr talabiga mos adabiyotlar bilan tanishtirib boramiz! Kitoblar ro‘yxati: 👉 t.me/ABTbooks/1743 @ABTbooks_uz yoki (93)008-27-00
- Последний пост
- 08:37
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 17
- Всего постов
- 40
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 260
- 1/48двое суток
- 1 443
- 1/72трое суток
- 1 557
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Rasmga diqqat bilan qarang.👀 Ota-ona hech qachon o'ziga yangi narsa olishni birinchi o'ringa qo'ymaydi. Ularning cho'ntagida pul bo'lsa ham, birinchi o'ylagani — farzandi. O'zlari eski poyabzalda yurishsa ham, lekin farzandlari yangisida yurishini xohlashadi. Bu — hech kim aytmaydigan, lekin har kuni ko'rinib turadigan sevgi. Hech bir ota-ona farzandiga "mendan yomonroq yasha" demaydi. Aksincha — har biri, hatto eng og'ir kunlarida ham, ichida bitta orzu bilan yashaydi: "Farzandim mendan zo'r bo'lsin. Farzandim mendan yaxshiroq yashasin." Bu — hech qachon "qaytarib bo'lmas" qarz. Chunki ota-ona bu qarzni sizdan qaytarishingizni kutmaydi ham — ular faqat sizning baxtli, to'q, yaxshi yashashingizni ko'rishni xohlashadi. Shuning uchun — bugun ota-onangizga qo'ng'iroq qiling. Ularning qo'lini o'ping. Ularga "rahmat" deng. — To'lab bo'lmas qarzlar bor... Regbooks - yuksak marralar sari! Bizga murojaat qilish uchun: 📞+998930082700 | 🌐 Telegram 📞+998881372700 | 🌐 Telegram
☄️Rus tili o'rganuvchilari uchun eng qiyin mavzu - bu fe'llar. Siz ham fe'llarni qachon, qaysi shaklini ishlatishga qiynalyapsizm? Unda ushbu kitob aynan siz uchun! Глагольник kitobida 202 ta eng ko'p ishlatiladigan ruscha fe'llar: ✅ ikki xil shakli (нсв-св) ✅ tarjimasi, ✅ tuslanishi va ✅ misollari bilan tushuntirilgan! 🔖Kitobdagi QR kod orqali telegram kanalga ulanib, fe'llarning audiosini eshitishingiz va quiz testlar orqali bilimingizni mustahkamlashingiz mumkin. Endi rus tilida tog'ri gapirish uchun yillar kerak emas! ➡️Kitobdan namuma ko'rish 📚 Kitob 206 bet, rangli, yumshoq muqovali. Batafsil ma‘lumot uchun: 📱 +998930082700 💎 Telegram orqali
REGBOOKS pinned «🎓 MANDAT NATIJALARI E’LON QILINDI! Bir yil davomida kutgan kuningiz ham yetib keldi… Kimdir bugun talaba bo‘ldi — tabriklaymiz! 🥳 Kimdir esa bu yilgi natijasi bilan ko‘nglidagidek natijaga erisha olmadi. Lekin bitta narsani unutmang: mandat — bu hayotingizdagi…»
🎓 MANDAT NATIJALARI E’LON QILINDI! Bir yil davomida kutgan kuningiz ham yetib keldi… Kimdir bugun talaba bo‘ldi — tabriklaymiz! 🥳 Kimdir esa bu yilgi natijasi bilan ko‘nglidagidek natijaga erisha olmadi. Lekin bitta narsani unutmang: mandat — bu hayotingizdagi yakuniy hukm emas. Bu shunchaki keyingi qadamingizni belgilab beradigan natija. Talaba bo‘lganlarga — yangi bosqichda omad! 📚 Bu yil o‘qishga kira olmaganlarga esa — keyingi imkoniyat uchun kuchli tayyorgarlikni bugundan boshlashni tavsiya qilamiz. 💪 Regbooks - yuksak marralar sari!
📣MANDAT BALLARINI KUTAYOTGANLAR BORMI? 👀 Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, mandat natijalari ertaga e’lon qilinishi kutilmoqda! 🎓 Ushbu ma’lumotni shaxsan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov ham ta’kidladilar🗣️ Regbooks jamoasi barcha bo‘lajak studentlarga omad tilaydi! Nasib qilsa, barchangizni talabalik baxti kutib tursin! 🎉📚 ✅Ushbu postni DTMga topshirgan do‘stlaringizga yuborib qo’ying va bizni ijtimoiy tarmoqlarda obuna bo’lib kuzatib boring! 🔔 📹Youtube 🗳Facebook 😁Telegram 📷Instagram
🔥HOZIR NASHRDAN CHIQDI Sizga yangi matematika masalalar to’plamini taqdim qilamiz, bu to’plam o’quvchilarni juda mukammal bilim olishga xizmat qiladi. Ushbu kitob matematikani noldan boshlab sertifikat olmoqchi, hamda tuman, shahar va viloyat olimpiadalariga tayyorlanayotganlar uchun darajaga moslab tuzilgan. Mazkur kitob 4 darajaga bo’lingan: A - darajada - maktab darsliklari asosida yigilgan misol va masalalar B - darajada - DTM da tushgan va tushish ehtimoli yuqori bo'lgan misollar C - darajada milliy setifikat va olimpiada masalalari va misollari D - darajada esa, hamma darajani takrorlash uchun masalalar va misollar jamlangan. Bu kitob 10 yillik tajribaga ega ustozlar tomonidan tuzib chiqilgan masalalar to’plami. Kitobdan namuna ko'rish Bizga murojaat qilish uchun: 📞+998930082700 | 🌐 Telegram 📞+998881372700 | 🌐 Telegram
без подписи
❌ Biologiyadan hamma darsliklarni yodlab ham milliy sertifikatdan yiqilish mumkinmi? Afsuski, ha! Chunki BMBA (DTM) imtihonida shunchaki quruq ma’lumot emas, mantiq, PISA standartidagi murakkab sxemalar va kutilmagan masalalar tushadi. Xo‘sh, imtihon bloklarini oldindan aniq bilish va 100% lik natijaga tayyorlanishning siri nimada? Yechim — "Regbooks" nashriyotidan Oybek Payziyev va San'atjon Jumayev muallifligidagi yangi "BIOLOGIYA — MILLIY SERTIFIKAT" kitobida! Kitobda: 🔹 1-32 savollar: Standart testlar (A, B, C, D); 🔹 33-35 savollar: Kengaytirilgan tanlovli qiyin testlar (A dan G gacha); 🔹 36-40 savollar: Variantlarsiz, qisqa javobli masalalar; 🔹 41-43 savollar: Maksimal ball beruvchi, ochiq yozma ish topshiriqlari. Bu shunchaki kitob emas, imtihonning 100% lik "trenajyori". Kitobdan namuna ko'rish Bizga murojaat qilish uchun: 📞+998930082700 | 🌐 Telegram 📞+998881372700 | 🌐 Telegram 🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 📹Youtube 🗳Facebook 😁Telegram 📷Instagram
без подписи
Diplomi bor odam o’qimagan odamdan ko’proq daromad topadi. AQSh Mehnat byurosi ma’lumotlariga qaraganda bakalavr darajasiga ega mutaxassislar faqat maktab diplomiga ega bo'lganlarga qaraganda haftasiga ~66% ko'proq daromad olar ekan. Bu yiliga taxminan $32,000 farq degani. Ya’ni diplom mavjudligining o'zi daromadni 50% oshiradi. Bundan tashqari bakalavr yoki undan yuqori darajaga ega bo'lganlar orasida ishsizlik 1.2% – 2.5% oralig'ida bo'lsa, diplomsizlar orasida bu ko'rsatkich 6.2%’ga yetadi. Iqtisodiy inqirozlar paytida ham oliy ma’lumotli insonlar faoliyat yuritadigan sohalar inqirozga chidamli bo’lgani uchun ular ishini kam yo’qotadi. To’g’ri hozirgi zamonaviy dunyoda diplomning o’zi muvaffaqiyatni kafolatlamaydi, lekin “diplom shart emas" degani "bilim va ko'nikma shart emas" degani emas. Uning ustiga universitet faqat diplom bermaydi. U yerda mantiqiy fikrlash, muammolarni yechish, ilmiy tahlil va jamiyatda insonlar bilan qanday muloqot qilish ko’nikmalari ham o’rgatiladi. Shunday ekan "universitet bu 4 yil umringni yoqotish" degan gaplarga quloq solmang va Regbooks kitoblari bilan universitetga kirishni osonlashtiring! Regbooks - yuksak marralar sari 🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 📹Youtube 🗳Facebook 😁Telegram 📷Instagram
AI "tuppoylik" qilyaptimi? Yechim: o'zingiz o'ylashni boshlang! 🤖🧠 Bugun deyarli hamma sohada sun'iy intellektdan foydalanilmoqda — talaba ham, dasturchi ham, marketolog ham. Lekin bir savol tug'iladi: AI bizni aqlliroq qilyaptimi yoki tanbal fikrlovchiga aylantiryaptimi? Haqiqat shundaki — AI o'zi yaxshi ham, yomon ham emas, muammo undan qanday foydalanishimizda. 📌 Ba'zilar uni vosita sifatida ishlatadi — savol beradi, javobni tahlil qiladi, o'z fikri bilan solishtiradi, keyin yakuniy qarorni o'zi qabul qiladi. 📌 Ba'zilar esa uni "o'ylovchi" deb qabul qiladi — biror narsani o'zi mulohaza qilmasdan, to'g'ridan-to'g'ri AI javobini ko'chirib qo'yaveradi. Va aynan shu ikkinchi yondashuv xavfli — chunki miya, mushak kabi, ishlatilmasa, susayadi. Fikrlash, tahlil qilish, muammoni bo'laklarga bo'lish ko'nikmasi — mashq qilinmasa yo'qoladi. Siz sun'iy intelektdan qanday foydalanasiz? Regbooks - yuksak marralar sari. 🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 📹Youtube 🗳Facebook 😁Telegram 📷Instagram
#treyler 📢Avgust oyida tayyor bo’ladigan kitobimiz haqida qisqacha ustoz Muhammad Haydarov aytib o’tdilar Regbooks - yuksak marralar sari! 🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 📹Youtube 🗳Facebook 😁Telegram 📷Instagram
⚡️ Milliy sertifikatga 'TEKIN'ga tayyorlaning. 🚀 Registon o'quv markazi ona tilidan milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanayotganlar uchun naqd 1.000'ta GRANT ajratdi. Shu grantlardan biri sizniki bo'lishi mumkin. Hoziroq pastdagi tugmani bosing va o'z joyingizni band qiling: 🔗 GRANTni qo'lga kiritish 🔗 GRANTni qo'lga kiritish 🔗 GRANTni qo'lga kiritish +998907992700 @registan_sergeli
Fizikadan 6600+ test endi bitta toʻplamda. Abituriyent va repetitorlar uchun mukammal yechim 👇 Nega aynan shu toʻplam? ✅6600 dan ortiq test — mavzu boʻyicha tartiblangan ✅Murakkablik darajasiga koʻra 3 bosqichga ajratilgan — qayerdan boshlashni bilmay qolmaysiz ✅Elementar fizika kursi toʻliq optimallashtirilgan. 📖 Kitobdan namuna koʻrish Regbooks - yuksak marralar sari! Murojaat uchun: 📞 +998930082700 |🕊 Telegram 📞 +998974042700 |🕊 Telegram 🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 📹Youtube 🗳Facebook 😁Telegram 📷Instagram
📓 Nega faqat tinglagan oʻquvchi tez unutadi? Sabab oddiy: tinglash — passiv jarayon. Miya maʼlumotni "eshitadi", lekin uni qayta ishlamaydi. Qoʻlga qalam olib yozganda esa vaziyat oʻzgaradi, ya'ni siz yozayotganda har bir fikr bilan tanishasiz, uni qisqartirishingiz va oʻz soʻzlaringiz bilan ifodalashingiz mumkin. Aynan shu jarayon — tanlash va qayta ifodalash — miyada maʼlumotni chuqurroq "joylashtiradi". Tadqiqotlar ham buni tasdiqlaydi: konspekt yozib, keyin qayta koʻrib chiqqan oʻquvchilar eng koʻp eslab qolishgan, faqat tinglaganlar esa tezroq unutishgan. Demak, konspekt — qoʻshimcha ish emas, aksincha, keyinroq vaqtni tejaydigan "investitsiya". 📌 Sizga ham konspekt yozish yoqmaydimi?😒 🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 📹Youtube 🗳Facebook 😁Telegram 📷Instagram
Kimyo fanidan universal to'plami yana sotuvda🤩 Kitobda; ✅7,8,9 sinf darsligidagi moddalar formulalari va reaksiyalar alohida qilib terib chiqilgan. ✅ Ko'plab mavzular o'quvchilar tushunib olishi uchun nazariy qismi xam berilgan. ✅ Eng asosiysi barcha mavzulardan takrorlash uchun 30 talik testlar berilgan. To’plamdagi testlar umumiy kimyo, anorganik va organik kimyo bo’limlaridan tuzilgan. Birinchi va ikkinchi murakkablikdagi testlar dastlabki yillarda tayyorlanishni boshlagan o'quvchilar uchun mo'ljallangan. Uchinchi darajali testlar esa ikki yil va undan ortiq tayyorgarlik ko'rgan abituriyentlar uchun tuzilgan. Kitobdan namuna ko'rish Murojaat uchun: 📞 +998930082700 |🕊 Telegram 📞 +998974042700 |🕊 Telegram Regbooks - yuksak marralar sari!
😊 Bugun bizni chin dildan xursand qilgan bir voqea bo'ldi. Farg'onalik rus tili o'qituvchisi bizga rasm yubordi — o'zi Regbooks kitoblarini sotib olib, o'quvchilariga ulashibdi va birga suratga tushishibdi. Bunday xabarlarni olganda qanchalik xursand bo'lishimizni so'z bilan ifodalash qiyin. Chunki bu — ustozning bizga va bizning mehnatimizga ishonch bildirgani degani. Rahmat sizga, aziz ustoz! Aynan shunday lahzalar bizni yanada ko'proq mehnat qilishga undaydi. Eslatib o'tamiz — Regbooks kitoblari endi O'zbekistonning istalgan burchagidagi kitob do'konlarida mavjud. Regbooks - yuksak marralar sari! 🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 📹Youtube 🗳Facebook 😁Telegram 📷Instagram
🧠Miyangiz haqida 90% odam bilmaydigan haqiqat Bilasizmi, aynan hozir — ertalab uyg'onganingizdan keyingi birinchi 1 soat ichida miyangiz kun davomidagi eng "toza" holatida bo'ladi. Aynan shu payt eslab qolish, qaror qabul qilish va rejalashtirish qobiliyati eng yuqori cho'qqisida turadi. Shuning uchun eng muhim ishlarni ertalabga qoldiring — bu shunchaki maslahat emas, ilmiy asosga ega haqiqat! Miyangiz haqida yana bir nechta qiziqarli fakt: 📌 Miya og'irligi — atigi 1,3–1,4 kg, ya'ni tana vazningizning taxminan 2%i. Lekin u tanangiz iste'mol qiladigan energiyaning 20%ini yutadi. Ya'ni hozir shu postni o'qiyotganingizda ham miyangiz jiddiy "ish" qilyapti. 📌 Har safar yangi narsa o'rganganingizda (yangi til, ko'nikma yoki hatto yangi odam bilan tanishganingizda ham) miyangizda yangi neyron bog'lanishlar hosil bo'ladi. Bu jarayon — neyroplastiklik deb ataladi va u umr bo'yi, hatto keksalikda ham davom etadi. 📌 Miya og'riq sezmaydi. G'alati eshitiladi, to'g'rimi? Aynan shu sababli bosh miya operatsiyalarini bemor uyg'oq holda o'tkazish mumkin — miyaning o'zida og'riq retseptorlari yo'q. 💡 Bugungi kichik maslahat: Kuningizni telefon skroll qilishdan emas, 2 daqiqalik chuqur nafas olishdan yoki shukronalik bilan boshlang. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bu oddiy odat miyada kortizol (stress gormoni) darajasini pasaytirib, kayfiyatni butun kunga barqarorlashtiradi. Sizga ajoyib va samarali kun tilaymiz! 🌅 Regbooks - yuksak marralar sari! 🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 📹Youtube 🗳Facebook 😁Telegram 📷Instagram
📢Diqqat, abituriyentlar! Bugun — 2026-yil 8-avgust — oliy ta'lim muassasalariga yo'nalish (mutaxassislik) tanlashning so'nggi kuni! ⏰ Muddat: bugun soat 24:00 (00:00) gacha ✅ Vaqtida ulgurish uchun: Shaxsiy kabinetingizga kiring Ballaringiz asosida mos yo'nalishlarni ko'rib chiqing Tanlovingizni tasdiqlashni unutmang ⚠️ Muddat o'tib ketsa, tanlov imkoniyatidan mahrum bo'lishingiz mumkin. Kechiktirmang! Regbooks - yuksak marralar sari! 🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 📹Youtube 🗳Facebook 😁Telegram 📷Instagram