Afiyfun
Статистика- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 9
- Всего постов
- 48
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 115
- 1/48двое суток
- 1 277
- 1/72трое суток
- 1 378
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Mahrum kim, aytaymi? Tunni ijtimoiy tarmoqlarda bedor o’tkazib, bomdod vaqti tosh qotib uxlaganlar haqiqiy mahrumlardir. Ikrom Sharif @afiyfun
Ba’zan o’zingdan ko’ngling shu qadar sovub ketadiki, qilgan xatolaring, zulmlaring, isyonlaring, oynaga qaraganingda; insonlar biladigan seni emas, haqiqiy o’zingni ko’rganingda… @afiyfun
"Kim odamlarni kovlasa doʻsti kamayadi. Kim gunohlarini kovlasa yigʻisi uzoq boʻladi. Kim ovqatini kovlasa ochligi uzun boʻladi." Abu Bakr An-najjod rahimahulloh @afiyfun
Barchangiz Allohning arqonini mahkam tuting va bo’linib ketmang. Va Allohning sizga bergan ne’matini eslang: bir vaqtlar dushman edingiz, bas, qalblaringizni ulfat qildi. Uning ne’mati ila birodar bo’ldingiz. Olovli jar yoqasida edingiz, undan sizni qutqardi. Shunday qilib, Alloh sizga O’z oyatlarini bayon qiladi. Shoyadki, hidoyat topsangiz. Oli Imron surasi, 103-oyat @afiyfun
Hayotimizdagi eng katta ne’matlardan biri, shubhasiz, achchiq qahva bo’lsa kerak… @afiyfun
Ba’zilarning yolg’izligi bir shahar kabi gavjumdir. Jahit Zarifo’g’li @afiyfun
Zimmamizdagi eng zarur ishlar qolib, nuqul boshqa yumushlar bilan ovoramiz - go’yo farzini qazo qilib, nafl namozini o’qishga havasmand kimsadek. Behzod Fazliddin @afiyfun
https://t.me/boost/afiyfun
Ikki surat orasida bir qirg’in bor. G’azo: Skeytbord jamoasi @afiyfun
"Farzandlaring seni Alloh qaytargan oʻrinda koʻrmasin. Aks holda ularning koʻzida haybating qolmaydi." Ibrohim ibn Is'haq al-harbiy rahimahulloh @afiyfun
"Agar biror narsaning fazlini bilishni istasang uning ziddini tasavvur qilib koʻr. Omonatni xiyonat deb, rostgoʻylikni yolgʻonchilik deb , iymonni kufr deb tasavvur qilib koʻr. Shunda oʻzingga berilgan narsaning fazlini bilasan." Ibrohim ibn Adham rahimahulloh @afiyfun
Nasib… Sen erisha olmagan yaxshilik (deb o’ylagan narsang), agar senga kelganida, balki yomonlikka sabab bo’lar edi… @afiyfun
Ko‘proq ko‘rilishlar (prosmotrlar) va bir siqim pullarga ta’ma qilib, bor-yo‘q sarmoyasi ulamolarni haqorat qilish va solih insonlarga til tekkizishdan iborat bo‘lgan kimsa yutqazdi va ziyon ko‘rdi! Bir necha kun oldin bu g‘o‘r kimsaning imom va hofiz Navaviy rahimahullohga yana til tekkizayotganini ko‘rdim. Shunda «Sifatus Safva» kitobida solih banda va namunali inson Molik ibn Dinordan rivoyat qilingan ushbu so‘zlar yodimga tushdi. U shunday der edi: «Kishining xoinlarga ishonchli sherik bo‘lishi — xiyonat sifatida unga kifoya qiladi. Kishining o‘zi solih bo‘lmay turib, solih insonlarga til tekkizishi — yomonlik sifatida unga kifoya qiladi». Anas Solih @afiyfun
"Ishlar qanday?" deya so’radilar gul sotuvchidan. "Yaxshi emas, - deya ho’rsindi gul sotuvchi. - Xaridor kam. Odamlar bir-birini avvalgidek sevmaydi…" @afiyfun
Menga singan, qurigan shoxlardan in qura olgan qushning umidi va kuchidan ato et, Allohim! @afiyfun
Ko’ngling tortmagan narsaga ishonma. Chunki qalb ko’z ko’rmaganni ko’radi. Abdulloh Rahim tarjimasi Ba’zi tanlovlarning badali bir umr o’tanadi… @afiyfun
Odamlarning qilgan ishini kuzatishadi. Odamlarning axloqini tanqid qilishadi. Odamlarning ishlarini obdon muhokama qilishadi. Odamlarning niyatlarini ham tahlil qilishadi. Mana shu kabi narsalar bilan umrlari nihoyasiga yetadi. Ularning birortasi o’zining hayotini emas, birovlarning hayotini "yashab" o’tishadi. @afiyfun
Ba’zi zindonlarning devorlari yo’q edi… Ammo, biz chiqib ketolmayapmiz.. @afiyfun
Bu dunyodagi har bir narsani yo sen tark etasan, yoki u seni tark etadi. Faqat Alloh bundan mustasnodir. Agar Unga yuzlansang, seni boy-behojat qiladi, agar Uni tark etsang, seni (O‘ziga) chorlaydi. arabic.uz @afiyfun
Bo’lishi kerak bo’lgan joydamiz. Bo’ladigan narsalarning eng hayrlisi bo’lganidir… @afiyfun