tgindex
IT ta'lim Andijon

IT ta'lim Andijon

Статистика

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining AKT ni joriy etish va raqamlashtirish sho‘basi rasmiy kanali https://www.facebook.com/xotambek.bozarov

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
69
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
3 447
−25 за 5 дн.
Сутки
−4
−0,12%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
512
40 постов
Вовлечённость
14,9%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 69
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
163
1/48двое суток
186
1/72трое суток
201

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 11 авг.184из digitalgeneration_uz

    💻 VIBE CODING — KOD YOZISHNING YANGI USULI! 🤖 AI yordamida tez va sifatli kod yozish, zamonaviy dasturlash vositalari hamda samarali promptlardan foydalanishni o‘rganing! Darslar davomida: • AI yordamida kod yozish; • zamonaviy dasturlash vositalaridan foydalanish; • samarali promptlar tuzish; • g‘oyalarni real loyihalarga aylantirishni o‘rganasiz. 🚀 Zamonaviy dasturlashni o‘rganish va o‘z loyihangizni yaratish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 📌 “Raqamli Avlod” Online IT Oromgohiga hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun rasmiy havola :[Online.raqamliavlod.uz ] 🌐Taklif va murojatlar uchun. __ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

  • Farg‘ona vodiysi qizlari uchun "Digital Kaleidoscope" AT taʼlim dasturi! School 21 , Women in Tech Uzbekistan va UNICEF bilan hamkorlikda, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida qizlar uchun "Digital Kaleidoscope" keng qamrovli AT dasturini ishga tushirmoqda. Agar siz 18–24 yoshda bo‘lsangiz hamda Farg‘ona, Andijon yoki Namangan viloyatlaridan birida yashasangiz va AT sohasida o‘z faoliyatingizni boshlashni istasangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun! Dastur doirasida sizni nimalar kutmoqda? 📍 Farg‘onada 3 kunlik oflayn intensiv — IT muhitiga sho‘ng‘ish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda yangi do‘stlar orttirish imkoniyati; 💻 6 oylik onlayn ta’lim — o‘qish yoki ish bilan birgalikda olib borish uchun qulay format; 💼 AT kompaniyalarda 3 oylik amaliyot — olgan bilimlaringizni amaliyotda qo‘llash va haqiqiy ish tajribasiga ega bo‘lish imkoniyati; 🌐 Ekspertlar bilan uchrashuvlar — dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi AT mutaxassislari bilan amaliy sessiyalar; 🤝 Dastur davomida mentorlik ko‘magi — tajribali mentorlar bilan muntazam uchrashuvlar, maslahatlar va professional rivojlanish uchun amaliy ko‘mak. Dastur muvaffaqiyatli yakunlangach, siz School 21, UNICEF va Women in Tech tomonidan beriladigan sertifikatga ega bo‘lasiz. Talab yuqori bo‘lgan 4 ta yo‘nalishdan birini tanlang: 1️⃣ Data Science 2️⃣ BSA — Biznes va tizimli tahlil 3️⃣ QA — Dasturiy ta’minotni testlash 4️⃣ Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish Eng muhimi — o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqingiz! Muhim sanalar: 15-sentyabrgacha — arizalar qabuli 20-sentyabrgacha — saralash bosqichi 2026-yil oktyabr – 2027-yil mart — onlayn ta'lim 2027-yil mart – may — amaliyot 2027-yil iyun — bitiruv va sertifikatlarni topshirish 👉 AT sohasidagi ilk qadamingizni qo‘ying — hoziroq ariza topshiring! 📲 Barcha savollar bo'yicha: f.ataxanova@21-school.uz 🤝 Dastur Ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma dastur (Women’s Economic Empowerment Joint Programme) doirasida amalga oshiriladi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi. @eudeluzb | @unicefuzbekistan | @unfpa.uzbekistan | @unwomenca _______________ IT-программа Digital Kaleidoscope для девушек из Ферганской долины! School 21 совместно с Women in Tech Uzbekistan и UNICEF при финансовой поддержке Европейского Союза запускает масштабную IT-программу Digital Kaleidoscope для девушек. Если вам от 18 до 24 лет, вы живёте в Ферганской, Андижанской или Наманганской области и хотите начать свой путь в IT — эта возможность именно для вас! Что вас ждёт в рамках программы? 📍 3-дневный очный интенсив в Фергане — погружение в IT-среду, новые знания и навыки, а также новые знакомства; 💻 6 месяцев онлайн-обучения — удобный формат, который легко совмещать с учёбой или работой; 💼 3 месяца стажировки в IT-компаниях — возможность применить полученные знания на практике и получить реальный опыт работы; 🌐 Встречи с экспертами — практические сессии с ведущими IT-специалистами из разных стран мира; 🤝 Менторская поддержка на протяжении всей программы — регулярные встречи с опытными менторами, консультации и практическая помощь в профессиональном развитии. После успешного завершения программы вы получите официальный сертификат от School 21, UNICEF и Women in Tech. Выбирайте одно из 4 востребованных направлений: 1️⃣ Data Science 2️⃣ BSA — Бизнес- и системный анализ 3️⃣ QA — Тестирование программного обеспечения 4️⃣ Разработка программного обеспечения Главное — ваше желание учиться! Ключевые даты: До 15 сентября — приём заявок До 20 сентября — отбор участников Октябрь 2026 – Март 2027 — онлайн-обучение Март – Май 2027 — стажировка Июнь 2027 — финал и вручение сертификатов 👉 Сделайте первый шаг в IT — подайте заявку прямо сейчас! 📲 По всем вопросам и для связи: f.ataxanova@21-school.uz 🤝 «Программа реализуется в рамках Совместной программы по расширению экономических возможностей женщин (Women’s Economic Empowerment Joint Programme) и финансируется Европейским Союзом» @eudeluzb | @unicefuzbekistan | @unfpauzbekistan| @unwomenca 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube 🔹LinkedIn

  • 4 авг.3871из digitalitvacancy

    Iqtidorli ish yurituvchi mutaxassislar uchun imkoniyat! ⌛ Ish vaqti: To‘liq ish vaqti 🟡 Manzil: O‘zbekiston bo‘ylab nomzodlar qabul qilinadi 💡"Muhammad al-Xorazmiy vorislari" loyihasi doirasida maxsus guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun ish yurituvchi lavozimiga nomzodlar qabul qilinmoqda. ✔️ Nomzodlar uchun talablar: ✔️Oliy ma’lumot (IT, pedagogika, menejment yoki turdosh yo‘nalishlar) ✔️IT ta'limga oid loyihalarni rejalashtirish va boshqarish ko‘nikmasi ✔️O‘quv jarayonlari va mentorlar faoliyatini muvofiqlashtirish ✔️LMS va onlayn platformalar bilan ishlash ✔️AKT vositalaridan samarali foydalanish ✔️Tahliliy fikrlash va hisobot yuritish ✔️Axborot xavsizligiga to'liq rivoya qila olish 🧳 Qo‘shimcha ko‘nikmalar: ➡️ Jamoa bilan ishlash va samarali muloqot ➡️ Hamkor tashkilotlar bilan ishlash tajribasi ➡️ Muammolarni tez va samarali hal qilish 🌚 Ariza topshirish uchun: havola 🚀 Telegram 📷 Instagram Agar Siz yuqori mas’uliyatga ega, tashabbuskor, natijaga yo‘naltirilgan va doimiy o‘sishga intiluvchi bo‘lsangiz - bu imkoniyat aynan Siz uchun! 🚀 Telegram

  • 3 авг.3591из xalqaro_it_olimpiada

    🟥🟥🟥 Xalqaro informatika olimpiadasi Oʻzbekistonda! Milliy terma jamoani qoʻllab-quvvatlaylik! 🏆 Joriy yilning 9–16-avgust kunlari O‘zbekiston tarixda birinchi marta 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qiladi. ✅Xalqaro informatika olimpiadasida Oʻzbekiston sharafini 2 ta terma jamoa himoya qiladi. 1-jamoa aʼzolari: ➡Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf; ➡Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf; ➡Jaxonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf; ➡Ulugʻbek Rahmatullayev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf. 2-jamoa aʼzolari: ➡Sardor Salimov, Navoiy Prezident maktabi, 10-sinf; ➡Humoyun Abduraupov, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 8-sinf; ➡Ulugʻbek Kamalov, Vestminster akademik litseyi, 2-bosqich ➡Ravshan Rahmiddinov, TATU akademik litseyi, 1-bosqich. ⚡️Yigitlarimizga IOI 2026 da omad tilaymiz! 🗣Kanalimizga obuna boʻling: @xalqaro_it_olimpiada

  • 3 авг.331из xalqaro_it_olimpiada

    IOI-2026: Terma jamoamizdan kim birinchi "milliarder" bo‘ladi? 🏷Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati IOI-2026da ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari bilan uchrashdi. ➡Uchrashuvda jamoaning musobaqaga tayyorgarligi, yaratilgan shart-sharoitlar va tashkiliy masalalar muhokama qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi. 📑 Terma jamoa a'zolari 2025-yil noyabr oyidan buyon Polsha, Ruminiya va Qozog‘istondan jalb etilgan xalqaro ekspertlar ishtirokida 10 ga yaqin o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida intensiv tayyorgarlikdan o‘tdi. Shuningdek, ular Ruminiyada tashkil etilgan dasturlarda malaka va tajriba almashdi. ✅2026-yil 9–16-avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan 38-Xalqaro informatika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi Muhammad al-Xorazmiy yurti vakillari sifatida 96 davlatning eng kuchli yosh dasturchilari bilan bellashadi. 🔖Bo‘lajak olimpiada oldidan terma jamoaga omad tilaymiz! ❗️Ma’lumot uchun ushbu olimpiada oltin medali g‘olibiga BXMning 2500 barobari (hozirda 1 milliard 30 million so‘m) beriladi. 🗣Kanalimizga obuna boʻling: @xalqaro_it_olimpiada

  • 23 июл.56621из mitcuz

    🌟Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor Oʻzbekistonda oʻtkaziladi 2026-yil 9–16-avgust kunlari Toshkent shahrida 38-Xalqaro informatika olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqa 97 dan ortiq davlatdan 386 nafar yosh dasturchini jamlaydi. Mezbon mamlakat sifatida O‘zbekiston olimpiadada 2 ta terma jamoa bilan ishtirok etadi. Olimpiada IT sohasini jadal rivojlantirayotgan respublikaning xalqaro hamjamiyatda oʻz mavqeyini yanada oshirishga xizmat qiladi. Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/196681 ________ Международная олимпиада по информатике впервые пройдёт в Узбекистане С 9 по 16 августа 2026 года Ташкент станет площадкой 38-й Международной олимпиады по информатике (IOI 2026) – старейшего в мире состязания среди юных программистов, ежегодно проводимого с 1989 года. С 9 по 16 августа Ташкент соберёт 386 юных программистов более чем из 97 стран. Принимая олимпиаду впервые, Узбекистан примет участие в олимпиаде двумя национальными сборными. Проведение IOI 2026 станет важным шагом в укреплении международного имиджа Узбекистана и демонстрацией результатов проводимых в стране реформ в сфере информационных технологий и цифрового образования. Подробно: 👉 https://digital.uz/ru/news/view/196681 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

  • без подписи

  • 20 июл.6593из uzedu

    #электрон_тўлов #мактабгача_таълим 📣 Hurmatli ota-onalar! ✅ Hozirgi vaqtda davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalar taʼminoti uchun pul toʻlashda Markaziy bank tomonidan boshqariladigan hamda barcha turdagi toʻlovlarni real vaqt rejimida qabul qiluvchi “Munis” yagona elektron platformasi imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin. ➖  Mazkur tizim barcha banklarning mobil ilovalari hamda bank kassalariga integratsiya qilingan. ➖ Siz oʻz farzandingizning bogʻcha pulini turli bank ilovalari yoki bank kassalari orqali toʻlaganingizda, toʻlangan mablagʻ shu daqiqaning oʻzida tegishli taʼlim muassasaning hisob raqamiga borib tushadi. ⏰ Vaqtingizni tejang, elektron toʻlov tizimi imkoniyatlaridan keng foydalaning. 👉 Videoyoʻriqnomada namuna sifatida Click mobil ilovasi orqali toʻlov jarayonlari (oʻzbek va rus tillarida) batafsil tushuntirib oʻtilgan. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube            🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

  • 17 июл.5153из al_xorazmiy_vorislari

    IT’ga qiziqasiz, lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? ⚜️Ko‘plab o‘quvchilar IT sohasiga qiziqadi, ammo qaysi yo‘nalishni tanlash va qanday boshlashni bilmaydi. 📖 “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi shu ehtiyojga yechim beradi. Ta’lim, yozgi oromgoh, amaliyot, ish va startap imkoniyatlarini birlashtirgan ushbu kompleks ekotizim Sizga IT sohasida o‘z yo‘lini topishga yordam beradi. Kelajak kasblarini maktab davridayoq o‘rganing! Loyiha doirasida o‘quvchilar 8-sinfdan boshlab bugungi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan IT va xorijiy til yo‘nalishlarda 4 yil davomida quyidagi mutlaqo bepul tahsil oladilar: ➡Front-end va UI/UX dizayn; ➡Back-end; ➡DevOps; ➡Kiberxavfsizlik; ➡Ma’lumotlar tahlili (Data Analytics); ➡IoT; ➡O‘yinlar dizayni (Game Design); ➡Mobil dasturlash; ➡Ingliz tili. Dastur so‘ngida Siz: ➡️ Xalqaro IT va til sertifikatlariga ega bo‘lasiz ➡️ Maktab davridayoq daromad topish imkoniyatiga ega bo‘lasiz ➡️ Xalqaro IT bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan talabgir mutaxassisga aylanasiz. Kelajak imkoniyatlarini qo‘ldan boy bermang! 🔊 Respublikamizning barcha hududlarida ochilishi kutilayotgan ushbu loyihaning o‘quvchisiga aylaning va zamonaviy IT ekotizimida o‘z yo‘lingizni boshlang. 🔰Saralash imtihonida ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. havola 🚀Telegram |📷 Instagram

  • 13 июл.57622из Ezozagafurjanovna

    🎨 “Canva for Education” — maktablarda kreativlik, raqamli savodxonlik va innovatsiyalar davri! ➖ Yurtimizdagi umumta’lim maktablari oʻquvchilari va oʻqituvchilarida kreativ tafakkur hamda zamonaviy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan ulkan loyiha — “Canva” kompaniyasi bilan yirik grant kelishuvi imzolandi. ⌨️ Ushbu grantning umumiy qiymati 20 million AQSH dollariga teng boʻlib, u orqali respublikamizdagi 10 mingdan ziyod maktab 3 yil davomida platformadan mutlaqo bepul foydalanishi mumkin. 📝 “Canva for Education” oʻzida quyidagi 5 ta muhim yoʻnalishni qamrab oladi: ➖ Kreativ tafakkurni rivojlantirish — minglab shablonlar orqali ijodiy yondashuv; ➖ Taqdimot va infografika koʻnikmalari — zamonaviy vizual materiallar yaratish; ➖ Sunʼiy intellekt asosidagi vositalar — SI yordamida tezkor va sifatli kontent tayyorlash; ➖ Jamoa boʻlib ishlash — onlayn tarzda guruhlarda hamjihatlikda ishlash; ➖ Raqamli savodxonlik — zamonaviy raqamli dunyo uchun eng muhim koʻnikmalar. 📋 Maʼlumot uchun: Canva – bugungi kunda dunyoning 190 dan ortiq mamlakatida keng qoʻllanilayotgan yetakchi platforma hisoblanadi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 10 июл.30322из uzedu

    📰📰📰📰📰📰📰 Yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablar uchun “Canva” kompaniyasining taʼlim platformasidan bepul foydalanish bo‘yicha kelishuv imzolandi ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi elchixonasida “Canva” kompaniyasi bilan grant kelishuvini imzoladi. Mazkur shartnomaga ko‘ra, mamlakatimizning 10 mingdan ziyod maktablar uchun Canva for Education platformasidan 3 yil davomida bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi. Grantning umumiy qiymati 20 million AQSH dollariga teng. ➖ Ma'lumot o'rnida: ushbu kelishuv Parij shahridagi YUNESKO Bosh qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan "Taʼlim transformatsiyasi sammiti +4" (TES+4) doirasida tashkil etildi. 🔰 Canva Education o‘zi nima? Canva – Avstraliyada  tashkil etilgan, bugungi kunda dunyoning 190 dan ortiq mamlakatida qo‘llanilayotgan yetakchi vizual dizayn platformasi. Uning taʼlimga mo‘ljallangan bo‘limi – Canva for Education – o‘quvchilar va o‘qituvchilarga maxsus moslashtirilgan minglab taqdimotlar shablonlari to‘plamini taqdim etadi. Platforma o‘quvchilarga nima beradi? 🔹Kreativ tafakkurni rivojlantirish – minglab shablon va dizayn vositalari orqali o‘quvchilar ijodiy fikrlash qobiliyati; 🔹Taqdimot va infografika ko‘nikmalari – zamonaviy vizual materiallar yaratish; 🔹Sunʼiy intellekt asosidagi vositalar – SI yordamida taʼlim materiallarini tezkor va sifatli tarzda tayyorlash; 🔹Jamoa bo‘lib ishlash – bir vaqtning o‘zida guruhlar onlayn tarzda jamoa bo‘lib ishlash; 🔹Raqamli savodxonlik – o‘quvchilar raqamli dunyo uchun muhim bo‘lgan ko‘nikmalarni o’rganish. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

  • 10 июл.1 0508

    “Tikoncha” ilovasi o‘smirlarni virtual tuzoqdan qanday asraydi?

  • 9 июл.5991из Pedagoguzedu

    ❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💛💛💛 📣Pedagog platformasida "Bo‘sh ish o‘rinlari" bo'limi ishga tushdi! 🫥Endi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda umumta'lim maktablaridagi mavjud ochiq vakansiyalar orqali o'zingizga mos mutaxassislik bo'yicha ish topish yanada qulay, tez va shaffof. Platformamizdagi Shaxsiy kabinetingizda mutlaqo yangi — "Bo'sh ish o'rinlari" bo'limi ishga tushirildi. Bu bo'lim orqali siz: ⏺ Respublika bo'ylab ta'lim muassasalaridagi mavjud barcha ochiq vakansiyalar bilan tanishishingiz; ⏺ O'zingizga qulay hudud va fanga mos bo'sh ish o'rinlarini tezda topishingiz va ariza yuborishingiz mumkin; 💎 Bizning maqsadimiz — sizning vaqtingizni tejash va ishga qabul jarayonida mutlaq shaffoflik hamda adolatni ta'minlashdir. Tizimga kiring va yangi imkoniyatlarni o'tkazib yubormang! 💤 Bizdan uzoqlashmang! 👍 Obuna bo'ling: @pedagoguzedu

  • 9 июл.4431из aileaders_uz

    🟦🟦🟦 🌟 "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasi doirasidagi o'tkazilgan "Milliy tanlov" da maktab o'quvchilari va o'qituvchilari hamda universitetlar va talabalar, ish va o'qish bilan band bo'lmagan yoshlar kategoriyasi ishtirok etdi. 🗂 Nima deb o'ylaysiz, kelgusi yilda loyiha rivojiga qo’shgan hissasi uchun yana kimlarni rag’batlantirish kerak? Fikringizni izohlarda qoldiring. ✅ Eng ko'p nomi tilga olingan toifani tanlovga qo'shish masalasi ko'rib chiqiladi.

  • 7 июл.38411из MyGovUz

    ✅ Yangi qulaylik! ❗️Bog‘chaga imtiyozli navbat endi onlayn! 👩‍💻 Farzandingizni davlat bog‘chasiga joylashtirishda imtiyoz huquqingiz bormi? Unda bir talay hujjat to‘plab, idorama-idora yurishni unuting. 📱 Endilikda my.gov.uz orqali bu jarayon to‘liq avtomatlashtirildi. 🟡 Arizani onlayn topshirish uchun ro‘yxatdan o‘zingizga tegishli toifani tanlasangiz kifoya — tizim barcha ma’lumotlarni vazirlik va idoralarning axborot bazalari orqali soniyalar ichida o‘zi tekshiradi. ❓Kimlar my.gov.uz orqali imtiyozli navbatga qo‘yiladi? 1⃣ Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlarining farzandlari; 2⃣ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari; 3⃣ Yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar; 4⃣ “Ayollar daftari”ga kiritilgan yolg‘iz ayollarning bolalari; 5⃣ Akalari yoki opalari ushbu bog‘chaga qatnayotgan bolalar; 6⃣ Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan bog‘chalardan umumiy turdagi muassasalarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar; 7⃣ Kam ta’minlangan oilalarning farzandlari; 8⃣ Oila a’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat oilalar bolalari; 9⃣ Boquvchisini yo‘qotgan oilalarning bolalari; 🔟 To‘rt va undan ko‘p farzandi bor oilalar bolalari; 1⃣1⃣ Talabalarning farzandlari; 1⃣2⃣ Maktab, OTM, texnikum, kollej va akademik litseylar pedagoglarining bolalari. 👉 Uydan chiqmay ariza yuborish uchun: ✅ my.gov.uz portali yoki mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘ting; ✅ “Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish” xizmatini tanlang; ✅ So‘ralgan ma’lumotlarni to‘ldiring, bog‘chani hamda mavjud imtiyozingizni belgilab, ariza yuboring. 🗣my.gov.uz bilan vaqtingizni tejang va qulayliklardan foydalaning! 💬 Ushbu foydali ma’lumotni yaqinlarga ham yuborib qo’ying! 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook  📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

  • 3 июл.55712из IT_shaharcha

    Bayramga munosib tuhfa: Xonobodda IT-shaharcha ish boshladi 🖥 Yoshlar kuni arafasida Xonobod yoshlari uchun quvonchli yangilik bo‘ldi. Andijon viloyati Xonobod shahrida navbatdagi “IT-shaharcha” foydalanishga topshirildi. 📑Bu yerda 5–11-sinf o‘quvchilari kompyuter savodxonligi, dasturlash, sun’iy intellekt, robototexnika, grafik dizayn va ingliz tili bo‘yicha bepul bilim olishlari mumkin. ⚜Oʻz hududingizdagi “IT-shaharcha”da ta’lim olishni istasangiz, ushbu havola orqali ariza qoldiring! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

  • 2 июл.5471из digitaledu_uz

    🟦🟦🟦 Axborot texnologiyalari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mentorlar diqqatiga! 🗣Joriy yilning 6–10-iyul kunlari Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Apple kompaniyasi tomonidan “Fergana Digital Hub” majmuasida Oʻzbekistonda ilk bor iOS dasturlash yoʻnalishi boʻyicha mentorlar malakasini oshirish treningi tashkil etiladi. ✅Mazkur trening iOS dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha malakali mentorlarni tayyorlash, ularni Apple ekotizimi, Swift dasturlash tili hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan. ⬇️Treningda ishtirok etish uchun talabgorlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: ➡️Python, Java, JavaScript, C#, Kotlin yoki boshqa dasturlash tillaridan birida 1–3 yillik professional tajribaga ega bo‘lish; ➡️OOP yoki funksional dasturlash, API, ma’lumotlar bazalari hamda Git bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish; ➡️Flutter, Android yoki Kotlin bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish (qo‘shimcha ustunlik sifatida baholanadi); ➡️Google, Meta, Microsoft, AWS, Oracle, Coursera yoki boshqa tan olingan xalqaro sertifikatlardan kamida bittasiga ega bo‘lish; ➡️axborot texnologiyalari va xorijiy tillar bo‘yicha zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lish; ➡️tegishli yo‘nalishda professional va pedagogik tajribaga ega bo‘lish; ➡️murakkab texnik mavzularni yangi boshlovchilarga sodda, tushunarli va qiziqarli tarzda yetkaza olish; ➡️o‘quvchilarning bilim darajasi va ehtiyojidan kelib chiqib, dars jarayonini moslashtira olish; ➡️ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish; ➡️ijodkorlik, jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish. ➡️Talabgorlar quyidagi havola orqali ariza topshirishlari mumkin. 📞Murojaat uchun telefon: +998909849741. 🗺Manzil: havola. ⚡️️Maʼlumot uchun, treningni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga Apple kompaniyasining sertifikatlari topshiriladi. Shuningdek, “iOS development center”larda mentor sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin