tgindex
Misr Al_Azhar Va Madina universitetlari Rasmiy Kanal

Misr Al_Azhar Va Madina universitetlari Rasmiy Kanal

Статистика

بسم الله الرحمن الرحيم İlm yurti bo'lmish Misr da taxsil olishni istovchilar uchun Misrdan lavhalar va ba‘zi tavsiyalar. Kanallarimiz: @azhar_madrasasi Madrasa Ommaviy toliblar @Mustaqim_Academy Ayollarga madrasa Savol va takliflar uchun @umar_misrr

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
5
Всего постов
30
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
2 734
−10 за 5 дн.
Сутки
−1
−0,04%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
802
29 постов
Вовлечённость
29,3%
к подписчикам
Постов в день
0,7
всего 30
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
405
1/48двое суток
464
1/72трое суток
500

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.3791713

    Hurmatli ota-onalar❗ Qizingizga yillar davomida ilm berdingiz. Qur’on o‘rgatdingiz, hadis o‘rgatdingiz, odob va tarbiya berdingiz. Uning qalbiga ilmga muhabbat solib, kelajagini shu ilm bilan bog‘lashga harakat qildingiz. Ammo qiz turmushga chiqadigan paytda bir savol oldingizda turadi: Siz qizingizga qanday er tanlayapsiz — uning boyligiga qarabmi yoki diniga, axloqiga va ilmga bo‘lgan munosabatiga qarabmi? Ba’zan ota-ona: “Bu bola boy, qizimiz qiynalmaydi”, deydi. Ammo boylik — qizning baxtiga kafolat emas. Qizingiz boy xonadonga kelin bo‘lib borib, o‘zining ilmidan, maqsadlaridan, orzularidan ayrilib, faqat o‘sha xonadonning xizmatkori bo‘lib qolsa, bunga kim javob beradi? Qizning yillar davomida olgan ilmi sekin-asta unutilib, kitoblari yopilib, darslari to‘xtab, qalbidagi ilmga bo‘lgan ishtiyoq so‘nib borsa-chi? Albatta, bu har bir ilmsiz inson shunday degani emas. Boy yoki kambag‘allik ham, diplom yoki diplomning yo‘qligi ham insonning haqiqiy qiymatini belgilamaydi. Asosiy mezon — din, taqvo, axloq va mas’uliyat. Rasululloh ﷺ ayollarga munosib juft tanlashda dinni ustun qo‘yishni o‘rgatganlar: «تُنْكَحُ الْمَرْأَةُ لِأَرْبَعٍ: لِمَالِهَا، وَلِحَسَبِهَا، وَلِجَمَالِهَا، وَلِدِينِهَا، فَاظْفَرْ بِذَاتِ الدِّينِ تَرِبَتْ يَدَاكَ» “Ayol to‘rt narsa uchun nikohlanadi: moli, nasabi, jamoli va dini uchun. Bas, dindorini tanla.” (Imom Buxoriy, 5090; Imom Muslim, 1466) E’tibor bering: Rasululloh ﷺ boylikni inkor qilmaganlar. Ammo boylikni dinning o‘rniga qo‘ymaganlar. Qiz uchun kuyov tanlayotganda: “Qancha puli bor?” deb so‘rashdan oldin, “Allohdan qo‘rqadimi?” “Ilmni qadrlaydimi?” “Xotinining ilm olishiga imkon beradimi?” “Uning qadrini biladimi?” “Farzandlarini qanday tarbiyalaydi?” “G‘azablanganida o‘zini tuta oladimi?” — deb so‘rash kerak. Rasululloh ﷺ yana shunday deganlar: «إِذَا خَطَبَ إِلَيْكُمْ مَنْ تَرْضَوْنَ دِينَهُ وَخُلُقَهُ فَزَوِّجُوهُ» “Oldingizga dini va xulqidan rozi bo‘ladigan kishi qiz so‘rab kelsa, uni uylantiring.” Demak, kuyov tanlashda asosiy mezon — uning dini va xulqi. Ota-ona, bir narsani chuqur o‘ylab ko‘ring: Siz qizingizni bir necha yil o‘qitib, keyin uni ilmni qadrlamaydigan muhitga topshirmoqchi emassizmi? Qizingizning ilmi faqat uning o‘zi uchun emas. U kelajakda farzandlariga ona bo‘ladi. Ilmli ona — ilmli avlodning boshlanishidir. Shuning uchun qizingizga er tanlayotganda, faqat bugungi sharoitiga emas, uning yonida qizingizning dini, ilmi va tarbiyasi qanday bo‘lishiga ham qarang. Ummu Sulaym roziyallohu anho hayotidan ibrat Sahobiya Ummu Sulaym roziyallohu anho Abu Talha roziyallohu anhuning nikoh taklifini darhol boyligi yoki mavqeiga qarab qabul qilmaganlar. Abu Talha o‘sha paytda boy va obro‘li kishi edi. Ammo Ummu Sulaym roziyallohu anho uning Islomini mezon qildilar. U kishi: «إِنِّي قَدْ أَسْلَمْتُ، فَإِنْ أَسْلَمْتَ نَكَحْتُكَ» “Men musulmon bo‘ldim. Agar sen ham Islomni qabul qilsang, senga turmushga chiqaman”, dedilar. Abu Talha Islomni qabul qildi va shu Islom uning mahriga aylandi. Bu voqea Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinib, Nasoiyda keltirilgan. Mana, ularning mezoni qanday edi! Bugun esa ba’zan mezonimiz: “Uning uyi kattami?” “Qancha daromadi bor?” “Qanday mashinasi bor?” “Qaysi oiladan?” bo‘lib qolmoqda. Holbuki, qizingiz o‘sha mashina bilan emas, o‘sha inson bilan bir umr yashaydi. Uy ham, mashina ham eskiradi. Boylik kamayishi mumkin. Ammo taqvo, yaxshi xulq, ilmga hurmat va mas’uliyat oilani yillar davomida ushlab turadi. Shuning uchun, aziz ota-onalar, qizingizni turmushga berayotganingizda: “Qizim boy uyga kirsin”, debgina o‘ylamang. Balki: “Qizim Allohni taniydigan, ilmni qadrlaydigan, uning qadrini biladigan, ilm olishiga to‘sqinlik qilmaydigan va farzandlarimizni din bilan tarbiyalaydigan inson bilan hayot qursin”, deb o‘ylang. Chunki siz qizingizni bir oilaga emas, uning butun kelajagiga topshiryapsiz. Qizingizning qo‘liga kitob tutqazgan ota-ona, uni kitobdan uzoqlashtiradigan muhitga topshirishdan oldin ming marta o‘ylashi kerak. Boy kuyov qizingizga qulay hayot berishi mumkin. Ammo solih, ilmni qadrlaydigan kuyov qizingizga dunyo va oxirat saodatiga sabab bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, tanlovni boylik bilan boshlamang. Avval dinini ko‘ring. Keyin xulqini ko‘ring. Ilmga munosabatini ko‘ring. Mas’uliyatini ko‘ring. Shundan keyin dunyosiga qarang. Alloh barcha ota-onalarga farzandlari uchun eng hayrli juftlarni tanlashda hikmat va basirat bersin. Allohumma amiyn. @al_azhar123

  • #eslang_eslating Juma kunining sunnatlari: 1. G‘usl qilish 2. Poklanish 3. Hushbo‘ylanish 4. Pok va eng chiroyli kiyimlarni kiyish 5. Misvok ishlatish 6. Kahf surasini o‘qish. Yoki tafakkur tadabbur qilib tinglash ma‘nolarini o‘qish 7. Ihlos bilan ko‘p duo qilish 8. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga imkon qadar ko’p salovat aytish. @al_azhar123

  • 📖Фаҳм — Ҳофизликка йўл Қуръон ёдлашда энг катта ёрдамчи — ўқиган оятларни тушунишдир. Оятлар бир-бирига қандай боғланганини англаш ёдлашни енгил қилади. Шунинг учун ёдлаётганингизда ўша оят ва сураларнинг тафсирини ўқиб, онгни жам қилиб ўрганиш керак. Бу эса хифзни қайтаришда жуда ёрдам беради. Аммо фақат тушунишнинг ўзи етарли эмас — ҳақиқий ёдлаш такрор ва такрорга боғлиқ. @al_azhar123

  • 12 авг.5571214

    ✅️Darsni samarali qiladigan oltin qoida Ey tolib ilm bir qoida aytaman shuni o'zingizga shior qilib oling yodlab oling Darsingizga halaqit beradigan hamma narsani toʻxtatib shariatga muvofiq holda voz keching kim va nima va qanday boʻlishidan qat'iy nazar. @al_azhar123

  • ​🪶🚪 СОХТА ДЎСТ ВА ҲАҚИҚИЙ БИРОДАР ФАРҚИ ​«Мунофиқлар фақат манфаат бор жойда бирлашади. Манфаат тугадими — бир-биридан юз ўгиради...» ​📌 Ибн Таймийя роҳимаҳуллоҳ • Иқтидоус-сиротил-мустақим ​Одамлар бор — бошингизга омад кулиб турганда ёнингизда, манфаати тугаганда эса сизга бегона. Бу — мунофиқларнинг сифати. Уларнинг қалблари аслида тарқоқ. ​Аммо ҳақиқий мўмин биродар... Орангизда минглаб километр масофа бўлса ҳам, йиллар ўтиб кўришмаган бўлсангиз ҳам, сизнинг орқангиздан, ҳеч ким кўрмаётган жойда сиз учун дуода бўлади. ​Атрофингизда шундай холис дўстларингиз бўлса — уларни маҳкам тутинг. Бундай биродарлик — ягона ва бебаҳо неъматдир. @al_azhar123

  • 📚Qur'on oʻqiydigan moʻminni misoli... @al_azhar123

  • ​⛔ Kun boʻyi lanjlik va holsizlikdan charchadingizmi? Buning davosi hadisda bor! ​Koʻpchilikdan: «Ertalabdan beri oʻzimni bosib ololmayapman, kun boʻyi lanjman, hech narsaga xohishim yoʻq», degan shikoyatni koʻp eshitamiz. Bu holatdan qutilishning va kunni tetik boshlashning eng goʻzal yechimini Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam bundan 14 asr oldin aytib ketganlar. ​Ikki sahih toʻplamda (Buxoriy va Muslimda) kelgan hadisda Paygʻambarimiz ﷺ shunday marhamat qiladilar: ​«Banda uyqudan uygʻonganida Allohni zikr qilsa -yod etsa, shaytonning (uning boʻyniga bogʻlagan) tugunlaridan biri yechiladi. Agar tahorat olsa, ikkinchi tugun yechiladi. Agar namoz oʻqisa, uchinchi tugun ham yechilib, u kunni tetik va xush kayfiyat bilan boshlaydi. Agar bularni qilmasa, kunni noxush kayfiyat va lanjlik (dangasalik) bilan boshlaydi» ​✨ Xush kayfiyatning siri nimada❔ ​Kimki kunini Allohning zikri, tahorat va namoz bilan boshlasa, uning qalbi kengayadi, kuni barakali oʻtadi. Bunday insonga kun boʻyi Allohni eslash oson boʻladi va uning yuzida doim tabassum porlab turadi. 🚪 ​Qalbi sokin va tetik boʻlgan inson atrofidagilarga ham faqat yaxshilik ulashadi. Zero, yuzingni issiq va ochiq tutishning oʻzi ham katta savobdir. ​Paygʻambarimiz ﷺ aytganlar: ​«Yaxshilikdan biror narsani arzimas sanama, hatto birodaringga ochiq yuz bilan roʻbaroʻ boʻlishni boʻlsa ham» (Imom Muslim rivoyati) ​✅ Kuningiz omadli, barakali va energiyaga boy oʻtishini xohlasangiz, uygʻonish bilan televizor yoki telefonga yopishmang. Avval Allohni eslang, goʻzal tarzda tahorat oling va namoz oʻqing. Shaytonning tugunlaridan xalos boʻlib, kunni tabassum bilan boshlang. @al_azhar123

  • 🌿 «Hayo bilan yurib keldi…» Alloh taolo Muso alayhissalom qissasida moʻmina ayolning birgina holatini shunday tasvirlaydi: ﴿فَجَاءَتْهُ إِحْدَاهُمَا تَمْشِي عَلَى اسْتِحْيَاءٍ﴾ «Shunda u ikki ayoldan biri hayo bilan yurib kelib...» (Qasos, surasi-25) E'tibor bering: Alloh taolo uning goʻzalligini, kiyimini yoki tashqi qiyofasini emas, yurishidagi hayosini maqtadi. Bu oyat shuni anglatadiki, Islom nazarida hayo faqat qalbdagi tuygʻu emas, balki insonning yurishi, gapirishi, kiyinishi va muomalasida namoyon boʻladigan fazilatdir. Bugungi kunda esa ayrim "zamonaviy musulmon" boʻlishni da'vo qilayotgan ayollar Islomni oʻz nafslariga moslashtirishga urinmoqda. Hatto Alloh farz qilgan hijobni o'z maqsadi va mohiyatidan uzoqlashtirib moda tarziga aylantirib yubormoqda.. Qolaversa: • Jamoat joylarida baland ovozda kulish va gapirish; • Erkaklar orasiga bemalol kirib-aralashish; • E'tiborni tortadigan kiyim va bezaklar bilan koʻzga tashlanishga intilish; • Ijtimoiy tarmoqlarda oʻzini namoyish qilishni odatiy hol deb bilish... Soʻng esa: "Muhimi qalb toza boʻlsa boʻldi", deya oʻzini oqlashga urinadi. Holbuki, qalbdagi hayo tashqi odobda koʻrinmasa, uning da'vosi qay darajada rost ekanini inson oʻzi oʻylab koʻrishi kerak. Qur'on moʻmina ayolni «hayo bilan yuruvchi» sifatida ta'riflaydi, bugungi madaniyat esa uni koʻproq koʻrinishga va e'tibor qozonishga undaydi. Moʻmina ayol esa madaniyatga emas, Qur'on mezoniga ergashadi. 🌱 Musulmonlik — faqat ism yoki hijob emas. Musulmonlik — Qur'on va Sunnat belgilagan odob bilan yashashdir. Hayo esa bu odobning eng ulugʻ ustunlaridan biridir. "Kim Alloh uchun hayoni saqlasa, Alloh uning izzati va qadrini dunyo hamda oxiratda yuksaltiradi." Alloh taolo opa-singillarimizni Qur'on ta'riflagan hayo bilan ziynatlasin va bizni zamon emas, vahiy tarbiyalaydigan bandalaridan qilsin. Omin. @al_azhar123

  • 10 авг.6091012из azhar_madrasasi

    🔴ALLОH UCHUN XIZMAT QILISHGA SIZNI CHORLAYMIZ Bizga xolis Alloh uchun, din yo‘lida xizmat qiladigan insonlar kerak. Alloh taolo uchun qilingan xizmat hech qachon zoye ketmaydi. Insonning haqqini odamlar to‘lamasa ham, Alloh uning ajrini albatta beradi. ««Kim Allohga qarz bersa — go‘zal qarz bersa, U zot uni unga bir necha barobar qilib qaytaradi». (Baqara, 245)» Biz madrasamizning faoliyatini faqat diniy ilmlar bilan cheklab qolmasdan, butun musulmonlarga manfaat yetkazadigan keng qamrovli ta’lim maskaniga aylantirishni niyat qildik. Bugungi kunda musulmonlarga faqatgina faqih, muhaddis va Qur’on ustozlari emas, balki tilshunos, dasturchi, dizayner, muhandis, yozuvchi, tarjimon, media mutaxassisi va boshqa ko‘plab sohalarning yetuk mutaxassislari ham kerak. Chunki ummatning har bir sohaga ehtiyoji bor. Ammo bizning asosiy maqsadimiz — dunyoviy ilmni dinning o‘rniga qo‘yish emas. Aksincha, musulmon kishi avvalo Robbisini tanishi, halol-haromni bilishi va o‘z kasbini shariatga muvofiq ado etishni o‘rganishi, so‘ngra o‘sha sohada yetuk mutaxassis bo‘lishidir. Ilmning qaysi sohasi bo‘lishidan qat’i nazar, agar inson uni Allohning roziligi, musulmonlarga manfaat yetkazish va dinning rivojiga hissa qo‘shish niyati bilan o‘rgansa, uning ilmi ham ibodatga aylanishi mumkin. Rasululloh ﷺ: ««Amallar niyatlarga bog‘liqdir». (Buxoriy va Muslim)» Shuning uchun bizga shu yo‘lda sherik bo‘ladigan ustoz va mutaxassislar kerak. Siz qaysi sohada xizmat qila olasiz ayol erkak farqi yo‘q: Diniy ilmlardan: - Aqida - Tafsir - Hadis - Fiqh - Usulul-fiqh - Nahv va sarf - Qur’on va tajvid - Va boshqa shar’iy fanlar Boshlang‘ich, o‘rta yoki yuqori darajada dars bera olishingizning hoh ayol hoh erakk farqi yo‘q. Bilimingiz bilan kimlargadir manfaat yetkaza olsangiz — sizga ehtiyojimiz bor. Dunyoviy ilmlardan: - Ingliz tili - Rus tili - Arab tili - Dasturlash - Grafik dizayn - Video montaj - Kitob yozish va tahrirlash - Tarjima - SMM va media - Va boshqa foydali sohalar Agar yuqoridagi sohalardan birortasida dars bera olsangiz yoki boshqalarga o‘rgata oladigan darajada mutaxassis bo‘lsangiz, inshaalloh, Alloh uchun bizning safimizda xizmat qiling. Ehtimol, siz bergan birgina dars sababli bir inson kasb egasi bo‘lar. U o‘z oilasini boqib, boshqalarga yordam berar. Balki uning mehnati bilan yana yuzlab insonlar manfaat ko‘rar. Shunda sizning ajringiz ham davom etib boradi. Rasululloh ﷺ dedilar: ««Kim bir yaxshilikka dalolat qilsa, uni qilgan kishining ajridek ajr oladi». (Muslim)» Biz buni ko‘rdik... Shu vaqtgacha Alloh uchun ilm o‘rgatgan insonlarning Alloh ularning ilmiga, hayotiga va martabasiga baraka berganiga guvoh bo‘ldik. Ammo ilmni faqat dunyo uchun, shu dunyoning arzimas manfaatlari uchun qilganlarning esa o‘zlari intilgan narsalariga bog‘lanib qolganini ham ko‘rdik. Shuning uchun bizning chaqirig‘imiz oddiy ish taklifi emas. Bu — ummatga xizmat qilishga chaqiriq. Bu — ilmni ibodatga aylantirish imkoniyati. Bu — kelajak avlodga foydali bilim berib, savobi davom etadigan amal qoldirish imkoniyati. Alloh taolo marhamat qiladi: ««Alloh sizlardan iymon keltirganlarni va ilm berilgan zotlarni darajalar bilan ko‘tarur». (Mujodala, 11)» Sizda ilm bormi? Uni faqat o‘zingiz uchun saqlab qolmang. Alloh sizga bergan ne’matni boshqalarga yetkazing. Sizda biror hunar yoki mutaxassislik bormi? Uni ummatga manfaat keltiradigan vositaga aylantiring. Bizga sizning vaqtingiz, ilmingiz va tajribangiz kerak. Siz bir kishiga ilm berishingiz mumkin. Biz esa birgalikda butun bir avlodga ilm berishga harakat qilamiz. Keling, Alloh uchun birlashaylik. Ilm bilan xizmat qilaylik. Ummatga manfaat yetkazaylik. Alloh uchun qilingan hech bir amal Uning huzurida zoye ketmaydi. ««Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarning ajrini zoye qilmaydi». (Tavba, 120 mazmunida)» Murojaat uchun: @Azhar_admin

  • СИНОВСИЗ МУВАФФАҚИЯТ БЎЛМАЙДИ ​Ибн Таймия роҳимаҳуллоҳ айтадилар: ​«Бир киши Имом Шофиъийдан сўради: “Эй Абу Абдуллоҳ! Инсон учун қай бири афзал: муваффақият мартабага эришишми ёки синалишми?” ​Имом Шофиъий шундай жавоб бердилар: “Инсон то синалмагунча, унга муваффақият ва мартаба берилмайди”. (Жомиъул-масоил) ​💡 Бундан олинадиган муҳим хулосалар: 1. ​Ижтимоий босим: Инсон табиатан жамиятда яшайди. Жамиятдаги одамлар эса доим ўз қарашлари ва хоҳишларига эргашишингизни талаб қилади. 2. ​Икки йўл ва натижа: ​Агар одамларнинг нотўғри хоҳишларига эргашсангиз — барибир эртами-кечми одамларнинг ўзидан ёки бошқа тарафдан азият ва азоб кўрасиз. ​Агар одамларга эмас, Ҳаққа эргашсангиз — бошида одамлар томонидан босим ва синов бўлади, лекин оқибати муваффақиятдир. ​📍 Олтин қоида: ​Оиша розияллоҳу анҳодан ривоят қилинган ҳадисда Пайғамбаримиз ﷺ шундай деганлар: ​«Ким одамларнинг ғазаби келишига қарамай Аллоҳнинг розилигини изласа, Аллоҳ ундан рози бўлади ва одамларни ҳам ундан рози қилиб қўяди. Ким Аллоҳнинг ғазабини келтириб бўлса ҳам одамларнинг розилигини изласа, одамлар уни Аллоҳнинг азобидан ҳеч нарса билан қутқара олмайди (ва илгари уни мақтаб турган одамларнинг ўзи унга ёмонлик қилувчига айланади». @al_azhar123

  • 8 авг.774126

    Касир ибн Убайд ал-Ҳимсий Ҳимс аҳлига олтмиш йил имомлик қилиб бирор марта адашмаган экан. Ундан бунинг сабабини сўрашганда: «Бирор марта қалбимда Аллоҳдан ўзгани ўйлаган ҳолда масжид эшигидан кирмадим», деб жавоб берган экан. ("Таҳзибу таҳзиб", 8\424) @al_azhar123

  • #eslang_eslating Juma kunining sunnatlari: 1. G‘usl qilish 2. Poklanish 3. Hushbo‘ylanish 4. Pok va eng chiroyli kiyimlarni kiyish 5. Misvok ishlatish 6. Kahf surasini o‘qish. Yoki tafakkur tadabbur qilib tinglash ma‘nolarini o‘qish 7. Ihlos bilan ko‘p duo qilish 8. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga imkon qadar ko’p salovat aytish. @al_azhar123

  • 6 авг.1 010914

    Do'stlar uch turli bo'ladi: 1-Kunlik ozuqaga oʻxshaydi har kuni ehtiyojing tushadi 2-Doriga o'xshaydi gohida ehtiyojing tushadi 3-Dardga o'xshaydi umuman ehtiyojing tushmaydi. @al_azhar123

  • 6 авг.1 008198

    Allohga munojot qilish: Mani ilohim ekanligingni oʻzi faxirlanishimga yetadi Sani quling ekanligim izzatimga yetadi Sen Meni hohlaganimdeksan (barcha hohlagan narsalarim senda bor) shunday ekan sen ham meni oʻzing hohlaganingdek qilib tarbiya qil. @al_azhar123

  • 6 авг.1 1832136

    Ey tolibi ilm, nega siqilasiz? Nega zerikasiz? Alloh taolo ko‘pchilikka nasib qilmagan ilmni sizga nasib etganiga siqilasizmi? Ko‘pchilik orzu qiladigan ilm yo‘lida yurganingizga siqilasizmi? Odamlar gunohlar girdobida yurgan bir paytda siz Allohning dinini o‘rganayotganingizdan siqilasizmi? Hamma: "Vaqtim yetmayapti", deb yurgan paytda siz vaqtingizni ilm bilan o‘tkazayotganingizdan siqilasizmi? Boshqalar maxluqlarga xizmat qilish uchun tinmay mehnat qilayotganida, siz Allohning dini yo‘lida charchayotganingizdan siqilasizmi? Boshqalar shaytonning ovozlari va musiqalaridan huzur topayotgan bir paytda, siz har kuni Allohning Kalomi va Rasululloh ﷺning hadislarini tinglay turib zavq topmay, siqilyapsizmi? Boshqalar dunyo manfaatlari uchun turli tillarni o‘rganishdan erinmayotgan bir paytda, siz Allohning Kalomini tushunish uchun qilayotgan ozgina mashaqqatingizdan siqilyapsizmi? Kasal insonlar sizning bir soniyalik sog‘lig‘ingizni orzu qilayotgan bir paytda, Alloh sizni sog‘lom qilganiga siqilyapsizmi? Boshqalar yozning jaziramasi-yu qishning sovug‘ida ko‘chalarda mehnat qilayotgan bir paytda, siz iliq xonada, qulay kursida ilm o‘qiyotganingizdan siqilyapsizmi? Ilmsiz inson qariganda yolg‘izlikdan zerikadi. Siz esa Allohning Kalomini tilovat qilish va ilm mutolaa qilish imkoniga ega bo‘la turib siqilyapsizmi? Namozda Alloh bilan munojot qilish baxti berilganiga siqilasizmi? Qur'onni tushunishga bir qadam yaqinlashayotganingizdan siqilasizmi? Farishtalar qanotlarini yozadigan ilm majlisida o‘tirayotganingizdan siqilasizmi? Ota-onangiz uchun eng katta sadaqayi joriya bo‘ladigan ilmni olayotganingizdan siqilasizmi? Har bir o‘qigan harfingiz uchun ajr yozilayotganidan siqilasizmi? Qiyomat kuni foyda beradigan ilmni yig‘ayotganingizdan siqilasizmi? Alloh sizni ilm ahli safida ko‘rishni xohlaganiga siqilasizmi? Dunyo o‘tkinchi, ilmning savobi esa boqiy ekanini bilaturib siqilasizmi? Bir kun kelib boshqalarga hidoyat sababchisi bo‘lishingiz mumkinligidan siqilasizmi? Jannatga eltuvchi yo‘llardan biri bo‘lgan ilm yo‘lida yurganingizdan siqilasizmi? Ayting-chi, nimadan siqilyapsiz? Nega zerikyapsiz? Aslida siz siqilayotgan narsalar — Allohning ulkan neʼmatlari-ku! Neʼmatlardan siqilish emas, balki ularning shukrini qalb bilan his qilish, til bilan aytish va amallar bilan ado etish kerak emasmi? Alloh taolo marhamat qiladi: «﴿لَئِن شَكَرْتُمْ لَأَزِيدَنَّكُمْ﴾» "Agar shukr qilsangiz, albatta sizlarga (neʼmatimni) yanada ziyoda qilaman." (Ibrohim surasi, 7-oyat) Rasululloh ﷺ dedilar: ««مَنْ سَلَكَ طَرِيقًا يَلْتَمِسُ فِيهِ عِلْمًا، سَهَّلَ اللَّهُ لَهُ بِهِ طَرِيقًا إِلَى الْجَنَّةِ»» "Kim ilm izlab yo‘lga chiqsa, Alloh unga shu sababli jannatga eltuvchi yo‘lni oson qiladi." (Imom Muslim rivoyati) Ey tolibi ilm! Bugungi mashaqqatingiz — ertangi sharafingizdir. Bugungi sabringiz — ertangi saodatingizdir. Bugun ilm yo‘lida to‘kilgan teringiz, in shaa Alloh, qiyomat kuni yuzingizni nurli qiladigan amallardan bo‘ladi. Shunday ekan, siqilmang! Shukr qiling, sabr qiling va ilm yo‘lidan aslo ortga qaytmang. Chunki siz yurgan yo‘l — payg‘ambarlar merosining yo‘lidir. @al_azhar123

  • 5 авг.9391414

    Имом Авзоъий раҳимаҳуллоҳ айтган: Шундай замон келадики, у замонда энг кам нарса учта бўлади: → самимий дўст (кўнгилга суянч инсон) → ҳалол дирҳам (ҳалол ризқ) → Суннатга мувофиқ амал 📚 Аз-Зуҳд — Имом Аҳмад (964) @al_azhar123

  • 4 авг.1 044611

    Maxrum kim? • Инсонларнинг энг маҳруми — гуноҳ қилиб, кейин қалбида заррача надомат топмаган кишидир. Чунки надомат тавбага етаклайди ва гуноҳни яна такрорлашдан тўсади. • Агар инсон гуноҳ қилиб қўйганидан сўнг қалбида ҳеч қандай оғриқ ҳис қилмаса, бу Аллоҳ ундан энг қимматли неъматини — Аллоҳни таниш (маърифат) неъматини тортиб олганининг белгисидир. Чунки банда қиладиган гуноҳининг оғирлиги, ўзи осий бўлаётган Зотни қанчалик танимаслигига мутаносиб бўлади. 📚 Заҳоир фи Сутур, Шайх Абдулазиз Торифий @al_azhar123

  • 3 авг.1 3682835

    TAHAJJUDGA ALLOH TURG‘IZADI Bir inson aytadi: Men Allohning izni bilan tahajjudga turardim. Bora-bora tahajjudga turish men uchun juda oson bo‘lib qoldi, hatto odatga aylandi. Bomdodgacha tahajjuddan tashqari dars qilishga ham ulgurardim. Shu kunlarning birida shayton meni aldadi. Qalbimga: «Tahajjudga turish juda oson ekan-ku, nega ba’zi insonlar bunga qiynalishar ekan?» — degan fikr keldi. Shu fikr qalbimdan o‘tgach, holatim butunlay o‘zgardi. Tahajjudga turish u yoqda tursin, bomdod namoziga turish ham qiyin bo‘lib qoldi. Ba’zan bomdodni uxlab qolib, qazo qilib qo‘yadigan bo‘ldim. Uyg‘otish uchun barcha sabablarni qilardim: budilnik qo‘yardim, vaqtida uxlardim, hatto ahlim ham meni uyg‘otishga harakat qilardi. Lekin baribir tura olmasdim. Tahajjuddan esa hech qanday asar qolmadi. Shunda o‘zimni tekshirib ko‘rdim. Sababini o‘ylab qarasam, men o‘zimdan ajablanib qolgan ekanman. Ya’ni, tahajjudga turishni o‘zimning kuchim va qobiliyatim bilan bo‘layotgandek his qilibman. Allohning tavfiqini unutib qo‘yibman. Aslida esa, Alloh turg‘izmasa, insonni hech qanday sabab uyg‘ota olmas ekan. Hozir esa shu xatoyimni tushunib, o‘zimni to‘g‘rilashga harakat qilyapman. Alhamdulillah, holatim ham asta-sekin yaxshilanib boryapti. Qarang, bu voqeada biz uchun katta ibrat bor. Biz har bir narsada Allohga muhtojmiz. Hatto ibodat qilishda ham. Namoz o‘qish, Qur’on tilovat qilish, tahajjudga turish, ilm olish — bularning barchasi Allohning tavfiqi bilan bo‘ladi. Biz sabablarni qilamiz, lekin sabablarning o‘ziga suyanmaymiz. Budilnik qo‘yamiz, vaqtida uxlaymiz, harakat qilamiz. Ammo qalbimizda: «Meni uyg‘otadigan ham, ibodatga turg‘izadigan ham Alloh», degan e’tiqod bo‘lishi kerak. Shuning uchun biror yaxshilikka muvaffaq bo‘lsak, o‘zimizga mag‘rur bo‘lmaylik. «Men qildim», demaylik. Balki: «Alloh menga tavfiq berdi», «Alloh meni bunga muvaffaq qildi», «Agar Alloh yordam bermaganida, men buni qila olmasdim», deb bilaylik. Alloh taolo aytadi: وَمَا تَوْفِيقِي إِلَّا بِاللَّهِ «Mening tavfiqim faqat Alloh bilandir». (Hud surasi, 88-oyat) Rasululloh ﷺ dedilar: احْرِصْ عَلَى مَا يَنْفَعُكَ، وَاسْتَعِنْ بِاللَّهِ، وَلَا تَعْجَزْ «Senga foyda beradigan narsaga intil, Allohdan yordam so‘ra va ojiz bo‘lib qolma». (Imom Muslim rivoyati) Demak, sabablarni qilaylik, ammo qalbimiz sababda emas, sabablarni yaratgan Allohda bo‘lsin. Chunki Alloh tavfiq bermasa, inson mingta sababni qilsa ham, biror yaxshilikka muvaffaq bo‘la olmaydi. @al_azhar123

  • 3 авг.1 177627

    📿 ❤️TONGI-TUNGI ZIKRLARNING FOYDALARI 🎙Sheyh Muhammad Muxtor @al_azhar123

  • 2 авг.1 1623210

    ☪☪☪☪☪️ || Saabiqun 📢Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, hurmatli kanalimiz a'zolari, sizlarni "Saabiqun" loyihasiga taklif etamiz! ➿️Alloh azza va jalla Mo'minun surasi 61-oyatda marhamat qilib aytadi: 🤍أولَٰئِكَ يُسَارِعُونَ فِي الْخَيْرَاتِ…