Moon 🌙
Статистика#𝐁𝐢𝐬𝐦𝐢𝐥𝐥𝐚𝐡 Kanalni kuzatishga sarflagan vaqtingiz uchun rozi bo'ling.. Audio, Videolar: @Muhibbb_TV
- Последний пост
- 27 апр. 2025 г.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ey nafs, agar Alloh ko'rmaydi, degan etiqod bilan gunoh qilayotgan bo'lsang, bu kufringdan ulkan kufr yo'q va agar u ko'rib turadi, degan tushunchang bilan jur'at etayotgan bo'lsang, unda surbetliging va hayosizligingni chek-chegarasiz. Holingga voy bo'lsin, ey nafs, agar birodaringdan birortasi g'azabingni keltiradigan biror-bir ish qilsa, unga nisbatan g'azabing va noroziliging qanday bo'ladi!? Qaysi jasorat bilan Allohning g'azabi va qattiq jazosiga jur'at qilyapsan? Uning azobiga toqatim yetadi, deb o'ylayapsanmi? Muncha ham nodonlik! O'zingni bir sinab ko'r. Agar kibring azobining alamidan chalg'itayotgan bo'lsa, quyoshda yoki issiq hamomda biror soat tur, yo esa barmog'ingni olovga yaqinlashtir, toki toqating qanchaligini aniqlashtirib olasan. Davomi bor✍️ @Muhibbatun
🤎Nafsga itob 🤎 🖊 Nafs doim o'zining aqliligi va to'g'ri yo'ldaligi bilan keriladi va agar uni ahmoqsan, desang kibri kuchayadi. Unga, ey nafs, buncha ham nodonsan, hikmat va donolikni da'vo qilasan, aslida esa, eng ahmoq va nodon o'zingsan, yo'lingda jannat va do'zax borligini, yaqinda ikkovidan biriga borishingni bilmaysanmi? Bu ulkan baxtsizlik va musibat seni o'ziga chorlab turgan bo'lsa, nega xursand bo'lasan, kulasan va behuda narsalar bilan mashg'ul bo'lasan. Balki, bugun (o'lim) hujumiga duch kelarsan yoki ertaga. O'limni uzoq deb ko'ryapsan, deb o'ylayman, vaholanki, Alloh uni yaqin deyapti-ku, bilmaysanmi? Kelishi anniq bo'lgan barcha narsa yaqin, umuman kelmaydigan narsa esa uzoq deyiladi. Bilmaysanmi, o'lim kutilmaganda keladi, oldindan elchi yuborib ogohlantirmaydi, sen bilan kelishib va'dalashib o'tirmaydi. U yozda keladi, qishda kelmaydi, kunduz keladi, kechasi emas, yoshlarga keladi, qarilarga kelmaydi, degan gap yo'q. Balki har bir nafas orasida kutilmaganda o'lim kelishi ehtimolli narsadir. Agar kutilmaganda o'lim kelmasa, seni xayolingga ham kelmay turgan vaqt bir kasallik keladi va u o'limga eltib boradi. Nega o'limga tayyorgarlik ko'rmaysan, u senga eng yaqin narsa-ku. Davomi bor✍️ @Muhibbatun
Хаста қалбнинг ҳикояси қисқа бўлади. "Нима бўлди ?" десанг: "Ҳеч нарса" дейди халос.
#xikmatli_dunyo Шундай ўғрилар борки биздан ўғирлайдиган нарсаларини кўпроқ ўғирлашларини жон деб истаган бўлар эдик... Бу ўғрилар бизнинг гуноҳларимизни ўғирлашади... Яна қандай йўл билан?! Ортимиздан завқланиб ғийбат қилиш билан, Завқланиб туҳмат қилиш билан, Яйраб иғво қилиш билан гуноҳларимизни «шилиб кетишаркан»... Биз эса катта-катта гуноҳларимиз тунаб кетилганлигидан гоҳида бехабар ҳам қоламиз. Агар билганимизда эди, ўша ўғриларга раҳматлар айтган бўлардик. Сизни ғийбат қилишяптими? Иғво қилишяптими? Хафа бўлиб ўзизни сиқманг! Балки хурсанд бўлинг. Гуноҳларингизга ЎҒРИ тушди.
"Агар аёлингиз болаларингиз билан уйда қолса, оилангиз камроқ даромад қилади, лекин бойроқ бўлади." (таржима) *** 1960-йиллардан бошлаб АҚШ ва бошқа Ғарб давлатларида феминизмнинг кучайиши билан гендер роллари ўзгариб, аёллар ишчи кучига кенгроқ қўшила бошлади, уйида иззат топиб ўтирган аёллар кўчага чиқарилди. Бу ўзгариш ижтимоий ва иқтисодий жиҳатдан катта таъсир кўрсатди, ажралишлар сонининг ошиши ва оилавий тузилмаларнинг ўзгариши, яъни жамиятда ёлғиз онали (ёки кам ҳолатларда ёлғиз отали) оилалар кўпайиши шулар жумласидан. Бу ҳақида инглиз тилида ишончли манбалардан олинган мақолалар ва статистик маълумотлар талайгина. Тадқиқотлар шунни кўрсатадики, тўлақонли оилаларда, яъни ота ва она томонидан тарбияланган болалар ёлғиз она томонидан ўстирилган болалардан ўртача юқорироқ академик натижаларга эришади, камроқ ҳуқуқбузарлик қилади ва психологик барқарорлик жиҳатидан устун бўлади. Ёлғиз оналик эса, айниқса, ижтимоий-иқтисодий муаммолар билан боғлиқ ҳолда, болалар ҳаётига салбий таъсир кўрсатиши аниқланган. Албатта, бу барча ҳолларда ҳам шундай бўлади дегани эмас, баъзи ёлғиз оналар (ёки оталар) фарзандларини жуда муваффақиятли тарбиялай олишади. Лекин бундай ҳолатлар умумий статистикада жуда камчиликни ташкил қилади. Ачинарли томони, эндиликда муаммо фақат фарзанд тарбияси билан боғлиқ эмас, балки унинг кўлами кенгайиб, масаланинг бошқа томонлари ҳам пайдо бўла бошлаган. Бугунги кунда АҚШ ва Европада эркакларнинг ижтимоий ролини қайта кўриб чиқиш масаласи кўтарилмоқда. Масалан, эркаклар орасида депрессия ва ўз жонига қасд қилиш кўрсаткичлари аёлларникидан юқорироқ. Аёлларнинг касбий имкониятлари кенгайгани сари, баъзи эркаклар ўз ўрнини топишда қийинчиликка дуч келмоқда. Шунинг учун "эркаклик инқирози" ва эркаклар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш мавзулари баъзи социологлар орасида долзарб масалага айланган. Ҳўш, биз қандай хулоса қилишимиз мумкин? Ривожланаётган мамлакатлар Ғарб тажрибасидан ўрнак олиши табиий, лекин ҳар қандай ижтимоий ислоҳотнинг узоқ муддатли оқибатларини ҳам инобатга олиш керак. Масалан, оилавий қадриятларни бузмасдан туриб, гендер тенглиги ва иқтисодий тараққиёт ўртасида мувозанатни топиш муҳим. Агар ривожланган мамлакатларнинг ўтиш жараёнида йўл қўйган хатоларидан сабоқ олинмаса, худди шундай муаммоларга дуч келиш эҳтимоли юқори. Интернетдан. @IkromSharif
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Рамазон ойининг ўғрилари. @BintuSodiq
Nega “U” munosabatlarni davom ettirmaydi? 2-3 yillik munosabatlar, birga qilingan orzu-umidlar, kelajak planlari… Keyin esa orani ochiq qilish.. Siz siqilib, unutolmay, yig'lab yurganingizda bir narsani eshitib, hayron qolasiz. Oradan yarim yil ham o'tmay uylanib ham bo'libdi, qanday qilib bunaqa bo'lishi mumkin?! deb o'ylaysiz. U nega bunday qildi? Sababi oddiy edi, chunki erkaklar 2 yillab o'ylab yurmaydi, ular aslida bilishadi. Agar u o'z juftini ko'ra olsa, cho'zmaydi, ikkilanmaydi, uzoq vaqtni behuda sarflamaydi. Lekin agar 2yil davomida cho'zib, oldinga qadam tashlamay yurgan bo'lsa, u allaqachon tanlov qilib bo'lgan edi. Faqat sizni foydangizga emas! Bu yerda savolni unga emas, o’zimizga beramiz: U bizni juftimiz emasligini shuncha vaqt davomida nega sezmaganmiz? Gap mana shunda. Bundan keyingi munosabatlarda ayni xatoni takror qilmaslik uchun: 1. Muhabbat bu harakatdir. Agar u hakatga sabab bo’lmayotgan bo’lsa, o’lik hisoblanadi. 2. Agar qarshimizdagi erkak qaror qabul qila olmay cho’zsa, u allaqachon o’zi uchun qaror qabul qilib bo’lgan. Bu yerda cho’zayotgan aslida bizni o’zimiz. 3. Bizga har xil sabablarni aytib, hozir pul topishim kerak, uy olishim kerak, ishlarim ko’p… deb manipulyatsiya qilib vaqt o’tkazib yurgan bo’lsa bu uni muammosi. Qachon tayyor bo’lsa kelsin, ungacha aloqalarni kesish kerak. Uni o’ylab, “qulay,yaxshi” qiz bo’lib yurganga bir kun kelib hech kim “Rahmat siz tushunib uni shuncha kutibsiz-a!” deb haykal qo’ymaydi. 4. Biz hal qilinmasdan yurgan munosabatlardan nima ehtiyojimizni to’ldiryapmiz? Mana shuni tushunsak, kim bilan, qanday munosabat qilish kerak ekanini ancha farqiga borib qolamiz. Nozik xilqat
📌Annaqqisa: — Turli mazvular aralashib ketmasin deb ba’zi postlarni bu kanalga joylamayapmiz. Ajoyib, kreativ postlarni @Muhibbuna sahifasidan topasiz. Kirib ko’rmagan bo’lsez birrovga tashrif buyuring. Qo’llab-quvvatlab turasiz, deb umid qilamiz. Eshik ochiq qolmasin lekin..😉
Yerga qarab yurishimni ayb sanamang. Yerga tushgan adablar bilan mashg'ulman. Jaloliddin Rumiy.
#iqtibos Olim kishilardan biri aytadi: "Eng katta xato hayotni tartiblashga urinib, qalbingdagi g'alayonni unutishingdir". Ha, albatta, re'jalarni qoldirib,idorang, anjomlaring va ishingni tartiblash haqida o'ylashingdir... So'ng unga yopishib olgan kirlarni poklash maqsadida ichki dunyoyinggabir razm solishdan yuz o'girishingdir.. Modomiki, g'aflat libosi bizni o'rab turgan ekan, hayotimiz tugunlari birin-ketin yechilmaydi. Ko'pchilik insonlar nafsni tergash, yashab o'tgan hayot yo'liga razm solish va ushbu odatlarni o'zgartirishdan cho'chishadi. Bu kishini ajablantiradigan hol... "Fursat" kitobidan
#Shakur ➡️ Kim Allohga Uning bergan rizqi uchun shukr qilsa, Alloh uning rizqini yanada keng qiladi. ➡️ Kim Allohga Unga toat ibodat qilayotgani uchun shukr qilsa, Alloh taolo uning toat ibodatini yanada ziyoda qiladi. ➡️ Kim Alloh taologa Unga bergan sihat-salomatlik ne’mati uchun shukr qilsa, Alloh uning salomatligini yanada ziyoda qiladi. 🌷Imom Shavkoniy rahimahulloh. “Fathul qodiyr”. 🌷Robbim, kuch-quvvat, ulug’lik yolg’iz O’zingga tegishli. Rizqingga shukr qiladigan, toatingda charchamaydigan, ne’matlaringga ko’milgan holda tilidan hamdni qo’ymaydigan bandalaringdan qilgin. Juma ayyomi muborak azizlarim.😍 @Muhibbatun🌷
Shunaqa deb o’ylabman… Shuncha vaqt men bularni odamlar deb o’ylab yurgan ekanman, yaxshilab qarasam, ular shunchaki bo’shliqlar ekan. Demak bizga ko’ringan narsalarning hammasi ham haqiqat bo’lavermaydimi? Ichimda qo’rquvlar paydo bo’lishni boshladi, endi nima qilaman? Menda yana qancha illuziyalar bor…?? Illuziya- bir narsa haqida boshqacha o’ylash, lekin u boshqa narsa bo’lib chiqishi. Nozik xilqat
Yashash uchun birgina sabab bor! -Nima? Amal daftarimni "go'zal" qilish....
Umrini uzaytiradigan bir kutubxonasi bo'lsin insonning!
без подписи