Amirkhon Rustamkhujaev 🚀
СтатистикаNexus agentligi asoschisi Performance Marketolog Xalqaro Westminster Universtiteti talabasi Hayotimdan olayotgan tajribalarim bilan o'rtoqlashaman Oldimga qo'ygan maqsadlarim yo'lida menga hamroh bo'ling! @amirrxon
- Последний пост
- 28 февр.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Manus + Meta connector targetologlarni o'rnini egallaydimi? Bugun shu mavzuga qiziqdim va o'rganishni boshladim. Rostdan ham manus'da o'zingizni facebook akkauntingizni ulab, hamma reklama akkauntlaringizga "доступ" ochib bersangiz bo'lar ekan. U sizni xohlagan reklama akkauntingizga kirib reklamalaringiz samaradorligini o'lchab, nima yaxshi ishlayapti, qayerda nimani to'g'irlash kerakligini aytib berar ekan. Hisobotlarni juda tez jadval shakliga keltirib beryapti. Meta Marketing API ni ulash orqali reklamalarni sozlash, reklamalarga o'zgartirish kiritish xususiyatlari ham ochilar ekan. Lekin hali buni o'zim qilib ko'rmadim. Bir videoda ko'rdim, prompt berilgandan keyin, manus ni o'zi brauzerda yangi sahifa ochib, amazondan eng narxiga arziydigan kofeni tanlab, savatga solib berdi. Endi targetologlar copy yozish, voronkalar, umumiy marketing va biznes bo'yicha bilimlarini oshirishlari shart. Shunchaki, reklama sozlab beradigan targetologlar ishlaridan ayrilib qolishlari mumkin.
Manus + Meta connector orqali targetologlar va SMM kompaniyalar yanada samarador bo’lishlari yoki bozordan chiqib ketishlari mumkin. Men Manus + Meta + Amplitude stack ishlatishni boshladim. To’liq agentic. @paiziev24
3 sekund ichida reklamangiz yaxshi natija berishi yoki bermasligini aniqlasa bo'ladi. Har doim aytaman, reklamadagi eng asosiy narsa bu hook ya'ni birinchi 3 sekund. Reklamangizni boshidagi 3 sekundini qo’yib ko’ring. Agar shu 3 sekund ichida sizning maqsadli auditoriyangizni e’tiborini tortmadimi demak, reklamangiz katta ehtimol bilan yaxshi natija bermaydi. Ingliz tili kurs sotasizmi? Reklamani birinchi 3 sekundida ingliz tili haqida gap ketmasa, maqsadli auditoriyangizni katta qismi videoingizni o’tkazib yuboradi. ❌ Video reklamadagi asosiy xatolar: - Salom berib boshlash; - Boshqa mavzudan boshlab, reklamaga olib kelish; - Videodagi kadr/orqa fon mavzudan tashqarida bo'lishi. ✅ Video reklamani yaxshilash uchun tavsiyalar: - Birinchi so'zdanoq maqsadli auditoriyani jalb qilish; Misollar: ▪️Speakingda qiynalasizmi? ▪️Qanday qilib IELTS balingizni 2 oyda 1 balga ko'tarishingiz mumkin? - Vizual hook: Reklamani birinchi kadridan gap nima haqidaligini auditoriya tushunishi; - Videolarga subtitr qo'shish - agar videoingizga subtitr qo'shmasangiz, telefon ovozini past qilib video ko'rayotgan maqsadli auditoriyangiz reklamangizga e'tibor qilmasdan o'tkazib yuborishlari mumkin. Mana shu tavsiyalarga amal qilsangiz, reklamadan natija olishingiz ancha osonlashadi 🤝🚀
Target reklamasi sotmaydi. Taklif sotadi. Ko‘pchilik reklamalardan sotuv bo’lmasligiga budjet, reklama videosi yoki targetolog sababchi deb o‘ylashadi. Shuning uchun ko’p biznes egalari tez tez targetologlarini almashtirishadi, budjetni oshirib ko’rishadi, kreativ sifatini yaxshilamoqchi bo’lishadi lekin natija bo’lmaydi. Lekin ko’p hollarda asosiy muammo — biznesdagi taklifda bo’ladi. Agar biznesingizda mijoz o’ylab o’tirmasdan sotib olishiga undaydigan, sizni raqobatchilaringizdan ajratib turadigan taklif bo’lmasa, reklamadan yaxshi natija olish ancha qiyin bo’ladi. Chunki reklamani o’zi sizga sotuv qilib bermaydi, reklama shunchaki potensial mijozlaringizni e’tiborini tortishga va mahsulotingiz haqida kerakli ma’lumotlarni ularga yetkazib berishga xizmat qiladi. Sotuv qilish uchun esa kuchli taklif ustida ishlash kerak. O’zimning tajribamda $10 reklamaga sarflab, 2-3000$ lik sotuv qilingan va $1000 sarflab umuman natija bo’lmagan holatlar kuzatilgan.
без подписи
Ertalabdan yaxshi mashinaning ruliga o‘tirish — bu shunchaki qulaylik emas. Bu - energiya. Bu - kunni zo'r kayfiyatda boshlash degani. Mashina faqat A dan B nuqtaga olib boradigan vosita emas. U sizga sabr bilan qilgan mehnatingiz zo'r natija berishini har kuni eslatadi. Mashina yo'lda o'zini zo'r tutadi, gaz bosishingiz bilan "uchadi", insonlar qarashadi, yo'l berishadi va bu menga yanada katta motivatsiya beradi. 2 yil oldin shu mashinaga ilk bor o'tirganimda juda yoqqan va hali beri yetishib bo'lmas orzudek ko'ringan. Endi esa shu mashina egasiman! ⚡️ #Alhamdulillah
Bu instrumentlardan reklamala ssenariylaringizda foydalaning va katta natijalar qilishni boshlang! 🎁🚀
без подписи
Videoni birinchi 3-5 sekundi uchun tayyor shablonlar! 🎁
Assalomu Alaykum hammaga! 🙋🏻♂️ Ohirgi post avgustda bo'lgan ekan, buyog'iga aktivroq bo'lishga harakat qilaman. 😅 Lekin quruq qo'l bilan kelmadim, judayam foydali sovg'a bilan kelganman!
Bugun 24 yoshni qarshi oldim. Shu yoshimgacha qilgan barcha xatolarimni 1 dona iqtibos bilan tushunib yetdim. "Soatlarni o'ylab, yillarni yo'q qilamiz". Oddiy sportga 2 soat vaqtimni tejab, ishga bag'ishladim, natijada super ko'p pul topmadim. Lekin og'irlashib qoldim va kun davomida energiyasiz yurishni boshladim. Kitob o'qish uchun kuniga 1 soat ajrata olmadim. Shu 1 soatni ham ishlashga sarfladim. Natijada loyihalar o'sishdan to'xtadi, yangi g'oyalar kelmay qo'ydi, natijalar ortga ketishni boshladi. Sog'lom ovqat tayyorlash yoki buyurtma qilishdan erinib, zararli ovqatlar bilan yashadim. 3 yilda +20kg vazn va bonusiga qorin ham orttirib oldim. Eng foydali bo'lgan ishlardan vaqtimni ayaganim, uzoq muddat davomida natijalar ortga ketishiga sabab bo'ldi. Yuqoridagi iqtibosni eshitmagunimcha bularni o'ylab ko'rmagan ekanman. P.s: Bu iqtibosni eshitganimga 1 oy bo'ldi va 1 oydan beri qattiq dieta qilib, muntazam sport bilan shug'ullanib kelyapman. (-5kg 😉)
Shu kitobni o'qishni boshladim! 🚀 1 ta bo'limni hozirgina o'qib tugatdim. 1 soat vaqt qanday o'tib ketganini bilmay qolibman. 😅 Olingan insaytlarni kanalga ham joylab turaman. Agar qiziq bo'lsa reaksiyalaringizni qoldiring! 🔥🤝🏻
Bozorda ikkinchi eng arzon xizmat ko'rsatuvchi / mahsulot sotuvchi bo'lishdan strategik foyda yo'q, lekin bozorda eng qimmat bo'lishdan foyda bor. Faqat aniq bir sohadagi bizneslarga / insonlarga xizmat ko'rsatgan / mahsulot sotgan holda chekni bir necha barobar qimmatroq qilsa bo'ladi. Misol uchun: Excel kursi - 99$ / Buxgalterlar uchun maxsus excel kursi - $499 Vaqtni to'g'ri boshqarish kursi - $49 / Tadbirkorlar uchun maxsus vaqtni to'g'ri boshqarish kursi - $999 Qandaydur universal marketing agentligi - $1000 / Meraki marketing agentligi $20.000 Narxlar shunchaki misol tariqasida yozildi. Hozirda, o'zim ham barcha proektlarimni analiz qilib chiqyapman, qaysi loyihalarda ko'proq natija qilyapmiz, qaysilari o'xshamayapti... Targeting agentligimni faqat bir nechta yo'nalishdagi loyihalarga xizmat ko'rsatadigan qilmoqchiman. Shu orqali chekni ham 2-3x oshira olamiz. 🚀 There is no strategic benefit to being the second cheapest in the marketplace, but there is for being the most expensive - Dan Kennedy.
Ushbu kitobni vanihoyat o'qib tugatdim! Bu kitob so'nggi 3 oy davomida menga ustoz o'rnida bo'ldi desam ham bo'ladi. Yangi bilimlar oldim, ishda qo'lladim, foyda oldim. Ish bermaganlari ham bo'ldi, lekin tajriba oldim. Hammaga tavsiya qilaman! 🚀
Oldin uchrashuvga borsam, klient kech qolsa kutib turardim issiqda charchab, o'tirishga joy ham yo'q, youtube ko'raman desam megabaytni ko'p yeb qo'yadi... Ishlab sababini qildik, sabr qildik, Alhamdulillah, mana endi o'rindiqni yotqizib, konditsionerni yoqib, youtube ko'rib, kech qolayotgan klientni kutib o'tiribman) #alhamdulillah
без подписи
без подписи
Sizda savol tug'ilishi mumkin: - Mijozizni boshqasi bilan ishlab ketishiga qarab turasizmi, ushlab qolishga harakat qilmaysizmi? Yo'q, hech qachon. Aksincha mijoz boshqa mutaxassisni taklifi qiziqtirayotganini aytishi bilan, o'sha mutaxassis bilan ishlab ko'ring deb o'zim aytaman. Man ko'p yillik tajribaga ega mutaxassis sifatida aniq bilaman, bu takliflar quruq gap. Mijoz shuni o'z ko'zi bilan ko'rishini xohlayman. 99% holatda mijozlarim o'zimga qaytib kelishadi. Bu menga bo'lgan hurmatni yanayam oshiradi va hamkorligimiz yanayam mustahkamlashadi.
Hamma yomon, bitta man zo'r! Ushbu pozitsiya orqali mijozni o'ziga tortib olmoqchi bo'ladigan mutaxassislarni tushunmayman. Shunaqa mutaxassislardan birini shaxsan o'zim taniyman. Instagramda ham faqat o'zini zo'rman deb birovlani to'xtamasdan yomonlaydi. 😅 6 oy oldin bir mijozimiz man bilan ishni to'xtatib, o'sha inson bilan ishlashni boshlagandi. Mijozimga ular taklif bilan chiqishgan va aytishgan hozir qilinvotgan strategiya hammasi noto'g'ri, biza bundan 2-3x zo'rroq natija qilib beramiz deb. Eng qizig'i, 1 oy o'tib o'sha mijoz o'zimga qaytib kelgan, bularda faqat quruq gap ekan deb. 😅 Yaqinda ham shu holat bo'ldi. Boshqa bir mijozimga taklif bilan chiqishdi, yana o'sha ssenariy, man hammasini noto'g'ri qilayotgan ekanman, ular bundan ancha yaxshiroq natija qilib berishar ekan. Undanam qizig'i, o'sha mijozim 2 hafta ham o'tmasdan o'zimga qaytib keldi. Aytishi bo'yicha, 2 hafta ichida 2000$ pul targetga ishlatishgan va 1 dona ham sotuv bo'lmagan... 🤦🏻♂️
без подписи