Antiqa hazil
СтатистикаYengil yumor, sarkazm va mental memlar zonasi 😎
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Развлечения (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 125
- 1/48двое суток
- 143
- 1/72трое суток
- 154
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Oldin eplab haftada bitta post yozay a😂
Kanalda har kuni post bo’lishini xohlaysizmi va nechta😂
Avgust oqshomi Yozning soʻnggi oyi, kuzning daragi Mana, yaqin keldi umrning shomi Eslatib oʻtmishni, uygʻotar qaygʻu Senda dard yotadi Avgust oqshomi Boʻshagan dalalar, sargʻaygan choʻllar Jilovsiz shamollar koʻtarar toʻzon Gʻashlik oʻrmalatib chunon yurakka Umidlar tugʻilgan, umidlar hazon Yulduzlar moʻltirar xira osmonda Qizil shuʼla toʻkkan oyning bagʻri qon Layliga yetmagan Majnun tilidan Chigirtka muqomda chirillar giryon Jism orom olar salqin tuningda Oʻylayman, hayolning yoʻqdir poyoni Nurafshon orzular eltar uyquga Senda darmon bordir Avgust oqshomi Diyorbek Begaliyev
Baʼzan oʻylab qolaman, keyin esa unutvoraman
❓ Anonim savol: Shu postni o'qiyotgan hammani hayot yo'li krasovkam kabi oppoq bo'lsin 😊 Ishqilib krasovkasi orginal boʻlsin da, sargʻayab ketadigani emas
❓ Anonim savol: DTM dan 66 bal oldim mativatsiya bering Qoʻshnini bolasini qara, byudjeti naqd, ketadi ertaga qaydasan Toshkan deb, e senimi, tavakkal belgilasam ham bundan yuqori toʻplab chiqardim. 66 degani bu miya qovoq degani
❓ Anonim savol: Bugun qizlar bn yig'ilgandik bormaganlar aytmadilaring deb xafa uzicha. Men borganlarga ular borsa men bormeman deganim uchun bormadilaring deb qanday aytay Shunda bordimi oʻzi kimdir
❓ Anonim savol: Nima gap lar ola mda Havoga tarqalgan nafas uchib ketmayapti, dim havo
❓ Anonim savol: Men kimma tanidezmi Boburiylardan boʻlsangiz kerak
❓ Anonim savol: O'qimoqchi karera qilmoqchi bo'lgan qizlarga otnasheniya qilaylik gapleshik deb asabga tegib yozadigan yigitlarga bitta gap ayting Asabga teymasdan yozilada, mundooq
❓ Anonim savol: Oldin anonim yozsam hech javob bermasdiz menikiga 🗿❤️🩹 Sizligizni bilganimda bu safar ham javob bermasdim😂
без подписи
Eski surat Nogahon surating chiqdi qarshimdan Biroz qarab qoldim, koʻzlaring tortdi Yonimda turibsan mayin jilmayib Oʻtmish xotirlarga sogʻinchim ortdi Kiyib olibmiz-ku bir xil oq koʻylak Shamolga sochlaring esgan men tomon Bir qadar quvonib ketaman shu payt Bormikan, qalbimda oʻsha his hamon? Yoʻq, endi oʻrin yoʻq, qiynama ortiq Qarshimdan chiqmagin jilmayib asta Butun hislarimni qilgandim tortiq Endi boʼsh yuragim, qalbimdir hasta Mayli unutaman, hammasi oʻtmish Taqdirning ishidan noliyin nechun? Axir baxtli edim oʻsha paytlarda Rahmat hayotimda boʻlganing uchun Diyorbek Begaliyev
Sinfdoshlarga Mana avgust keldi, ikki kun nari Bu beboshlarning yigʻilgisi kelmadi hali "Yaxshimisan?" deb yozmas, u ham mayliga "Yaxshiman" deb yozmaydi, onlayn bari "Tinchli-ik", yodlab olgan soʻzlari shudir Yorilib soʻzlamas, ahvoli budir Jilmayar nomiga chatga kirganda Eski suhbatlar yoʻq, yoʻq bidir-bidir Kel endi, shovqin sol sokin oshyonda Kul, yashna, unutgin dunyo ishini Vaqting yetmasa ham ahyon-ahyonda Yozib tur, unutma yaqin kishingni Diyorbek Begaliyev
Anonim Savol-Javob Boti! Boshqa botlarda faqat Premium bo‘lgan funksiyalar bu yerda mutlaqo bepul! 🔥 Nega aynan bu bot? 📷 Tayyor Story — Skrinshot shart emas, bitta tugma bilan dizaynli rasm tayyor! 🔄 Linkni yangilash — Bezovta qilishsa, havolani bir zumda almashtiring. 🤖 Avto-javob — Band vaqtingizda ham bot o‘zi javob yo‘llaydi. 🚫 Spamdan himoya — Yoqimsiz kimsalarni osongina bloklang. 🔗 Sinab ko‘rish: 👉 @MindTwinChat_bot
Men oʻqiyotganimda 30/30 texnikasidan foydalanaman. 30 daqiqa dars qilaman, 30 kun dam olaman
- Pulni bir chekkaga surib tursak, eng koʻp nimaga ehtiyojingiz bor - Bir chekkadagi pulga
Quyosh ham borgan sari oshirib yuboryapti-da lekin. Yomon bachkanalashib ketdi oxirgi payt.
Bir muddat kamnamo bo‘lsam, birorta qiz izlarmikin, degandim. Menimcha, tuyaqushning uchishiga ko‘proq umid qilsam bo‘larkan...)
Vaqt shu qadar tez oʻtmoqda-ki, hayotimiz ertalab, tushlik vaqti, kechqurun, tun, tun, tun, tun va tundan iborat boʻlib qoldi.