😁Jek😁
СтатистикаO'zga sayyoralik bolaning o'zgacha fikrlari va hazillari🤳 Murojaat uchun @Aka_Jek_bot
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 35
- 1/48двое суток
- 40
- 1/72трое суток
- 43
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Men..) #Jek
Andijon mashinasozlik institutida
⚡️Bir o'quvchim "168 ball to'pladim o'qishga kirolamanmi?" deb yozibdi. "Kirdingiz" desam, "Qaysi ma'noda?" deb yozib qo'yibdi. #Jek
⚡️... Vaqt o'tgani sayin anglab yetasan, har bir inson hayot karvonsaroyidagi yo'lovchi emas, balki ba'zilar qalbimizning o'zagiga aylangan bo'ladi. Masofalar, yillar va hayotning turfa sinovlari o'tkinchi to'fonlardek ularni yuvib ketolmaydi. Chunki chin yaqinlik manfaatlar yoki umumiy xotiralar rishtasi bilan emas, balki ikki ruhning o'zaro tutashuvi, so'zsiz anglashuvi bilan o'lchanadi. Hayotning qahraton qishlarida isinish uchun olov izlab ovvora bo'lasan-u, aslida eng katta issiqlik shunday ishonchli yelka va beg‘araz nigohda ekanini tushunasan. Dunyo o'zgaradi, odamlar o'zgaradi, hatto o'zing ham bugun kechagidek emassan. Ammo barcha o'zgarishlar ichra o'zgarmas qoladigan bir nuqta bor bu hyech qanday shartga bog'liq bo'lmagan ma'naviy yaqinlikdir. Tanishlar ko'p, do'stlar vaqt sinovidan o'tadi, lekin haqiqiy yaqinlik... u vaqtga ham, masofaga ham, hatto o'limga ham bo'ysunmaydigan abadiyatning bir parchasidir. #Jek
Braziliyalik futbolchi o‘zi urgan golni nishonlash uchun reklama to‘sig‘idan sakrab o‘tgandek bo‘ldi-yu, shuv etib yer ostidagi tunnelga tushib ketdi. Natijada oyog‘idan jarohat olib, o‘yinni davom ettira olmadi. Eng achinarlisi esa — u urgan gol ofsayd sabab bekor qilindi... Omadsizlik degani shu-da, bunga qanday qarshi kurashish kerak o‘zi? 😁 #Jek
Juda qiynalib ketdim..) #Jek
1.Vaqt — eng qimmat resurs Pulni yo'qotib, uni qayta topish mumkin, ammo sarflangan vaqtni hech qachon ortga qaytarib bo'lmaydi. Har bir daqiqa hayotimizning qaytarib bo'lmas qismidir. 2.O'zgarish — yagona doimiylik Dunyo, odamlar, vaziyatlar va o'zimiz ham doimo o'zgarib turamiz. O'zgarishlardan qo'rqish yoki unga qarshilik ko'rsatish faqat azob beradi, moslashish esa muvaffaqiyat kalitidir. 3.Hech kim mukammal emas Atrofimizdagi barcha odamlar — xoh u do'st, xoh rahbar yoki ota-ona bo'lsin — xato qiladi. Boshqalardan mukammallikni talab qilish ko'ngilsizliklarga olib keladi. 3.Hamma ham sizni yoqtirmaydi Siz dunyodagi eng zo'r inson bo'lsangiz ham, baribir kimgadir yoqmasligingiz mumkin. Barchaning ko'nglini topishga urinish — bu behuda vaqt sarfidir. 4.Tajriba xatolardan tug'iladi Muvaffaqiyatsizliklar oxirat emas, balki eng yaxshi saboqdir. Har qanday xato shaxsiy o'sish va aqlliroq bo'lish uchun qadamdir. 6.Baxt — bu manzil emas, jarayon "Falon narsaga erishsam, keyin baxtli bo'laman" degan fikr yanglish. Baxt kelajakdagi maqsad emas, balki hozirgi lahzadan zavqlana olishdir. 7.Odamlar siz o'ylaganchalik sizni o'ylamaydi Aksariyat insonlar o'zlarining muammolari, tashvishlari va hayoti bilan band. Shuning uchun "boshqalar nima deydi?" deya o'ylab yashash asossiz qo'rquvdir. 8.Sog'lik — eng buyuk boylik Jismoniy va ruhiy salomatlik yo'qolguncha uning qadri unchalik bilinmaydi. Qolgan barcha boyliklar (pul, martaba, mashhurlik) sog'lik bo'lsaagina ma'noga ega bo'ladi. 9.Haqiqiy do'stlar qiymmatli Atrofingizdagi yuzlab tanishlar orasida boshingizga ish tushganda yoningizda qoladiganlar sanoqli bo'ladi. Do'stlarning soni emas, sifati muhim. 10.Hammasi o'tkinchi Hozirgi qiyinchiliklar, dardlar yoki muammolar ham abadiy emas. Qanday og'ir vaziyat bo'lishidan qat'i nazar, vaqt o'tib hammasi o'z o'rnini topadi va unutila boshlaydi. #Jek
⚡️Kayfiyatimni koʻtaradigan insonlar bilan suhbat qurgim keladi. Chunki kayfiyatimni buzishni oʻzim ham eplay olaman... #Jek
⚡️Achon to'g'ri aytadi shipitkini tikka qilmasam ham palakatman..) #Jek
⚡️O'qish paytida tishim og'rib qoldi, stomatologga bordim. 4 kun 80 mingdan tishimni tozaladi. Oxirgi kuni 250 mingga plomba qilib qo'ydi. Uka 2 soat ovqat yemang dedi, 3 kun ovqat yemadim.) #Jek
Qizlar DTM dan 56 balldan kam olsa..) #Jek
⚡️Ishonganlar ishonchini oqlash, ishonmaganlar esa yanglishganini tushunishi uchun men eng yuqori marralarga chiqishim shart. Agar biror narsa o'xshamasa bu faqatgina mening ixtiyorimga bo'ysunmaydigan tashqi sabablar tufayli bo'lishi mumkin, lekin harakatdan bir zum ham to'xtaganim uchun emas. #Jek
Izlamang..) #Jek
Hech kim bu hayotda keraksiz emas. Hattoki eng yomon odam bo'lsangiz ham kimgadir foydangiz tegadi: - Sizni yomon misol sifatida ko'rsatishadi, hech bo'lmasa..) #Jek
⚡️Biror qiz bilan tanishsam, negadir bir haftadan keyin uyiga tinmay sovchilar kela boshlaydi) #Jek
) #Jek
⚡️Eslatma : Imtihonda qo'lingizdagi telefon boʻlmaydi.) #Jek
❣️Oila qurish Uylanish yoki turmushga chiqish oson emas va men bu yerda moliyaviy tomonni nazarda tutmadim.Uylanishga kelsak, masalan, och paytingda hamma narsa mazali tuyulaveradi, lekin to‘yganingdachi? Ishtaha pasaygach, taomning asli ta’mi, sifati va…
❣️Oila qurish Uylanish yoki turmushga chiqish oson emas va men bu yerda moliyaviy tomonni nazarda tutmadim.Uylanishga kelsak, masalan, och paytingda hamma narsa mazali tuyulaveradi, lekin to‘yganingdachi? Ishtaha pasaygach, taomning asli ta’mi, sifati va undagi mehr seziladi. Ko‘pchilik uchun oila qurish bu shunchaki "tayyor"lik o‘qigan bo‘lsa, ovqat pishirishni bilsa, uy-joyi bo‘lsa tamom. Lekin eng muhim sifatlar sabr, fidoyilik, bir-birini so‘zsiz anglash va eng asosiysi, qiyinchilik kelganda yelka berib turish ekanligini unutib qo‘yishadi. Haqiqiy sinov bu to‘kinlikda emas, balki g‘urbatda boshlanadi. Nafs to‘q bo‘lganda hamma shirinso‘z, hamma mehribon. Lekin hayotdagi kamchiliklar, xarakterdagi nomutanosibliklar yuzaga chiqqanda, o‘sha "mazali" tuyulgan narsa achchiqlik qilmaydimi? Ko‘pchilik juftliklar birinchi jiddiy to‘siqdayoq "biz bir-birimizga mos emas ekanmiz" deb ortga chekinishadi. Vaholanki, moslashish bu tug‘ma qobiliyat emas, balki mashaqqatli mehnat va murosaning mahsulidir. Turmushga chiqadigan ba'zi qizlar yoki uylanish arafasidagi yigitlar uchun moliyaviy holatning barqarorligi o‘lchov birligiga aylanib qolganiga achinasan. Moddiy boylik bu poydevor uchun kerak bo‘lgan g‘isht, xolos. Lekin o‘sha g‘ishtlardan qanday bino qurish, uning ichida qanday muhit yaratish bu g‘ishtning soniga emas, quruvchilarning qalbiga bog‘liq. Ertaga pul tugasa yoki boylik ketib qolsa, o‘sha "moliyaviy holat"ga qurilgan rishtalar ham qulab tushmaydimi? Oilaning poydevori na pulda, na tashqi go‘zallikda, balki xarakterdagi barkamollikda va mas'uliyatni chuqur his qilishda. Bir-birini hurmat qilmagan, bir-birining ruhiyatini tushunmagan insonlar uchun qasr ham qamoqxonaga aylanadi. Men bunga yengil qaray olmayman, chunki bu shunchaki shartnoma emas, bu ikki insonning kelajakdagi farzandlar oldidagi, jamiyat oldidagi va o‘z vijdonlari oldidagi eng ulkan mas'uliyatidir. Aslida, to‘yish kerak bo‘lgan narsa qorin emas, balki bir-birining qalbini to‘ldirishdir. Ammo bugungi kunda aksariyat insonlar "to‘yib" qolishni emas, shunchaki "to‘y o‘tkazishni" o‘ylashmoqda. #Jek🛫