Janob Satirik
СтатистикаKulgu tagida fojia, kinoya tagida haqiqat borligini unutmang. Muallif: Abbos Serobov Stand up konsertim: https://youtu.be/rOJiRrqNS_U?si=vcFkKXynZw86ORqI 📩 @janobsatirikbot Hamkor: @ekg_channel twitter.com/janobsatirik instagram.com/janobsatirik ins
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 52
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 424
- 1/48двое суток
- 485
- 1/72трое суток
- 524
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Uylanishga navbatim kelganining 1-kuni.
“2026-yilning atigi 4 oyi qolibdi. Hech bir maqsadga erisholmadim, bu yil meni yilim bo‘lmadiyov” deb siqilyapti atrofimdagi ayrim tanishlarim. Man esa siqilmayapman. Chunki man taxminan 8-yanvarlarda tushunib yetgandim 2026 dan uje umid yo‘q, kechikdim, 2027 ni kutishim kerakligini. @janobsatirik
Shu taekvandochilar, karatechilar kafel-u g'ish sindirishni to‘xtatishsa bo‘lardi. Talab kamayib qurilish materiallari sal arzonlasharmidi deyman-da... @janobsatirik
PayMeda kartam nomini o‘zgartirib qo‘ydim: “uyatli karta”. Tuzukroq summalar qabul qilmaguncha ushbu tavqi laʼnat ostida qolaveradi. @janobsatirik
Baland binolar tagida yurganda istalgan odamni orqasidan tupurib, konditsionerga toʻnkab oʻtib ketadigan ob-havo yurtimizda hali hamon hukm surmoqda. @janobsatirik
Ovqat yuqi idishlarni tozalik uchun, gigiyena uchun, uyni tarakan bosmasligi uchun, yoqimsiz hid anqimasligi uchun, va eng muhimi hokimbuva uyimga bostirib kirganda uyalib qolmasligim uchun oʻz vaqtida yuvishga odatlanyapman. Har ehtimolga qarshi eshikni doim qulflab yuraman. @janobsatirik
Agar sizga “Sen hech kimning fikriga quloq solma. Faqat olgʻa intil”. deb maslahat beradigan odamning gapiga kirsangiz, olgʻa intilmasligingizga toʻgʻri keladi. @janobsatirik
Youtubega kirib “sea/ocean video 4K” deb izlashni tavsiya qilaman. @janobsatirik
Agar skrinshotda ovoz koʻtarish shkalasi ham koʻrinib turgan boʻlsa, bu skrinni olish oson boʻlmagan. @janobsatirik
Oʻzbek seriallarida, kinolarida, kliplarida, endi vaynlarida ham er oshxonada pishir-kuydir qilayotgan xotinini chaqirsa, xotin qoʻlida choʻmich bilan eshikdan qaraydi. Oshxonada faqat choʻmich bormi? Yoki choʻmich oshxona ambassadorimi? Oʻzi umuman choʻmichni stol ustiga qoʻyib keyin erini oldiga chiqsa boʻlmaydimi? @janobsatirik
Biz eng ko‘p qadrlamaydigan narsalar bu rangli qalamlar, bo‘yoqlar, oq qog‘oz va molbert kombosi. Kimdir o‘ylab topgan, yasagan, ishlab chiqargan, ommalashtirgan, rassomlar qiynalmasin degan. Lekin instagramga kirsangiz, 80% rassom kubik-rubikdan rasm chizyaptimi-ey, somon, kofe donachalari, skotch, iplar, tuz, choy shamasi va hokazolar bilan rasm chizishadi. Bundan xulosa qilish mumkinki, ular istalgan rasmni ai orqali osongina shunaqa effektlarga o‘tkazib olish mumkinligini bilishmaydi. @janobsatirik
Yaxshiyam asfaltga tuxum chaqib, qovurib koʻrsatayotgan insonlar bor ekan. Boʻlmasa biz qay darajada issiq havo boʻlayotganini his qilmasdan bu dunyodan oʻtib ketgan boʻlardik. @janobsatirik
Ozolmagan odam semiz ko'ringan rasmini maksimal ozg'inroq ko'rsatishga urinib tahrirlaydi. Sal ozishga erishgan odam semiz ko'ringan rasmini maksimal semizroq ko'rsatishga urinib tahrirlaydi. @janobsatirik
Oʻqiyman-da deb kerakli kitob, qoʻllanmalarning pdf fayli uchrab qolsa, darrov tashlab qoʻyadigan baza kanalinglar bormi? Oʻqimaymiz-ku, lekin hech boʻlmasa oyda bir nimalar yigʻildi ekan deb bir qarab, fayllar oʻzini biz ham keraklimiz deb oʻylashi uchun skachat qilib turaylik. Unutmang, insondan faqat yaxshilik va 10-15 ta pdf fayl qoladi. @janobsatirik
Kinolarda Gʻing desang oʻldiraman deydiyu, man hali birorta odamni koʻrmadim: normal holatda ogʻzidan gʻing degan soʻz chiqqanini? Gʻing soʻzini nutqda ishlatib yuradiganlar bormi? @janobsatirik
Sogʻlomlashtirish ilovalariga amal qilishning dastlabki 3 kunidagi ishtiyoqimni keyingi kunlarda ham toʻla toʻkis saqlab qololgan kunim rivojlanib ketsam kerak. 4-kundan hafsalam pir boʻladi. Dangasaligim tutadi. Ular esa yalinishni boshlaydi. Agar orqasida SI emas, biror odam turganida, manga “Sogʻliging boshingdan qolsin” deb yozvorgan boʻlardi. @janobsatirik
Oxirgi paytlarda kino ko'rib tugatsam, sun’iy intellekt bilan ozroq muhokama qilishga odatlanganman. @janobsatirik
Toʻyga toʻyona @janobsatirik
Avval eng maxfiy sirlaringni bitta eng yaqin tvar do'sting bilardi. Hozir ularning safi kengaygan: ChatGPT, Gemini, Claude, Deepseek... @janobsatirik
— Manda bu shifokorning malakasiga nisbatan shubham bor. — Nega? — 086-shakldagi ma’lumotnoma olmoqchiman desam, tibbiy koʻrikdan oʻtkazamiz deyapti. @janobsatirik