ANDIJON OLIMPIYA
СтатистикаAndijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining telegram rasmiy sahifasi
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 90
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 121
- 1/48двое суток
- 138
- 1/72трое суток
- 149
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
Андижонда ёшлар ўртасида соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш, уларнинг спортга бўлган қизиқишини оширишга қаратилган «Беш ташаббус олимпиадаси» доирасида енгил атлетика бўйича вилоят босқичи мусобақаси бўлиб ўтди. Андижон Олимпия ва паралимпия спорт турларига тайёрлаш маркази манежида ташкил этилган беллашувларда вилоятнинг барча шаҳар ва туман босқичларида ғолибликни қўлга киритган иқтидорли ёш спортчилар иштирок этдилар. Мусобақада 16–21 ёш, 22–26 ёш ҳамда 27–30 ёш тоифаларидаги ўғил болалар ва қизлар енгил атлетиканинг турли йўналишлари бўйича куч синашдилар. Хусусан, ўғил болалар 100, 200, 400 метр масофаларга югуриш ҳамда узунликка сакраш йўналишларида, қизлар эса 60, 100, 200 метр масофаларга югуриш ва узунликка сакраш баҳсларида ўз маҳоратларини намойиш этдилар. Шиддатли ва муросасиз кечган мусобақалар якунида юқори натижаларни қайд этган ғолиб ва совриндорлар Спорт вазирлигининг спорт экипировкалари билан тақдирландилар. Мазкур мусобақа ёшларни спортга кенг жалб этиш, уларнинг иқтидорини намоён қилиш ва янги спорт истеъдодларини кашф этишда муҳим аҳамият касб этмоқда. Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🏅 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul imtihonlari boshlandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 583-son qarori hamda Sport vazirligining 2026-yil 1-iyuldagi 01/457-A-F-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlariga start berildi. Imtihonlar belgilangan tartib asosida shaffof va xolis o‘tkazilmoqda. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarligi hamda sport salohiyati mutaxassislar tomonidan baholanmoqda. Qabul jarayonlarida Sport vazirligi tomonidan Andijon viloyatiga biriktirilgan mas’ul F. Turdiyev ham ishtirok etib, imtihonlarning belgilangan talablar asosida tashkil etilishini kuzatdi. Barcha nomzodlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz! #AndijonOPSTM #Qabul2026 #SportVazirligi #YoshSportchilar #OchiqVaShaffofQabul Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи