- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 56
- Всего постов
- 100
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 317
- 1/48двое суток
- 363
- 1/72трое суток
- 391
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
"Дастурхончи" МФЙдаги 16-ДМТТ қайта реконструкция қилиниб, мактабгача ёшдаги болаларни таълим-тарбиясига замонавий шароитлар билан таъминланди. Муассасада тантанали очилиш тадбирига тайёргарлик кўриш қўшалоқ байрамга уланиб кетмоқда. Лавҳаларда айни жараёнлар акс этган.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Асака тумани 5-сонли давлат мактабгача таълим ташкилотида тарбияланувчиларни турли касбларга қизиқтириш, уларнинг қобилият ва қизиқишларини эрта ёшдан шакллантириш мақсадида «Чеварчилик» касбига йўналтириш машғулоти ташкил этилди. Машғулот давомида болажонларга чеварчилик касби ҳақида тушунча берилиб, чеварнинг меҳнати, кийим-кечак ва турли буюмларни тикишдаги ўрни ҳақида содда ва қизиқарли тарзда маълумотлар берилди. Тарбияланувчилар мато турлари, игна, ип, қайчи каби чеварчиликда фойдаланиладиган буюмлар билан танишдилар. Амалий жараёнда матони тўғри ушлаш, ипни игнага ўтказиш, оддий безаклар тайёрлаш каби машқларда иштирок этиб, ўзларининг ижодкорлик ва майда моторика қобилиятларини намоён қилдилар. Бундай касбга йўналтириш машғулотлари болаларда меҳнатсеварлик, сабр-тоқат, озодалик, ижодкорлик ва касбларга ҳурмат туйғуларини шакллантиришга хизмат қилади. Чеварлик — нафосат, маҳорат ва меҳр уйғунлашган гўзал касб!
без подписи
без подписи