Atorud
СтатистикаXudo insonni bir umr baxt izlash azobi bilan jazolagan. Asqad Muxtor Barcha murojaatlar uchun: @atorudniki_bot
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 10
- Всего постов
- 36
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 117
- 1/48двое суток
- 134
- 1/72трое суток
- 144
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
– Senga sevgi beraymi? – Ber qani, – U tuproqqa belangan. – Beraver. – Men fol ko‘rsam degandim, – Ko‘r qani. – Savol so‘rsam degandim. – So‘rayver, – Eshik qoqsam ne dersan? – Kir deyman. – Men bilan yur desamchi? – Yur deyman. – Yo‘lda kulfat kutsachi? – Boraman. – Agar men aldasamchi? – Kechiraman. – Do‘stingdan kech desamchi? – Kechaman. – Odamni ot desamchi? – Otaman. – O‘zging o‘lgin desamchi? – O‘laman. – Bo‘g‘ilib qolsam netarsan? – Qo‘llayman. – Joning og‘rir bo‘lsachi? – Chidayman. – Yo‘lingdan yov chiqsachi? – Buzgayman... – Sevgi beraymi senga?.. Sevgi!? Aslo bermayman – Nega? – Chunki men qullarni sevmayman! ©️ Muhammad Yusuf Surat: René Magritte — The Lovers II. 1928-yil Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
Agar sen bo'lsang mening taqdirim, Sevayin chin qalbdan borimni berib. Nafas ololmayin bir on ham sensiz, Sog'inib yashayin senla bo'lsam ham. Baxtli bo'laylik har oninizdan, Boshqalar fikriga qilmay etibor. Orzular qilaylik yerga sig'masdan, Balki bizning joy emasdir yer ham. Birga bo'lsak deyman o'lim ayirgunicha, To oxirgi nafasni ham birga olguncha. Butun borim bilan sevaman seni, Agar sen ham sevsang meni o'la-o'lguncha. Xudodan so'rayman yana bir narsa, Jannatda ham birga bo'lishimizni. Izin bersa bunga Allohim agar, O'lim ham yengolmabdi bizning sevgini. Muallif: Alif Suart: Marc Chagall, “Over the Town”, 1918-yil Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
Seni menga betob dedilar, Bu so‘z yomon, bu so‘z ko‘p og‘ir. Seni menga betob dedilar, Oqdi yoshim misoli yomg‘ir. Seni menga betob dedilar... Menga dunyo hazin tuyuldi. Bulutlarga to‘ldi osmon - Achchiq-achchiq yoshi quyildi. Seni menga betob dedilar... Lekin kelding, kelding sen o‘zing, Qora bulut tamom yo‘qoldi. Holbuki men...Yig‘laydi ko‘zim. ©️ Rauf Parfi, 1965-yil Suart: Edward Munch "Spring", 1889-yil Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
Jonim desam, samolarga o'rlasa dud, Fig'onimdan osmonlarga toshlar yog'sa, Har bir toshda muhr isming, falak tobut Mayitingga kafan etib meni yopsa... Seni desam, gunohimdan kechsa Xudo Shakkokligim gullayversa istig'norang Muhabbatin sotgan damda ming Yahudo Hoch bilan dor tarozusi edi durang. Fikrlarim amallarda bo'lar mag'lub Seni dedim – seni istab sendan qochdim. Taqdirimni o'g'irladim misli Ya'qub Yaxshilikning yo'llariga gunoh sochdim. Nurdan edim, qachon olov bo'ldim, bilmam Isyonmidi yoxud ishqim shokilasi?! Taqdirim tan – tanim taqdir xudo bilan Taqiqlangan meva baxtim kushandasi. Yusuf ersam, sen o'zganing nikohisan. Iso ersam, boshimdagi tikantojim. Senga kelsam, har izimda ona zam-zam Sendan ketsam, tilka-tilka dilomochim. Jizg'anakman olov va nur arosinda Uchqunimdan jannatga ham o't tutashdi So'zing davo, suhbatingdan ruhim zinda Qalam yozdi, qarolikda yo'l tutashdi. ✍️ Farzona Marjon Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
Yangi botimiz ishga tushdi! Endi o‘z qalamingizga mansub she’rlaringizni bot orqali yuborishingiz mumkin. She’rlar adminlar tomonidan ko‘rib chiqiladi va kanalga joylanadi. Bundan tashqari bot orqali: — She’r yuborish — Adminlarga murojaat qilish — Kanalni ixtiyoriy qo‘llab-quvvatlash kabi imkoniyatlarga ega bo'lasiz) Hozircha bot test holatida ishlayapti. Kamchilik yoki takliflaringiz bo‘lsa, albatta xabar qoldiring. Bot: @atorudniki_bot
ALAMLI QO‘SHIQ O‘zgani sevsang, sevgin, Men ham senga zormasman! Kel, yonimga, kela qol deb Chorlasang ham bormasman! O‘zi seni nega sevdim? Buncha bo‘lmasam ojiz. Go‘zalmassan, sen shunchaki Nayrang-makri ko‘proq qiz. Rostin aytsam arzimaysan, Na she’rim, na sevgimga. Men balandman! Qo‘ling yetmas! Ketavergin tenging-la... Nima deding! Aslo, hech ham Ko‘zimdagi yosh emas. Yosh bo‘lsa ham sening uchun To‘kmayapman... Bo‘ldi... Bas... Ketgin endi. Sevmayman-ku, Meni qoldirgin yolg‘iz! Tugayapti sabrim... Tag‘in — Oyog‘ingga cho‘kmay tiz... ©️ Usmon Azim 1986-yil Surat: Edvard Munch, “Separation”. 1896-yil Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
O Captain! my Captain! our fearful trip is done, The ship has weather’d every rack, the prize we sought is won, The port is near, the bells I hear, the people all exulting, While follow eyes the steady keel, the vessel grim and daring; But O heart! heart! heart! O the bleeding drops of red, Where on the deck my Captain lies, Fallen cold and dead. O Captain! my Captain! rise up and hear the bells; Rise up- for you the flag is flung- for you the bugle trills, For you bouquets and ribbon’d wreaths- for you the shores a-crowding, For you they call, the swaying mass, their eager faces turning; Here Captain! dear father! This arm beneath your head! It is some dream that on the deck, You’ve fallen cold and dead. My Captain does not answer, his lips are pale and still, My father does not feel my arm, he has no pulse nor will, The ship is anchor’d safe and sound, its voyage closed and done, From fearful trip the victor ship comes in with object won; Exult O shores, and ring O bells! But I with mournful tread, Walk the deck my Captain lies, Fallen cold and dead. ©️ Walt Whitman, 1865 yil, Abraham Lincoln o'limiga marsiya Surat: Arthur William Devis “The Death of Nelson, 21 October 1805” Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
Bizdan xafamisiz, sarvim, xomushsiz, Kunduzi parisiz, tunda oqqushsiz. Ruhi ravonimiz sizga baxsh etdik, Izingiz yoniga labni naqsh etdik. Puflasangiz o‘chdik, silasangiz oqdik, Ufq naryog‘iga imladingiz, boqdik. Qonimizni to‘kdik barmog‘ingizga, Ko‘nglimizni urdik tirnog‘ingizga. Yot desangiz, yotdik suvdek jimirlab, Bir-bir o‘ynadingiz ko‘zlarimizda. Shivir-shivir qildik sizga shivirlab, Tosh bosib qo‘ydingiz so‘zlarimizga. Qalqidik, yulduzga uzatsangiz qo‘l, Chor-atrof rasvodir, bezatmadingiz. Tinchlandik, boshi berk bo‘lsa hamki yo‘l, Biz hamon xastamiz, tuzatmadingiz. Bizdan xafamisiz, sarvim, xomushsiz, Shudring oqartirdi yuzlarimizni. Muztog‘ni eritgan muqaddas tushsiz, Qaytaring, titragan bo‘zlarimizni... ©️ Abduvali Qutbiddin Surat: Edvard Munch “Melancholy” Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
Man kimga aytay, do’stlarim, devona qildi ishq mani, Sadpora qildi yurakim, devona qildi ishq mani. Tun-kechalar dod aylasam, har dam sani yod aylasam, Ishqingda faryod aylasam, devona qildi ishq mani. Shomu sahar giryon bo’lay, yo’lungda sargardon bo’lay, Oxir sanga qurbon bo’lay, devona qildi ishq mani. Hamdam bo’lay mayxonaga, sokin bo’lay butxonaga, Boshim qo’yay ostonaga, devona qildi ishq mani. Ishq ahliga hamdam bo’lay, Haq yo’liga mahkam bo’lay, Dargohiga mahram bo’lay, devona qildi ishq mani. Devonayi shaydo bo’lay, man tolibi Mavlo bo’lay, Xalq eliga rasvo bo’lay, devona qildi ishq mani. Mashrabga qil lutfu karam, vahdat sharobin dambadam, Ey sohibi Lavhu Qalam, devona qildi ishq mani. ©️ Boborahim Mashrab Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
Osmon cho‘kib qoldi bu oqshom, Yulduz bo‘lib yog‘ildi bir sas. Bir mahalla nigohni ko‘rdim: Yashash kerak, sevish shart emas. Sadoqatmi? Kimga kerak u?.. Behudadir ko‘zyoshing seli. Yulduz boiib yog‘ildi bir sas: U - begona. U endi kelin... To‘y — bu asli badjahl ota, Baxtli bo‘lsin qizim degani. Uni senga bermasman, bo‘tam, Tirik ekan ko‘zim degani. Osmon cho‘kib qoldi bu oqshom, Qonimda bir g‘ashlik o‘rmalar. Men olovga otarman endi Yuragimni qiyma-qiymalab... Yoqa ushlab qolsin ko‘rganlar, Olovlarga otdim uni, bas. Yonib ketsin chirsillab qalbim, SEVISH KERAK... YASHASH SHART EMAS! ©️ Muhammad Yusuf Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
Tushlaringga boraman bu tun, So‘ramayman hech kimdan izn. Tushda axir hammasi mumkin. Men boraman sevmoqlik uchun! Tushlaringga boraman bu tun, Sog‘inchlarning poyoni to‘ldi. Senla bir zum qolmoqlik uchun, Alloh shuni istasa bo‘ldi! Tushlaringga boraman, kutgin, Uzoq davom etsin bu kecha. Nafaslaring iforidan mast, Kiprik qo‘qmay oppoq tongacha! Tushlaringga boraman, axir, O‘ngimizda sira mumkinmas! Yelkangga bosh qo‘yib bir kecha, Uxlamoqni qilganman havas! Tushlaringga boraman bu tun, Tush bo‘laman, eng chiroyli tush! Tong otishi bilan yodingdan, Uchib ketar bir yarador qush!! © Malika Tavfiq Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
To'tini aqlli etdi bu davron, Magar to'lg'onsa ham jismida jur'at, O'zin so'zin aytmas hech qachon, Birovning gapini qaytarar faqat. Xo'rozday qichqirmas, garchi tong otdi, Axir bir aylanib tushadi-ku shom. Axir qancha xo'roz so'yilib ketdi, To'ti qafasida omondir-omon! © Usmon Azim Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
Ochilmagan gʻunchasan deding, Ochilayin qachon, oʻzing ayt?! Ochilmagan gʻuncha neligin, Oʻylabmiding, jonim, oʻsha payt. Tong nasimi yangligʻ gʻunchaning Koʻp boʻladi oshigʻi, zori. O, gulning-chi, boʻlsa senchalik Boʻlgʻusidir barqaror yori. © Abdulla Oripov https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
Nigohing sovibdi bu nedan darak, Nechun visolimga oshiqmay qo'yding? Yoki dunyoyingni qildingmi bo'lak, Maktublar yozishni to'xtatib qo'yding? Esingdami,ikkimiz qilgan orzular, U paytlar butkul o'zgacha eding. Nahot yakun topdi bizning bahorlar, So'ngida eng yaqin begona bo'lding. Qaysi janonalar ko'nglingni oldi, Ayt,qanday yurakni makon aylading? To'g'risi,sevging ham ko'nglimdan qoldi, Mening sof ishqimdan manfaat izlading! Nigohing sovibdi bu nedan darak...? ©Mohira
Bilasanmi, oʻsha kechada Quyoshiga qoʻshilib botdim, Sen ismimni aytmagan kunlar Koʻzyoshimga koʻmiliiib yotdim. Gʻururingmi? Qoʻysangchi, jonim, Gʻururlilar xafa qilmasdi. Seni shunday yaxshi koʻrardim, Xudo bildi, Birov bilmasdi… Bilasanmi, oʻsha kechada Ichimda bir nima quladi. Yuzimni-ku, qoʻyib tur, agar Senga boqsam, koʻzim kulardi. Nasib emas, deysan xotirjam, Mayli… Mayli hammasidan kech. (Lekin Nasib boʻlish chun meni Duo qilib soʻradingmi hech?) Peshonada bori muqarrar, Alamlarga toʻladi ichim: Sen meniki boʻlgan har lahza, Men seniki boʻlolmaganim… Bilasanmi, Oʻsha kechada Quyoshiga qoʻshilib botdim… ©Durdona Inomjonova Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
So‘zlaringda — hasrat, ko‘zlaringda — nam Suyganim, g‘ussangga to‘ldi-ku olam... Ko‘ngil salqinida sevgi — bir shabnam, Quyosh kulganicha yashab o‘tadir. Tumanlar ichinda bog‘lar hayrondir, Ayriliq bulbuli jonda sayrondir, Ikkimiz tuzgan bu yurak vayrondir — Ishq seli xarobat tashlab o‘tadir. Ishq dedik — yo‘lida ado bo‘ldik biz, Ishq qayda? Bilmadik — xato bo‘ldik biz, Ishqmizu ishq so‘rab gado bo‘ldik biz — Ishq jondan do‘zaxni boshlab o‘tadir. Ko‘ksimdan qalb chiqdi — ochilib qoldi, Shamollar tikanday sanchilib qoldi, Zamon to‘fonida yanchilib qoldi — Oshkormas, pinhon dard yashnab o‘tadir. Suyganim yashamoq sabru qanoat, Daqiqa — sinovdir, lahza — sinoat, Ishq deb ado bo‘lmoq balki saodat — Garchi u ko‘zlarni yoshlab o‘tadir. © Usmon Azim Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
O‘zim bilib-bilmay ko‘p gunoh qilib, Mo‘lroq yashab qo‘ydim mo‘ljaldagidan. O‘lsam bo‘lmasmidi ko‘kka tikilib, Mayasallar ustida, gulning tagida. Yashashdan charchadim, zerikib ketdim, Mening tor ko‘nglimga sig‘mas bayramlar. Dilimga ilonning tillari yetdi, Po‘st tashlab, sudralib yurgan nayranglar. Endi kun ko‘rmog‘im qiyindan-qiyin, Endi havolar ham og‘irdan-og‘ir. Achchiq-achchiq yig‘lab, yo‘l yurgan sayin, Uzun-uzun bo‘lib sudralar xotir. O‘zim bilib turib ko‘p gunoh qilib, Ko‘proq yashab qo‘ydim mo‘ljaldagidan. O‘lsam bo‘lmasmidi ko‘zlarim tinib, Suv ichgan chog‘imda qizning kaftidan. Endi meni qiynar qiyoning guli, Nozik kapalakning hidsiz qanoti. Endi meni qiynar vaqtida o‘lib, Meni olib ketolmagan hayotim. ©️ Matnazar Abdulhakim Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
Ovozimni yozib oldi bir kishi, Suratkash suratga oldi turishim. Yaxshiyam ko‘rinib turmas ularga, Seni ich-ichimdan yaxshi ko‘rishim. Yomon sharoitda unmaydi urug‘, Bu gap o‘simliklar ilmiga oid. Men sening haqingda o‘ylashim uchun, Faqat ich-ichimda bordir sharoit. Betob edim bir zum ko‘zimga boqib Shifokor tekshirdi yurak urishim. Ich-ichimni yorib, bilmadi jarroh Seni ich-ichimdan yaxshi ko‘rishim. Hali manzilingni aytmading durust, Aytmadim o‘zimning qayda turishim. Ishqilib Xudoga ayon bo‘lsin-da, Seni ich-ichimdan yaxshi ko‘rishim. ©️ Bobur Elmurod Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
Suyunaman cho‘chib uyg‘onganimdan, Bolalik - yoshligim tushar yodimga... Zulmat hidi kelar ko‘nglim, tanimdan, Bir qatim nur kerak, nur hayotimga! Quruq jismim qolgan, ketgan g‘ayratim, O‘zim o‘t qalbimga bo‘ldimmi zomin? Hech kimni sevmasman, o‘lgan hayratim, Xudo rahmat qilsin, yoshligim. Omiyn! Qandoq bolaydim-a, oydin tasavvur, Tong kabi musaffo, rangin tuyg‘ular. Xayol surish qolgan, ketmish tafakkur, Endi bosinqirash bo‘ldi uyqular... Quvonch-ku daf bo‘lgan, iztirob ham yo‘q! Kalaka qilish uchun kularman xolos. Hayf menga dor,sirtmoq, xayf ketadir o‘q, Bu bulg‘onch muhitda men ham bir iflos. Do‘st deyman, do‘st demish odam kerakmas, “Xo-xo”lagim kelar sevgi deb yozsam. Bir sovuq hissiz tosh, yo‘q bu yurakmas. Odam bo‘lsam ekan o‘zimni ossam. Bolalar, bolalar... asabim o‘ynar, Ko‘rsam siqilaman, bo‘lmas ko‘rmasam. Ularning borligi garchi shod aylar, Ota ekanligim dilga solur g‘am! Darvoqe’, otam bor, bechora otam. Turishim shu bo‘lsa, u zot kimimdir? Yolg‘on nechun kerak, bu hokisor odam Uzoq ko‘rib yurgan bir yaqinimdir. Yaqinlar adadi oshar o‘ndan sal, Ulardan o‘zimni tutarman uzoq. Hali hech qaysiga duch kelgan mahal: “E, bormisiz?...”, deya ochmadim quchoq. Barchasi jigarim, ammo begona. Ular yaqinlarmas, gala gumrohlar. Yomon tushdim, qattiq adashdim yana, Ulug‘ yo‘lda topdim pastkash xamrohlar. Ulug‘ zot qulimiz, derlaru biroq Nafs yor boshlig‘iga dastyordir bular. Beozor musicha va’z o‘qigan chog‘, Ish qilar chog‘ida g‘irt ilon bo‘lar. Etagin tutmasang olar yoqangdan, Osh yesa, tilida “bismilloh” tayyor, Hamd aytadi qachon chiqsa bu “jang”dan, Faqat esnaganda aytar istig‘for. Hayronman, nahotki tengimdir shular? G‘alati bir to‘da ichidaman, bas, Shartta ketay desam, dushmanmas bular, Ketmay desam, biroq do‘stim ham emas. Qani? Qayda qoldi kechagi jahdim? Bilmadim bu qalbda bugun nima bor. Muslimman deyarga sig‘maydim haddim, Kofir nomidan-da or qilaman, or! Jur’at yo‘q baxtliga qalbim ochgani, O‘z o‘yiga banddir jami yo‘yganlar. Men umid qilganlar behad yosh hali, Birma-bir o‘lyapti meni suyganlar. Hafsalam pir bo‘ldi ko‘rgan kunimdan, Kun sayin yo‘qolgay jilosi, sehri. Oqibat topmadim og‘alarimdan, Kattalikka o‘xshar inilar mehri. Vujudim sog‘lomdir, biroq dil mayip, Qilt etgim kelmayur, turarman shunday. Birov salom desa, kunday jilmayib, Hayir degim kelar, xo‘mrayib tunday. Do‘stlarim bor edi, ularga bir kez Harflar tanitdim, o‘rgatdim oyat. Lek qaytib ketishdi haq yo‘lidan tez, Ulardan ko‘p edi umidim g‘oyat. Bolamdek suyukli edi-ku ular, Xozir ham qalbim bir qalqiydi ko‘rsam. Shayton birla ulfat bo‘lishdi ular, Demak, shaytonga dars beribman men ham. Bir kunda besh mahal bordir haqorat, Yurakda qatma-qat, katta gar o‘chim. Nima degan odam bo‘ldim nihoyat Bitta ayolga ham yetmasa kuchim? Aylanadi boshim suvga qarasam, Oqqim, oqqim kelar osmonga qarab. Aslim shu bo‘lsa-da, negadir hecham Tuproqqa ko‘milgim kelmaydi, yo Rabb! Yo Rabb, tili achchiq bir bandadirman, Yig‘lamoq o‘rniga erta-kech kulgan, Shundoq yuzi qora sharmandadirman Kibr ila birovlar g‘iybatin qilgan. Kimniki so‘kibman, yaxshi barisi, Men o‘zim yomonman, yo‘q mendan yomon. Pichinga til burmam bundan narisi, So‘kib bo‘lmas, Sening xalqing- ku inson. Xo‘b nodon ekanman, axir Sen bor-ku, Bo‘lmasmi o‘zinga hasratim aytsam. G‘amxo‘rim bir O‘zing - Parvardigor-ku! Har ne bo‘lay endi haq yo‘ldan qaytsam. Tong otar bir muslim yanglig‘ bo‘lib, pok - Toza libos birla o‘qiy Bomdodni, Oq yuz ila boqay yuziga be pok, So‘ng qutlab qo‘yayin nurli hayotni... ©️A’zam O‘KTAM Kanalga qo'shiling: https://t.me/+kZtoU7kIg685MzQy
MAKTUB Tongda maktub yozdim. Boshqa gapim yoʻq, Ammo yana senga yozgim keladi. Ayriliq savdosi tobora quyuq, Telbarib, aqldan ozgim keladi. Dunyo – gʻam boʻyicha zoʻr mutaxassis, Hijronga saxiy-u, visolga xasis, Barmoqlaring tekkan har bitta aziz Buyumga…