Psixolog Nodira Gafurova audio va videolari KANALI
Статистика🔹Bolalar va ayollar Psixologi 🔹 Logoped va Notiq 🔹 "NEYS SCHOOL" markazi rahbari 🔹Nodira Gʻafurovaning kanaliga xush Kelibsiz ! 🌐Bizning chat guruhimiz : https://t.me/psixologiyaolamichat 📞 Murojaat uchun : @psixolog_Nodirakhon
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 96
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Психология (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 88
- 1/48двое суток
- 100
- 1/72трое суток
- 108
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Z AVLODNI KASBGA YO‘NALTIRISH: 3 TA MUHIM MASLAHAT Bugungi bolaga: “Yaxshi o‘qi, diplom ol, keyin yaxshi ish topasan”, — deyishning o‘zi yetarli emas. Chunki mehnat bozori o‘zgaryapti. Kasblar o‘zgaryapti. Eng muhimi esa — bolaning mehnatga munosabati o‘zgaryapti. 1. BOLANI QULAYLIKKA EMAS, MEHNATGA O‘RGATING Bugungi avlodning muammolaridan biri — qiyinchilikka tez taslim bo‘lish. Biror narsa darhol chiqmasa, boshqa narsaga o‘tish. Natija tez bo‘lmasa, qiziqishni yo‘qotish. Shuning uchun bolaga faqat “nima bo‘lasan?” deb emas, “Biror narsani o‘rganish uchun qancha mehnat qilishga tayyorsan?” deb ham savol bering. 2. “KASB” TUSHUNCHASINI KENGAYTIRING Farzandingizdan faqat shifokor, o‘qituvchi yoki yurist bo‘lishni kutmang. Bugun AI, dasturlash, kiberxavfsizlik, robototexnika, raqamli marketing, UX/UI dizayn, kontent yaratish, data analytics, biotexnologiya kabi yo‘nalishlar ham katta imkoniyatlar yaratmoqda. Lekin zamonaviy kasb tanlashda trendga ergashishning o‘zi yetarli emas. Qiziqish + qobiliyat + mehnat + kelajakdagi talab — mana shu to‘rtlikni birga ko‘ring. 3. BOLAGA TAYYOR YO‘L EMAS, KO‘NIKMA BERING Kelajakda bitta kasbni bilishning o‘zi yetarli bo‘lmasligi mumkin. Bolaga muammoni hal qilish, muloqot qilish, tanqidiy fikrlash, texnologiyadan foydalanish, mustaqil o‘rganish va boshlagan ishini oxiriga yetkazish kabi ko‘nikmalarni berish muhim. Chunki kelajakda eng katta ustunlikka ega bola — eng ko‘p diplomga ega bola emas. O‘zgarishga moslasha oladigan va doim o‘rganishga tayyor bola bo‘ladi. Farzandingizga hozir kasb tanlashni o‘rgatyapsizmi yoki hayot uchun kurashnimi? #bolapsixologiyasi #kasbtanlash #zavlodi #farzandtarbiyasi #zamonaviytarbiya #kelajakkasblari #otaona
Hozir konsultatsiyamga 17 yosh yigit keldi. Muommo kasb tanlashda ikkilanish Unga qanday maslahatlar berganim qiziqmi Reaktsiya qoldiring albatta audio javob yuboraman... ❤️
Tana — «Harakat qil», deydi. Yasha, yur, raqsga tush, hayotni his qil deydi . Aql — «O‘rgan», O‘qi, izla, savol ber, anglashga intil deydi. Qalb — «His qil», Sev, mehr ber, kechir, minnatdor bo‘l deydi. Ruh — «Haqiqatni izla», deydi. Yaratganni tanishga, Unga yaqinlashishga intil. Chunki inson faqat tanadan iborat emas. Uning tanasi — harakat uchun, aql — anglash uchun, qalb — his qilish uchun, ruh esa — Yaratganni izlash uchun.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🎥 Psixologmi yoki psixiatr? Kimga qachon murojaat qilish kerak? Ko'pchilik bu ikkisini adashtiradi. Aslida farqi juda oddiy. 🧠 Psixologga murojaat qiling, agar sizda: Stress va kuchli asabiylik bo'lsa. Xavotir va qo'rquv bezovta qilsa. Oilaviy yoki er-xotin munosabatlarida muammolar bo'lsa. Farzand tarbiyasida qiyinchiliklar bo'lsa. O'ziga ishonch past bo'lsa. Motam, ajralish yoki hayotdagi og'ir vaziyatni yengish qiyin bo'lsa. Uyqu buzilishi hissiy zo'riqish bilan bog'liq bo'lsa. 👨⚕️ Psixiatrga murojaat qiling, agar: Odam yo'q narsalarni ko'rsa yoki ovozlar eshitsa. Reallikni to'g'ri idrok qila olmasa. Juda og'ir depressiya sababli kundalik hayotini davom ettira olmasa. Kuchli vahima xurujlari yoki og'ir ruhiy buzilishlar bo'lsa. Bipolyar buzilish yoki shizofreniya alomatlari kuzatilsa. Ruhiy holatni dori bilan davolash zarur deb hisoblansa. ☝️ Muhim Psixolog va psixiatr bir-birining o'rnini bosmaydi. 💬 Sizningcha, odamlar ko'proq qaysi mutaxassisni adashtirishadi? Izohlarda fikringizni yozing.
Konsultatsiyadan keyingi natija
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Bugungi konsultatsiyadan lavha
Psixolog sifatida meni hayratlantirgan 3 ta voqea...
без подписи