Bars MEDIA
Статистика"Bars"ning sahifalarida yoritilgan media xabarlar @bars_rasmiy
- Последний пост
- 6 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 14
- 1/48двое суток
- 16
- 1/72трое суток
- 17
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Samarqandda elektr korxonasi rahbari pora bilan ushlandi Samarqand viloyatidagi tumanlardan birida faoliyat yurituvchi elektr ta’minoti korxonasi rahbari pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. https://t.me/bars_rmedia
"Xavfsiz va sog‘lom yurt" oyligi tezkor tadbirlarida Samarqand shahrida bankda bosqinchilik qilib, kassadagi pullarni olmoqchi bo‘lgan shaxs Qo‘riqlash xodimlari tomonidan qo‘lga olindi https://t.me/bars_rmedia
Samarqandda fuqaro davlat ramzi tushirilgan pul kupyurasini yirtib tashladi Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi Meridian Mirankul maskanida olingani aytilayotgan video tarqaldi. Unda fuqaro yarim yalang‘och holatda ochiq joyda O‘zbekiston davlat ramzlaridan biri aks etgan so‘m kupyurasini yirtib tashlagani tasvirlangan. https://t.me/bars_rmedia
Samarqandda profilaktika inspektori 7 ming dollar olayotganida ushlandi Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahar IIO FMB profilaktika inspektorining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi. https://t.me/bars_rmedia
Yangi tahrirdagi odob-axloq qoidalari tasdiqlandi. Unga koʻra pedagoglar: bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday shakllaridan himoya qilish va tashkilotda bunday holatlarga bevosita yoki bilvosita guvoh bo‘lgan taqdirda “Inson” ijtimoiy markazi yoki huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish; o‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik; o‘quvchining sha’nini kamsitmaslik, tahqirlamaslik; zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot, tushuntirish ishlarini olib borish; o‘quvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni sinfdoshlar oldida muhokama qilmaslik; o‘quvchini ommaviy izza qilmaslik; chet elga chiqib ketgan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida muassasa rahbariyatini xabardor qilish; o‘quvchining ota-onasi yoki ularning qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatga bormaslik; o‘quvchining psixologik holati, xulq-atvori va ijtimoiy moslashuvidagi o‘zgarishlarga vaqtida e’tibor qaratish; og‘ir hayotiy vaziyat belgilari (oilaviy muammolar, iqtisodiy qiyinchilik, zo‘ravonlik, nogironlik, sog‘liq muammolari va boshqalar)ni barvaqt aniqlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish; giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda unga qarshi keskin kurashish borasida bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish. @bars_rmedia
Urgutda opiy kontrabandasi bilan 2 shaxs uzoq muddatga qamaldi Tergovga maʼlumotlari asosida Zamon.uzʼga koʻra, Urgut tumani Mo‘minobod mahallasida yashovchi 28 yoshli fuqaro 60 yoshli mahalladoshini jinoiy faoliyatga jalb qilgan. https://t.me/bars_rmedia
DXX 2025-yilda 11 ta terrorchilik harakatining oldini oldi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan 2025-yil davomida Oʻzbekistonda va xorijda amalga oshirilishi rejalashtirilgan 11 ta terrorchilik harakatining oldi olingani ma’lum qilindi. Bu haqda DXX rahbari Bahodir Qurbonov 13-yanvar kuni Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida ma’lum qildi. @bars_rmedia
Samarqandda 15 yoshli bolaning nikoh to‘yi bo‘ldimi? Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda 15 yoshli bola uylanmoqda” sarlavhasi ostida videolar tarqaldi. Unda hali voyaga yetmagan bola hamda uning yonida kelin libosini kiygan qiz turgani, shuningdek, boshlovchi tomonidan “kuyov jo‘ralar”ga so‘z berilayotgani aks etgan. @bars_rmedia
Oʻzbek soʻmini yoqqan xorijiy ishchilarga jarima qo‘llanildi Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Sirdaryo tumanida joylashgan korxonalardan birida faoliyat yuritgan xorijiy ishchilar tamaki chekish jarayonida O‘zbekiston milliy valyutasi — so‘mni yoqqan holatlar aks etgani keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgandi. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube
видео или голосовое, без подписи
Samarqandda yog‘ingarchilik oqibatida suv toshgan hududda holat bartaraf etildi
Oliy sud tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan hamda O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati tasdiqlandi. (2025-yil 2-sentyabr holatiga ko‘ra). 🔰 Telegram | Instagram | You Tube
Samarqandda bir guruh shaxslar Zarafshon daryosida noqonuniy qazish ishlarini olib bordi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-son Farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-maydan boshlab Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilgan edi. Shunga qaramay, kuzatuvchilarimiz Samarqand shahrining Qorasuv va Shirin massivlari hududidan oqib oʻtuvchi Zarafshon daryosida noqonuniy qazish ishlari amalga oshirilayotganini videotasvirlar orqali tasdiqlashdi. Fuqarolarning ta’kidlashicha, ilgari ham bu hudud bo‘yicha murojaatlar qilingan, biroq muammo chuqur o‘rganilmagan. “Moratoriy mavjud bo‘lsa-da, ayrim shaxslar noqonuniy faoliyatni davom ettirmoqda. Agar bu safar ham jazo choralari ko‘rilmasa, ish "tanish-bilish" yo‘li bilan yopilayotgani sifatida baholanadi. Shu bois, Bosh prokuraturadan holatni qat’iy o‘rganishni talab qilamiz”, — deya yozadi Ekolog.uz. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube
“Afrosiyob” poyezdiga qo‘poruvchilik qilgan temiryo‘lchilar qamaldi 🔰 Telegram | Instagram | You Tube
Kusherbayev Samarqanddagi tamaddixonani tanqid qildi Qonunchilik palatasining sobiq deputati, hozirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining maslahatchisi Rasul Kusherbayev Samarqand shahridagi “Блинный домик” nomli oshxonada davlat tilida menyu mavjud emasligi va xizmatlar davlat tilida koʻrsatilmayotganini tanqid qildi. “Boshqa tilda ham beraversin (taomnomani), lekin birinchi oʻzini davlat tilida berishi kerak”, – deya fikr bildirgan Kusherbayev. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube
Samarqandda Afrika sher bolasining noqonuniy saqlangani aniqlandi Aniqlanishicha, Samarqand tumanida yashovchi fuqaro sher bolasini dala hovlilardan biriga yashirishga uringan. Hayvon sim to‘sig‘iga bog‘lab ketilgan holatda topilgan. Sher bolasiga birinchi yordam ko‘rsatilib, viloyat kinologiya markaziga joylashtirildi. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng uning sog‘lig‘i qoniqarli ekani aniqlandi. Hozirda u Toshkentdagi yovvoyi hayvonlar pitomnigiga topshirilmoqda. Qonunbuzarlik bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi va tegishli choralar ko‘rish uchun Prokuratura organlariga yuborilgan. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube
Kattaqoʻrgʻon tumanida 85 yoshli otaxon 511 tup nasha ekkani aniqlandi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 85 yoshli fuqaro o‘z hovlisida 511 tup nasha ekib, parvarishlab kelgani ma’lum bo‘ldi. Bu holat “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida aniqlangan. Ichki ishlar va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumot asosida “Moybuloq” MFYdagi ushbu fuqaroning uyi ko‘zdan kechirilgan. Natijada u yerda og‘irligi taxminan 500 gramm bo‘lgan quritilgan giyohvandlik moddasi ham topilgan. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube
Jomboy va Paxtachida bo‘lim rahbarlari pora bilan ushlandi Jomboy tumani FVB boshlig‘i fuqaroga xonadonida xususiy MTT ochish uchun yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ijobiy xulosa berib, rahnamolik qilish evaziga 200 AQSH dollari olayotganda DXX va Departament xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Paxtachi tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i esa MCHJga karer faoliyati va “Nakvoysoy”dan tosh-shag‘al qazib olish uchun ekologik xulosa hamda ruxsat evaziga 2 ming AQSH dollari olayotganda ushlandi. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube
Registonda sayyohdan 50 ming soʻragan IIB xodimlari ishdan boʻshatildi Koreyalik sayyoh YouTube'dagi “Deno trip” kanalida Samarqandga qilgan safari haqida video joylagan. Unda sayyoh tarixiy joyga kirish uchun bilet izlab yurganda 2 nafar ichki ishlar xodimini uchratgan. Xodimlardan biri undan 50 ming pul so‘ragan. “Pulni ishlatilmayotgan savat ichiga qo‘yib ketaver”, – degan ikkala xodim ham sayyohga devor orqasida turgan chiqindi qutilarini ko‘rsatib. Video 2024-yilning 14-sentyabrida joylangan. Sayyoh qutiga o‘zbek so‘mlarini qo‘yib ketgan, so‘ngra koreys tilida “Ular pora oldi”, – degan. “Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, Patrul-post xizmati batalyonining ikki nafar xodimi ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etgani uchun xizmatdan bo‘shatilgan”, – deyiladi Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati axborotida. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube
видео или голосовое, без подписи