tgindex
Bars | Rasmiy kanal

Bars | Rasmiy kanal

Статистика
@bars_rasmiyВидеоузбекский

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
4
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
7 302
−15 за 2 дн.
Сутки
−3
−0,04%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
816
20 постов
Вовлечённость
11,2%
к подписчикам
Постов в день
0,6
всего 20
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
439
1/48двое суток
503
1/72трое суток
542

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Samarqand tumanida yana 400 nafar fuqaroning mulk huquqi e’tirof etildi Samarqand viloyatida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi e’tirof etilgan fuqarolar soni 13 ming 587 nafarga yetdi. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube

  • Urgutda 884 million so‘mlik noqonuniy elektr iste’moli aniqlandi Samarqand viloyatining Urgut tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. O‘rganishlar davomida Algar mahallasida “K X” fermer xo‘jaligiga tegishli, umumiy quvvati 10,2 kVt bo‘lgan suv nasoslari elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, noqonuniy ulangan holda foydalanilgani aniqlangan. Holat yuzasidan belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Dastlabki qayta hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur qoidabuzarlik oqibatida 268 056 kVt·soat elektr energiyasi noqonuniy iste’mol qilingani, buning natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 884 million 584 ming 800 so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlangan. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube

  • Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan fuqarolar ketma-ket bir necha kun dam oladi. Prezident farmoniga ko‘ra, 31-avgust, dushanba kuni ish haftasi tartibidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. Shunga ko‘ra: 29-avgust, shanba odatiy ish yoki dam olish kuni; 30-avgust, yakshanba odatiy dam olish kuni; 31-avgust, dushanba barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni; 1-sentabr, seshanba O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni. Natijada, 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar 29-avgustdan 1-sentabrgacha ketma-ket 4 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar esa 30-avgustdan 1-sentabrgacha ketma-ket 3 kun dam oladi. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube

  • Samarqandda ishdan noqonuniy bo‘shatilgan ekolog ishiga tiklandi Samarqand tumanida yashovchi fuqaro Q.A. Samarqand viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasidagi ishidan noqonuniy bo‘shatilganini bildirib, viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilgan. Murojaat o‘rganilib, fuqaroning huquqlarini tiklash maqsadida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga da’vo arizasi kiritilgan. Sud qaroriga ko‘ra, Q.A. avvalgi ishiga tiklangan. Shuningdek, unga majburiy progul davri uchun 44 mln 548 ming 668 so‘m ish haqi undirilishi belgilangan, deyiladi Adliya boshqarmasi xabarida. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube

  • Endi yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘l haqini to‘lashi shart boʻladi 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida to‘lov qoidalari qat’iylashadi. Yangi tartibga ko‘ra yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘lkira haqini to‘lashlari shart. Yo‘lkira haqi transport yoki ijtimoiy kartani validatorga tekkizish, shuningdek bank kartasi, smartfon va boshqa kontaksiz to‘lov vositalari orqali to‘lanadi. Agar yo‘l haqi avtobusga chiqish vaqtida to‘lanmasa (yoki imtiyozini tasdiqlatmagan), yo‘lovchi chiptasiz harakatlanayotgan deb hisoblanadi va bu jarimaga sabab bo‘lishi mumkin. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube

  • Samarqandda o‘zini ko‘prikdan Qoradaryoga tashlagan fuqaroni Qo‘riqlash xizmati xodimlari qutqarib qoldi. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube

  • 8 авг.1 03022

    Samarqandda chiqindi tashlagan ikki fuqaro javobgarlikka tortildi Samarqand shahridagi “Chirquduq” MFY hududida o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida belgilanmagan joyga chiqindi tashlayotgan ikki fuqaro aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, Pastdarg‘om tumanida yashovchi T.Sh. va R.I. o‘zlariga tegishli yuk mashinalarida turli xil chiqindilarni ochiq hududlarga tashlagan. Bu haqda viloyat Ekologiya bosh boshqarmasi xabar berdi. Huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 91-moddasi asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan hamda chiqindi tashishda foydalanilgan yuk mashinalari vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube

  • Samarqand eksportida meva-sabzavot yetakchilik qildi 2026-yilning yanvar–iyul oylarida Samarqand viloyatida 716,9 mln AQSH dollarlik mahsulot eksport qilindi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 64,6 mln dollar yoki 9,9 foizga koʻp. Viloyat Bojxona boshqarmasi Axborot xizmatining xabar qilishicha eksport tarkibida eng katta ulush 205,4 mln dollar (28,7 foiz) bilan meva-sabzavot mahsulotlariga toʻgʻri kelgan. Keyingi oʻrinlarda metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar (21,4 foiz), transport vositalari va ehtiyot qismlari (11 foiz), oziq-ovqat (11 foiz) hamda toʻqimachilik mahsulotlari (9,2 foiz) qayd etilgan. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube

  • Samarqandda elektr korxonasi rahbari pora bilan ushlandi Samarqand viloyatidagi tumanlardan birida faoliyat yurituvchi elektr ta’minoti korxonasi rahbari pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Ma’lum qilinishicha, u mahalliy tadbirkorga tegishli umumiy ovqatlanish shoxobchasida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanish oqibatida davlatga yetkazilgan 393 million so‘mlik zararni kamaytirib ko‘rsatish hamda tadbirkorni jinoiy emas, ma’muriy javobgarlikka tortilishiga ko‘maklashish evaziga 5 ming AQSH dollari talab qilgan. Mansabdor shaxs iyul oyi oxirida ushbu mablag‘ning 4 ming dollarini olgan, qolgan 1 ming dollarni esa uchinchi shaxs orqali olayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Qayd etilishicha, ushbu rahbar avval ham sudlangan bo‘lishiga qaramay, noqonuniy faoliyatini davom ettirgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube

  • Davlat xizmatchilarining ish haqi tizimi o‘zgaradi Prezidentga taqdim etilgan takliflarga ko‘ra, davlat xizmatchilari uchun yagona va shaffof ish haqi tizimi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Yangi tizimga muvofiq, ish haqi 11 ta razryad va 6 ta pog‘ona asosida hisoblanadi. Ko‘plab ustama va mukofotlar o‘rniga 3 ta asosiy rag‘batlantirish to‘lovi saqlab qolinadi. Shuningdek, xodimlarga KPI, malaka va ish samaradorligiga qarab ustama hamda bonuslar beriladi. Natijada har bir davlat xizmatchisi o‘z ish haqi qanday shakllanishini oldindan bilish imkoniga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, hududiy davlat xizmatchilarining ish haqi hokimliklardagi o‘xshash lavozimlar maoshidan yuqori bo‘lmaydi. Ma’lum qilinishicha, yangi tizim 54 ming nafar davlat xizmatchisini qamrab olishi rejalashtirilgan. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube

  • Samarqandda bugun kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin Bugun, 4-avgust kuni Samarqand viloyatining ayrim hududlarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda esa chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi. Shuningdek, 4–7-avgust kunlari kutilayotgan yog‘ingarchiliklar sabab viloyatning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi mavjud. Fuqarolardan ehtiyot choralariga rioya qilish, zarurat bo‘lmasa kuchli shamol vaqtida ochiq maydonlarda uzoq qolmaslik, mashinalarni daraxtlar ostida qoldirmaslik tavsiya etilmoqda. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube

  • Samarqandda 919,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi Samarqand tumanida faoliyat yurituvchi “M.B.” MChJ mas’ul shaxslari qumni qayta ishlash sexini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 919,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fosh etilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube

  • Endi hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun ma’muriy qamoq ham qoʻllaniladi Joriy yilning 28-iyunidan boshlab hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlarga nisbatan javobgarlik kuchaytirildi. Qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, bunday huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy jarimalar ikki baravar oshirildi. Shuningdek, aybdorlarga nisbatan 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq jazosi qo'llanilishi mumkin. Mazkur oʻzgartirishlar hayvonlarga nisbatan zoʻravonlik va shafqatsizlikning oldini olish, jamiyatda mehr-oqibat hamda masʼuliyat tuygʻusini mustahkamlashga qaratilgan. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube

  • Yoshlar ishlari boshqarmasi sobiq boshlig‘i yangi lavozimga tayinlandi Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Azizova Dilfuza Erkinovna O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Dilfuza Azizova 1982-yil 28-sentabrda Samarqand tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Samarqand davlat universitetini tamomlagan. U mehnat faoliyati davomida Samarqand tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, shuningdek, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube

  • Samarqandda o‘zini himoya qilgan qizga solingan jarima bekor qilindi Samarqandda tajovuzkor yigitdan o‘zini himoya qilgan qiz dastlab mayda bezorilikda aybdor deb topilib, BHMning 3 baravari miqdorida jarimaga tortilgan. Bu haqda Sukutsaqlama loyihasi xabar berdi. Jabrlanuvchining aytishicha, voqea dugonasining to‘yida sodir bo‘lgan. Yigit uni majburan avtomobilga o‘tqazishga uringan, qiz esa o‘zini himoya qilish uchun uni itargan. Qiz sud qarori ustidan shikoyat qilgan. Yuqori turuvchi sud ishni qayta ko‘rib chiqib, unga nisbatan tayinlangan jarimani bekor qilgan. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 18-moddasiga ko‘ra, zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan harakatlar ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanmaydi. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube

  • «SAMARKAND-2028» sun’iy yo‘ldoshi yaqin kunlarda orbitaga uchiriladi 5-avgust kuni «SAMARKAND-2028» giperspektral sun’iy yo‘ldoshi koinotga uchiriladi. Bu haqda Uzcosmos ma’lum qildi. Loyiha O‘zbekiston kosmik sohasi rivojidagi muhim bosqichlardan biri sifatida baholanmoqda. Missiya Xitoyning STAR.VISION kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Unda Uzcosmos mutaxassislari ham ishtirok etib, sun’iy intellekt asosidagi maxsus modulni ishlab chiqdi. Mazkur modul sun’iy yo‘ldoshda olingan ma’lumotlarni Yerga uzatishdan oldin to‘g‘ridan-to‘g‘ri orbitaning o‘zida qayta ishlash imkonini beradi. Bu esa ma’lumotlarni tahlil qilish tezligi va samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube

  • 1 авг.1 150624

    Samarqandda talaba qiz yotoqxonaning ikkinchi qavatidan qulab tushdi Bars tahririyatiga kelib tushgan murojaatga ko‘ra, joriy yilning 7-iyuldan 8-iyulga o‘tar kechasi Samarqand davlat universiteti Fizika fakulteti 1-bosqich talabasi universitet qoshidagi 3-sonli talabalar yotoqxonasining ikkinchi qavatidan qulab tushgan. Murojaatda aytilishicha, talaba qiz o‘ziga tanish bo‘lgan yigit bilan uchrashish uchun pastga tushayotgan vaqtda xonadoshlari tomonidan ikkinchi qavatdan tashlab yuborilgani iddao qilinmoqda. Oqibatda u og‘ir tan jarohati olib, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya markaziga yotqizilgan. Jabrlanuvchi tomonning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Ichki ishlar organlariga murojaat qilingan. Biroq, murojaatda hozirgacha tegishli choralar ko‘rilmagani hamda voqeaga mas’ul deb hisoblanayotgan oliygoh rahbariyati tomonidan ham munosabat bildirilmagani yuzasidan e’tiroz bildirilgan. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube

  • 31 июл.2 16011

    💪 Milliy gvardiyaning alohida bo‘linmalariga erkak nomzodlar qabuli boshlandi. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube

  • Samarqand tumanida yana 400 nafar fuqaroning mulk huquqi e’tirof etildi Samarqand viloyatida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi e’tirof etilgan fuqarolar soni 13 ming 587 nafarga yetdi. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi 34-sessiyasi qarori bilan viloyat bo‘yicha yana 1 ming 525 nafar fuqaroning mulk huquqi qonuniy tartibda e’tirof etildi. Yangi qarorga ko‘ra, eng ko‘p mulk huquqi Samarqand tumani aholisiga berildi. Bu yerda 400 nafar fuqaroning huquqi e’tirof etilgan. Keyingi o‘rinlarda Bulung‘ur tumani (189 nafar), Ishtixon tumani (179 nafar) va Pastdarg‘om tumani (168 nafar) qayd etildi. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube

  • Toyloqda xazon yoqqan fuqaro 2 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi ma’lum qilishicha, Toyloq tumani Istiqlol MFY hududida yashovchi fuqaro F.X. barg xazonlari va xas-xashakni belgilanmagan joyda to‘plab, ochiq alanga bilan yoqib yuborgan. Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 2 million 60 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. Ma’lumot uchun, xazon va shox-shabbalarni yoqqan fuqarolarga 1 mln 236 ming so‘mdan 2 mln 60 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 2 mln 60 ming so‘mdan 4 mln 120 ming so‘mgacha jarima belgilanadi. Qoidabuzarlik takror sodir etilsa, jarima miqdori yana oshirilishi mumkin. 🔰 Telegram | Instagram | You Tube