Ibrohimov
СтатистикаKompyuter grafikasi bo'yicha xalqaro tajribaga ega treyner, 3D artist Barzu Ibrohimovning telegram kanali. Shaxsiy loyihalar va qiziqarli fikrlar. Admin: @edars_admin Jonli va videodarslar: @edars_cg
- Последний пост
- 22 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 143
- 1/48двое суток
- 163
- 1/72трое суток
- 176
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Iyul oyida ko'chada sovuqqotganmisila?
Aka nima deyapti? SpaceX aksiyalari ommaga taqdim etilgandan keyin Elon Musk boyligi 1 trln dollardan oshdi. U dunyodagi birinchi trilloner. Uning boyligi dunyodagi faqatgina eng yirik 20 ta davlat YaIM dan kamroq, qolgan istalgan davlatni oling, uning YaIM idan Musk boyligi ko'proq. Bu summani tasavvur qilishingiz uchun, 1 dollar - 12 000 so'm desak, 1 trln dollar 15.6 kvadrillion (15 dan keyin xohlagancha 0) bo'ladi. Qiziq fakt, hozir Musk pulidan $1 trln dollar olib qo'ysangiz ham u dunyoning eng boy odami bo'lib turaveradi. Yana bir holat, Muskning boyligi dunyo aholisining iqtisodiy quyi qatlamiga kiruvchi 3.8 milliard insonlarning jami boyligidan ko'proq.
Taqqoslash uchun haqiqy Ferrari, bundan 16 yil oldin, 2010 - yilda chiqqan Ferrari 458 Italia modeli, qanday qilib Ferrari bu ko'rinishga yuqoridagi ko'rinishga keldi ekan ;)
Juda katta kompaniyalar ham adashadi yoxud qanday qilib bir-necha kunda 4 mlrd dollar yo'qotish mumkin? Shuyam Ferrari mi? Sobiq Apple dizayneri ishlagan emish, Apple dizayneri ekan deb mashina dizaynini chizdirvorish kerakmidi? Uyam aytmagan ekan, "Akala men Apple da mashina chizmagandim" deb. To'g'risi, ko'rinishi x****** Ferrari to'liq elektrik Luce degan modelni namoyish etgandan keyin kompaniya aksiyalari qiymati 6-8% ga tushib ketdi. Ushbu modelning narxi $640 000 atrofida, qaysi ahmoq bu mashinani bu pulga oladi? Balki shunday ahmoqlar ko'pdir, agar Ferrari shu modelni boshqa qayta ishlab chiqarmasa, ya'ni buni chiqarishni "srazu" to'x'tatsa, keyin bu modelni bu pulga balki kimdir oladi. Mashina rasmlarini ko'rib azoblanish uchun 👉🏻 essiz_ferrari_link
Google icon larni yana redesign qilibti, bu safar yaxshi tomonga. Oldingi redesign dan keyin icon larga qaragan odamni ko'zi og'rib qolardi.
Ilmiy hisob kitoblarga ko'ra eng qadimgi ajdodlarimiz bundan 300 000 yil oldin paydo bo'lishgan. Ularning miyasi hozirgi odamlarning miyalariga o'xshash ishlagan. Lekin taraqqiyot shu qadar sekin bo'lganki, birinchi g'ildirak ixtiro qilinishiga taxminan 295 000 yil ketgan, ya'ni ilk g'ildirak bundan taxminan 5-6 ming yil avval ixtiro qilingan (Mesopotamiya, hozirgi Iroq). G'ildirak bilan bir qatorda ilk qadimgi yozuvlar ham o'sha davrlarda yaratilgan. Lekin print/pechat qilish, ya'ni matnni chop etishning ixtiro qilinishiga yana 4.5 ming yil ketgan, ya'ni birinchi chop etish uskunalari bundan 600 yilcha oldin (~1440 yill, Germaniya) ixztiro qilngan. Chop etish texnologiyasidan Internet ixtiro qilinishigacha taxminan yana 500 yil ketgan (1989, Shveytsariya), internet ixtiro qilinganidan AI rivojlanishigacha esa bor yo'g'i 30 yildan ko'proq vaqt ketdi. Taraqqiyot tezlashib ketdi, keyingi olamshumul ixtiro qachon va nima bo'lar ekan?🧐 @barzuibrohimov
Shu bratni baribir didi va talanti bor 👍
Biznikilaga 'o'yin sohasi' desang ensasi qotadi yoki 'neseryozno' qarashadi. O'yin sohasi / o'yin sanoati hozirgi kunda dunyo bo'yicha musiqa, animatsiya va film sanoatlarini qo'shib hisoblaganda ulardan ikki barobar ko'proq kapitalga ega soha. Albatta raqobat…
Assalomu alaykum hammaga, Vaqt qanchalik tez o'tishini amalda ko'rish uchun eksperiment qilamiz. Ushbu postni 2024 - yil oxirida yana eslataman (o'sha kunlarga yetib boraylik), maqsad vaqt tez o'tishini eslatish emas, bu haqda oldinroq gaplashgandik, shunchaki…
ChatGPT Amerikaning Urush vazirligi tizimlariga integratsiya qilinyapti. Urush vazirligi (Department of War - DoW) yaqinda, bir vaqtda dunyoning (yoki Amerikaning) boshqa bir eng kuchli AI labaratoriyalaridan biri, ya'ni Anthropic bilan shartnoma qilish jarayonida rad javobi oldi va endi Trump Anthropic ga dakki beryapti, menimcha tez orada ular ham Urush vazirligi tizimlariga qaytib qo'shiladi. Xullas AI borgan sari jiddiylashib bormoqda, bizdagilar haliyam jiddiy qarashmayapti, katta katta tashkilotlarda ishlab yurgan katta katta odamlar haliyam rejalarni palapartish daftarga ko'chirish bilan ovora, AI yozuvini ko'rsa Al Xorazmiy, Al Beruniydan boshqa so'zlar xayoliga kelmasa kerak. Yaxshi tushunadiganlar ham yo'q emas lekin @barzuibrohimov
Hozir insonlar bir biri bilan urishyapti, atom bombadan qo'rqishyapti, lekin insoniyat shu darajada nozikki buni ko'pchilik tushunib yetmaydi, yaqin orada hamma bir bo'lib suni'y intellektni to'xtatishga harakat qilishni boshlab yuborishsa ajablanmayman. Hozir mamlakatlar atom bombalarni yo'q qilish haqida o'ylash kerak, chunki sun'iy intellekt insoniyatga qarshi kurash boshlasa, 1-2 soatda butun yer yuzini yo'q qilib yuboradi o'zimizni qurollardan foydalanib. Oshirib yubordima? Mayli, suniy intellekt emas, o'ta kuchli sun'iy intellektga ega biror davlat yoki biror shaxs shunaqa qarorga kelsachi? Bu anchagina haqiqatga yaqinroq. Buyam mubolag'a deb o'ylayapsizmi? COVID esingizdami? u haqiqat edi, butun dunyo "Uyda qoling" degandi, gap shundaki hozir bunaqa virusni sun'iy intellekt yordamida qisqa vaqtda ishlab chiqish mumkin. Qo'rqmanglar, hazillashyapman 😁 @barzuibrohimov
Institutga yoki universitetga o'qishga kirishga shoshayotganlar, o'sha o'quv yurtini bitirguningizcha siz o'rgangan yo'nalish, soha va kasb butunlay yo'qolib ketgan bo'lsa yoki ortiq kerak bo'lmay qolgan bo'lsa nima qilasiz? 2020 - yil: Dasturlashni o'rganing! 2024 - yil: Prompt yozishni o'rganing! 2035 - yil: Tog'u toshlar orasida yovvoyi mevalarni topib yeyishni va jon saqlashni o'rganing!!! @barzuibrohimov
Bobomiz Amir Temur, "Kuch - adolatdadir" deb xalqni qulog'iga sekingina lag'mon ilib gazini bosgan, lekin ichida doim "Adolat - kuchdadir" deb yurgan va xuddi shunday qilgan. Hozirgi zamonda ham adolat aslida kuchda ekanligini ko'p ko'ryapmiz va aslida bu hayotimizdagi sinmaydigan haqiqat. Adolat bilan kuchli bo'laman deb adashganlar, oldin kuchli bo'ling, keyin adolat o'rnatasiz. Bu shaxsiy fikr va xulosa, unga qo'shilmaslik doimiy huquqingiz.
Ai (Sun'iy Intellekt) insonlarning ilmiy salohiyatida katta farq paydo bo'lishiga olib keladi, ya'ni o'ta ilmli va juda ilmsizlar ko'payadi deb o'ylayman. Ba'zilar, sun'iy intellektdan so'rab olaman, kompyuter o'zi bajaradi deb kerakli bilimlarni o'zlashtirmay qo'yadi, boshqalar esa oldin o'rganish qiyin bo'lgan narsalarni ham sun'iy Intellekt yordamida tezroq o'rgana boshlaydi. Ko'p narsalarni bilish ko'proq foydali bo'ladimi, yoki shunchaki, o'zi bilmasa ham sun'iy Intellektdan foydalanib kerakli axborotni faqat kerakli vaqtda olish foydaliroqmi, to'g'risi buni aniq bilmayman. Lekin insonlar orasida ilmiy salohiyatda katta tafovut paydo bo'lish ehtimoli yuqori deb o'ylayman. Siz bu haqda nima deb o'ylaysiz? Siz qaysi turdagi insonsiz? @barzuibrohimov
AI bilan ko'proq ishlashga odatlaninglar do'stlar, ishlashni bilmasangiz o'rganishni boshlanglar, keyin kech bo'lmasin. 11 Fevral 2026 @barzuibrohimov
Mustaqil o'rganish Bu sizga butun hayotingiz davomida har qanday sohada va vaziyatda yordam beradigan eng kerakli odat. Ishonavering, har qanday (normal) inson istalgan narsani mustaqil o'rgana oladi, lekin o'rganish tezligi albatta farq qiladi. Bu odatni qanday rivojlantirish mumkin? Albatta sekin-astalik bilan. Quyida istalgan (lyuboy) narsani mustaqil o'rganish odatini rivojlantirish uchun asosiy qadamlarni sanab o'taman: 1. Nimani o'rganishingiz kerakliginni aniqlang! (Aynan nimada qiynalyapsiz? Kompyuter, til, matem. va hkz.) 2. O'rganing (hazil) 3. Aniqlagan narsangizda (u fan bo'ladimi, soha bo'ladimi) birovning yordamisiz o'rgana oladigan eng oson narsani toping va o'shandan boshlang (Masalan, 2x2 ni bilasizmi? 2x3 ni yodlang, book - kitobmi? unda stol nima? ovqat nima?, noutbukingizni yoqishni bilasiz, endi o'chirishni o'rganing, va hkz) 4. So'rang! (bunga izoh shart emas deb o'ylayman) 5. Hozir qo'lingizda bor imkoniyatdan foydalaning (internet, a'lochi sinfdosh, ustoz!? va hkz.) 6. Shoshmang, oldin faqatgina bitta eng kerakli! narsani o'rganishdan boshlang, o'zingizga ortiqcha yuk olmang. Bitta narsani kuchliroq o'rgana olganingizdan so'ng keyingisiga o'ting. 7. O'rgating! (kimga o'rgatishni o'zingiz hal qilasiz) 8. Albatta takrorlang, inson hech narsani bittada to'liq o'rganib yoki eslab qola olmaydi (agar jodugar bo'lmasa), har qanday ma'lumot, bilim, ko'nikma, mahorat va hkz. takrorlash bilan bo'ladi. 9. Hozirgi zamonda har qanday narsani mustaqil o'rganish uchun odatda sizga 2 turdagi bilim kerak (ularni keyinroq batafsilroq yozaman/aytaman). Harakatni boshlang! @barzuibrohimov
The scout bot is still searching for life in this alien planet, but challenging adventures await. Made with Blender, rendered using Eevee. @barzuibrohimov
Hozirgi zamonda men shaxsan "qo'rqadigan" odamlar bu sotuv mutaxassislari. Ularning psixologiyasi qiziq, bazilari havas qiladigan insonlar, lekin afsuski kopchiligi, ayniqsa hozirgi "sotuv menejerlari", sotish bo'yicha 15 yillik tajribaga ega 20 yoshli "marketing pro" lari qip qizil o'g'riga o'xshashadi. Meni noto'g'ri tushunmang, ularning mehnatlarini qadrlayman va hozirgi zamonda haqiqatdan sotuv bilimisiz biznesda kosangiz oqarishi qiyin. Lekin hozir har qanday "sotuv ustalari" bilan gaplashmang ular faqat raqamlar bilan gaplashishadi, ular uchun eng muhimi 1 oyda X sonli sotuv bo'lishi kerak, 3 oyda Y miqdorda pul yig'amiz va hkz. "Aka istalgan narsani istalgan odamga sotib beramiz" desa har qanday biznes egasiga yoqadiya. Lekin bu gapda qandaydir muammo bordek tuyulmayaptimi? Birinchidan istalgan narsani sotish noto'g'ri bo'lishi mumkin. Ikkinchidan nega istalgan odamga? Siz sotayotgan maxsulot sizdan olayotgan istemolchiga umuman kerak bo'lmasachi. Albatta ko'p sotish yaxshi, sotuvsiz butun iqtisodiy tizim soviydi, bozor ham, qozonlar ham qaynamaydi. O'zim ham sotish bilan qisman shug'ullanaman. Sotishga umuman qarshiligim yo'q, shunchaki hozirgi ba'zi sotuvchilar qiladigan ishlar bilan sizni uxlatib ketadigan firibgarlarni qiladigan ishlarida farq juda kamdek ko'rinadi. Hozir kechirasizu sotuvda yolg'onchilik 10 yoshli go'dakni ham qoniga singib ketgan, tuppa tuzuk insonlar biznesini din orqali yurgizishga o'tib olishgan, xullas insonlarni pulini olish uchun nimaiki "hunar" ishlatish mumkin bo'lsa barchasi "sotuv ilmi" bolib ketgan. Eng qizig'i, bunaqa sotuvlarning avj olishiga o'zimiz ya'ni istemolchilar ham sababchi, biz o'zimizga nima kerakligini bilmaymiz, tekshirishni bilmaymiz, aqlimiz yetmaydi, ishonuvchanmiz va boshqa kamchiliklarimiz bor. Soting, ko'p sotishga harakat qiling, buning hech ham aybi yo'q, lekin mard bo'ling, har narsani ham sotmang, har kimga ham sotmang, sifatga etibor bering, yutug'ini ayting, lekin aybini ham ayting... To'g'ri, bu dunyoqarashim bilan, ya'ni o'zimcha adolat qilib hozirgi dunyoda katta daromad qilishim qiyin, lekin shaxsan menga shunisiyam yetadi. @barzuibrohimov
без подписи