《《Baxt hikoyam》》
СтатистикаAssalomu aleykum va rahmatillohu va barokatuh... Kanalimizga xush kelibsiz Bu kanalda #Moviy_sharfli_qizaloq ning eng yangi hikoyalari tashlab boriladi
- Последний пост
- 2 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 31
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 69
- 1/48двое суток
- 79
- 1/72трое суток
- 85
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Hikoya ancha kechikyapti, bilaman. Erta-indin albatta tashlanadi
Madina kechki soat oltilarda uyg'ondi, unga Farangizdan hammasini bilib olganligimni aytib, ko'nglini cho'ktirmasligini, hammasi yaxshi bo'lishini, faqat hech qachon umidini uzmasligi kerakligini uqtirdim. Soat yettilarda biz eski G'afur G'ulom parki, Dream park darvozasidan kirayotgandik. Avvaliga o'tirib, ovqatlandik. So'ngra bog'dagi chiroqlar yog'dusida parkni aylanib chiqdik. Bog'ning markazida joylashgan ko'l tomon yaqinlashar ekanmiz, oy nurida ko'da suzib yurgan oqqushlarga ko'zimiz tushdi. Farangizdan muzqaymoq yeyish taklifi chiqarkan, men shu yerda bo'lib turishimni, Madina ikkalasi borib olib kelishlarini tayinladim-u, yana chiroyli oqqushlarni tomosha qila boshladim. - go'zal... ortimdan eshitilgan tovushdan biroz cho'chib ketdim. Ammo ortga o'girilmagan holda, javob qildim - ha, dunyodagi eng chiroyli qushlar oqqushlar bo'lsa kerak. - balki... A men ko'rgan qizlar ichida esa eng chiroylisi sizsiz. Titrab ketdim. Nega avvalroq tanimadim, axir bu uning ovozi-ku... Hali ham o'zimga ishonmay turarkanman, nihoyat jur'at topib ortga o'girilishga jazm qildim. - siz... uning rostdan ham "u", en tanigan inson bo'lib chiqqanidan bir tarafdan hayratga tushsam, bir tomondan ichimdagi birnima shodon qichqirardi - nahotki hali ham buning shunchaki tasodif emas, taqdir ekanligiga shubha qilayotgan bo'lsangiz, u ko'zlarini ayyorona suzgancha yuzimga sinchkov tikildi: - men haligi... javobimni yakunlashga ulgurmadim. Uni g ortidan kimdir kelib qoldi. - aka...bu o'sha kinoteatrdagi qiz edi - xolam chaqiryaptilar sizni... Nahotki? Bo'lishi mumkinmas. Demak, bu qiz rostdan ham uni g jiyani. - hozir boraman. U bir menga, bir o'ziga hayron tikilib turgan qizga shunday der ekan, menga yuzlangancha tez-tez gapira boshladi - ertaga soat uchda o'qishingiz oldida kutaman. Ketib qolsangiz, yoki chiqmasangiz, boshqa bezovta qilmayman sizni... U gaplarini tugatarkan, qiz bilan birag keta boshladi, ammo bir-ikki qadam tashlaboq, ortga o'girildiyu, - ko'rishguncha...deb tabassum qildiyu, tez-tez yurib ketib qoldi. Bu uning "mening u bilan ko'rishishimga aminligi" ishorasi edi... Davomi bor......... Muallif: #Moviy_sharfli_qizaloq
Yana bahor qaytarmikan, sen qaytmasang... 6-qism Kvartiraga kirib kelganimda, hammayoq jimjitligidan biroz hayratga tushdim. Agar Farangiz uyda bo'lsa, albatta xonalarda Xamdam Sobirovning qo'shiqlari jarang sochayotgan bo'lar, shuning uchunmi oyoq kiyimimni yechar-yechmas, qizlarni ismini aytib chaqira boshladim. - Madina, Farangiz... Javob bo'lmagach, Madinani xonasi tomon yo'nalarkanman, shu vaqtda Farangiz paydo bo'ldiyu, bir so'z demay, qo'limdan tutgancha, o'z xonasi tomon tortqiladi. U ohista harakatlar bilan eshikni yoparkan, men uning harakatlarini hayronlik bilan kuzatgancha savol berdim - tinchlikmi? - tshshhh... uning harakatlari tobora g'alati ko'rinayotgandi menga. - sekin. Uyg'otib yuborasan - kimni? - kimni bo'lardi? Madinanida. - Farangiz... oxiri toqatim toq bo'ldi- nima bo'lyapti o'zi, tushuntirib aytasanmi? Madina bu vaqtda uxlamasdi-ku. Yoki kasalmi? - undan ham yomon - undan ham yomon deganing nimasi? Uning gaplaridan nafasim ichimga tushib ketdi - tushuntirib aytsangchi? - xullas, Sardor aka keyingi oyning boshiga qaytishi kerak edi O'zbekistonga. - ha, bundan xabarim bor - qaytmaydigan bo'libdi - nimaga? - bilet bilan muammolar bo'layotgan emish. Yana ishida ham, u ketsa o'rniga qoladigan odam yo'qmish. Shunga shu bilan dekabrda qaytishi mumkinmish. Bu ham hali aniq emas. - ya'ni ikki oydan keyin? Axir Madina bilan ko'rishmaganlariga 1 yildan oshib ketadi-ku, o'i unashtiruv ham Sardor akasiz bo'lgandi. - muammo ham shundada. Madina shularni aytib, dardini to'kdi. Shuni orqasidan tortishib qolishdi, yig'lab-yig'lab hozir uxlab qoldi. - bechoraginam... - bir tarafdan Sardor akaga ham qiyin. Vaziyat uning qo'lida emas. Qo'lida bo'lganda begona yurtlarda oilasidan, sevgilisidan uzoqda ishlab yurarmidi?! - to'g'ri aytasan. Farangizning gaplarini tasdiqlarkanman, ikki sevishganga achinib ketdim. Birga bo'lib bir-birini qadrlamayotganlar qancha, a ular-chi? Ikki kunda bir telefonda gaplashsa - gaplashadi, yoki shuyam yo'q. Endi esa to'ygacha ko'rishishlari, birga vaqt o'tkazishlari ham so'roq ostida bo'lib turibdi. - sizlarda nima gap? Mavzuni boshqa joyga burishga urinarkanman, Farangiz beparvo qo'l siltagancha javob qildi - sening akang ham ertalabdan beri qo'ng'iroq qilgani yo'q. O'zim qilsam, o'chirilgan. "Hoynahoy, ishdadir" deb o'yladim, ammo sirtimga chiqarmadim. - o'zi bu yigit zotiga ishonishning o'zi xato. - ha aytma... uni gapiga qo'shilarkanman, bugungi voqea ko'z oldimda gavdalandi. - ha aytgancha... Farangiz bir nima esiga tushgandek bo'lib, yuzimga sinchkov boqdi. - sen bugun uchrashuvga chiqishing kerak edi-a? Nima bo'ldi? Yigit yoqdimi? - so'rama Farangizga bugun bo'lib o'tgan voqealarni aytib berarkanman, u meni diqqat bilan tingladiyu, gapimni tugatganimdan keyin bir necha daqiqa o'ylanib qoldi. So'ng, ikkilangancha meni savolga tutdi - haligi... anavi yigit... chiroylimi? - kim? U qay birini nazarda tutayotganini avvaliga anglay olmadim - Yusufmi? - ha o'sha... - judayam kelishgan emas-u, lekin... birdan xayolga toldim - unda odamni o'ziga tortadigan nimadir bor, birga bo'lganimda hech yonidan ketgim kelmaydi negadir: baland bo'y, oq-sariq yuz, qora qosh, qora sinchkov ko'zlar, va tabassum... Ha, uning tabassumi juda chiroyli. Bilasanmi, u kulganida ko'zlari ham porlab ketadi. - allaqachon fall in love (sevib qolish) bo'libsan-ku... Farangiz birdan kulib yubordi, so'ng Madina uxlayotgani esiga tushdi shekilli, birdan jim bo'lib, past ovozda gapira boshladi - Okey, menda bir g'oya bor. Bugun "yigitlarsiz kun" qilamiz, kinogami... - faqat kinoga emas - yaxshi unda parkka boramiz. - shartmikan? - albatta shart. Madinani ham kayfiyati ko'tariladi ancha. -yaxshi... Madinani o'ylab, rozilik berarkanman, aslida o'zimning ham bo'lib o'tganlarni unutish uchun biroz "havo almashtirish" ga ehtiyojim bor edi.
- tushunmadim... uning g'alati kinoyasidan asablarim taranglashdi - bundan nima kelib chiqishi kerak? - shunchaki... begona insonning bizga "himmat" qilib, shirinlik yuborishi g'alati tuyildi. - g'alati tuyilgan bo'lsa, o'zidan borib so'rang... shu damda nimadan bunchalik g'azab otiga minganimni bilmayman, balki Yusufning ustimdan kulgandek qilgan harakatlari bunga sabab bo'lgandir. Unga shu gaplarni aytar ekanman, o'rnimdan turib, sumkamni oldim - javobimni oyimdan aytib yuboraman... suhbatga so'nggi nuqtani qo'yarkanman, uning javobini ham kutmasdan tashqariga yo'l oldim. Ko'chaga chiqqanimda ko'zlarim o'z-o'zidan yoshlandi. Ha, bu chidab bo'lmas hodisa edi. Yusuf qarshimdagi insonga umuman qiziqish bildirmayotganimni nigohlarimdan payqab ulgurgandi va buni bila turib, ikkilanmasdan shunday "maynavozchilik" qilishni lozim topdi. Shu haqida o'ylab, avtobus bekati tomon yo'l olarkanman, ortimdan kimdir ismimni aytib chaqirdi va baxtga qarshi u edi. Men to'xtashni xayolimga ham keltirmay tez-tez yurib ketarkanman, u o'tgan galgidek menga yetib oldiyu, yo'limni to'sdi. Bu safar qo'llarimdan tutishga urinarkan, men undan qo'llarimni tezlik bilan tortib oldim - tamom... shunday gaplashaveramiz... uning bu qadar xotirjamligi allaqachon g'azabimni qo'zitib bo'lgandi - men siz bilan na gaplashishni, na yonma-yon turishni, na siz nafas olayotgan havodan nafas olishni istayman. Shunday ekan, meni tinch qo'ying - oo, yo'q. Bahora, nega mendan bunchalik nafratlanasiz, haligacha tushuna olmadim... U yuzimga sinchkov tikilarkan, xayolimdan "chunki seni sevishimni menga ko'p ko'rganing uchun" degan fikr o'tardi - nafratlanaman? Qayerdan oldingiz bu gapni? Ammo javobim xayolimdangidan farqli bo'ldi - qachon siz bilan gaplashishni xohlaganimda shunchaki ketib qolasiz. Aybim nima? - aybim nima deysizmi? Agar farqlay olayotgan bo'lsangiz, men bir necha daqiqa oldin uchrashuvda edim. Siz esa haqqingiz bo'lmagan holda, bu holatni boshqarishga, unga aralashishga urindingiz. - lekin, sizga u yoqmadiku, to'g'rimi? U gapirarkan, bir necha soniyaga nafasim ichimga tushib ketdi. U esa mening sukutimdan foydalanib, vaziyatni yana o'z qo'liga oldi - bilasizmi, unaqa turdagi insonlar sizning qadringizga yetishmaydi, ular uchun birinchi navbatdaa ish, pul va ulardan ortgan vaqtidagina oila, munosabatga vaqt ajratadi. Shunda ham vaqt orttira olsa... - xo'sh siz? - men? U avvaliga savolimni tushunmadi, tushunganda esa jilmaygancha javob qildi - albatta, agar imkon bersangiz... -imkon beray... kinoyali kulgancha, uning qanchalik beparvoligi, hatto shunchalikki u bilan birga kelgan qizni yolg'iz tashlab, mening ortimdan chiqishga-da jasorat bergan beparvoligi haqida o'ylay boshladim - avval kinoteatrda boshqa qiz bilan, so'ng universitet oldida qaysidir qizni kutib turgan holda, hozir esa kafeda biroz oldin tabassum-la bir qiz bilan gaplashib o'tirganini ko'rgan insonimga imkon berishimni kutyabsiz, shunaqami? - bilaman, menga ishonmaysiz., ammo... - xuddi shunday... Uning gapini bo'larkanman, ichimdan zil keta boshlagandim - sizga ishonmayman. So'nggi iltimosim - qarshimdan boshqa chiqmang. Aks holda... - aks holda? - bu ikkimiz uchun ham yaxshi bo'lmaydi. Gapimni tugatarkanman, ko'zlarimga to'plangan yoshni sidirgancha yo'limda davom etdim. Davomi bor....... Muallif: #Moviy_sharfli_qizaloq
Yana bahor qaytarmikan, sen qaytmasang... 5-qism O'qishdan chiqarkanman, darvoza oldida biroz atrofga qaragancha turib qoldim. Chunki bu vaqtda universitet oldida o'nlab mashinalar to'plangan bo'lar, shu sabab, oyimning "nomzod" ini, ha aytgancha, nomzodning ismi Umid edi, tanib olishim anchagina qiyin kechardi. Ammo men tomon yurib kelayotgan yigitga ko'zim tushishi bilan, oyim meni ularga allaqachon "yaxshigina tanishtirganini" tushundim, bundan biroz jahlim ham chiqdi. -salom... u mendan ikki qadamcha narida to'xtarkan, ust-boshimga boshdan oyoq sinchkovlik bilan tikildi. -assalomu aleykum... unga salom berarkan, xayolimdan "birinchi minus" degan fikr o'tdi - va aleykum assalom. O'qishlaringiz yaxshimi? - rahmat yaxshi. - qayerga boramiz? - farqi yo'q - istasangiz, anavi yerdagi kafega kiramiz. - yaxshi Shu bilan piyoda yurib ketarkanmiz, u o'zi haqida gapirib bera boshladi: oilada bitta o'g'il, TATU ni bitirgan, hozir IT sohasida ishlaydi. Kelajakdagi rejalari... To'g'risi, kafega yetib kelgunimizga, mening unga aytadigan javobim allaqachon tayyor edi. "Nahotki, inson bir umr yashaydigan insonining qiziqishlari bilan qiziqmasa? Bu borada atiga bir-ikki savol ham bermasa?" Uni jim tinglab borarkanman, xayolimdan shu fikrlar o'tardi. Kafega kirgach, u ikkimizga shirinlik va qahva buyurtirdi va suhbatning qolgan joyini, ya'ni o'zi haqidagi ma'lumotlar bazasini miyamga yuklashni davom ettirdi. Men esa bu vaqtda, tishimni tishimga qo'yib uni tinglar, gohida uning gaplarini tasdiqlab qo'yar, ko'proq atrofni tomosha qilardim. Shu vaqt, kafega ikki yosh kirib keldi, xursand, biri olib, biri gapiradi, men ularga havas bilan tikilarkanman, ular bizning to'g'rimizdagi stolga joylashishdi va... Xoh ishoning, xoh ishonmang, men hayotim davomida bunchalik tasodiflar zanjiriga hech ham duch kelgan emasman, qarshimdagi qizni o'sha yoqimli tabassumlari bilan siylayotgan inson - Yusuf edi. Men ko'zlarimga ishonmay bir necha daqiqa ularga tikilib qoldim, chunki uning hamrohi biz Madina bilan kinoteatrda ko'rgan o'sha qiz emasdi. Tanamga birdan titroq kirdi, sababi Yusufning ham menga ko'zi tushgan, avvaliga hayrat nigohlari bilan yuzimga biroz tikilib qolgan bo'lsa, so'ng yana o'sha tabassumi bilan hamrohini tinglashda davom etdi. Men ham bunga ko'p yuklama ortmadim. Uning ko'zi uchun ham Umidning so'zlarini diqqat bilan tinglayotgan odamga aylandim. Endi nafaqat uning gaplarini tasdiqlar, balki bir-ikki savol ham bera boshlagandim. - sevgi-muhabbat haqida qanday fikrdasiz? Bu savolni bera olganimga o'zimning ham ishonchim komil emas. Ammo ichimdagi titroq, hayajon, alam hammasi qorishib, hozir har qanday tog'ni talqon qiladigan darajada kuch berayotgandi. - tushunmadim... Umid birdan dovdiradi. Aftidan u menday "o'qimishli, tarbiyali" qizdan bunday savol kutmagandi. - siz aytmoqchisizki... - turmushda ikki inson bir-birini sevishi qanchalik ahamiyatli, sizningcha? Uning gapini o'zim tugalladim-u, javobini kuta boshladim - albatta, bir-birini yoqtirish muhim, lekin sevgi o'tkinchi tuyg'u, menimcha... -sizning fikringizcha deb uning gapini yakunlarkanman, stolimiz tepasida afitsant paydo bo'ldiyu, ikkalamiz ham jim bo'ldik. U qo'lidagi olmali shirinlik likopchalarini stolimizga qo'yarkan, ikkimiz ham unga hayron boqdik - narigi stoldan dedi u harakatini izohlab. Men miyamga kelgan fikrdan bir qalqib, nigohimni Yusufning stoli tomon qaratarkanman, Umid ham hayron qolgancha, mening harakatimni takrorladi. U esa bizga tabassum qilgancha, qo'lini do'stona ko'tarib qo'ydiyu, kofe xo'plagancha e'tiborini qarshisidagi hamrohiga qaratdi - sizning tanishingizmi? Umid menga savolomuz tikilarkan, men javob berish oldidan biroz taraddudlanib qoldim -yo'q dedim vanihoyat u stoldan nigohimni uzib - tanimayman - men ham tanimayman... u birdan jiddiy qiyofaga kirdi - bundan kelib chiqadiki...
Kechki payt Madina va Farangizga bu haqida aytib berarkanman (endi ulardan bu voqeani yashirishdan foyda yo'q edi), ulardan ikki xil, umuman xayolimga ham kelmagan fikrlarni oldim. - unga sening "reaksiyang" qiziq bo'lgan, shunchaki... deya so'z boshladi Farangiz - unday yigitlar odatda bir xillikdan zerikkan bo'ladi: ya'ni atrofida nima desa "xo'p" deydigan, umuman qarshilik va e'tiroz bildirmaydigan qizlar yig'ilgan. U gapirarkan, uning gapidan mening ko'nglim oza boshlagandi - shuning uchundir u senda qandaydir "boshqachalik" ni topgan va sen bilan qiziqqan, xolos - menimcha esa u rost gapirgan bo'lishi mumkin - Madina doimgi soddalik bilan gap boshladi - axir qiz yosh bo'lsa, ota-onasi akangdan ajralmay yur degandir. O'zimizning ham hamma narsaga havasimiz ketmaganmi axir, Toshkentga ilk bor kelganda. Yigit shunchaki singlisini bir xursand qilay degandir... Madinaning gaplariga qanchalik ishonishni istamay, aqlim bu so'zlarga tinmay "yo'q" derdi - xudo xayringni bersin, Madi... Farangiz uning soddaligidan kuyungancha uning gapini ilib oldi. - bunchalik go'l bo'lmaginda axir. Mayli, olib borsin kinoga, akasi ekan. Olib borib qo'ysin, tamom, qo'ltiqlashib birga kino ko'rib chiqish nimasi? Yo'q, xafa bo'magin-u, bu gaplaring sira mantiqqa to'g'ri kelmayabdi - lekin... Madina o'zini oqlash uchun gap boshlagandi hamki, en uning gapini kesdim: -yetar, men uxlayman. Bu mavzu shu yerda yopilsin, shunchaki sizlardan sir saqlashni istamaganim uchun aytdim buni. Yaxshi dam olinglar Shunday deb yotog'im tomon yo'nalarkanman, aslida hali-beri uxlay olmasligimga ishonchim komil edi. Shuning uchun, biroz kundalik to'ldirish uchun dars stoliga o'tirdim, yetti yildan beri yozardim. Avvalari faqat baxtli kunlarimni yozgan bo'lsam, endi u men yoshimgacha yig'ib ulgurgan dardlar bilan to'la boshlagandi. Kundalik yozib o'tirarkanman, birozdan so'ng, telefonimga xabar kelganini bildiruvchi ovoz yangradi. Begona raqamdan kelgan xabarni ochib o'qirkanman, xabar oyim aytgan "nomzod"dan kelgan ekan. U ertaga o'qishim tugagach, universitet oldiga kelishini, iloji bo'lsa ko'rishib, gaplashib olishimizni taklif qilgandi. Garchi shu kunlardagi kayfiyatimga bu zid kelsa-da, oyimni o'ylagan holda, uning taklifiga "rozilik" berishga majbur bo'ldim.... Davomi bor..... Muallif: #Moviy_sharfli_qizaloq
Yana bahor qaytarmikan, sen qaytmasang... 4-qism Oradan uch kun o'tdi. Yusuf hayotimda qanday shiddat bilan paydo bo'lgan bo'lsa, shunday tez unutildi, shunchaki yomon xotiradek. Farangiz va Madina ham bu mavzuni qaytib ochishmadi. Odatiy universitet kunlaridan birida, o'qishdan chiqib koreys tili darsimga yo'l olarkanman, ortimdan kimdir ismimni aytib chaqirganini eshitdim. Hayron o'girilarkanman, men tomon doimgi o'sha ko'z olar tabassumi bilan tez-tez yurib kelayotgan Yusufga ko'zim tushdi. To'g'risi, u bilan universitetdagi to'qnashuvimizni shunchaki tasodif deya qabul qilgan, buni sababi bo'lishi mumkinligi haqida shu kunlar ichida hech ham o'ylab ko'rmagan ekanman. Hozir unga ko'zim tusharkan, shu xayolimga keldi, u bilan so'nggi yoqimsiz uchrashuvdan so'ng, undan qanchalik ko'nglim qolgan bo'lmasin, uni ko'rishim bilan joyimda mixlanib qoldim, yurib keta olmadim. U men tomon yetib kelguncha uni kutib turdim -yaxshimisiz? Sizni uchrataman deb o'ylamagandim... u kelishi bilan doimgidek yetakchilikni o'z qo'liga oldi -shundaymi? Unga kinoyali tabassum qildim - men shu yerda o'qiyman, baxtga qarshi. Ammo siz? -men... u biroz taraddudlanib qoldi- men haligi bir do'stimning oldiga kelgandim -tushunarli... garchi uning gaplariga ishonmagan bo'lsam-da, endi buning men uchun ahamiyati yo'q edi, shu sabab suhbatni qisqa qilishni xohladim - men shoshayotgandim - o'tgan galgidekmi? U birinchi uchrashuvimizga ishora qildi - sizni qachon uchratsam, doim qayergadir shoshayotgan bo'lasiz negadir... u bu safar yuzimga sinovchan tikildi - balki shundaydir. To'g'risi, bekorchi narsalarga vaqt sarflagim kelmaydi - aslida "narsalar" o'rnida "insonlar" ni ishlatmoqchi bo'ldim-u, unga nimadandir alamzada bo'lib ko'rinishni istamadim. - oo, meni hayron qoldiryabsiz. Judayam band odamsiz shekilli - shunaqa. Hozir ham ruxsatingiz bilan ketmoqchi edim... - albatta. Faqat qaytib ko'rishish sharti bilan. Shu joyiga kelganda, asablarim joyidan qalqdi, "kim deb o'ylayabdi meni?" degan fikr keldi xayolimga birdan. Shuning uchunmi, o'zimni achchiq-tiziq gap aytishdan to'xtatib tura olmadim - kechirasiz, men siz o'ylagan qizlardanmasman... shu gaplarni aytarkan, ichimda titroq turganini sezdim - bu yerda siz xohlagandek qizlar to'lib yotibdi. Shulardan birini boshini aylantirishingiz mumkin bu gaplaringiz bilan, ammo meni emas. Shunday deb ortimga o'girilib, ketarkanman, ikki qadam yurar-yurmas u yo'limni to'sdi - bir daqiqa. Siz meni noto'g'ri tushundingiz shekilli. Men aytmoqchi edimki... -yo'q, men sizni judayam to'g'ri tushundim... uning gapini jahl bilan bo'larkanman, u menga hayrat bilan tikilib turardi - bugun ham, o'sha kuni ham. - tushundim, siz kinoteatrdagi voqeani nazarda tutyabsiz shekilli, a? Keling sizga yaxshisi o'zim tushuntiraman. U mening qarindosh singlim, endigina Toshkentga keldi. Amakimning iltimosi bilan, unga ko'z-quloq bo'ib turishim lozim edi, shunga "Amaking kinogayam birga qo'l ushlashib borib kel deganmidi?" degim keldiyu, jahlimni bazo'r jilovlab, unga iloji boricha tabassum bilan javob qaytarishga harakat qildim: - bularning menga qizig'i yo'q, ishoning. Endi esa yo'limdan qochsangiz, darsimga ketsam. Chunki judayam kech qolyabman. U boshqa bir so'z demadi, qo'llarini "taslimman" degandek ko'tardiyu, yo'limdan qochdi. Men ham bu g'avg'odan o'zimni tezroq ozod qilishni istab, avtobus bekati tomon yugurib ketdim.
-bilmayman.. U telefonidan ko'z uzmagan holda, menga javob qaytararkan, xayolimga Farhod aka so'nggi chaqasigacha bizga sarflab, o'zi metroda ketishi haqidagi o'ylar keldiyu, ko'nglim buzildi. Buni ko'pdan beri bilardim, shuning uchun ham ular bilan biror joyga borishni ko'pincha rad qilar (Farhod aka birgaligimizda Madina ikkimiz biror nimaga o'zimiz uchun to'lashimizga yo'l qo'ymasdi), ammo Farangizning qaysarligi tufayli na men, na Madina inday olardik. Uyga kelishim bilan, o'zimni yotoqqa otishni qanchalik istamay, Madinani javobsiz savollar bilan qoldira olmasdim. - hamma oshxonaga. Doim biror mavzuda gaplashmoqchi, bir-birimizni fikrimizni bilmoqchi bo'lsak, oshxonada yig'ilib, soatlarcha gap sotib o'tirardik odatda. -ooo, tinchlikkami ishqilib...Farangiz Madina ikkimizga ayyorona ko'z suzdi -o'zi bilgandim, kinodan chiqqach, o'zgarib qolganingizdan. -men kiyimimni alishtirib chiqaman dedim-u, xonam tomon yo'naldim -men esa pista va ichimliklarni tayyorlayman. Oradan bir soat o'tar-o'tmay, men allaqachon bu yerdagi oilamga aylanib ulgurgan ikki qizga, ichimdagi to'kib bo'lgandim. - balki singlisidur boyagi qiz? Madina doimgidek beg'uborlik bilan gap qotdi -no, no go'zalim. Farangiz qo'lidagi pista po'chog'ini stoldagi idishga to'karkan, uning gapini bo'ldi- qaysi zamonda aka-singil kinoga birga boradi, axir? -aynan. Farangizning gapi qanchalik og'ir tuyilmasin, bu safar unga qo'shilishga majbur edim. -demak, u bir qiz bilan kinoga borib, o'sha yerda boshqasining raqamini oladiganlardan ekan, men senga bu ishq savdosiga bosh suqmoqni tavsiya bermasdim. -tavsiya bersang, nima... siniq tabassum qildim - hammasi ko'z oldimda sodir bo'ldi, esimdan chiqmaydigan kun bo'ldi o'ziyam -bo'ldi, siqilma endi, bir kunlik inson uchun, senga bundan yaxshisi, yo'q eng yaxshisi uchraydi hali... Madina shunday deb meni ovutishga urinarkan, tabassum qilgancha so'z qotdim -shundog'am eng yaxshilari uchrab bo'lgan. -Aa? ular yuzimga hayron tikilishar ekan, javob qildim. -sizlar, hayotimdagi eng yaxshilari... Davomi bor....... Muallif: #Moviy_sharfli_qizaloq
Yana bahor qaytarmikan, sen qaytmasang... 3-qism Koridorga chiqishimiz bilan, Madina sumkasini qo'limga tutqazdi: -ushlab tur, yuz-ko'zimni yuvib chiqay, yig'layverib, tushlarim oqib ketdi. Demak, tragediya ko'ribmiz. Shuni o'ylarkanman, Madinaning juda ta'sirchan ekanligi, har qanday kinodan "yig'lasa bo'ladigan" joyini topib olishi haqida o'ylab, kulib qo'ydim. Uni kuzatib, ortimga o'girilarkanman, meni kuzatib turgan biriga ko'zim tushdi. Yana hayajon, yana o'sha tushunarsiz titroq. U esa tabassum qilgancha, menga yaqinlashdi. -salom -salom -uchrashgan joyimizni qarang... U shunday deya atrofga bir qur nazar tashladiyu, so'ng bir nimani eslagandek bo'lib, qo'limga ishora qildi- qo'lingiz tuzukmi? -aa.. hayajonim hali o'tib ketmagani uchunmi birdan javob qaytara olmadim -yaxshi, yaxshiman. O'zingiz? O'zingiz yaxshimisiz, qattiq kuymabsizmi? Shunday deya uning ko'ksiga tikildim, bu safar u ko'k yoqali futbolkada edi. -yo'q, yaxshiman. Qalbim kuyganligini aytmasa. -aa? uning gaplarini avvaliga tushunmadim, so'ng yuzidagi tabassumni ko'rgach, unga qo'shilib, kula boshladim -ha aytgancha, dastro'molingiz menda qolgandi. Qachon qaytarsam bo'ladi uni? -dastro'mol? U menga tushunmagandek tikildi, so'ng birdan esiga keldi, shekilli, yana kulgancha javob qaytardi: -istagan paytingizda. Sizda qola qolsin derdim-u, u dastro'mol menga juda qadrlida. -ha shunaqami? Uning gaplaridan biroz xijolat bo'ldim. U esa buni payqamagandek, yana menga so'z qotdi: -raqamingizni bersangiz, biror kun ko'rishib, olvolardim. Shu payt qalbimda ta'riflab bo'lmas hayajon qo'zg'aldiyu, so'zsiz qoldim. Bu payt, Madina yuvinish xonasidan allaqachon chiqqan ekanmi, uning ismimni aytib chaqirishidan ortimda turganini payqadim. Unga o'girilarkanman, u sekin biz tomon yaqinlashdi. -salom. Qarshimdagi inson uni ham "nasiba"isidan quruq qo'ymadi- siz Bahorni,(U Madinaning murojaatidan ismimni eslab qolgandi) ha yo'ge Bahoraning dugonasi bo'lsangiz kerak. -haa. Madina unga hayrat bilan boqdi -men Yusuf. Biz bugun tanishgandik o'zi u bilan -Madina... Madina bir menga, bir unga qaragancha o'zini tanishtirdi. Shu payt, ortimizdan eshitilgan ovoz- barchasini, ha bugun sodir bo'lgan barcha yoqimli voqealarni yuvib ketdi. -Yusuf aka, ketamizmi? Ortimga o'girilar-o'girilmas, u biz tomon yurib keldiyu, Yusufning (men birdan topgan va yo'qotgan) pinjiga suqildi. Yusuf ham bizga biroz xijolatomuz tikilgancha unga javob qildi: -ketamiz. Istasangiz, sizni ham... -yo'q bizni kutishyapti. U gapini tugatmasdan so'zini bo'ldim. So'ng, Madinaning qo'lidan mahkam tutdim-u, ularga "xayrli kech" tilab, uni ko'chaga tortqiladim. Ko'chaga chiqar ekanmiz, toza havodan chuqur nafas olgancha to'xtab qoldim. -Bahor, nimalar bo'lyapti? Kim u yigit? Qizchi? -so'rama. Uyda tushuntiraman. Uning gapini kesdim-u, atrofdan najot izlab nihoyat topdim: Farhod aka va Farangiz burchakda bir mashina, aftidan taksi yonida turgancha bizni kutishardi. Ularning oldiga yetib borarkanmiz, Farangiz betoqatlik bilan gap boshladi: -buncha qolib ketdinglar? -haligi..Madina gap boshlagandi hamki, sekin qo'lini chimchiladim- sumkam zalda qolgan ekan, shuni olib chiqdimda. U gapini tugatarkan, Farhod aka mashina oynasini chertib, haydovchiga birnimalar degach, bizga yuzlandi: -qani o'tiringlarchi... Biz Madina ikkalamiz, mashinadan joy olarkanmiz, Farangiz Farhod aka bilan xayrlashib biroz qolib ketdi. Bu vaqtda, Madinaning qo'lini hali ham mahkam tutgan holda, shipshidim: -uyga borib ham, men so'z boshlamaguncha bu mavzuda og'iz ochmaysan, so'zmi? -yaxshi, so'z Birozdan so'ng, Farangiz ham mashinaga minarkan, u joyidan qo'zg'aldi, men shunda bugun bo'lganlarning barchasini biroz unutish uchun Farangizga so'z qotdim: -Farhod aka qanday ketarkanlar uyga?
Yangi qism???
Kechki payt Kinoteatrga kirishimiz bilan, Farhod aka qo'yarda-qo'ymay hammamizga o'zi chipta olishini aytib, Farangiz bilan kassa tomon ketarkan, ular kelguncha Madinaga oyim bilan bo'lgan suhbatimiz haqida aytib berdim. U esa mening xayollarimga tamoman zid bo'lgan javob qaytardi: -yaxshi-ku. Balki o'sha odam sening taqdiring bo'lib chiqar. -ishonchim komilmas shunday deb sekin pichirladim-u, boyagi g'alati xayollarni miyamdan quvish uchun atrofga tikila boshladim. Shu payt kinozal tomondan telefonda gaplashgancha chiqib kelayotgan insonga ko'zim tushdiyu, ichimga qadar muzlab ketdim. Ha, bu bugungi kunim "tasodif"i bilan ikkinchi bor qarshilashishim edi. Unga titragancha tikilib turarkanman, birozdan so'ng uning ham nigohi meniki bilan birlashdi. Biz tomon yurib kelarkan, meni "esladi" chog'i, menga tabassu hadya etgancha, boyagi holatda: qo'lida telefon, kim bilandir so'zlashgancha kirish eshigidan chiqib ketdi. -bo'lishi mumkinmas... behosdan og'zimdan shu so'zlar chiqarkan, Madina menga hayron tikilgancha so'z qotdi: -nimadir dedingmi? Men javob qaytarishga ulgurmadim, Farangiz va Farhod aka kelib, qo'limizga popkorn va chiptalarni tutqazishdiyu, Madina qo'limdan tortqiladi: -yuraqol endi. Xohlab-xohlamay unga ergashdim... Kino nima haqida bo'lgani esimda yo'q: ko'zlarim ekranda, xayolim esa bugungi g'alati holatim sababchisida edi. Orqaga qarashga yurak yo'q, qarasam-u, ko'zlarim yana uning nigohlari bilan birlashsa, birlashsa-yu ichimdagi to'fon haqida sotib qo'ysa: shundan qo'rqaman. Kino tuganini ham, Madina tirsagimga turtkilaganidangina payqadim: -ketamiz. Nega boshqachasan bugun? Unga javob qaytarmadim, o'rnimdan turarkanman, o'sha odamni o'ziga jalb qiladigan nigohlar bilan yuzlashishga tayyorlandim, ammo ortga o'girilarkanman, kutganimdek bo'lmadi, u zalda yo'q edi. Yoki allaqachon chiqib ketgan, yoki boya chiqqan ko'yi qaytib kirmagan. Shu payt ichimdagi borki hayajon, qiziqish- hammasi birdan so'ndi. Jimgina yana Madinaga ergashdim... Davomi bor... Muallif: #Moviy_sharfli_qizaloq
Yana bahor qaytarmikan, sen qaytmasang... 2-qism Uchinchi para patok darsi bo'lib, Farangiz va Madina bilan ma'ruzalar zalida ko'rishdik. Qoidamiz shu: kim birinchi kelsa, o'sha hammaga joy olib turishi kerak. Bu safar ular birinchi kelishgandi. Xonaga kirishim bilan Madina yuqori qatordan turib qo'l ko'tardi. Yurib borib, uning yonidan joy olarkanman, Farangiz ham haliyam ertalabki ish uchun mendan o'pkalanayotgan shekilli, menga qarab qo'yishni ham o'ziga ep bilmadi. -qalay bo'ldi Falsafa? Madinaga gap qotdim -yomonmas o'zingnikilarchi? Javob berishga ulgurmasimdan uning ko'zi kuygan qo'limga tushdiyu, birdan baqirib yuborayozdi. Ustoz xonaga allaqachon kirib ulgurgani tufayli, uning og'zini qo'lim bilan berkitib jim qilishga urindim. Qo'limni sekin olarkanman, u past, ammo xavotirli ovozda so'z qotdi: -nima bo'ldi? -qahva to'kilib ketdi. Bu vaqtda Farangiz Madinaning gapidan so'ng biz tomonga qaradiyu, uning ham ko'zi qo'limga tushgach, arazini unutdi, ustoz o'girilgan payt gap boshladi: -ehtiyot bo'lsang, bo'lmaydimi? So'ng sumkasini titkilab, qo'l krem olib uzatdi: -ol, biroz og'riqni bosadi -men yaxshiman, vahima qilmasanglarchi? Ularning ikkisiga ham norozi qiyofada tikilarkanman, Farangiz gapimni kesib tashladi: -sendan kimdir gap so'radimi, aytganni qil, bo'ldi. Madinaga tikilarkanman, u ham Farangizning gapini ma'qullagandek, bosh silkidi. Dars boshlandiyu, shu bilan gapni bas qilib, e'tiborimizni ustozga qaratdik. Bu vaqtda, Farangiz uzatgan kremni qo'limga surtar ekanman, qo'limning kuygan joyi battar og'riq bera boshladi. -hechqisi yo'q, birozdan so'ng og'riq kamayadi. Farangizning qo'limga achinib qarashi birdan qalbimdagi barcha ginalarni yuvib yubordi. Unga minnatdorona tikilarkanman, boshqa qo'lim bilan uning qo'lini yengil siqdim-u, sekin pichirladim: -rahmat, yaxshiyam borsizlar Bir vaqt Madina ruchka so'rab qoldiyu, sumkamni olaman deb uni tushirib yubordim, sumkani yerdan olarkanman, haligi dastro'mol sumkamdan polga tushgandi. Uni qo'limga olarkanman, Madina turtgancha, yuzimga savolomuz termuldi: -kimniki? -kursdoshimniki -o'g'il bola kursdoshing yo'q edi-ku? -bilmadim, akasinikidir, ukasinikidir, qo'limga qahva to'kilganini ko'rib berdi. Buncha siquvga olding? Madina "gapirmadim" degandek qo'llarini ko'tardiyu, shu bilan suhbatimiz tamom bo'ldi. Aslida-ku, ulardan buni yashirishni o'zim ham istamasdim, lekin bu haqida aytib bersam, ular darhol bu holatni "romantizatsiya" qilishidan, o'zim ham bunga ishonib qolishdan, so'nggida xayollarim shunchaki xayolligicha qolishidan cho'chirdim. Darsdan chiqib, Madina bilan Farangiz uyga, men esa koreys tili kursimga ketdim. Yo'l-yo'lakay oyim bilan gaplasharkanman, uyga sovchilar kelganligini aytib, yigit ham Toshkentda o'qishi, shu haftaning biror kunida uchrashib, gaplashib ko'rishim kerakligini so'z qotdi. Negadir g'alati bo'lib ketdim, boyagi tasodif meni boshqacha, men oldin tuymagan, his qilmagan hislar og'ushida qoldirib ketgandi. Lekin nima bo'lganda ham, oyimning ra'yini qaytara olmasdim. "Xo'p" dedim-u, markaz tomon yo'l oldim. U yerda bir soatcha dars qilib, dars boshlanish vaqti bo'lgach, kursimga kirib ketarkanman, Madina video qo'ng'iroq qilib qoldi, chekkaroqqa o'tib gaplashishga majbur bo'ldim: -nima gap? -Bahor, haligi Farhod aka kelar ekan, kinoga borisharkan Farangiz bilan, biz ham borsak xursand bo'lisharkan. Nima deysan, shunga? Kursdan chiqish vaqtingda, metroda ko'rishamiz agar -ilojim yo'q, charchadim... qalbimdagi g'ashlik hali ham bosilmagandi. -e'tirozlar qabul qilinmaydi. Shu payt Madinani ortida sochlarini allaqachon bigudilar ixtiyoriga topshirgan Farangiz ko'rindi - sizlar bormasangiz men ham bormayman. Ana undan keyin, Farhod akangga o'zing tushuntirasan sababini Farhod akani dars vaqtida tinmay qo'ng'iroq qilib, diqqatimni bo'lishini xayolimga keltirdim-u, noiloj rozi bo'ldim.
O'ylagan sari, jahlim chiqar, "axir men emasmi, uni Farhod aka bilan tanishtirgan, endi kelib-kelib menga shunday deyishi nimasi?" degan xudbinona fikrga kelaverardim. Universitetga yetib kelgach, biroz bo'lsa-da, xayolimdan u mavzuni chiqardim-u, dars boshlanishiga hali o'n daqiqa borligini ko'rib, oshxonaga qahva olish uchun o'tdim. Qahvani tayyorlab berishlarini kutarkanman, o'sha yerda hamshahar tanishimni ko'rib, ancha gaplashib turib qoldik, men esa bu vaqtda sakkiz daqiqamni boy berdim. Dars boshlanishiga ikki daqiqa qolganini ko'rib, tepa sochim tikka bo'ldiyu, hamshaharim bilan shoshib xayr-xo'shlashib, universitet binosi tomon yugurdim. Bir daqiqa. Bu vaqtda zinalardan ko'tarilardim, qo'limda qaynoq qahva "to'kilaman" deydi. Dars bo'ladigan xona ikkinchi qavatda. Mana nihoyat shu ikki zinadan ko'tarilgach, koridorga burilaman-u, birinchi xonaga o'zimni uraman. Ammo kutganimdek bo'lmadi, zinadan chiqib, koridorga burilishim bilan kimgadir urildim. Qarshimdagi bilan shu qadar keskin, shu qadar qattiq urildikki, qahvam idishidan to'kilib, meni qo'limni kuydirdi, uning esa ko'ksini. -kechirasiz... qarshimdagi oq ko'ylagi qahva dog'i bilan bejalgan notanishning ko'zlariga boqar-boqmas uzr so'rarkanman, u ko'ylagini tanasidan tortgancha o'zini puf-puflardi - men shoshayotgandim behosdan... -hechqisi yo'q. Uning jahli chiqib, baqirishini kutganim uchunmi unga hayron boqdim - o'zingizni qo'lingiz ham kuydi shekilli... U qizargan, ammo shunda ham qahva idishini mahkam siqib turgan qo'limga ishora qilarkan, qo'limdagi kuyganda og'riq beradigan sanchiqni endigina tuydim. -ha yo'q, men yaxshiman...Mening aybim bilan bo'ldi -unday emas, men ham zinadan kimdir kelayotgan bo'lishi mumkinligini hisobga olib, sekinroq yurishim kerak edi -unday emas... -siz darsga kech qolayotgandingiz shekilli, hozir- u gapimni bo'ldiyu, shimining cho'ntagiga qo'l suqib, menga dastro'mol uzatdi.- men mashinada hal qila olaman buni. Qo'lingizni bog'lab oling. U shunday degancha tabassum qildiyu, zina tomon burildi. Birozdan keyin, uning qadam tovushlarini eshitdim-u, qo'limdagi erkaklar dastro'moliga tikilgancha biroz turib qoldim. Qarshimdagi xonadan chiqqan o'sha qattiqqo'l ustozni ko'rdim-u, salom berdim. - Murodova? Kech qoldingiz, shekilli? Tezlashing -xo'p Shundan keyin ortimga yana bir bor qarab olgancha, ustozning ortidan xona tomon yo'naldim... Davomi bor... Muallif: #Moviy_sharfli_qizaloq
Yana bahor qaytarmikan sen qaytmasang... Bahor... Har yerni bodom gullarining xushbo'y ifori qoplagan. Yonimda tabiatning go'zalliklaridan rohatlangancha tabassum qilib o'tirgan odamga tikilarkanman, xayolimdan faqat birgina fikr o'tardi: Axir, odam qanday qilib baxtsiz bo'lishi mumkin bu faslda?!" 1-qism - Bahor, Madin shoshmay turinglar... Madina ikkimiz eshik oldida turib, oyoq kiyimlarimizni kiyar ekanmiz, Farangiz tartibsiz sochlari yoyilgan holda, pushti pijamasida oldimizdan yotoqxona tomon yugurib o'tib ketdi, oradan ko'p o'tmay, u apil-tapil kiyinib chiqdiyu, qarshimizda turib, sochini taray boshladi. -sen qizni nima qilsa bo'ladi, a? Oxiri chiday olmay yorildim - soat 7dan beri Madin ikkimiz seni uyg'ota olmay qon bo'ldik, o'qishga bormayman deb uyquni urding. Ana ketamiz deganda, bu ahvolda "menam boraman" deysan. -nblarim ko'payib ketdida, bormasam "qizil" ga tushaman axir. -baraka top, endi esingga keldimi bu? Har kuni shu ahvol. Kechqurun Farhod aka bilan ishq sarguzashtlaringizni ertaroq tugatib uxlasangiz, shunaqa bo'lmasdi. Shu gapimdan keyin, Madina tirsagimdan turtdiyu, biroz oshirib yuborganimni sezdim. -hoy, sen qayerdanam bilarding, sevgini bunchalik shirin tuyg'uligini axir. Ana, Madin tushunadi meni. Farangiz ham alamini olmay qolmadi. Shu gaplarni aytarkan, Madinaga "tushunasan-ku meni" degandek, ko'z qisib qo'ydi. -ha, men qayerdanam bilay buni, sevmagan bo'lsam. Farangizni gapini og'ir oldim, to'g'risi. Madina ham buni sezdi shekilli, doimgidek Farangiz ikkimizni murosaga keltirish uchun, tomoq qirgancha gap boshladi: -shunday gap talashib tursangiz, aniq kech qolamiz. Farangiz sen tezroq bo'l. Bahor sen pastga tushib, taksi chaqirib turasanmi? -yo'q, men kech qola olmayman, bugun. Birinchi para Elmurod To'rayevichni darsi. Ketib turaman. Siz ikkingiz ortimdan borarsiz. Biz qizlar bilan bitta fakultetda o'qisakda, Farangiz va Madina kursdosh, men esa boshqa guruhda o'qirdim. Ular bilan faqat patok darslarida birga o'tirardik. Shunday bo'lsa-da, ular Elmurod To'rayevichni qanchalik qattiqqo'l va talabchan o'qituvchi ekanligidan xabardor edilar. -yaxshi...Madina menga javob qilarkan, Farangiz bu paytda sochini yig'ish uchun yotoqxonaga kirib ketgandi. Uch yildan beri, birga turayotgan bo'lsak, Farangiz bilan negadir avvaldan shunaqa tez tortishib qolar, fikrlarimiz ko'pincha bir-biriga zid kelib qolardi, bizning hakamimiz esa Madina edi. Madina bilan men bir shahardan, Angrendan, Farangiz esa Chinozdan edi. (U bilan qanday topishib qolganimizga kelsak, yuqorida aytganimdek u Madina bilan kursdosh, Madina uni u bilan birinchi kursda birga bitta kvartirada tuganimizda olib kelgandi) Uchchalamiz ham hozirda Jahon tillari universitetining uchinchi kurs talabalari edik. Madina Farangiz ikkimizga qaraganda ancha bosiq, mehribon, birovni ko'nglini og'ritishni aslo istamaydigan qiz edi. U unashtirilgan bo'lib, Sardor aka hozirda Rossiyaga ishlashga ketgan, ota-onalar Madina shu kursni tamomlashi bilan to'y qilishni rejalashtirishgandi. Madina va Sardor aka maktab paytidan bir-birini yaxshi ko'rishgan bo'lib, to'g'risi, men ularga juda havas qilardim. Farangiz va Farhod akaning munosabatlariga keladigan bo'lsak, Farhod aka asli biz tarafdan, akamning do'sti edi. U ham Toshkentda texnika universitetida biz bilan bir xil kursda o'qir, ota-onalarimiz va akamning iltimosi bilan bizdan xabar olib turar, shunday kunlarning birida Farangiz bilan tanishib, ular bir-birini yoqtirib qolishgandi. Menga keladigan bo'lsak, ha Farangizning sha'masidan anglaganingizdek ular orasidagi "yolg'iz"i edim. Munosabat qurish haqida gap ketganda bir tarafdan, akamdan cho'chisam, bir tarafdan o'zim xohlagandek insonni uchratmaganim sabab, yolg'iz edim. Kvartiradan chiqib, kuz yerga to'shagan sarg'ish, qizg'ish barglar uzra qadam tashlagancha, katta yo'lga chiqdim-u, qo'limni ko'targancha taksi to'xtata boshladim. Birinchi to'xtagan taksiga o'tirib, universitet tomon ketar ekanman, hali ham Farangizning boyagi gaplari xayolimda aylanardi: "sen qayerdanam bilarding, sevgini bunchalik shirin tuyg'u ekanligini?".
Ko'p kuttirmoqchimasman, 19:00 da birinchi qism tashlanadi. Bir vaqtlar kanalda yozishni boshlab, ilhom kelmay o'chirib tashlagan hikoyam. Biroz o'zgartirishlar bilan.
Yangi hikoyaga tayyormisilar?
https://t.me/msrose_academy Hikoya yozishga vaqtim bo'lmayapti, lekin foydali narsalar yozyabman shu kanalda
Yangi hikoya boshlashimga nima deysizlar? #Taqdir 2-faslniyam davom ettiraman, faqat hozir emas
Yangi hikoya boshlashimga nima deysizlar? #Taqdir 2-faslniyam davom ettiraman, faqat hozir emas
Nega hikoya yozmay qo'ydim? Ulg'aydim shekilli. 21ga kirib, hayotni endi taniy boshladimmi, bilmayman. Bilganim ‐ hayot man yozgan, bundan keyin yozadigan hikoyalardan ancha farqli. O'zimam ancha sarguzashtlarni boshdan kechirgan odam sifatida ayta olaman…