YETTI GUNOH | ELEN
СтатистикаAsosan fentezi va isekai (oʻzga olam) janrida yozaman. “Bir qarashda joʻn boʻlmish oʻsmirlarning mutlaq oʻzga va sehrli olami zavq-shavqqa toʻla sarguzashtlar-u, doʻstlik va xiyonat mavzularini koʻtaradigan qissalarga boy oʻlkadir”. Muallif: Elen
- Последний пост
- 15 окт. 2025 г.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
— Kitob o’qiyapmiz, — sovuqqonlik bilan javob berdi Klara. — Rostanmi? “Shamollarda qolgan hislarim” nimi? — so’roqda davom etdi enaga Klaraning qo’lidagi kitobga ishora qilib, — Sizning bunaqa romantik kitoblarga qiziqishingizga ishonish biroz qiyinroq. — Buni ukam maslahat berdi. Shuning uchun o’qib ko’rishga qaror qildim. — Ushbu kitobda nafaqat sevgi, balki fuqarolik urushida yuz bergan halokatlar, urushning sovuq oqibatlari va tinchlikning qadri haqida ham yozilgan, — qo’shimcha qildi Aurelius. — Nima ham derdim, yoqimli mutolaa tilayman. 17:30 da pastki qavatga tushinglar. Kechki gimnastika bilan shug’ullanasizlar. — Nima desangiz shu, missis Buer, — soxta tabassum qildi Aurelius. Enaga qo’lidagi qizil olmasidan tishlab qo’ydi-da, pastki qavatga tushib ketdi…
Axir o’zingiz ovqatlanishimizga ko’z quloq bo’lish sizning zimmangizda ekanini aytmadingizmi? — Yaxshi, nima desangiz shu, miss Abigeyl… — enaga xotirjamlik bilan tabassum qilib, oshxonaga yo’l oldi. Taxminan 20 daqiqalardan keyin qo’lida omlet va bekon bilan qaytib kirdi. — Yoqimli ishtaha. Klara omletni yaxshilab hidlab ko’rdi-da, uning bir bo’lagini og’ziga solmoqchi bo’ldi. Biroq enaga shu zahoti uning qo’lidan qoshiq va sanchqini tortib olib, cho’ntak soatini ko’rsatdi: — Ovqatlanish vaqti tugadi. Soat 17:30 gacha kitob o’qish bilan band bo’lasizlar. — Ustimdan kulmoqchimisiz? — so’radi Klara jiddiy nigoh bilan. — Yo’q, nega endi? Shunchaki jadvalga amal qilyapman. Boshidanoq ovqatlanishga 20 daqiqa vaqtingiz bor deb aytgandim, vaqt tugadi. — Bu adolatsizlik! — aralashdi Aurelius, — Axir o’zingiz opamga ovqatini 20 daqiqada pishirib keldingiz! — Ovqat tayyorlash mening vazifam. Men uni bajardim. Uni vaqtida yeyish va kun tartibiga amal qilish esa sizlarning vazifangiz. Shunday ekan, hech qanday adolatsizlik yo’q. — Unda opam ovqatlanib bo’lgunicha yana 20 daqiqa berishingiz kerak edi! — Hammasi joyida, Aurelius, — tinchlantirdi Klara, — Shundoq ham ishtaham yo’q edi. Gap talashib o’tirish shartmas… — Lekin… — Ortimdan. Kitob o’qishimiz kerak… Aurelius opasining nimani nazarda tutayotganini nihoyat tushunib yetdi. U qabrtoshi bilan bog’liq qidiruvni davom ettirmoqchiligi aniq edi. Bu safar ular ikkinchi qavatning bir burchagidagi eski bir kutubxonaga kirishdi. Kutubxona eshigi fontanning rasmi tushirilgan ulkan surat ortiga yashirilgan bo’lib, u yerda asosan juda eski kitoblar saqlangani va o’rgimchaklar ko’pligi uchun Aurelius kitoblarni qanchada sevsa-da, bu yerga qadam ham bosmagan. Klara esa o’qishni yoqtirmasdi. Lekin hozir vaziyat butunlay boshqacha. Agar ular qidirayotgan kitob Honored Abigeylning xonasidan chiqmagan bo’lsa, balki mana shu qo’rqinchli is bosgan kutubxonadan chiqar? — Hammayoq chang va o’rgimchak isi bilan to’la… — vahima bilan shivirladi Aurelius. — Ollini zinapoya yoniga jo’nat, — dedi Klara uning gaplarini e’tiborsiz qoldirib, — Agar enagadan darak bo’ladigan bo’lsa, darhol bizga xabar beradi. Olli shu zahoti Klaraning gapini tushunib, Aureliusning qo’lidan sakrab tushdi-da, zinapoya tomonga yugurib ketdi. Sevimli kuchukchasi yonida emasligi uchun Aurelius battar vahimaga tushib qoldi. — Qaltirashni bas qilmasang, o’zim seni o’rgimchaklarga yem qilaman. Asabimga tegyapsan, — jerkib berdi Klara. — Aytishga oson! Axir menda araxnofobiya bor. O’rgimchaklardan o’lguday qo’rqaman… — Bunga bir qara, — dedi Klara kitoblarga fonar tutib, — Deyarli har bir kitob o’rgimchak to’ri bilan o’ralgan. Hattoki nomini o’qish ham ilojsiz. Xuddi o’rgimchaklar ataylab shunga o’rgatilgandek. — Axir biz kitobni oxirgi marta bobomning o’limidan taxminan 1 hafta avval ko’rgandik, to’g’rimi? — so’radi Aurelius, — Bu yerdagi islar esa judayam eski. Demak kitob bu yerda bo’lishi mumkin emas. — Balki boshqa nuxsasi bordir? — Klara cho’ntagidan dastro’molini chiqarib, kitoblarning muqovasini bittalab artishni boshladi. Aurelius ham qo’rquviga qaramay, opasiga qo’lidan kelgancha yordam berdi. Biroq qancha qidirishmasin, kitobdan darak ham yo’q edi. Yetmaganiga Olli akillab, ularning yoniga yugurib keldi. Klara darhol qo’liga eng birinchi ilingan ikkita kitob oldi-da, ukasining qo’lidan tashqariga tortib, eski kutubxona eshigini yopib, suratni qayta ilib qo’ydi. — Bu yerda nima qilayotganingizni bilsam bo’ladimi? — so’radi hozirgina paydo bo’lgan enaga Buer.
Aurelius esa bunga jim qarab turolmay, enagasiga baqirdi: – Bu yana nimasi bo’ldi?! O’zingizdan kimni yasab olyapsiz?! – Shunchaki gapimga kirmasangiz sizlarni nima kutayotganini ko’rsatib berdim. Endi esa gapni ko’paytirmasdan ishni boshlang. Hoziroq. – Men Mister Braunga qo’ng’iroq qilaman… – Klara mehmonxonadagi telefon yoniga yugurib borib, advokatining raqamini terdi. Enaga esa hech narsa demay, jimgina kuzatib turardi. Birozdan so’ng mister Braun go’shakni ko’tardi. – Eshitaman? – Mister Braun, hoziroq enagani ishdan bo’shatishingizni talab qilaman. – Miss Abigeyl, bu sizmi? Nimadir bo’ldimi? – U Ollini tepib yubordi. Bizni esa majburlab ishlatmoqchi. Biz bunaqasiga kelishmagandik. Agar hoziroq… — Klara gapini tugatib ulgurmasidan enaga uning qo’lidan go’shakni tortib oldi. — Mister Braun, bu men, enaga Buer. Menimcha bolalarga tarbiya va tartib haqida dars o’tishmagan ko’rinadi. Ularga shunchaki mustaqil va mas’uliyatli bo’lishni o’rgatyapman, xolos. — Ajoyib! Men biroz shoshib turgandim, majlisim bor. Agar biror muammo paydo bo’lsa, kechga yaqin qo’ng’iroq qilishinglar mumkin. Ko’rishguncha… — Mister Braun boshqa hech narsa demay, go’shakni qo’yib qo’ydi. Klara esa o’tkir va g’azabli nigohi bilan enagasiga tikilib turardi. — Hoziroq tozalashni boshla, — sensirashga o’tdi enaga. — O’zingizchi? — so’radi Klara, — O’zingiz nima qilasiz? — Boya aytib o’tganimdek, sizlarning to’g’ri ovqatlanishingiz ham mening zimmamga kiradi. Shunday ekan, taom tayyorlash bilan band bo’laman. 15:15 da hamma o’z ishini tugatib, ovqatlanishga o’tiradi. — U holda tozalashni ikkinchi qavatdan boshlaymiz, — Klara ortiq bahslashib o’tirishni xohlamay, ikkinchi qavatga yugurib chiqib ketdi. Ollini quchoqlab turgan Aurelius ham uning ortidan ergashdi. Ular tozalashga kirgan eng birinchi xona esa bobolarining xonasi edi. — Bekorga ikkinchi qavatdan boshlaymiz deb aytmading, to’g’rimi? — so’radi Aurelius. — Ha, — javob berdi Klara, — Qabrtoshidagi yozuv nimani anglatishini tushunmoqchiman. Kitobni qidirib topishimiz kerak… Abigeyllar taxminan 20 daqiqa davomida butun xonani, har bir burchakni qarab chiqishdi. Afsuski kitobdan darak yo’q edi. Stol ustida ham, krovat tagida ham, shkafda ham, sirli seyfda ham, gilamcha tagida ham, portret orqasida ham, hech qayerda… — Menimcha tezroq tozalashni boshlashimiz kerak, — dedi Aurelius, — Bo’lmasa enaganing yana jahli chiqadi… — U haqiqiy enaga ekanligiga shubha qilyapman, — dedi Klara. — Nega endi? Nimadir shubhali ko’rinyaptimi? — Avval intuitsiyam meni hech qachon aldamagan… Klara Abigeylning oddiy insonnikidan 15-20 baravar kuchli intuitsiyasi odatda aynan mana shunaqa vaziyatlarda as qotadi. Biroq intuitsiya qanchalik kuchli bo’lmasin, Klara kitobni topa olmadi. U sezayotgan yagona narsa qabrtoshidagi yozuv va sirli enaga orasida qanaqadir bog’liqlik borligida edi. Biroq aynan qanday bog’liqlik? Kitob qayerga g’oyib bo’ldi? Afsuski Klara bu savollarga shunchaki intuitsiyasini ishlatib javob topa olmasdi. — Nima qilishni maslahat berasan? — so’radi Aurelius battar vahimaga tushib. — Enaga nimani xohlayotganini tushunib yetmagunimizcha uning o’yinida o’ynab turishimizga to’g’ri keladi… Bolalar xuddi enaga Buer buyurganidek, soat 15:15 ga qadar butun uyni tozalab chiqishdi. Ishni bitirib, qo’llarini yuvib, ovqatlanish uchun o’tirishdi. Enaga stol ustidagi qozonchaning qopqog’ini ochib, bolalarning kosasiga qo’ziqorinli sho’rvadan quyib berdi va bir bo’lakdan non uzatdi. — Yoqimli ishtaha, bolalar. 20 daqiqa ichida yeb bo’lishingiz shart. Keyin kitob o’qiysizlar. — Men ichmayman, — dedi Klara kosasini o’zidan itarib. — Sabab? — so’radi enaga. — Ovqatga sarimsoq qo’shilgan. Sarimsoqqa allergiyam bor. — Buni qayerdan bildingiz, miss Abigeyl? Sho’rvada hech qanaqa sarimsoq ko’rinmaydi. — Hididan. Hididan sezdim. Aslida esa bu Klaraning intuitsiyasi edi. Biroq u hozircha enagadan sir tutishni afzal ko’rdi. — Nima ham derdim, — dedi enaga, — Keyingi safar sarimsoq ishlatmayman. — Boshqa ovqat tayyorlab berishingizni talab qilaman.
#MUSHKETYORLAR 1-BO’LIM: QO’POL ENAGA 2-QISM “Tashqi ko’rinish aldamchi bo’ladi”… Ushbu mashhur so’zlarga eng ko’p mos tushadigan ertak Hanzel va Greta qissasi bo’lsa kerak. Opa va uka o’rmonda adashib qolib, shirinliklar bilan bezatilgan chiroyli uychaga kelib qolishadi. Uychada esa ko’rinishidan mehribon va farishtaga o’xshash kampir yashardi. Biroq ertak oxirida kampir aslida kannibal bo’lib chiqadi va bolalarni yemoqchi bo’ladi. “Tashqi ko’rinish aldamchi bo’ladi”… Qiziq, agar ko’rinishidan mehribon va farishtadek ko’ringan kampir aslida vahshiy kannibal bo’lib chiqqan bo’lsa, Abigeyllarning qo’rqinchli va badbashara enagasi aslida mehribon va ko’ngli toza bo’lib chiqishi mumkinmi? Agar shunga umid qilayotgan bo’lsangiz, kayfiyatingizni buzishga majburman. Chunki bu safar tashqi ko’rinish aldamchi emas. Mister Braun bolalarni enaga bilan qoldirib, o’zi ishga jo’nab ketdi. Bolalar uyning hovlisiga qadam bosisharkan, bobolari mister Honored Abigeylning qabri allaqachon ko’mib bo’linganining guvohi bo’lishdi. Demak vasiyatga binoan, hech qanday dafn marosimisiz ko’milgan. – Qayerga ketyapsiz, miss Abigeyl? - so’radi enaga Buer, – Ichkariga kirib, yaqindan tanishib olamiz deb o’ylagandim. – Avval bobomning qabri ustida biroz sukut saqlamoqchiman. Ikki daqiqadan keyin kiraman. – Men ham… – qo’shildi kuchugini ko’tarib olgan Aurelius. Enaga hech narsa demay, bosh chayqab qo’ydi. Klara va Aurelius bobolarining qabri yoniga kelib, asta tiz cho’kishdi. Aurelius yig’lab yubormaslikdan o’zini arang tiyib turardi. Klarani esa qabrtoshi o’ziga jalb etdi. Qabrtoshda Honored Abigeylning ismi emas, uning sevimli kitobining nomi yozilgandi: “Nekronomika 2”. – Aurelius, mana bunga bir qara, – dedi Klara. – Nekronomika? – hayron bo’lib so’radi Aurelius, – Axir bu bobomiz eng ko’p o’qigan va qayta-qayta gapirgan kitobi-ku? Nega qabrtoshga uning ismi emas, kitob nomi yozilgan? – Meni ko’proq o’ylantirayotgan narsa esa “2”raqami, – dedi Klara, – Bobomiz bizga avval hech ham ushbu kitobning davomi borligi haqida aytmagan. – To’g’ri… – o’ylanib qoldi Aurelius, – Balki raqam umuman boshqa narsani anglatar? – Bo’lishi mumkin. Menimcha kitobni bobomning xonasidan qidirib topishimiz kerak… – Ikki daqiqa o’tib bo’ldi, – baland ovozda chaqirdi enaga, – Mumkin bo’lsa, endi ichkariga kirsangiz. Bolalar bahslashib o’tirmay, ichkariga kirishdi. Uy avvalgiden sokin va tinch. Lekin shunaqangi tinchki, xuddi vaqt butunlay to’xtab qolgandek. Klara ham, Aurelius ham avval hech qachon ichlarida bunchalik katta bo’shliqni his qilishmagan. Lekin ikkisi ham nimani his qilishayotganini bir-birlariga so’z bilan tushuntirib berisha olmasdi. Shuning uchun ham Aurelius shunchaki kuchugini silab qo’ydi. Klara esa chuqur nafas chiqarib, divanga o’tirib oldi. – Xo’sh, xo’sh, xo’sh, xo’sh, xo’sh… O’sha mashhur Abigeyllar oilasi. O’zimni qaytadan tanishtirishga ijozat bering. Ismim Buer. Bugundan boshlab sizlarning enagangiz vazifasini bajaraman. – Xotiramiz hali joyida, - dedi Klara, – Ismingizni unutib qo’yganimiz yo’q. – Kattalar bilan gaplashayotganda hurmat ohangida gapirishni o’rganing, miss Abigeyl. Birinchi safar kechirdim, lekin keyingi safar jazolashga majbur bo’laman. – Qanaqa jazo ekan? Burchakka turgizib qo’yasizmi? – Buni o’sha payt bilib olasiz. Xo’sh… Kun tartibi bo’yicha ayni damda ikkalangiz ham uy tozalayotgan bo’lishingiz kerak. Soat 15:15 gacha birinchi va ikkinchi qavat chinnidek yaltirashi shart. – Tushunmadim? – yanada qo’pol ohangda so’radi Klara, – Bu uyda biz emas, siz xizmatkorsiz. Nega endi biz tozalashimiz kerak? – Men xizmatkor emas, enagaman. Sizlarning tarbiyangiz, to’g’ri ovqatlanish va o’zingizni tutishingizni nazorat qilish mening eng katta vazifam. Aqlli bolalar o’zlarining ketidan o’zlari tozalab yurishadi. Shunday ekan, ishga marsh! – Bizga buyruq berolmaysiz. Xohlamagan ishimni qilmayman, – gapida qattiq turib oldi Klara. Enaga hech narsa demadi-da, oyog’i tagida indamay dam olib yotgan Ollini bor kuchi bilan tepib, Klara tarafga uchirib yubordi. Og’riqdan kuchuk chinqirab, akkilay boshladi.
YETTI GUNOH | ELEN pinned a photo
Klara faqat achchiq qahva bilan qoniqdi, Aurelius esa ishtaha bilan ovqatlandi. Olliga kechagi ragudan solib berishdi. – Sizlarni rafiqam bilan tashlab ketaman. Tushlikkacha enaga topiladi deb o’ylayman. Qaytgunimcha o’zingizni uyingizdagidek his qilishingiz mumkin. – Uyimizdagidek? - kinoya bilan so’radi Klara, – Demak stol ustida dog’ qolmasligi uchun chashka tagiga tarelka, tarelka tagiga salfetka qo’yish shart emasmi? – Yumoringizga yana bir bor tan berdim, miss Abigeyl. Tushlikda ko’rishguncha… Missis Braun bolaligidan perfeksionizm va mayda detallarga asabi buzilish sindromi bilan yashab keladi. Stol yoki idishda qanaqadir kichkina dog’ ko’rdimi, agar shundayligicha tashlab ketsa, asabiylik va insultdan o’zini yo’qotib, nargi dunyoga ravona bo’lishi aniq. Bolalar yonida bu qilig’ini ko’rsatmaslikka qanchalik urinsada, ichidagi o’chirib bo’lmas olov bunga yo’l qo’ymasdi. Tushlikkacha bolalarga taxminan 10 marta yoqimsiz e’tirozlar bildirdi. Tushga yaqin mister Braun yuzida tabassum bilan qaytib kelib, bolalarga yangilikni yetkazdi: – Ishonasizmi yo’qmi bilmadim-u, advokaturadan chiqishim bilan simyog’ochda ajoyib bir e’lonni yopishib turganini ko’rib qoldim. U yerda malakali enagalar agentligining raqami yopishtirilgandi. Ular eng yaxshi enagasini bugunoq jo’natishga va’da berishdi. Bir soatlardan keyin sizlarning uyingizga kelib qolishi kerak. Ungacha esa tayyorlanib turishingiz mumkin. – Bu nima deganing, azizim? Ular uylariga qaytib ketishadimi? Axir endigina bir-birimizga ko’nikishni boshlayotgandik-ku? – Bilaman azizam, bu sen uchun og’ir. Lekin mister Abigeylning vasiyatnomasiga amal qilishimiz shart. – Sizlarni judayam sog’inib qolaman, bolalar… – missis Braun ikki qo’li bilan Klara va Auereliusni quchib, ko’zyoshlarini artdi. Klaraning intuitsiyasi qanchalik kuchli ekaniga qaramay, bu haqiqiy ko’zyoshlarmi yoki soxta, tushuna olmadi. Bir soatga qolmay bolalar yana o’z uylariga qaytisharkan, ularni darvoza tagida uzun qora ko’ylakli, sochlari oppoq, burnida yalmog’iz kampirnikini eslatadigan, qo’liga qizil olma va jamadon ushlab olgan qari ayol turardi. – Tashqi ko’rinish aldamchi bo’ladi, – dedi mister Braun Aureliusning ko’zidagi qo’rquvni sezib, – Ishonchim komil, enagangiz juda mehribon va tajribali. – Ko’rinishidan bobomizdan farqi yo’q, – dedi Klara, – Ertaga o’lib qolsa hayron qolmasdim. – Bunaqa gaplarni biroz yig’ishtirib turamiz. Yumoringizni enagangiz tushunmasligi mumkin… Ular enaganing yoniga yaqinlashib kelisharkan, enaga cho’ntak soatini chiqarib, bolalarga ko’rsatdi. – 13 daqiqaga kechikdingiz. Men kutishni yomon ko’raman. – Kechirasiz, missis… – mister Braun uning ismini eslay olmadi. – Buer. Shunchaki Buer deb chaqirishingiz mumkin. – Albatta, missis Buer… Tanishing, Klara Abigeyl. Aqlli, mahoratli, sezgir va dono. Bu yigitcha esa Aurelius Abigeyl. Ko’plab tillarda so’zlasha oladi, maktabda judayam a’lochi. – Salom, qadrdonlar. Umid qilamanki, tez chiqishib ketamiz… – enaga Buer jilmayib, qo’lidagi olmadan ikki marta tishlab qo’ydi.
Missis Braun kechki ovqatni suzib, bolalarga tarqatdi. Ular endigina ishtaha bilan ovqatlanishga kirishisharkan, missis Braun har xil dakkilari bilan ularning asabiga tegishni boshladi. – Ovqatlanayotganda chapillatib yeyish odobdan emas, Aurelius. Klara, raguni non bilan yesang, sal to’yimliroq bo’ladi. Azizim, sen esa chashka tagiga salfetka qo’yishni unutding. – Kechirasan azizam, bugun ishlar bilan bo’lib juda charchagan ko’rinaman. Salfetkani uzatib yubora olasanmi? – Albatta, azizim. Xo’sh, sobiq merdan qancha meros qoldi? Bolalarga qarab turishga biror oila topildimi? – M-menimcha hozir bunaqa mavzular haqida gaplashishga unchalik ham mos vaqt emas, azizam… Bolalar hali ham bobosining vafotidan o’zlariga kela olishgani yo’q. – Ming bor uzr so’rayman, bolalar. Ba’zida qiziquvchanlikdan nima deyotganimni o’zim ham bilmay qolaman. Lekin bilib qo’ying, nima ko’ngilsizlik bo’lishidan qat’iy nazar, oilamizning eshigi sizlar uchun doimo ochiq. To’g’rimi, azizim? – A-albatta… Azizam, menimcha bolalar charchadi. Balki uxlash uchun xonasini ko’rsatib qo’yarsan? – Lekin hali ovqatlanib bo’lganimiz yo’q-ku? – so’radi Aurelius. – E haa… Rostan ham ishda charchagan ko’rinaman. Azizam, balki unda sen uxlashga yotarsan? – Sen charchagan bo’lsang nega endi men yotishim kerak? Men mehmonlarimiz bilan suhbatlashib, ko’nglini ko’tarmoqchiman. To’g’rimi, bolajonlar? – Bunga hojat yo’q, - dedi Klara, – O’zimizni yaxshi his qilyapmiz. – Nima ham derdim, unda taomdan lazzatlanishda davom etamiz. Yana bir bor yoqimli ishtaha, bolajonlar… Zerikarli va noqulay o’tgan kechki ovqatdan so’ng missis Braun bolalarni ikkinchi qavatga olib chiqib, xonalarini ko’rsatdi. Xona devorlari har xil dinozavrlar, raketalar va jilmayib turgan quyosh surati bilan bezatilgan bo’lib, allaqachon eskirib, suratlarning rangi o’chib ketgandi. – Bu xonada avval… – Voyaga yetib ulgurmay vafot etgan farzandingiz turgan, – missis Braunning gapini tugatib qo’ydi Klara. – Shunday. Erim aytib berishga ulgurdimi, deyman. Mayli, sizlarni yolg’iz qoldiraman. Agar sovuq qotsangiz, sandiqchada ko’rpa bor. Xayrli tun, bolalar… – Xayrli tun, missis Braun. Mehribonchilingiz uchun rahmat, – tashakkurlik bildirdi Ollini ko’tarib turgan Aurelius. Krovat faqat bittaligi uchun Aurelius va Olli yerda yotishdi. Lekin toki yarim tungacha ham uxlay olishmadi. Soatning mash’um chiqillashidan boshqa hech qanaqa ovoz eshitilmasdi. Taxminan ikki soatlardan keyin Aurelius sukunatni buzib, savol berdi. – Hali uxlamadingmi? – Yo’q, - qisqa javob qildi Klara. – Nima deb o’ylaysan, missis Braun… – Unga pulimiz kerak. Farzandidan ajralgani uni birdan yaxshi qilib qo’ymaydi. – Demak bu yerda qolishni xohlamaysanmi? – O’zing xohlagan bo’larmiding? Mister Braun hattoki qarindoshimiz ham emas. Olli Klaraning gapini ma’qullab, vovillab qo’ydi. Unga Braunlarning mushugi yoqmagani aniq edi. – Shunchaki xayolimga keltirdim, xolos…–dedi Aurelius, – Umuman olganda, hayot adolatsiz. Biz ota-onaga zor bo’lib o’sganmiz, Braunlar esa farzandsiz yashashgan. – Bu ularni birdan bizga mos ota-ona qilib qo’ymaydi. Hayot esa aslida adolatli. Chunki u hammaga adolatsiz. Demak balans qaysidir ma’noda saqlanadi. – Agar bobomiz vafot etishini avvalroq bilganingda, unga nima degan bo’larding? – so’radi Aurelius mavzuni o’zgartirib. Klara biroz o’ylanib turdi-da, Aureliusga teskari tarafga o’girilib olib dedi: – Xayrli tun. Suhbatdan qochishning eng oson usuli yoki mavzuni almashtirish, yoki xayrlashish. Klara odatda hissiyotlarini ko’rsatishga qiynaladi. Ko’rsatishga to’g’ri keladigan paytlarda esa suhbatdan qochadi. Bobosidan ayrilish unga ham og’ir ta’sir qilgani aniq. Yaqin odamining endi yo’qligini bilish, chorasizlik, ochko’z uy bekasi, soatning asabga tegib chiqillashi… Sizlarni ishontirib ayta olishim mumkin-ki, ushbu mash’um kun Abigeyllar bundan keyin boshidan kechirgan kunlar ichida eng tinch va sokini edi. Ertalab mister Braun bolalarni nonushtaga uyg’otdi. Missis Braun pishloq va qo’ziqorinli omlet tayyorlagandi.
Bobongiz bilan tuzgan shartnomamga ko’ra sizlarni 2 soatdan ortiq yolg’iz tashlab ketishga haqqim yo’q. – Shartnomaning bu qismini bekor qilsa bo’lmaydimi? – Yumorda sizga yetadigani yo’q ekan, Miss Abigeyl. Ikki soatdan keyin ko’rishguncha. Mister Braun boshqa hech narsa demay, shoshilib chiqib ketdi. Klara va Aurelius esa bir-birlariga tikilgancha qolib ketishdi. Aurelius endi og’zini ochmoqchi bo’lgan edi hamki, Klara darhol u bermoqchi bo’lgan savolni avvaldan sezib, javob berdi: – Bilmayman. Bobom hech qanaqa qarindoshlar haqida ham, advokat bilan shartnoma haqida ham gapirmagan. Lekin aftidan u o’limiga anchadan beri tayyorlangan ko’rinadi. – O’zimiz tanimagan qarindoshlar bilan yashagandan ko’ra enaga bilan turgan yaxshiroq deb o’ylayman, – dedi Aurelius. – Ko’ramiz, enaga necha kun chiday olar ekan… O’sha kuni Abigeyllar hech narsa yeyishmadi. Ularning bobosi toki 84 yoshga kirib, qarilikdan vafot etgunga qadar uyida hech qanaqa xizmatkor ishlatmagan. Bu uchiga chiqqan ziqnalikdanmi yoki o’zini hali ham kuchga to’la navqiron yigit deb hisoblaganidanmi, biror narsa deyish qiyin. Mister Braun olib kelgan hot doglarni esa Klara axlatga tashlab yubordi. Chunki u kolbasa va shunga o’xshash noma’lum hayvon organlaridan tayyorlangan mahsulotlarni yomon ko’radi. – Xo’sh, tayyormisiz, bolalar? - so’radi mister Braun muloyimlik bilan. – Nimaga? - aniqlik kiritdi Klara. – Bugun menikida tunaysiz deb aytdim-ku. Enaga hali topilganicha yo’q. Lekin ertaga qidirib topishga va’da beraman. – Bobomizning dafn marosimi qachon o’tkaziladi? - so’radi Aurelius. – Hech qanaqa dafn marosimi bo’lmaydi. Vasiyatnomada yozilishicha…nima deyilgandi-ya? Hozir o’qib beraman… – Shartmas, - dedi Klara. Asosiysi u hovliga ko’milishini bilamiz. Dafn marosimini xohlamagan bo’lsa, bunga biror sababi bo’lgan bo’lishi kerak. – Nega endi? Dafn marosimi o’tkazmaslik hurmatsizlik bo’lgan bo’lardi, - darhol qarshilik ko’rsatdi Aurelius. – Murdalar gapirishmaydi. Hurmatsizlikni ham his qilishmaydi. Agar gap shunda ham hurmatsizlik haqida ketadigan bo’lsa, uning vasiyatiga amal qilmay baribir dafn marosimi o’tkazishni hurmatsizlik deb atasa bo’ladi. – Qani darhol mashinaga chiqamiz, bolalar, – shoshiltirdi mister Braun, – Rafiqamga yarim soatdan keyin uyda bo’laman deb va’da berganman. Klara va Aurelius kuchukchasi Olli bilan birgalikda mister Braunning yaltiroq qizil mashinasiga o’tirishdi. Mister Braun avvaliga kuchukni uyga tashlab ketishlarini iltimos qilmoqchi bo’ldi-ku, biroq shundoq ham bolalar yaxshi kayfiyatda emasligini sezib, indamay qo’ya qoldi. Ko’p o’tmay ular shahar chetidagi ikki qavatli yog’ochdan qurilgan eski uyga yetib kelishdi. Uy eskiligini hisobga olmasa, juda chiroyli va 1800-yillar uslubini eslatadigan dizaynda edi. Mister Braun eshikni taqillatishi bilan ularni oq tishlarini ko’rsatib tirjayib turgan jingalak mallasochli baqaloq ayol kutib oldi. – Xush kelibsiz, bolalar. Qani kiring, o’zingizni o’z uyingizdagidek his qilishingiz mumkin. Yo’q-yo’q, oyoq kiyimni yechish kerak. Chetroqqa. – Juda yoqimli is kelyapti, azizam. Bugun haqiqiy bazmmi deyman? – jilmayib qo’ydi mister Braun shlyapasini ilib. – Albatta. Axir uyimizga doim ham bunaqa mehmonlar kelaverishmaydi. Bugun kechki ovqatga ragu va sarimsoqli fransuzcha sho’rva. – Sarimsoqqa allergiyam bor, – dedi Klara missis Braunning yuzidagi tabassumni o’chirib. – H-hechqisi yo’q, u holda senga ragudan ko’proq solib beraman. Nega haliyam turibsizlar, qani bemalol kirib joylashing. Stol ustida choynakda issiq choy va sut bor. – Qani kiringlar, bolalar, – mister Braun bolalarning yelkasidan itarib, ichkariga kirgazdi. Shu payt birdan baland qichqiriq ovozi eshitilib, Klaradan tashqari hammani cho’chitib yubordi. Bu Braunlar oilasining sevimli siam mushugi Do’ndiqchaning ovozi edi. – Hoziroq kuchukni tinchlantiring! – baqirib yubordi missis Braun, – Ko’rmayapsizmi, u Do’ndiqchamni qo’rqityapti! – Olli, qani bu yoqqa kel, – chaqirdi Aurelius, – Mushukni tinch qo’y. Olli va Do’ndiqcha bir-birlariga teshib yuborguday nigoh bilan tikilib qolishdi.
Chunki opasi endi 15 yoshga, o’zi esa 14 yoshga to’lgan. Yetimxonalardan esa bolaligida ko’rgan qo’rqinchli filmidan keyin qo’rqib qolgan. – Advokatimiz bunga yo’l qo’ymaydi, – tinchlantirdi Klara. Undan ko’ra Ollini tezroq qabristondan olib chiqib ket. Besh daqiqadan keyin go’rkovning kelishini sezyapman. Itlarni olib kirish mumkinmas. Darvoqe, mister Abigeylning qancha pora olganini aytibman-ku, ushbu baxtsiz hikoyamiz qahramonlarining g’ayrioddiy qobiliyatlari haqida aytishni unutibman. Klara Abigeyl juda kuchli intuitsiyaga ega. Intuitsiya degani — miyangiz hech qanday dalilni qabul qilib ulgurmasdan ham, ichingizda “shu to‘g‘ri” deb turadigan o‘sha g‘alati ovoz. Intuitsiya hammada, hattoki hayvon va hasharotlarda ham bor. Ammo Klarada u o’zgacha. Oddiy inson intuitsiyasidan 10-15 barobar kuchliroq. Tasavvur uchun kamon va snayperni solishtirib ko’ring. Aurelius esa bolaligidan beri juda kuchli aqliy qobiliyatga ega. Deyarli har bir ko’rgan va o’qigan ma’lumotini eslab qola oladi. Fizika, kimyo va biologiyani yoqtiradi. Enshteynni o’zining kumiri deb hisoblaydi. Shkafida uning miyasining bir bo’lagini ham saqlaydi. 13 xil tilda gaplasha oladi. Agar sizni bolalingizda oyingiz dugonasining farzandi bilan juda ko’p solishtirib, sizni yerga urgan bo’lsa biliningki, o’sha “dugonasining farzandi” degan stereotipga eng ko’p to’g’ri keladigan bola aynan Aurelius. Uning kuchukchasi Olli ham juda aqlli va buyruqlarni bemalol tushuna oladi. Bularning bari Aureliusning kuchugi bilan o’tkazgan maxsus tajribalari natijasi. Klara kuchukni elektroshok bilan kuchlantirib, super kuchuk yaratish taklifini bergandi, biroq Aurelius ushbu tajriba juda xavfliligi uchun rozi bo’lmadi. Shundan beri Olli ataylab Klaraning buyumlari ustiga xojat chiqaradi. O’n daqiqaga qolmay Abigeyllar advokati mister Braun qo’lida papkasi bilan yetib kelib, uylariga olib keldi. Mister Braunni kal boshi, Puaronikiga o’xshash mo’ylovi, beo’xshov jigarrang galstuki va qora kostyumidan tanib olish qiyin emas. – Ta’ziyamni qabul qiling, bolalar. Bobongiz juda hurmatga sazovor va mehribon inson edi. – Ertalab xabar olishga kirishimiz kerak edi… – yig’lamsiradi Aurelius, – Biroz ko’chaga chiqishimizga ruxsat bermaydi deb qo’rqib, shoshilib chiqib ketgandik… – O yo’q, bu yerda sizlarning aybingiz yo’q, bolalar. Doktorlarning aytishiga qaraganda u yarim tunda uyqusida vafot etgan. – Endi nima bo’ladi? – so’radi Klara. – Ota-onangiz 13 yil avval vafot etishgan. Bobongiz barcha mulkini meros qilib sizning, aniqroq qilib aytganda Klara Abigeylning nomiga tashlab ketdi. Qo’limdagi papkada barcha ma’lumotlar batafsil keltirilgan. Mol-mulkka hozirdanoq egalik qilishingiz mumkin, biroq bir g’alati vasiyatnoma bor. – Qanaqa ekan? - so’radi Klara. – Bobongizning Sinister bankidagi alohida yana bir hisobi ham bo’lib, uni faqatgina o’limidan 7 hafta o’tib ocha olishingizni aytib ketgan. U yerda nima borligini bilmayman, balki judayam katta summa, balki oilaviy qandaydir buyum. Hujjatlar bilan yaxshilab tanishib, qo’l qo’yishingiz mumkin. – “Endi nima bo’ladi” deb butunlay boshqa narsani nazarda tutgandim, – keskin javob qaytardi Klara, – Endi kim bilan yashaymiz? Yetimxonaga borish niyatimiz yo’q. Agar albatta u yerda mahluqlarga yem qilishga o’xshash qiziqarli mashg’ulotlar bo’lmasa. – Bu haqida aslo xavotirlanishga hojat yo’q. Bobongizdan ancha katta miqdorda pul qolgan. Shaxsan o’zim ertaga xizmatkor va enaga yollayman. Balog’atga yetguningizcha siz bilan yashashadi. – Enaga? Bog’cha bolalariga o’xshayapmizmi? – Sizlarga mas’ul bo’ladigan biror shaxs kerak. Agar enagaga ko’nmasangiz, qarindoshlaringiznikiga jo’natishga majbur bo’laman. Uyingizni tashlab ketishingizga to’g’ri keladi. – Bizning qarindoshlarimiz yo’q, - dedi Aurelius. – Bobongiz bergan ro’yxatda esa ular anchagina. Mayli, men zudlik bilan yuridik bo’limga qaytishim kerak. Hujjatlar bilan tanishib chiqishni unutmang. Ikki soatdan keyin qaytaman, bugun menikida tunaysizlar. – Nega endi? - so’radi Klara. – Balog’atga yetmagansizlar.
#MUSHKETYORLAR O’lim qancha yaqinlashgani sari oxirigacha yetkazilmagan ishlar ro’yxati ko’payib boraveradi. 1-BO’LIM — MUQADDIMA: QO’POL ENAGA 1-QISM 1974-yil. Yoz. Quyosh ertalabdan charaqlab, qushlarning mayin sayrashi butun ko’cha bo’ylab eshitilmoqda. Gazeta tarqatuvchi bolakay velosipedida ortidan itlarni ergashtirib, quvnoq ovozda kulyapti. Shinam va mo’jaz ko’cha bo’ylab joylashgan bir-biridan chiroyli, bir-biridan hashamatli uylarning bekalari oilasi uchun nonushta va qahva tayyorlashga kirishishgan. Yam-yashil maysalar va rang-barang gullar kishi ko’nglini yanada tinchlantirib, orom bag’ishlaydi. Hamma baxtli va shod-xurram hayot kechirmoqda. Judayam zerikarli, shunday emasmi? Agar hikoyani shu tarzda boshlaganimda, o’zimni ham sizni ham aldagan bo’lardim. Chunki men hikoya qilmoqchi bo’lgan voqeada hech qanaqa baxtli insonlar ham, rang-barang gullar ham, mehr bilan tayyorlanadigan nonushtalar ham yo’q. Ushbu hikoya g’amginlik, baxtsizlik, omadsizlik, vahshiylik, dahshat, umuman, siz tasavvur qilishingiz mumkin bo’lgan har qanday negativ hissiyotlardan iborat. Xayolingizga istalgan negativ hissiyotni keltiring. Aynan nimani xayolingizga keltirganingizni bilmayman, lekin ushbu hissiyotni albatta hikoya ichidan topasiz. Agar ko’ngilsiz voqealar va negativ hissiyotlar yoqmasa, o’qishni hoziroq to’xtatganingiz ma’qul. Chunki ushbu asar baxtli yakun bilan tugamaydi. Mening ismim Elen va ushbu hikoya men haqimda emas. Abigeyllar shaharcha aholisi tomonidan ancha hurmatga sazovor oilalardan edi. Chunki ularning bobosi mister Honored Abigeyl avval shahar meri sifatida xizmat yuritgan va butun faoliyati davomida atigi 15000 funtsterlin atrofida pora olgan. Mer uchun bu judayam katta va maqtovga sazovor natija. Mister Abigeyl haqida yana ko’p narsa gapirib berardim, ammo u bugun ertalab halok bo’ldi. O’lganlar haqida gap sotishdan esa foyda yo’q. Yoz ta’tilining eng birinchi kuni edi. Shaharcha dengizga yaqin bo’lgani uchun hatto yoz paytida ham havo salqin va bulutli bo’ladi. Mister Abigeylning katta nabirasi Klara Abigeyl boshqalardan tungi osmondanda qora sochlari va xitoy chinnisini eslatadigan oppoq terisi bilan ajralib turadi. Karnaval yoki Xellouin bayramida vampir rolini o’ynashi uchun hech qanaqa grim qilishga hojat yo’q. Uning ukasi Aurelius Abigeyl esa tillarang sochlari va opasinikidan ancha iliqroq tabassumi bilan ajralib turadi. Klaraning fe’l-atvori ukasinikiga qaraganda og’irroq va qo’polroq. Balki shuning uchun ham bobosining o’limi haqidagi xabarga unchalik ham kuchli reaksiya ko’rsatmagandir? Ayta olishim mumkin bo’lgan yagona narsa, uning lablari va chap ko’zi biroz titradi xolos. Ukasi esa ushbu xabarni eshitgach, dahshatdan turgan joyida qotib qoldi. – Alo, meni eshityapsizlarmi? Bilaman, judayam noxush xabar, ammo hoziroq sizlar bilan uchrashib, gaplashib olishim shart, - Aureliusning telefonidan ushbu noxush xabarni yetkazgan oila advokati mister Braunning ovozi eshitilardi. Klara ukasining qo’lidan telefonni olib, advokatga javob berdi: – Biz uydan bir chaqirim naridagi qabriston yonidamiz. – Hech qanaqa qabrning keragi yo’q, - darhol xitob qildi advokat, – Mister Abigeyl o’z hovlisiga dafn qilishlarini vasiyat qilgan. Aytgancha, axir bobongiz o’lganini endi eshityapsiz-ku, qabristonda nima qilyapsizlar? – Sayr qilayotgandik, – qisqa javob berdi Klara. – Hoziroq sizlarni olib ketishga yo’lga chiqaman. Hech qayoqqa ketib qolmay turing, xo’pmi? - iloji boricha muloyimlik bilan so’radi advokat. Klara hech narsa demay, telefonni o’chirib qo’ydi. – Bobomiz… U endi yo’q… – vahimaga tusha boshladi Aurelius. Uning g’amginligini ko’rgan chihuahua zotli mallarang kuchukchasi Olli dumini likillatib, yalashga tushib ketdi. – Ertami kechmi bu kun kelishi aniq edi, – xotirjamlik bilan javob berdi Klara, – Axir u 84 yoshda edi. – Bilaman, lekin… Bobomiz bizning yagona yaqinimiz edi. Ota-onamiz bolaligimizda halok bo’lishgan. Endi nima qilamiz? Nahotki yetimxonaga jo’natib yuborishsa? – battar vahimaga tushdi Aurelius. Uning vahimasi o’rinli edi.
#MUSHKETYORLAR Yozgi ta’til. O’quvchi va talabalarning orzusi. Oxirgi yozgi ta’tilda nima bilan shug’ullanganingizni eslay olasizmi? Afsuski bu hikoyada yozgi ta’til Abigeyllar va ularning kuchugi uchun sokin va uy vazifalaridan xolis bo’lgan kunlarni emas, falokat va omadsizliklarni keltiradi. Tragediyani yoqtirmaydiganlarga tavsiya qilinmaydi. G’amgin va ma’nisi yo’q asarlarni yoqtirmaydiganlarga ham tavsiya qilinmaydi. Hayvonlar huquqlarini himoya qiladiganlarga ham tavsiya qilinmaydi. Vaqtini bekor sarflamoqchi bo’lmaganlarga ham tavsiya qilinmaydi. Aqliy qobiliyati va IQ darajasi past kishilarga chiday olmaydiganlarga ham tavsiya qilinmaydi. Baxtli yakun kutayotganlarga ham tavsiya qilinmaydi. Agar shundan keyin ham o’qishga tayyor bo’lsangiz haftaning qaysidir kuni soat 13:13 ni kuting. #Elen
Channel photo updated
“Startaun” da SSSR haqida satirik bo’lim bor edi. Menimcha ruscha saytda bloklanishiga eng katta sabab shu bo’lgan
Umuman, kanalga qayta yozishimdan maqsad eng so’nggi asarimni joylamoqchiman. Menimcha shundan keyin mening taxallusimni qayta eshitmasanglar kerak. Shu paytgacha kanalga hech qanaqa ortiqcha reklama joylamaganman yoki boshqa yozuvchilarning “help” sistemasiga qo’shilmaganman. Menga faqat haqiqiy auditoriya kerak. So’nggi asarim nomi “Mushketyorlar” deb nomlanadi. Menimcha eng qisqa va eng shu bilan birga eng emotsionali bo’lsa kerak. Batafsil hafta oxiriga bilib olasiz. Hozircha ayta oladigan narsam ushbu asarni “Startaun”ning qayta charhlangan versiyasi deyish mumkin. (Hech qanaqa LGBT yo’q)
Hammaga salom! Kanaldagilar tirikmi yo’qmi bilmayman, lekin xabari bor obunachilar bo’lsa bilishi kerak, kanalga dostup beradigan akkauntimga kirolmayotgandim. 1 oycha avval qayta kirdim lekin ataylab tug’ilgan kunimgacha kutishga qaror qildim. Orada “Startaun” asarini boshqa bir yozuvchi qizning kanaliga joylab borayotgandim. Lekin reklamalar ko’pligi uchun chiday olmay to’xtatdim. Keyin ruscha sayt(ranobelib) ga joyladim, lekin u yerdan ham LGBT va siyosat mavzusi deb bloklashdi. Eng qizig’i asarda hech qanaqa LGBT alomati yo’q edi. Adolatsizlik.
Kevin va Anita qancha urinishmasin, Hirani ko'ndira olishmadi. Politsiya kelib, Hira va Tadashini olib ketdi. Kevin va Anita esa qochib ketishga majbur bo'lishdi. Politsiya Hirani so'roq qilib, Fransiyaga qanday kelib qolganini, jasadlarga uning qanday aloqasi borligini, bolalar bilan qayerda tanishganini so'rab, tergov qilishdi. Hira ularning hech qaysi savoliga javob bermadi. Shunchaki qo'ng'iroq qilib olishni iltimos qildi, xolos. Ma'muriyat unga Kristina Quinnga qo'ng'iroq qilib olishiga ruxsat berdi. — Alo, Kristina-san... — Hira? Yaxshimisan? Anchadan beri aloqaga chiqmading, xavotirga tusha boshlayotgandim. — Versalga kelib, bolalarni topib, olib keta olasizmi? Tezroq topmasangiz, "Deus" yana ularning izidan tushishi mumkin. — Nega? Nima bo'ldi? Axir u tashkilotni yo'q qilamiz demaganmidingiz? Xanjar nima bo'ldi? — Biz uddalay olmadik... — Hira o'zini yig'idan arang tiyinb turardi, — Gefrit va Aleksandra halok bo'lishdi... Qolganlarning qayerdaligini hatto bilmayman ham. Iltimos, Kristina-san... Sizga yagona iltimosim shu... — Haqiqiy bosh og'riq... O'zingni ayblama. Tez orada yetib borishga harakat qilaman... Hira ortiq hech narsa gapira olmay, go'shakni qo'yib qo'ydi. U hech qachon avval o'zini bunchalik yomon va g'amgin his qilmagan. Hattoki onasidan ayrilganda ham oyoqqa turib, o'zi uchun o'zi kurashishga harakat qilgandi. Ammo bu safar bari butunlay boshqacha. Balki bu birinchi marta o'z va'dasining ustidan chiqa olmagani uchundir? U ortiq hech narsani o'ylashni istamadi. Qorong'i va sokin zindonda shunchaki ko'zlarini yumgancha uxlab qoldi... — Aleksandra? Nega hansirayapsan? Nimadir bo'ldimi?... — Hiraning qulog'iga g'ira-shira ovozlar eshitilib, boshi qattiq og'rishni boshladi. Atrofda nimalardir devorga urilib, qattiq singan tovushlar, Anitaning qichqirig'i-yu, kuchli shamol ovozi. Hira asta ko'zlarini ochar ekan, o'zini ertalabki kasalxonada ko'rdi. Nima bo'layotganini tushunmay, darhol o'rnidan sakrab turarkan, bir-biri bilan urushayotgan Aleksandra va Anitaga duch keldi. — Bemorlardan biri! — baqirdi Tadashi, — Bemorlardan biri "Deus" a'zosi! Yaqinda olib kelingan bemor! Hoziroq uni o'ldiringlar! — Ammo...ammo qaysi biri...? — Anita xushsiz yotgan ikki bemorga qarab, kimni tanlashni bilmay qoldi, — Jin ursin, qaysi biri dushman?! U o'ylanib turgunicha Hira qo'lida toshli xanjar paydo qilib, chap tarafda yotgan Kalamira Noktisning bo'yniga sanchib oldi. Kalamira yotgan joyida til tortmay o'lib, u tanasini boshqarayotgan bolalar ozod bo'lishdi. — Dushman u ekanini qayerdan bildingiz? — qiziqib so'radi Anita. — Bilmayman... Xuddi bu voqeaga avval ham duch kelgandekman. G'alati bir tush ko'rdim... Yoki u tush emasmidi...? #Elen
— Demak bu kalamush mening qobiliyatimni ham o'g'rilagan... — dedi Hira o'rnidan turib. — Nima, jahling chiqyaptimi? Tan ol, jahling chiqyapti. Buni ko'zlaringdan uqib olish qiyin emas. — Biroz adashding. Shunchaki jahlim chiqayotgani yo'q. Men g'azabdaman. Qanaqa kuchli g'azabligini hozir o'z tanangda his qilib ko'rasan... — Hira barmoqlarini shaqillatib, dushman chiqib o'tirgan devorni qumga aylantirib yubordi. U yerga yiqilishidan avval uchli xarsang o'stirib, sanchib yubormoqchi bo'ldi. Biroq dushman so'nggi soniyalarda portal ochib, Hiraning ustiga yiqilib tushdi. Hira uni qattiq tepib, bor kuchi bilan yerni mushtladi. Ularning oyog'i ostidagi yer o'pirilib, dushmanni o'zi bilan birga tortib ketdi. Anita esa qo'lidagi to'pponchasi bilan unga bir necha marta o'q uzdi. O'qlardan biri uning bo'ynini teshib o'tishi bilan Hira qo'lida toshli xanjar paydo qilib, dushmanning chap ko'ziga sanchib oldi. U ham bo'sh kelmay, atrofda yana tutun paydo qildi. Biroq tutun tarqab ulgurmasidan g'oyib bo'lib qoldi. — T-tushunmadim... Qanday qilib?! — Birovning qobiliyatini o'g'rilashdan avval u qanday ishlashini tushunib olishing kerak, kalamush! — baqirdi Anita unga yana bir marta o'q uzib, — Men nafaqat tutun paydo qilaman, balki uni yo'q qila olaman ham! — Kulguli... Haqiqiy sirkning o'zginasi... — og'zidan qon otilayotgan dushman yerda o'rmalab, ulardan uzoqroqqa qochishga harakat qildi. Tadashi qo'llarini uzun rezinaga aylantirib, uni mahkam ushlab, yura olmaydigan qilib qo'ydi. Dushman uning qo'llaridan chiqib keta olmay, tipirchilashni boshlarkan, Hira u yotgan yerdan asta-sekinlik bilan uchli harsang o'stira boshladi. Harsang qancha katta bo'lib o'sgani sari dushman yanada qattiqroq og'riq his qilib, bor ovozi bilan baqirardi. Oxir-oqibat harsang tosh uning tanasini butunlay yorib chiqib, to'rtga bo'lib yubordi. Hira burnidan oqayotgan qonni artib, Gefrit va nariroqda yotgan Aleksandraning jasadiga tikilgancha sukut saqlardi. Hech kim uning sukutini buzishni xohlamadi. Oradan ko'p vaqt o'tmay, atrofni odamlar o'rab olib, ularni suratga olishni va har xil pichir-pichirlarni boshlab yuborishdi. Kevin vaziyat tobora og'irlashib ketayotganini sezib, Hiraga past ovozda yuzlandi: — Hira-san... Hozir politsiya kelib qolishi mumkin. Tezroq ketishimiz kerak. — KETISHIMIZ KERAK?! — Tadashi Kevinning yuziga mushtlab, yerga yiqitib yubordi, — ULAR O'LISHDI! TUSHUNYAPSANMI? BOLALIGIMDAN BERI BIRGA KATTA BO'LGAN DO'STIM KO'Z OLDIMDA JON BERDI! — Axir ular o'lishi mumkinligini bila turib, shunga rozi bo'lishgan! — aralashdi Anita, — Ularni hech kim majburlagani yo'q. O'zlari shunga tavakkal qilishdi. Kevinda nima ayb? — AGAR SENING YOQIMSIZ TUTUNING BO'LMAGANIDA, GEFRIT O'LMAGAN BO'LARDI! — baqirishda davom etdi Tadashi, — BARIGA SIZLAR AYBDORSIZLAR! HAMMASI SIZLARNI DEB! — Bas qil, Tadashi... — Hira past ovozda hammani tinchlantirishga urindi, — Baqirganing bilan endi hech narsa o'zgarib qolmaydi. Kevinning ham, Anitaning ham aybi yo'q. Hammasi mening aybim. Ularni himoya qilishga va'da bergan bo'lsamda, hech narsa qila olmadim. Ikkisi ham ojizligim sabab halok bo'lishdi... — B-biroq shu yerda turavermaymiz-ku? — so'radi Kevin, — Hozir politsiya kelib, hammamizni olib ketishi mumkin! Juftakni rostlash kerak! — Kelaverishsin. Sizlarni hukumat qo'liga topshiraman. Meni esa qamoqqa olib ketishadi. Biz uddalay olmadik. Kristina Quinnga bergan va'damning ustidan chiqa olmadim... — Hukumat bizni "Deus" changalidan himoya qila oladi deb o'ylaysizmi?! — aralashdi Anita, — Ular bizni baribir topishadi. Topib o'ldirishadi! Tushunyapsizmi?! — Adashmasam bu "Deus" ning oxirgi yuqori darajali a'zosi edi. Boss qo'l ostiga yana odam yiqquncha Kristina-san sizlarni topib, o'z qaramog'iga oladi. Meni kechiringlar... Lekin davom eta olmaymiz. Yana kimdir meni deb qurbon bo'lishiga chidab tura olmayman...
— Aytyapman-ku... Hammasi joyida. Agar yana shu mavzuni ochadigan bo'lsanglar, qattiq jahlim chiqadi. — To'g'rilash kiritaman! — Anita Hiraning burnidan oqayotgan qonga ishora qildi, — Bu mavzu o'zidan o'zi ko'tarilaveradi. Toki kasallik sizni o'ldirmagunicha. — Yana necha marta qaytarishim kerak?! Hammasi joyida! Bu mavzuda ortiq... — Hira-san, ehtiyot bo'ling! — Kevin o'zini Hiraning ustiga otib, u tomon uchib kelayotgan o'qdan saqlab qoldi. Butun jamoa birdan jangga shaylanib, bir-biriga yelkama-yelka turib olishdi. — Qayerdan? O'q qayerdan uchib keldi?! — Hira atrofdan toshli devor o'stirib, Kevinga savol berdi. — Bilmayman... Payqamay qoldim... — Qobiliyatingni ishga sol, — dedi Gefrit cho'ntagidan to'pponchasini chiqarib, — Kelajakni yana bashorat qilib ko'r. — Harakat... harakat qilyapman... — Kevin boshini changallab, kelajakka nazar soldi. O'n soniyadan keyin Hira paydo qilgan to'rt devor ichida Kevinning portali ochilib, u yerdan chiqib kelgan qo'l Hiraning orqasidan xanjar sanchayotgandi. Hech narsani tushunmay qolgan Kevin baland ovozda baqirib, hammani ogohlantirdi: — D-dushman kimligini bilmayman, lekin u xuddi menikiga o'xshash portal ocha olarkan! Hira-san, ehtiyot bo'ling! Orqada! Hiraning orqasidan portal ochilib, xuddi kelajakda ko'ringanidek xanjar ushlab olgan qo'l chiqib keldi. Hira chaqqonlik bilan zarbaga chap berib, qo'lni mahkam ushladi-da, o'zi tomon tortdi. Portal ichidan yuzini niqob bilan to'sib olgan qora kiyimli, ko'zlari xuddi olmos kabi tovlanayotgan notanish dushman chiqib keldi. Shu zahoti to'rt devor ichida Anitaning tutuni paydo bo'lib, undan nafas olayotganlar sekinlashib ketishdi. Biroq dushman sekinlashmadi. Aksincha, juda katta tezlik bilan harakat qilib, bilagiga o'rnatilgan uzun uchli xanjarini Gefritning ko'ksiga sanchib oldi. So'ng chaqqonlik bilan portal ochib, qochib ketdi. Gefritning og'zidan qon otilib, yerga yiqilib tushdi. Bundan vahimaga tushgan Hira bor ovozi bilan baqirib, uni mahkam ushlab oldi. — YO'Q! NIMALAR BO'LYAPTI O'ZI?! ALEKS, HOZIROQ UNI DAVOLA! ESHITYAPSANMI?! Aleks nimadir qilib ulgurmasidan oyoqlari ostidan ochilgan portal uni ichkariga olib kirib ketdi. Qolganlar battar vahimaga tushib, butun tanalari qo'rquvdan qaltiray boshlashdi. — MANAVI LA'NATI TUTUNINGNI YO'QOT, JIN URSIN! — Tadashi Anitaning yoqasidan ushlab, bir necha marta silkitib yubordi. — Bu... Bu mening tutunim emas! — yig'lamsirab baqirdi Anita, — Bu tutunni men paydo qilmadim! Bu dushmanning ishi! — Xuddi mening portalim kabi... — xulosa qildi Kevin, — Dushman bizning qobiliyatlarimizni o'g'rilayapti! Hira-san, endi nima qilamiz?! Hira ularning hech qaysi savoliga javob bera olmadi. Uning bor e'tibori qo'llarida jonsiz yotgan Gefritda edi. Axir u bolalardan hech qaysi biri o'lmaydi deb va'da bergan. Kerak bo'lsa o'z hayotini o'rtaga qo'yib bo'lsada, ularni himoya qilishga qasam ichgan. Endi-chi? Ulardan biri hattoki so'nggi so'zlarini aytishga ham ulgurmay, Hiraning o'z qo'llarida jon berdi. Kutilmaganda, bari judayam tez sodir bo'ldi. Hiraning ko'z oldi qorong'ilashib, nafas olishi qiyinlashib ketayotgandi. Burnidan oqayotgan qon yanada ko'payib, o'zini o'zi yo'qotib qo'ydi. — Hira-san! — baqirdi Kevin, — Hozir tahlikaga tushib qoladigan vaziyat emas! Nimadir qilishimiz kerak, eshityapsizmi?! — Judayam kech. Nimadir qilganing bilan o'z taqdiringni o'zgartira olmaysan... — Hira paydo qilgan devor ustiga chiqib olgan boyagi dushman Aleksandraning kesilgan qo'lini Kevinning yoniga tashlab, past ovozda kulib qo'ydi. — Ikkitangizni o'ldirdim. Xo'sh... Yana to'rtta qoldinglar. Keyingisi kim?... — dushman Kevin, Hira, Anita va Tadashiga barmog'ini bigiz qilib, birma-bir sanashni boshladi, — Qa-ni-kim-me-ning-o'l-jam-bo'-la-di...sen! "Deus" ni sotgan qo'rqoq xoin. Isming Anitamidi? — Qo'lingdan kelsa o'ldir! Qani bo'l! — Anita bor ovozi bilan jar solib, yerda yotgan to'pponchani mahkam ushlab oldi. Dushman boshi uzra o'ngga yaqin uchli tosh bo'laklarini paydo qilib, Anitani mo'ljalga oldi. Kevin bazo'r uni portali bilan to'sishga ulgurib qoldi.
— Mayli. Nima yo'qolgan bo'lsa, yaxshilikka. Yo'limizda davom etishimiz kerak... Hira va beshlik 17 kilometr yo'lni piyoda bosib o'tishga qaror qilishdi. Chunki taksi uchun pul qolmagan. Furgon esa allaqachon ishdan chiqqan. Tadashi va Anita yo'l bo'yi havo issiqligidan va charchaganliklaridan nolib, hammaning asabini egovlab ketishdi. Taxminan besh chaqirim yo'l bosishgach, ko'prik tagidagi musiqachilar yonida to'xtab, manzaradan baxra olib, biroz dam olishga qaror qilishdi. Gefrit xojatxona qidirib ketdi. Kevin va Aleksandra ichishga nimadir olish uchun metro ichidagi rastaga yugurib ketishdi. Hira ko'prik tagidagi beton o'rindiqqa o'tirib, toza havodan to'yib nafas olarkan, beton o'rindiq tagidan eshitilgan telefon tovushi uni biroz cho'chitib yubordi. Hira knopkali telefonni qo'liga olib, egasini qidirish uchun atrofga nazar soldi-yu, musiqachilar va o'zining jamoasidan boshqa hech kimni ko'rmadi. Istar-istamas telefonga javob berarkan, qulog'iga tanish ovoz eshitildi: — Bu "D". Parijga yaqinlashib kelayotganingdan xabarim bor. — "D"...? Ha, men yaqinlashib qoldim, ammo seni qayerdan topaman? Keyin, senga ishonish mumkinligini qayerdan bilaman? — Vaqtimiz kam, Hashimoto. Parijga kelgach, Eyfel minorasiga bor. Minoraning janubi-g'arbiy tomonidagi axlatdan qora qutini topasan. Men qutining ichida bo'laman. Avvaldan aytib qo'yay, qutiga faqat sen va Gefrit ikkingiz kirishingiz kerak. Boshqa hech kim hattoki qo'lini ham tekkazishi mumkinmas. — Savolimga javob olmadim! Nega endi senga ishonishim kerak? Bu tuzoq emasligiga kim kafolat beradi?! — Senga xanjarni beraman. Faqatgina xanjar yordamida "Deus" dan batamom qutula olish mumkin xolos. Aloqa tamom... — Hoy! Savolimga javob ber! Hoy!... — Hira gaplarini tugatmasidan aloqa uzilib qoldi. U o'sha raqamga qayta qo'ng'iroq qilib ham tusha olmadi. So'ng bu foydasizligini bilib, telefonni olgan joyiga qaytarib qo'ydi. — U nima dedi? — so'radi suhbatga quloq solib turgan Anita. — Qora qutini topishimizni so'radi. Quti ichiga faqat men va Gefrit kirishimiz kerak ekan. — Jamoadagi eng kuchlilarmi? Bu tuzoqligi ayon-ku? Qutiga kirishingiz bilan ikkingiz ham nargi dunyoga ravona bo'lasiz. "D" judayam xavfli. U sobiq bossning o'ng qo'li bo'lganini unutmaslik kerak. — Balki ortga qaytarmiz? — taklif kiritdi Tadashi, — Men hali beri o'lishni xohlamayman... — Bilaman... Lekin xanjar unda. Boshqa choramiz yo'q. Parijga borga-... — Hira gapini yakunlamasidan boshiga qattiq og'riq kirib, yerga tizzasi bilan cho'kkalab oldi. Anita darrov vahimaga tushib, bor ovozi bilan qolganlarni yordamga chaqirdi. Suv sotib olayotgan Aleksandra va Kevin shu zahoti yugurib kelishdi. — Hammasi...joyida... Biroz boshim aylandi... — Hira-san, burningizdan qon oqyapti! — baland ovozda qichqirdi Kevin. — Hechqisi yo'q... Bu birinchisi emas... — Birinchisi emas deganingiz nimasi? Shoshmang... Nahotki laboratoriyada bo'lgan jangning asorati bo'lsa? Doktorlar miyangizdagi hujayralar shikastlanganini, agar tezroq operatsiya qilinmasa... — Ha. O'lish mumkinligini aytishgan. Biroq hozir bunga ortiqcha vaqt yo'q. — Bu nima deganingiz?! — Aleksandraning jahli chiqib ketdi, — Davolashni kechiktirmaslik kerak! Axir... Axir o'sha labaratoriyaga meni deb, meni qutqarish uchun borgansiz. Agar sizga nimadir bo'lsa, o'zimni hech qachon, ikki dunyoda ham kechira olmayman! — Balki shamoling yordamida davolashga urinib ko'rarsan? — so'radi Tadashi, — Axir jarohatlarimizni davolading-ku? — Jon deb davolardim, ammo shamol miyaning ichiga kirmaydi. Qobiliyatim bunga yo'l qo'ymaydi... — "Deus" dan batamom qutulganimizdan keyin albatta davolanaman. Ortiqcha vahimaga tushish shartmas. Gefrit hali ham qaytmadimi? Tezroq yo'lda davom etishimiz kerak. — Shu yerdaman, — uzoqroqda barini xotirjamlik bilan kuzatib turgan Gefrit Hiraga g'alati nigoh bilan qarab, qovog'ini soldi, — Inson ba'zida o'zi haqida ham qayg'urib turishi kerak. Miya jarohati hazil qiladigan kasallik emas.
#YETTI_GUNOH YO'QOLGAN SONIYALAR 26-QISM SUG'UR KUNI. 1-BO'LIM. Kalamira Noktis va uning "Falokat" deb nomlanuvchi qobiliyati mag'lub etildi. Aleksandra do'stlarining jarohatini davolab, yana oyoqqa turg'azdi. Biroq juda ko'pchilik jarohatlangani uchun Aleksandra ancha kuchsizlanib qolib, yaralar oxirigacha bitib ketmadi. Hira Hashimoto kasalxonada qolish judayam xavfli degan qarorga kelib, beshlik bilan birga Parijga bo'lgan yo'lni davom ettiradigan bo'ldi. Tongga yaqin Parijdan 20 km masofada bo'lgan Versal shahriga kirib borishar ekan, Anita dimog'iga urilgan yoqimli kruassan hididan mast bo'lib, Hiradan yo'l chetidagi "Mari-Ann" deb nomlangan kafega olib kirishini iltimos qilib turib oldi. Ko'pchilik yo'lda ochiqqani tufayli Hira ortiqcha qarshilik ko'rsatmadi. — Ancha tinch joy ekan-a? — Kevin atrofga yaxshilab ko'z yugurtirib chiqdi. — Parijgacha yana qancha yurish kerak? — toqatsizlanib savol berdi Tadashi. — Taxminan 17 kilometr, — Gefrit issiq qahvasidan ho'plab javob berdi. — Demak...Deyarli yetib kelibmiz-da... — Aleksandra bir nuqtaga tikilgancha nimanidir xayol surib qoldi. — Qo'rqma... — Hira gap nimadaligini tushunib, Aleksandraning sochidan silab qo'ydi, — Hammasi yaxshilik bilan tugashiga ishonaman. Biz kuchlimiz, bir-birimizga ishonamiz. — Bema'ni motivatsion nutqlarga toqatim yo'q, — dedi Anita uning gapini bo'lib, — Undan ko'ra Parijga borgach nima qilishimizni o'ylab ko'rsangiz bo'lardi. O'sha "D" ni topa olamizmi? U biz bilan aloqaga chiqadimi? — U bizga Eyfel minorasiga borishimizni aytdi. Menimcha, o'sha yerda bizni kutib oladi. — Bu tuzoq emasligiga kafolat yo'q! — aralashdi Tadashi, — Balki u hali ham "Deus" ga sodiqdir? — Shuning uchun ham har narsaga tayyor turamiz. Ofitsiant, mumkin bo'lsa, hisobni olib keling. Bolalar, boshqa nimadir kerakmasmi? Agar to'ymagan bo'lsangiz, yana nimadir buyurtma qilishim mumkin. Tadashi, sen to'ydingmi? — Nima, men shunchalik ochofatmidim?! — Axir kecha ancha ko'p jarohat olding. Ba'zi yaralaring oxirigacha bitmadi. Xavotir olib so'rasam ham men aybdormi endi? — Hisobingiz, madmuazel... — ofitsiant stol ustiga chek qog'ozini qo'ydi. Hira Hamyonini ochib, hisobni Kristina tashlab ketgan kredit kartasi bilan to'lamoqchi bo'ldi. Ammo qancha qidirsa ham, hamyondan karta chiqmadi. So'ng o'rnidan turib, cho'ntaklarini kovlab ko'rdi. — Nimadir bo'ldimi? — so'radi Gefrit. — Ha... Menimcha kartani kasalxonadagi jangda tushirib qo'ydim, shekilli. Essiz...ichida ancha puli bor edi. — Men bir tiyin ham to'lamayman! — kimdir savol berib ulgurmasidan avval ovozini balandlatdi Anita, — Menga qaramang! Men ham kasalxonada olmos ko'zli uzugimni yo'qotib qo'ydim! — O'zim to'layman, — Gefrit chuqur xo'rsinib, cho'ntagidan naqd pul chiqardi, — Endi tezroq ketamiz. Odam ko'payib ketyapti. — H-Hira san... — Kevin ham cho'ntaklarini yaxshilab kovlab ko'rib, birdan vahimaga tushib ketdi, — Telefonim! Telefonim yo'qolib qolibdi! — Axir Parijga yetib olgunimizcha telefon ishlatish ta'qiqlanmaganmidi? — so'radi Tadashi. — Yo'q, u telefon ishlamasdi. Shunchaki o'zim bilan olib yurardim. Gefrit, bu sening ishing, shundaymi? O'tgan safar ham telefonni tortib olishga uringanding. Qani hoziroq qaytar! — Men kalamushga o'xshab o'g'rilik qilmayman. Og'zingga qarab gapir. — Unda qani? Telefonim qani?! Qayoqqa ketdi?! — Tinchlan, Kevin, nega bitta o'yinchoq telefonni deb bunchalar vahimaga tushyapsan? — hech narsaga tushunmay so'radi Hira. — Aftidan hamma biror buyumini yo'qotgan ko'rinadi... — dedi Aleksandra past ovozda, — Men ham to'g'nog'ichimni topa olmayapman. — Narsalar yo'qolishining "Falokat" ga aloqasi bor ko'rinadi... — Gefrit qo'lini iyagiga qo'yib, o'ylanib qoldi. — Men ham shu fikrdaman, — tasdiqladi Tadashi, — Axir uning qobiliyati tom ma'noda falokat paydo qilish edi. Biror buyumni yo'qotish ham falokatga kiradi.