BEAM | BIM Consulting
Статистика• BEAM | BIM Consulting Loyiha tashkilotlarini to‘liq BIM tizimiga o‘tkazamiz va real BIM loyihalarini yuritamiz. • BIM integratsiya | Revit trening | Real loyihalar 🚀 BIM — bu standart. Admin: @beamconsult_uz Support: @beambimsupport
- Последний пост
- 6 авг.
- Последнее чтение
- 12 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 607
- 1/48двое суток
- 695
- 1/72трое суток
- 750
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🔤Navisworks Manage bo‘yicha bepul amaliy darslarimizga start berdik! Loyiha modelingizdagi to‘qnashuvlarni (clash detection) aniqlash va koordinatsiyani mukammal yo‘lga qo‘yishni o‘rganmoqchimisiz? Unda bu darslar aynan siz uchun! 📱 Birinchi darsni tomosha qiling: https://youtu.be/qxZtHm92o-A?si=XsFd-cmMXWa2yBbG ✉️Murojaat uchun: @beamconsult_uz 📱BEAM | BIM Consulting
#youtube 🔤Revit dasturida ushbu fasadni modellashtirish bo'yicha yangi videoni yukladik 📱Hoziroq obuna bo'ling va yangi videolarimizni kuzatib boring https://youtu.be/npWwKpvKjQ4 ✉️Murojaat uchun: @beamconsult_uz 📱BEAM | BIM Consulting
BIM ≠ Revit Revit modeliga ega bo'lish loyihaning BIM'da qilinganligini ANGLATMAYDI. Ko'p aytaman, bu qurilish sohasidagi eng katta yanglishmovchiliklardan biridir. Ko'p tashkilotlarda, ayniqsa "eng oldi" davlat tashkilotlarida g'urur bilan: "Biz BIM'da ishlayapmiz, chunki loyihalarimizni Revit'da qilamiz", deyishadi. Loyihani ko'rsangiz, Revit'dan AutoCAD kabi foydalanilgan bo'ladi, hamma o'z xohlagancha ishlagan bo'ladi. Ya'ni instrument o'zgargan, fikrlash o'zgarmagan. Natija olib kelayotgandan keyin buni noto'g'ri ham deb bo'lmaydi, lekin instrumentdan (shuning o'zbekcha tarjimasini hech ishlatgim kelmaydi-da 😄) bundan-da yaxshiroq va unumliroq foydalanish mumkin. Endi sizlarni hayron qoldiraman: Revit — bu vosita, instrument. BIM esa — metodologiya, jarayon. Revit'da ishlashning o'zi BIM'ning to'liq qiymatini ko'rsata olmaydi. Haqiqiy BIM'da quyidagilar bo'lishi kerak: ✅ BIM'ni amalga oshirish rejasi (BEP) ✅ Umumiy ma'lumotlar muhiti (CDE) ✅ Detallashtirish darajasi (LOD) talablari ✅ Mutaxassisliklar (bo'limlar) o'rtasidagi uzluksiz muvofiqlashtirish ✅ Loyihaning butun hayot sikli davomida ishonchli ma'lumotlarni boshqarish Bu jarayonlarsiz tashkilotda 3D model bo'lishi mumkin — ammo BIM jarayoni bo'lmaydi. Model — bu natija. BIM esa loyiha natijalarini yaxshilash uchun odamlar, jarayonlar va ma'lumotlarni o'zaro bog'laydigan strategiyadir. Qurilish sanoati o'zining raqamli transformatsiyasini davom ettirayotgan bir paytda, bu farqni anglash har qachongidan ham muhimroq hisoblanadi. Sizningcha, BIM haqidagi eng katta yanglishmovchilik nima? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring. #BIM #Revit #Qurilish #Arxitektura #LoyihaBoshqaruvi #BIMtexnologiyalari #QurilishSanoati
BIM ≠ Revit Shu haqida quyida 👇 #BIM #Revit #Qurilish #Arxitektura #LoyihaBoshqaruvi #BIMtexnologiyalari #QurilishSanoati
без подписи
#youtube 🔤Revit dasturida ushbu fasadni modellashtirish bo'yicha yangi videoni bugun yuklaymiz. 📱Hoziroq obuna bo'ling va yangi videolarimizni kuzatib boring https://www.youtube.com/channel/UC93_yPJHnLfaANrdFU5e9oQ ✉️Murojaat uchun: @beamconsult_uz 📱BEAM | BIM Consulting
#youtube 🔤Revit dasturida adaptiv fasad formasini modellashtirish haqida youtube sahifamizga video yuklandi. 📱Hoziroq obuna bo'ling va yangi videolarimizni kuzatib boring ⏺️ https://youtu.be/I98DxJ3WKpc ✉️Murojaat uchun: @beamconsult_uz 📱BEAM | BIM Consulting
BIM olamidagi eng qiziqarli yangiliklar endi Instagram’da! ✨ Instagram sahifamizda loyihalarimiz natijalari, video-sharhlar va sohaviy yangiliklarni qulay formatda bo'lishib boramiz. Agarda hali ham obuna bo'lmagan bo'lsangiz, havolani bosing va jamoamizga qo'shiling: 📱Profilga o'tish: https://www.instagram.com/beamconsulting.uz/ ✉️Murojaat uchun: @beamconsult_uz 📱BEAM | BIM Consulting
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Jamoamiz – Dalux User Day konferensiyasida! 👍BEAM Consulting jamoasi Dalux User Day konferensiyasida faol ishtirok etdi. Qurilish sohasi uchun Yevropaning eng yirik boshqaruv dasturi (Dalux) tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda quyidagi muhim mavzular muhokama qilindi: ⏺️Loyiha hamkorlari bilan samarali ishlash: "Innowerk Engineering" tajribasi misolida BIM-modellar asosida ma'lumot almashish ⏺️Yirik loyihalar boshqaruvi: Misol uchun, "Limak Construction" tomonidan amalga oshirilayotgan Spotify Camp Nou loyihasida zamonaviy texnologiyalarni qo'llash. ⏺️Loyihaning to'liq hayotiy sikli: G'oyadan boshlab foydalanishgacha bo'lgan barcha jarayonlarni (BIM Viewer, Box Pro, Tender, Build, Handover, FM) raqamlashtirish ⚡️Tadbir jamoamiz uchun yangi bilimlar, tajriba almashinuvi va sohadagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo'lida muhim qadam bo'ldi Yangi innovatsiyalarni loyihalarimizga tatbiq etishda davom etamiz! ✉️Murojaat uchun: @beamconsult_uz 📱BEAM | BIM Consulting
“LOD (Level of Development) nima? Modelning batafsillik darajalari haqida oddiy tilda” 🇺🇿BIM loyihalashda eng ko‘p ishlatiladigan atamalardan biri bu — LOD. Ko‘pincha buyurtmachilar shunchaki "menga chiroyli va mukammal 3D model kerak" deyishadi, ammo modelning har bir bosqichda qanchalik aniqlikda bo‘lishi aynan LOD tizimiga bog‘liq. Oddiy qilib aytganda, LOD — bu model ichidagi elementlarning (masalan, ustun, eshik yoki quvurning) qanchalik batafsil chizilgani va qancha ma'lumotga egaligidir. u odatda LOD 100 dan LOD 500 gacha bo‘lgan darajalarga bo‘linadi. Keling, buni oddiygina ustun (kolonna) misolida ko‘rib chiqamiz: ⏺️1️⃣ LOD 100 — Konsept (G‘oya) Modelda bino qayerida ustun bo‘lishi shunchaki shartli shakl (chiziq yoki kubik) bilan ko‘rsatiladi. O‘lcham va material hali aniq emas. ⏺️2️⃣ LOD 200 — Taxminiy o‘lcham Ustunning umumiy shakli paydo bo‘ladi. Masalan: "o‘lchami 40x40 sm bo‘lgan beton ustun". Ammo ichki detallari va aniq markasi yo‘q. ⏺️3️⃣ LOD 300 / 350 — Aniq loyiha Ustunning aniq koordinatalari, o‘lchamlari va muhandislik tarmoqlari bilan birlashish nuqtalari chiziladi. Tarmoqlar bilan to‘qnashuvlar (kolliziyalar) shu bosqichda tekshiriladi. ⏺️4️⃣ LOD 400 — Qurilish va ishlab chiqarish Ishchi hujjatlar darajasi. Ustunning ichidagi har bir armatura karkasi va mahkamlagichlarigacha (zakladnoy) aniq chiziladi. Model zavodga yoki qurilishga tayyor holga keladi. ⏺️5️⃣ LOD 500 — Ekspluatatsiya (Haqiqiy holat) Bino qurib bitkazilgandan keyingi raqamli nusxa. Element ichiga ishlab chiqaruvchi zavod pasporti, sertifikatlar va texnik xizmat ko‘rsatish sanalari kiritiladi. 🔔Yakuniy xulosa: LOD darajasini loyiha boshida (EIR va BEP hujjatlarida) aniq belgilash shart. Keraksiz joyda yuqori LOD talab qilish vaqt va pulni yo‘qotadi, o‘z o‘rnida past LOD esa qurilishda xatolarga olib keladi. 🔜Keyingi postda: “CDE (Common Data Environment) — Yagona ma’lumotlar muhiti o‘zi nima?” ————————————————————— 🇷🇺В BIM-проектировании один из самых часто используемых терминов — это LOD. Часто заказчики говорят: «Мне нужна красивая и идеальная 3D-модель», но то, насколько точной должна быть модель на каждом этапе, определяет именно система LOD. Простыми словами, LOD — это показатель того, насколько детально прорисован и какой информацией наполнен элемент модели (например, колонна, дверь или труба). Обычно он делится на уровни от LOD 100 до LOD 500. Давайте разберем это на простом примере обычной колонны: ⏺️1️⃣ LOD 100 — Концепт (Идея) В модели лишь условно показано (в виде линии или кубика), где примерно будет колонна. Точные размеры и материал еще неизвестны. ⏺️2️⃣ LOD 200 — Схематическая геометрия Появляются общие габариты и форма. Например: «Бетонная колонна 40х40 см». Но армирования и точной марки бетона еще нет. ⏺️3️⃣ LOD 300 / 350 — Точный проект Стадия «Проект». Колонна имеет точные координаты, размеры и связи со смежными сетями. На этом уровне проверяются и устраняются все пересечения (коллизии). ⏺️4️⃣ LOD 400 — Строительство и производство Стадия «Рабочая документация». Внутри колонны детально прорисовывается каждый арматурный каркас и закладная деталь. Модель готова для завода или заливки на стройке. ⏺️5️⃣ LOD 500 — Эксплуатация (Как построено) Цифровой двойник объекта после завершения стройки. В элемент зашиты реальные данные: паспорта оборудования, сертификаты завода и даты техобслуживания. 🔔Вывод: Уровень LOD необходимо четко прописывать на старте проекта в EIR и BEP. Избыточный LOD на ранних этапах — это потеря времени и денег, а заниженный LOD там, где нужна точность — это ошибки на стройплощадке. 🔜В следующем посте: «Что такое CDE (Common Data Environment) — Единая среда данных?» 📱 BEAM | BIM Consulting
“BIM-menejer o‘zi kim va u kompaniyaga nega kerak?” 🇺🇿Ko‘plab rahbarlar BIM-menejerni shunchaki "Revit dasturini yaxshi biladigan va chizmalarni tekshiradigan muhandis" deb o‘ylashadi. Biroq, bu mutlaqo xato tushuncha. BIM-menejer — bu IT-mutaxassis, loyiha boshqaruvchisi (PM) va strategik maslahatchining o‘rtasidagi muhim bo‘g‘indir. U kompaniyaga nima uchun kerak va qanday vazifalarni bajaradi? ⏺️1️⃣ Raqamli infratuzilmani qurish BIM-menejer kompaniyaning ichki qoidalari (BIM-standartlar), loyiha talablari (EIR) va shablonlarni yaratadi. U jamoaning tarqoq emas, balki yagona tizim asosida ishlashini ta'minlaydi. ⏺️2️⃣ Umumiy ma’lumotlar muhitini (CDE) boshqarish Me’mor, konstruktor va muhandislar bir-biri bilan qayerda va qanday ma’lumot almashadi? Ma'lumotlar yo‘qolmasligi va xavfsiz saqlanishi uchun yagona bulutli yoki lokal platformani aynan BIM-menejer sozlaydi va nazorat qiladi. ⏺️3️⃣ Kolliziyalar (xatolar)ni ovlash va koordinatsiya BIM-menejer turli bo‘limlar chizgan modellarni yagona tizimga birlashtiradi (Navisworks yoki boshqa dasturlarda) va quvurlar devorga, havo yo‘llari esa to‘singa urilayotgan joylarni (kolliziyalarni) qurilishdan ancha oldin raqamli modelda aniqlab, tuzatishga beradi. ⏺️4️⃣ Jamoani qo‘llab-quvvatlash va o‘qitish Dasturiy ta'minotlar ishlashida muammolar chiqsa yoki jamoada yangi xodim paydo bo‘lsa, ularga texnik yordam ko‘rsatish va tizimli ravishda malakasini oshirish ham uning zimmasida bo‘ladi. 🔔Yakuniy xulosa: BIM-menejer — bu shunchaki shtatdagi xodim emas, u sizning qurilishdagi milliardlab mablag‘laringizni bekorchi xarajatlardan, qayta buzib qurishlardan asrab qoluvchi raqamli nazoratchidir. Busiz har qanday qimmat dastur shunchaki oddiy chizma taxtasiga aylanib qoladi. 🔜Keyingi postda: “LOD (Level of Development) nima? Modelning batafsillik darajalari haqida oddiy tilda” ————————————————————— 🇷🇺Многие руководители до сих пор считают, что BIM-менеджер — это просто «инженер, который хорошо знает Revit и проверяет чертежи». Это огромное заблуждение. BIM-менеджер — это связующее звено между IT-специалистом, управленцем (PM) и стратегом компании. Зачем он нужен компании и какие ключевые задачи решает? ⏺️1️⃣ Создание цифровой инфраструктуры BIM-менеджер разрабатывает внутренние правила компании (BIM-стандарты), регламенты работы над проектами (BEP) и шаблоны. Он делает так, чтобы команда работала не хаотично, а по единой системе. ⏺️2️⃣ Управление единой средой данных (CDE) Где и как архитекторы, конструкторы и инженеры обмениваются информацией? Чтобы данные не терялись и были защищены, именно BIM-менеджер настраивает и администрирует единую облачную или локальную платформу. ⏺️3️⃣ Координация и поиск коллизий (ошибок) BIM-менеджер собирает модели разных отделов в единую сборку (в Navisworks или аналогичных софтах) и находит места, где трубы пересекаются со стенами, а воздуховоды — с балками. Эти ошибки устраняются в цифровой модели еще до начала стройки. ⏺️4️⃣ Техническая поддержка и обучение команды Если в работе программ возникают сбои или в команду приходит новый сотрудник, их адаптацией, обучением и системным решением технических проблем занимается именно он. 🔔Вывод: BIM-менеджер — это не просто галочка в штатном расписании, это цифровой контролер, который экономит миллиарды вашего бюджета на стройплощадке, предотвращая переделки. Без него любой дорогой софт превращается в обычную «электронную кульман». 🔜В следующем посте: «Что такое LOD (Level of Development)? Простыми словами об уровнях детализации модели» 📱 BEAM | BIM Consulting
#Loyihalarimizdan #BeamTeam 🏗Premium loyihalarimiz safi kengayishda davom etadi: Navbatdagi ulkan qadam — "Jois 1" majmuasi! 👍BEAM | BIM Consulting jamoasi Moskva shahrining eng nufuzli hududlarida qad rostlayotgan, zamonaviy va oliy toifali "Jois 1" premium-klass majmuasi loyihalashtirish ishlarida faol ishtirok etayotganini gʻurur bilan eʼlon qiladi! ⚡️Siz ham mana shunday yirik, xalqaro miqyosdagi loyihalarda ishtirok etishni va BIM texnologiyalarini haqiqiy soha mutaxassislaridan amaliyotda oʻrganishni istaysizmi? Unda vaqtni boy bermay, bizning jamoaga qoʻshiling yoki mutaxassislarimiz bilan bogʻlaning! ✉️Murojaat uchun: @beamconsult_uz 🌐 BEAM | BIM Consulting
без подписи
без подписи
#Loyihalarimizdan #BeamTeam 🏗Portfoliomizda yana bir xalqaro premium loyiha: "Jois 3" biznes markazi binosi! 👍BEAM | BIM Consulting Moskva shahrining eng nufuzli hududlaridan birida qad rostlayotgan, oliy toifali "Jois 3" biznes markazi binosi loyihalashtirish ishlarida faol ishtirok etayotganini gʻurur bilan eʼlon qiladi! ⚡️Siz ham mana shunday yirik, xalqaro miqyosdagi loyihalarda ishtirok etishni va BIM texnologiyalarini haqiqiy soha mutaxassislaridan amaliyotda oʻrganishni istaysizmi? Unda vaqtni boy bermay, bizning jamoaga qoʻshiling yoki mutaxassislarimiz bilan bogʻlaning! 📩Murojaat uchun: @beamconsult_uz 📱 BEAM | BIM Consulting
“BIM joriy etishni nimadan boshlash kerak? 3 ta strategik qadam” 🇺🇿Ko‘plab kompaniyalar BIM joriy etishni qimmat dasturlarni sotib olishdan boshlaydilar va bu ularning eng katta xatosi hisoblanadi. Tizimli poydevorsiz boshlangan loyiha muvaffaqiyatsizlikka mahkumdir. Xo‘sh, BIMni to‘g‘ri va samarali joriy etish uchun qaysi 3 ta strategik qadamdan o‘tish kerak? ⏺️1️⃣ Audit va individual “Yo‘l xaritasi” (Audit & Roadmap) Keltirilgan dasturlarni ko‘r-ko‘rona sotib olmang. Birinchi navbatda kompaniyadagi joriy jarayonlar, texnik baza va xodimlarning malakasi batafsil audit qilinadi. Shundan kelib chiqib, kompaniyangiz uchun shaxsiy joriy etish “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi. ⏺️2️⃣ Pilot loyiha (Pilot Project) va jamoani o‘qitish Yangi metodologiyani birdaniga yirik va mas’uliyatli obyektdan boshlash — halokatlidir. Buning o‘rniga kichikroq, ammo real bo‘lgan “pilot loyiha” tanlanadi. Jamoa yagona ma’lumotlar muhitida (CDE) ishlashni shu loyihada o‘rganadi va barcha xatolar xavfsiz masshtabda bartaraf etiladi. ⏺️3️⃣ Standartlashtirish va masshtablashtirish (BIM Standard) Muvaffaqiyatli pilot loyihadan so‘ng, orttirilgan tajriba asosida kompaniyaning ichki qoidalari yaratiladi (BIM-standartlar, BEP shablonlari, EIR talablari). Ushbu yangi qoidalar tizimlashtiriladi va kelajakdagi barcha obyektlar uchun majburiy etib belgilanadi. 🔔Yakuniy xulosa: BIM — bu texnik inqilob emas, bu tashkiliy transformatsiyadir. Avval rejalashtiring (1), keyin sinovdan o‘tkazing (2) va shundan so‘nggina qoidalarni rasmiylashtiring (3). To‘g‘ri qurilgan strategiya investitsiyalaringizni yillar davomida ortiqcha xarajatlardan himoya qiladi. 🔜Keyingi postda: “BIM-menejer o‘zi kim va u kompaniyaga nega kerak?” ————————————————————— 🇷🇺Многие компании начинают внедрение BIM с покупки дорогого софта, и это их главная ошибка. Без системного фундамента проект обречен на провал. Какие 3 стратегических шага нужно пройти для правильного внедрения BIM? ⏺️1️⃣ Аудит и индивидуальная дорожная карта (Audit & Roadmap) Не покупайте софт вслепую. Сначала проводится детальный аудит текущих процессов компании, технической базы и квалификации кадров. На основе этого разрабатывается персональная дорожная карта внедрения. ⏺️2️⃣ Пилотный проект (Pilot Project) и обучение команды Тестировать новую методологию сразу на крупном объекте — фатально. Выбирается небольшой, но реальный «пилотный проект». На нем команда учится работать в единой среде данных (CDE), а все ошибки отрабатываются на безопасном масштабе. ⏺️3️⃣ Стандартизация и масштабирование (BIM Standard) После успешного пилотного проекта на основе полученного опыта создаются внутренние стандарты компании (BIM-стандарты, шаблоны BEP, требования EIR). Новые правила масштабируются и становятся обязательными для всех будущих объектов. 🔔Вывод: BIM — это не техническая революция, а организационная трансформация. Сначала спланируйте (1), затем протестируйте (2) и только потом зафиксируйте правила (3). Правильно выстроенная стратегия внедрения защитит ваши инвестиции от лишних трат на годы вперед. 🔜В следующем посте: «Кто такой BIM-менеджер и зачем он нужен компании?» 📱 BEAM | BIM Consulting