CAD&BIM&CODE
Статистика#BIM #CAD #Autocad #Revit #AutocadAPI #RevitAPI #BIM_Management #hacks
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 39
- 1/48двое суток
- 44
- 1/72трое суток
- 48
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
BIM ≠ Revit Revit modeliga ega bo'lish loyihaning BIM'da qilinganligini ANGLATMAYDI. Ko'p aytaman, bu qurilish sohasidagi eng katta yanglishmovchiliklardan biridir. Ko'p tashkilotlarda, ayniqsa "eng oldi" davlat tashkilotlarida g'urur bilan: "Biz BIM'da ishlayapmiz, chunki loyihalarimizni Revit'da qilamiz", deyishadi. Loyihani ko'rsangiz, Revit'dan AutoCAD kabi foydalanilgan bo'ladi, hamma o'z xohlagancha ishlagan bo'ladi. Ya'ni instrument o'zgargan, fikrlash o'zgarmagan. Natija olib kelayotgandan keyin buni noto'g'ri ham deb bo'lmaydi, lekin instrumentdan (shuni o'zbekcha tarjimasini hech ishlatgim kelmaydi-da 😄) bundan-da yaxshiroq va unumliroq foydalanish mumkin. Endi sizlarni hayron qoldiraman: Revit — bu vosita, instrument. BIM esa — metodologiya, jarayon. Revit'da ishlashning o'zi BIM'ning to'liq qiymatini ko'rsata olmaydi. Haqiqiy BIM'da quyidagilar bo'lishi kerak: ✅ BIM'ni amalga oshirish rejasi (BEP) ✅ Umumiy ma'lumotlar muhiti (CDE) ✅ Detallashtirish darajasi (LOD) talablari ✅ Mutaxassisliklar (bo'limlar) o'rtasidagi uzluksiz muvofiqlashtirish ✅ Loyihaning butun hayot sikli davomida ishonchli ma'lumotlarni boshqarish Bu jarayonlarsiz tashkilotda 3D model bo'lishi mumkin — ammo BIM jarayoni bo'lmaydi. Model — bu natija. BIM esa loyiha natijalarini yaxshilash uchun odamlar, jarayonlar va ma'lumotlarni o'zaro bog'laydigan strategiyadir. Qurilish sanoati o'zining raqamli transformatsiyasini davom ettirayotgan bir paytda, bu farqni anglash har qachongidan ham muhimroq hisoblanadi. Sizningcha, BIM haqidagi eng katta yanglishmovchilik nima? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring. #BIM #Revit #Qurilish #Arxitektura #LoyihaBoshqaruvi #BIMtexnologiyalari #QurilishSanoati
BIM ≠ Revit Shu haqida quyida 👇 #BIM #Revit #Qurilish #Arxitektura #LoyihaBoshqaruvi #BIMtexnologiyalari #QurilishSanoati
Kolliziyalarni qanday bartaraf etasizlar? Kolliziyalar haqida bilsalarin kerak a? BIM texnologiyasining asosiy strategik maqsadlaridan biri sifatida ularni bartaraf etish jarayonining muhimligini hamham bilsalarin kerak, a? Lekin, bu onasini emsin to'qnashuvlar ko'p bo'lsachi? Hali ham berilgan hisobotdan ID ni ko'chirib, to'qnash bo'lgan obyektni qidirishga vaqt ketkazayapsizmi? Agar to'qnashuvlar ko'p bo'lsa, unda nima qilasiz? Har safar Id ko'chirasimi? Voy vooo, qiyinku... Yechim quyidagi videoda. #bim, #bimmanagement, #bimcoordination, #coordinators, #clashes
Revit parametrlari Batafsil kanaldagi oldingi postlarda! Telegram | YouTube #bim, #bimmanagement, #bimcoordination, #coordinators, #parameters, #sharedparameter
Misol: Katta sex binosi loyihalanmoqda va ustunlar doimiy ravishda ma'lum oraliqda turishi kerak. Biz Ustunlar Oralig'i degan global parametr yaratamiz va barcha ustunlar o'lchamini unga bog'laymiz. Agar loyihachi bitta o'zgarish bilan shu global parametrni 6 metrdan 8 metrga o'zgartirsa, butun binodagi ustunlar masofasi avtomatik ravishda 8 metrga moslashadi. Shuningdek, barcha derazalar bir xil balandlikda turishi uchun Deraza Tokchasi Balandligi global parametri juda qo'l keladi. Ko'pincha "Global parametr" va "Shared (Umumiy) parametr"ni foydalanuvchilar adashtirishadi. Shared parametrlar chizmalarga markirovka (Tag) qo'yish va spetsifikatsiyalarga (Schedules) ma'lumot chiqarish uchun ishlatiladi. Global parametrlar esa asosan loyiha ichidagi geometriya, o'lchamlar va ko'rinishlarni boshqarish, ya'ni modelni "aqlli" qilish (parametric modeling) uchun kerak. Telegram | YouTube #bim, #bimmanagement, #bimcoordination, #coordinators, #parameters, #sharedparameter
Revitda parametrlar turlari 1. Tizim (System) parametrlari Bu parametrlar Revitning "DNK"siga yozilgan bo'lib, ular dastur o'rnatilgandayoq mavjud bo'ladi. Ular modelning bazaviy fizikasini va identifikatsiyasini ta'minlaydi. Xususiyatlari: Autodesk tomonidan kiritilgan; ularni o'chirib, nomini o'zgartirib yoki tahrirlab bo'lmaydi, biz faqat ruxsat etilgan qiymatlarni o'zgartirishimiz mumkin xolos. Misol: Bunday parametrga masalan devorning qancha maydonni egallashi (Maydon/Yuza) yoki uni Hajmi Revit tomonidan avtomatik hisoblanadi. Yoki loyihada xatolik yuz bersa, dastur bizga xato bor elementning ID raqamini beradi (Element ID). Biz bu ID bilan aynan qaysi elementda muammo borligini topishimiz mumkin. Shuningdek, elementning qaysi qavatga tegishliligi (Daraja/Qavat Nomi) va uning yong'inga chidamliligi (Yong'inga chidamlilik darajasi) kabilar asosiy tizim parametrlariga kiradi. 2. Oila (Family) parametrlari Bu parametrlar faqat bitta turdagi elementning (masalan, faqat bitta stul yoki eshikning) ichki xususiyatlarini belgilaydi. Xususiyatlari: Faqatgina .rfa (family) fayl ichida yaratiladi; ob'ektning geometriyasi, materiali va qanday harakatlanishini (masalan, ochiq-yopiq holati) boshqaradi; faqatgina o'sha oila ichida ishlaydi va to'g'ridan-to'g'ri loyiha spetsifikatsiyalariga chiqmaydi. Misol: Loyiha uchun maxsus stol modelini yaratish kerak. Bu stolning uzunligini yoki balandligini o'zgartirish uchun Stol Uzunligi va Stol Balandligi degan parametrlarni kiritamiz. Shuningdek, stolning materiali yog'och yoki metalldan ekanligini belgilovchi Stol Materiali parametri qo'shiladi. Bu parametrlar faqat shu oilani boshqarish uchungina xizmat qiladi. 3. Loyiha (Project) parametrlari Loyiha parametrlari modeldagi bir nechta turli toifalarga (kategoriyalarga) bir vaqtning o'zida umumiy xususiyat berish uchun ishlatiladi. Xususiyatlari: .rvt (loyiha) fayli ichida yaratiladi; o'zingiz xohlagan kategoriyalarga (masalan, ham devorga, ham eshikka) biriktirish mumkin; jadval (spetsifikatsiya) qilish va filtrlash uchun juda qulay; faqat o'sha loyiha doirasida qolaniladi. Misol: Aytaylik, biz butun boshli binoni turli bosqichlarda quryapmiz. Biz "Qurilish Bosqichi" degan parametr yaratib, uni barcha elementlarga qo'llaymiz. Keyin jadvallarda 1-bosqich materiallarini alohida, 2-bosqich materiallarini alohida filtrlab olishimiz mumkin. 4. Ulashilgan (Shared) parametrlar Bu BIM standartlashtirishning eng muhim qismi! Agar bir xil ma'lumot turli loyihalarda, oilalarda va eng muhimi chizmada (Marka/Tag sifatida) kerak bo'lsa, albatta shu turdan foydalaniladi. Xususiyatlari: Revitdan tashqarida, alohida .txt faylida saqlanadi; turli loyihalar va jamoalar o'rtasida bir xil standartni ushlab turishni ta'minlaydi; maxsus markalar yaratish imkonini beradi. Misol: Tasavvur qiling, bizga nasos uskunasining ishlab chiqaruvchisi va nasosni boshqa parametrlari haqida ma'lumot ham spetsifikatsiyada (jadvalda), ham chizmadagi yozuvda (Tag) ko'rinishi kerak. Oddiy loyiha parametri buni eplay olmaydi. Biz Shared Parameters faylimizga Ishlab Chiqaruvchi parametrini kiritamiz va bu parametrlarni loyihaga ko’shsak biz bu oilagi parametrlani qiymatini spetsifikatisha yoki ma’lim bir annotatsiga chiqara olamiz. Bu usul orqali O'zbekiston yoki xalqaro standartlardagi (masalan, ADSK parametrlari, OmniClass) ma'lumotlarni modelga standartlashtirilgan holda kiritishimiz mumkin bo’ladi. 5. Global parametrlar Bu parametrlar ma'lum bir elementga emas, balki butun loyihaning qoidalariga bog'lanadi. Ular o'zaro munosabatlarni boshqaruvchi ko'rinmas iplarga o'xshaydi. Xususiyatlari: Butun loyiha doirasida ishlaydi; elementning o'ziga emas, o'lchamlarga yoki qoidalarga biriktiriladi; munosabatlarni (masalan, ikkita narsaning doimiy masofasini) boshqaradi.
Revit koordinatalari To'gri koordinatsiya uchun bilish kerak bo’lgan Revit elementlari 1. Ichki boshlang'ich nuqta (Internal Origin) Revit modelining yashirin boshlang'ich nuqtasi. Revit bundan hisob-kitoblar uchun asosiy tayanch sifatida foydalanadi. Uni Revitda siljitib bo'lmaydi. U o'zgarmas qat'iy nuqta. Xulosa: Buni bilish shart emas, hisobga olib qo'ysangiz bo'ldi. 2. Loyiha tayanch nuqtasi (Project Base Point - PBP) Loyiha darajasidagi koordinatalar uchun ishlatiladi. Binoning loyihaga nisbatan joylashuvini aniqlashga yordam beradi. Koordinatsiya uchun muhim. Asosan arxitektorlar va BIM jamoalari tomonidan modellashtirish jarayonida foydalaniladi. Xulosa: Binolarni va dissiplinalar orasida fayllarni to'g'ri shaylashi uchun MUHIM. 3. Geodezik nuqta (Survey Point - SP) Geodeziya/muhandislik ma'lumotlaridan olingan haqiqiy dunyo (real) koordinatalari uchun ishlatiladi. Binoni qurilish maydonchasi (sayt) koordinatalari bilan to'g'ri joylashtirishga yordam beradi. CAD, muhandislik yoki GIS ma'lumotlarini bog'lashda (link qilishda) muhim ahamiyatga ega. Xulosa: Absolut o'tmetkalarni to'g'ri chiqarish va binolarni genplanda to'g'ri joylashuvi uchun MUHIM. Oddiy misol: 🏠 Binoning uchastka (genplan) dagi joylashuvi → Loyiha tayanch nuqtasi. (Loyihani joylashtirish tayanchi) 🌍 Yerdagi haqiqiy joylashuvi (geodezik ma'lumot) → Geodezik nuqta. (Real dunyodagi joylashuvi) ⚙️ Revitning ichki hisoblash nuqtasi → Ichki boshlang'ich nuqta. (Revitning yashirin asosiy nuqtasi) Telegram | YouTube #bim, #bimmanagement, #bimcoordination, #coordinators, #basepoint, #surveypoint
Revit koordinatalari To'g'ri koordinatsiya uchun bilish kerak bo'lgan Revit elementlari 1. Ichki boshlang'ich nuqta (Internal Origin) 2. Loyiha tayanch nuqtasi (Project Base Point - PBP) 3. Geodezik nuqta (Survey Point - SP) Batafsil pastda ... Telegram | YouTube #bim, #bimmanagement, #bimcoordination, #coordinators, #basepoint, #surveypoint
SIGNAL в Узбекистане — встреча прошла отлично! 🔥 Накануне, 14 мая, в Ташкенте завершилась закрытая презентация платформы SIGNAL в Узбекистане. Было всё, как мы любим: живой интерес, много вопросов, теплая атмосфера и открытая дискуссия о том, как цифровые инструменты уже сегодня помогают строительным компаниям работать прозрачнее, быстрее и эффективнее. 🏗️ На встрече выступили Александр Попов, технический директор SIGNAL, представители MURAD BUILDINGS, проектной компании ЭНЭКА и другие эксперты отрасли. Обсудили опыт внедрения, реальные кейсы и перспективы BIM в Узбекистане. Спасибо всем гостям, спикерам и партнерам за участие, энергию и вовлеченность. Очень рады такому отклику — и уверены, что это только начало большого пути SIGNAL в регионе. До новых встреч! Они будут!
✅Endi qayta ishlashga hojat yo‘q: SIGNAL platformasi qurilish muddati va foydasini qanday saqlab qoladi! Assalomu alaykum! Rossiyadagi 1-raqamli ma’lumotlar almashinuvi muhiti (СОД) — SIGNAL endi O‘zbekistonda ekanligini katta mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.…
✅Endi qayta ishlashga hojat yo‘q: SIGNAL platformasi qurilish muddati va foydasini qanday saqlab qoladi! Assalomu alaykum! Rossiyadagi 1-raqamli ma’lumotlar almashinuvi muhiti (СОД) — SIGNAL endi O‘zbekistonda ekanligini katta mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Bu BIM-model ma’lumotlariga asoslangan qurilishni boshqarish platformasidir. Agar siz chizmalardagi doimiy o‘zgarishlar, Buyurtmachi tomonidan beriladigan e’tirozlar hamda eskirgan va tekshirilmagan ma’lumotlar bilan ishlashdan charchagan bo‘lsangiz — yangicha yondashuvga o‘tish vaqti keldi. SIGNAL bilan qurilish jarayoni boshqariladigan, shaffof va prognoz qilinadigan holatga keladi.🏗 🔥Sizni qurilishni raqamlashtirish bo‘yicha IT-yechimlariga bag‘ishlangan yopiq taqdimotga taklif etamiz. Tadbirda SIGNAL platformasini ko‘zdan kechiramiz, biz bilan ishlayotgan mijozlar tajribasi (keyslar) bilan bo‘lishamiz hamda umuman BIM-sohasining istiqbollarini muhokama qilamiz. ⏺Tadbir formati: Biznes-nonushta va taqdimot. ⏺Mehmonlar yig‘ilishi: 11:00 dan boshlab ⏺Sana: 14.05.2026, payshanba ⏺Manzil: Toshkent sh., Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7G-uy. ❗️Havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish shart: https://forms.gle/pS9HmarDeFsrKZG49 *PSS 2026 tadqiqoti ma’lumotlariga ko‘ra, Foydalanuvchilarning qoniqish indeksi.
Revit yoki AutoCAD dasturlarini har kuni aktivatsiya qilish talab qilinadigan muammo yuzaga kelsa, ushbu masalaning yechimi quyidagi havola orqali taqdim etilgan: https://docs.google.com/document/d/1d3a6IBBZYmTWKzMr4thoyUImr9iLUnT4/edit?usp=sharing&ouid=1…
Xullas dastlabki hulosa, bizni o'rnimizga hech nima qila olmas ekan. Faqat statistika, analiz, obyektlar haqida ma'lumot yigib ularni tanlab bera olarkan, lekin hech nimani o'zgartira olmas ekan. Bo'mapri! Yoporilar bu do'kondi, qaytdik! ))
AutoCAD 27-ni o‘rnatib, AI yordamchisi imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazmoqchiman. Uni qanday usulda sinasak bo‘ladi? Masalan, sizlar kundalik hayotda bajaradigan, lekin o‘zingiz uchun yoqimsiz bo‘lgan qanday ishlar bor? Izohlar bo‘limida takliflaringizni yozing, keyin natijalarni birgalikda tahlil qilib, bu yordamchi haqida xulosa chiqaramiz. AIga bo‘lgan modda orqasidan quvishmi yoki real ishlaydigan va yordam beradigan vositami? Yozinglar. Rahmat.
https://telegra.ph/Revit-2027--yangi-nimalar-qoshildi-04-08-2